Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

7-tur, 4 oktyabr, soat 23:30

ATLETIKO

Lusiano Vyetto (83)

1 : 1

REAL MADRID

Karim Benzema (9)
JAMOALAR TARKIBI
13.Yan Oblak (D)
03.Filipe Luis
20.Xuanfran
02.Diyego Godin
24.Xose Ximenes
07.Antuan Grizmann
05.Tyagu
14.Gabi
10.Oliver Torres
16.Anxel Korrea
09.Fernando Torres
  01.Keylor Navas (D)
04.Serxio Ramos
02.Rafayel Varan
12.Marselo
15.Daniel Karvaxal
08.Toni Kroos
14.Kazemiro
19.Luka Modrich
22.Isko
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
ZAHIRA
01.Migel Moyya (D)
04.Gilyerme Sikeyra
15.Stefan Savich
17.Saul Niguyes
21.Yannik Karrasko
11.Jekson Martines
23.Lusiano Viyetto
  13.Kiko Kasilya (D)
17.Alvaro Arbeloa
06.Nacho Fernandes
11.Garet Beyl
16.Mateo Kovachich
18.Lukas Vaskes
20.Xese

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. Madrid derbisi durang bilan yakunlandi. Shiddatli va qiziqarli o‘yin bo‘ldi. "Real" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
90+3'
Burchakdan to‘p o‘yinnga kiritilganidan keyin "Atletiko" futbolchisi bosh bilan bergan zarba noaniq bo‘ldi.
90+2'
Ronaldu olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Oblak to‘pni egallab oldi
90+1'
Vuuuuh! Keylor Navas "Real"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi! Jekson Martines 16 metrdan kuchli zarba yo‘llagandi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Gabi olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida Navasning qo‘liga borib tushdi
89'
Arbeloa ham sariq kartochka evaziga raqibning qarshi hujumini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
88'
Diyego Godin sariq kartochka oldi. U to‘pga sakrayotgan Ronalduni yiqitdi. Krishtianu undan qochib ketsa, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi
86'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Yan Oblak egallab oldi
83'
GOOOOOOL! Lusiano Vyetto, 1:1! Beyl maydon markazida to‘pni oldirib qo‘ydi va Jekson Martines yo‘l-yo‘lakay Arbeloadan qochib ketdi. Darvozabon maydonchasiga uzatma berdi, Grizmann tovoni bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Vyetto esa bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! Chiroyli kombinasiya
83'
Grizmann sariq kartochka oldi
81'
Karrasko chap qanotda bir futbolchini aldab o‘tdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Vyetto bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
79'
Vyetto sariq kartochka oldi
78'
Modrich olis masofadan zarba yo‘lladi. noaniq
77'
"Real"da o‘zgarish: Karim Benzema o‘rniga Mateo Kovachich o‘yinni davom ettiradi
75'
Ronalduu! Jarima maydonchasi o‘ng burchagida bir himoyachini chalg‘itdi va zarba yo‘lladi. To‘p yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi
74'
Vuuuh! Grizmann jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p "Real" futbolchisiga tegib, jarima maydonchasining chap tomoniga ketdi. Martines to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Navas ishonch bilan to‘pni egallab oldi
73'
"Atletiko" burchak to‘yini o‘yinga kiritdi. Havo jangida himoyachilar ustun kelishdi
69'
Benites shogirdlari mezbonlarning hujumlarini xotirjamlik bilan bartaraf etishmoqda
67'
Karrasko o‘ng qanotdan bergan uzatmani Marselo qaytardi
66'
"Real"da o‘zgarish. Isko maydonni tark etmoqda. O‘rniga Garet Beyl tushirildi
64'
"Atletiko"da o‘zgarish: Torres o‘rniga Jekson Martines tushirildi
61'
Kazemiro sariq kartochka oldi.
60'
Vuuuh! Xavfli vaziyat! Jarima to‘pi maydon markazida "Real" jarima maydonchasiga yetkazildi. Havodagi to‘p uchun kurashda mezbonlar ustun kelishdi. Diyego Godin yo‘llagan zarbani himoyachilar qaytarishdi!
59'
Varanga sariq kartochka. Torresga nisbatan tirsagi bilan o‘ynagani uchun
58'
"Atletiko"da o‘zgarish: Anxeld Korrea o‘rniga Lusiano Vyetto tushirildi
55'
"Atletiko" bir hujum davomida "Real" darvozasiga bir necha marta xavf soldi. Mehmonlar bosimni bartaraf eta olishdi
54'
Arbeloa Grizmanni qo‘li bilan tortib yiqitdi. Chap qanotdan jarima zarbasi
53'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Kazemiro bosh bilan qaytardi
52'
O‘yin sur’ati juda yuqori. To‘p u darvozadan bu darvozaga tez-tez borib kelmoqda.
50'
Grizmanning uzatmasidan keyin Torres jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Zarba noaniq chiqdi
49'
Ronaldu chap qanotda katta tezlikda bir futbolchidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Isko oyog‘ini baland ko‘tarib, xavfli o‘yin namoyish qildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Atletiko" - "Real" - 0:1. Tanaffus.
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
44'
Ronaldu chap burchakdan jarima maydonchasiga uzatmani noaniq berdi. To‘p maydonni tark etdi
41'
Kutilmaganda Karvaxal jarohat oldi va o‘yinni davom ettira olmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rniga Alvaro Arbeloa tushdi
39'
Anxel Korreaga ogohlantirish ko‘rsatildi. U maydon markazida katta tezlikda oldinga o‘tayotgan Ronalduni chlaib yiqitdi
38'
Jarima maydonchasining o‘ng tomonidan belgilangan jarima zarbasini Ronaldu tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
36'
Grizmanning uzatmasidan keyin Torres jarima maydonchasiga kirdi, ammo hakam o‘yinni to‘xtatdi. OFsayd!
33'
Vuh, Ronalduda yaxshi imkoniyat! O‘ng qanotdan yerlatib yetkazilgan uzatmani Isko jarima maydonchasi ichida Krishtianuga qoldirdi. Portugaliyalik futbolchining 15 metrlardan yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi!
32'
To‘p asosan maydon markazida. To‘p uchun ayovsiz kurash kechmoqda
29'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Real" xavfni bartaraf etdi
24'
Jarima maydonchasi ichida ochilayotgan Torres tomon yetkazilgan to‘pni Navas egallab oldi
22'
Keylor Navaaaas! Grizman tomonidan burchakka yo‘llangan zarbani kosta-rikalik darvozabon qaytardi! Qoyil!
21'
"Real" darvozasiga penalti! "Madrid" himoyachilarining ikkita xatosi shunga olib keldi. Ramos jarima maydonchasi ichida hujumchini chalib yiqitdi!
20'
Isko jarima maydonchasiga kirgan Marseloga yuqoridan uzatma berdi. Braziliyalik himoyachi bosh bilan to‘pni darvozabon maydonchasiga burdi. Oblak to‘pga ega chiqdi
16'
"Real"dan qarshi hujum. Ronaldu chap qanotda bir futbolchini aldadi va o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan Isko tomon uzatma berdi. Isko to‘pga yeta olmadi...
15'
Vuh! Anxel Korrea bugun mehmon himoyachilarini ancha qiynaydigan ko‘rinadi. Texnika borasida ancha mukammal futbolchi ekan. U qo‘rqmasdan oldinga bordi va jarima maydonchasiga tashqarisidan zarba yo‘lladi. Zarba noaniq chiqdi
11'
Vuuuuh! "Atletiko" hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi. Anxel Korrea Toores bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib bordi va deyarli birga bir vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi!
9'
GOOOOOL! Karim Benzema, 0:1! Karvaxal o‘ng qanotda bir himoyachini aldab o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Karim to‘g‘ri pozisiya tanladi va bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
6'
"Real"da ham dastlabki xavfli hujum. Ronaldu markaz bo‘ylab jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi. Oblak darvozani tashlab oldinga chiqdi va "podkat" orqali Krishtianudan to‘pni olib qo‘ydi. Tepib yuborilgan to‘pni mehmonlar egallab, o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. Darvozaga yaqiniga yerlatib berilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
5'
Mezbonlarda dastlabki xavfli vaziyat! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Torres Anxel Korreaga qoldirdi. Darvozabon maydonchasi burchagidan yo‘llangan zarba natijasida to‘p maydonni tark etdi. Darvozaga aniq bormadi
2'
Modrich o‘ng burchakdagi bayroqcha oldidan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Ronaldu barchadan baland sakrab, bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozaga aniq bormadi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Diqqat, "Atletiko" va "Real" jamoalari maydonga chiqib kelishdi! O‘yin boshlanish arafasida!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.