Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘zbekiston kubogi

Final. 17 oktyabr, soat 17:00. Jizzax. . Bosh hakam: Ravshan Ermatov

BUNYODKOR

Sherzod A’zamov (84-avtogol)

1 : 2

NASAF

Artur Gevorkyan (71)
Sherzod A’zamov (74)
JAMOALAR TARKIBI
25.Murodjon Zuhurov
2.Akmal Shorahmedov
6.Anvar G‘ofurov (S)
7.Shaker Zuagi
9.Minori Sato
13.Ivan Miloshevich
17.Dostonbek Hamdamov
19.Zabihillo O‘rinboyev
22.Rustamjon Ashurmatov
39.Eldor Shomurodov
48.Akramjon Komilov
  25.Eldorbek Suyunov
4.Maqsud Karimov
9.Ilhom Shomurodov
17.Artur Gevorkyan (S)
18.Bahrom Abdurahimov
20.Erkin Boydullayev
22.Shoxruh Gadoyev
23.Sherzod A’zamov
28.Shuhrat Muhammadiyev
33.Odil Hamrobekov
34.Farruh Sayfiyev
ZAHIRA
45.Akbar To‘rayev
5.Dilshod Jo‘rayev
14.Vohid Shodiyev
20.Samir Bekrich
27.Sardor Sobirxo‘jayev
77.Viktor Karpenko
88.Anvar Rajabov
  30.O‘tkir Yusupov
6.Azizjon G‘aniyev
7.Akramjon Bahriddinov
10.Kenja To‘rayev
16.Alisher Yusupov
32.Xamza Karimov
41.Azamat Allaniyozov
SARIQ KARTOCHKA
Ivan Miloshevich (15)
Akrom Komilov (39)
 
Shuhrat Muhammadiyev (31)
QIZIL KARTOCHKA
Akrom Komilov (64)
 

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Nasaf" o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Klub muxlislarini tabriklaymiz!
90+3'
"Nasaf"da o‘zgarish: Gadoyev o‘rniga Hamza Karimov tushdi
90+2'
Vaqtni cho‘zgani uchun Eldor Suyunov ham ogohlantirish oldi
90+1'
Shohrux Gadoyev sariq kartochka oldi. U xushtakdan so‘ng to‘pni tepib yubordi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
"Nasaf"da futbolchi almashdi. Ilhom Shomurodov o‘rniga Azamat Addaniyazov tushirildi
87'
Vuuuh! "Bunyodkor" burchak to‘pin o‘yinga kiritganidan keyin G‘ofurov yaqin masofadan bosh bilan zarba yo‘lladi. Eldorbek darvoza chizig‘i ustidan to‘pni egallab oldi!
81'
GOOOOOL! Sherzod A’zamov, avtogol, 1:2! "Bunyodkor" qarshi hujumda "Nasaf"ni jazoladi. Sato Minorining zarbasidan keyin to‘p himoyachiga tekkan holda darvoza to‘riga boirb tushdi!
74'
GOOOOOL! Sherzod A’zamov, 0:2! Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachi yaqin masofadan darvozaga joyladi!
73'
"Bunyodkor"da futbolchi o‘zgardi. O‘rinboyev o‘rniga Vohid Shodiyev tushirildi
71'
GOOOOL! Artur Gevorkyayayayayayan! 0:1 Ermatov jarima maydonchasi tashqarisida turkman futbolchisiga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun jarima zarbasi belgiladi. Gevorkyan yo‘llagan zarba qarshisida Murodjon ojiz qoldi!
69'
Qarshiliklarning hujumlari kuchayib bormoqda. Qisqa paslar orqali tashkil etilgan hujum natijasida Gadoyev yaqin masofadan zarba berdi. To‘pni Zuhurov qaytardi. Gevorkyan chalqancha uslubda yo‘llagan zarbasini posbon egallab oldi
68'
Gevorkyayayayayayan! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Artur darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan zarba berdi. Unga hech kim xalal bermayotgandi. Ammo turkmanistonlik futbolchi zarba adashdi!
67'
"Bunyodkor" burchak zarbasini amalga oshirganidan keyin sakrayotgan to‘pga Zuagi bosh bilan zarba berdi. To‘pni Suyunov egallab oldi
64'
Akrom Komilov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Himoyachi mutlaqo kerakmas vaziyatda ogohlantirish oldi. Maydon markazida Hamrobekovni futbolkasidan tortib to‘xtatdi.
62'
"Ajdarlar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarasiz
61'
Navbatdagi hujum paytida Ilhom Shomurodov o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani jarima maydonchasi ichida to‘xtatmasdan tepdi. Tzp himoyachiga tegdi
60'
Vuuuuuh! "Nasaf" ajoyib qarshi hujum tashkil qildi. Shomurodovning uzatmasidan keyin Gadoyev jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. Zuhurov zarbani qiyinchilik bilan qaytardi. Qaytgan to‘pni markaziy himoyachi yon tomonga tepib yubordi
57'
Berdiyev shogirdlarida yaxshi imkoniyat. O‘ng qanotdan Arturning uzatmasidan keyin to‘p Gadoyevga kelib tushdi. Shohruxning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
56'
Gevorkyan jarima maydonchasiga yorib kirayotganida to‘pni yo‘qotdi. Qaytarilgan to‘pni egallagan Sayfiyev olis masofadan zarba berdi. O‘ta noaniq
53'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Hamrobekov bosh bilan darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
52'
Vuuuuuh! Bahrom Abdurahimov 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi! To‘p Zuhurovning qo‘liga tegib, maydonni tark etdi!
50'
"Nasaf"da yaxshi imkoniyat. Qanotdan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan qatyardi. Biroq to‘p jarima maydonchasi ichida turgan Shomurodovgsha kelib tushdi. Ilhomning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
49'
O‘yin surati o‘zgarayotgani yo‘q. "Bunyodkor" asosan qarshi hujumga tayanib o‘ynamoqda
47'
Ihom Shomurodov Minori Satoning oyohiga tepib yubordi. Yaponiyalik futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi va u yakuniga yetib, Ermatovning xushtagi yangradi. Tanaffus. Hozircha "Bunyodkor" - "Nasaf" 0:0.
44'
Poytaxtliklarning javob hujumi. Akromovning uzatmasidan keyin Shomurodov bosh bilan zarba yo‘lladi. Suyunov to‘pni egallab oldi
44'
Hamrobekovning uzatmasidan keyin Gadoyev jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi. Ammo himoyachi unga zarba berish imkoniyatini bermadi.
41'
Vuuuh! "Bunyodkor" ijrosida xavfli vaziyat! Dastlab Hamdamov chap qanotdan uzatma berdi. HImoyachilar qaytardi. Takroriy hujum paytida Sato o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozaga yaqiniga havodan uzatma berdi. Akromov bosh bilan zarba yo‘lladi, biroq to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
39'
Akrom Komilov chap qanotdan hujumga qo‘shildi. Jarima maydonchasiga yetkzilgan uzatmaga birinchi bo‘lib Muhammadiyev yetib bordi va Akrom unga nisbatan fol ishlatdi. Ermatov uni sariq kartochka bilan jazoladi
38'
Vuuuh! Gevorkyan jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Zuhuroq to‘pni mushtlari bilan qaytardi. Takroriy uzatma paytida Ilhom Shomurodov ofsaydda deb topildi
36'
Gevorkyan burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Toshkentliklar to‘pni maydon markaziga qaytarishdi
34'
Jarima maydonchasi tashqarisidan O‘rinboyev zarba yo‘llashga harakat qildi. Ammo zarba qovushmadi. To‘p uchun kurash olib bormoqchi bo‘lgan Eldor Shomurodov ofsaydda qolgandi
33'
Yuqoridan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Zuhurov egallab oldi
31'
"Nasaf" himoyachisi Shuhrat Muhammadiyev ogohlantirildi. U o‘psiz harakat qilayotgan Akromovni yiqitib o‘tib ketdi
28'
Sayfiyev chap qanotdan noaniq uzatma berdi
26'
A’zamovning uzatmasidan keyin Farrux Sayfiyev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo u to‘pga yeta olmadi
24'
Yana xavfli hujum, yana o‘ng qanotdan! Bu safar Gadoyev zarba berdi. Darvozabon maydonchasidagi himoyachi to‘pni qaytardi
24'
Qarshiliklar maydon markazida to‘pni egallab olib, tezkor hujum tashkil qilishdi. Gevorkyan o‘z qanotidan "qaldirg‘ochlar" jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. Yana Ashurmatov to‘pni qaytardi. Yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni darvozabon egallab oldi
22'
O‘yin tempi yuqori emas. Jamoalar ehtiyotkor o‘yin qilishga harakat qilishmoqda. Hech kim tavakkal qilmayapti
22'
Zabihillo O‘rinboyev ofsaydda qoldi
19'
"Bunyodkor"ning hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Zuagi bosh bilan darvoza tomon burdi. Zarba aniq chiqmadi
16'
"Bunyodkor" o‘zining dastlabki burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. G‘ofurov bosh bilan zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi, Suyunov to‘pni egallab oldi.
15'
Ivan Miloshevich o‘zidan o‘tib ketayotgan Shomurodovni yiqitdi. Sariq kartochka bilan jazolandi
13'
Gevorkyan o‘ng qanotdan uzatma berdi. Olis ustun tomondan Gadoyev bosh bilan zarba berdi. To‘pni Zuhurov egallab oldi
11'
Akrom Komilov himoyaning chap qanotida Muhammadiyevga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
9'
Toshkentda ertalabdan beri yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lsa-da, Jizzax shahrida yomg‘ir yo‘q. Bu esa jamoalarga biroz bo‘lsa-da qulaylik yaratadi
7'
To‘p nazorati qarshiliklar tomonida. "Qaldirg‘ochlar" qarshi hujum taktikaisni tanlashgan
4'
Gevorkyanning o‘zi standart vaziyatdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi
4'
O‘ng qanotdan Arturga nisbatan G‘ofurov fol ishlatdi. Jarima zarbasi
2'
Burchakdan o‘yinga kiritilgan to‘pni rasmiy mezbonlar — "Bunyodkor" futbolchilari qaytarishdi.
1'
Xavfli vaziyat! Shuhrat Muhammadiyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Rustam Ashurmatov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
"Bunyodkor" oq, "Nasaf" esa ko‘k rangli formada harakat qilishadi. Hakamlar sariq rangli formani tanlashgan
'
"Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari maydonga chiqib kelishdi. Uchrashuv bosh hakami Ermatov sardorlar — Anvar G‘ofurov va Artur Gevorkyan ishtirokida qur’a jarayonini o‘tkazishdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! O‘zbekistonr kubogining final uchrashuvida matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.