Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

8-tur, 17 oktyabr, soat 19:00

REAL MADRID

Marselo (27)
Krishtianu Ronaldu (30)
Xese (82)

3 : 0

LEVANTE

JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
02.Rafayel Varan
12.Marselo
06.Nacho Fernandes
16.Mateo Kovachich
08.Toni Kroos
22.Isko
11.Garet Beyl
23.Danilo
14.Kazemiro
07.Krishtianu Ronaldu
  13.Ruben (D)
12.Xorxe Xuanfran
03.Tonyo
24.Zuxar Feddal
05.Simao Mate
11.Xose Morales
06.Viktor Kamarasa
22.Xose Mari
20.Deyverson
18.Viktor Kasadesus
14.Rojer Marti
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
32.Filipp Lyenxart
28.Markos Lyorente
18.Lukas Vaskes
29.Borxa Mayoral
21.Denis Cherishev
20.Xese
  25.Diyego Marinyo (D)
15.Nikolaos Karabelas
04.David Navarro
19.Pedro Lopes
10.Ruben Garsiya
08.Jefeson Lerma
23.Nabil Gilya

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozondi. "Qirollik klubi" "Levante"ni mag‘lub etishda katta qiyinchilikka duch kelmadi. Mazkur g‘alabada Keylor Navasning hissasi yuqori bo‘lganini ta’kidlash lozim
90+2'
"Levante" futbolchisi "Real" jarima maydonchasi tashqarisida Nachoni aldab o‘tdi va 20 metrlardank uchli zarba yo‘lladi. Noaniq
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
86'
Vuh! Lukas Vaskas 18 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin va ustun kesishgan joyning yuqorisidan o‘tib ketdi
82'
GOOOOL! Xese Rodriges, 3:0! Yarim himoyachi bir himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi va birga bir vaziyatda o‘tkir burchak ostida darvozani ishg‘ol qildi!
81'
Xese o‘yinga faol qo‘shilib ketdi. U chap qanotdan darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. Ronalduning bosh bilan yo‘llagan zarbasi yuqoridan o‘tib ketdi
76'
"Real"da o‘zgarish: Mateo Kovachichi o‘rniga Markos Lyorente tushirildi
71'
"Levante"da ajoyib imkoniyat. Futbolchi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, Marseloni aldadi va shundoqqina darvozabon maydonchasi oldida turgan sherigiga uzatma berdi. Futbolchining zarbasidan so‘ng to‘p Nachoning oyog‘iga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi.
70'
Xese chap qanotda bir himoyachidan o‘tib ketdi va darvoza oldidagi Ronalduga uzatma berdi. Krishtianu tovoni bilan to‘pni darvozaga burishga intildi. To‘p olis ustun oldidan o‘tib ketdi
69'
"Real"da o‘zgarish: Ronaldu o‘rniga Xese tushdi
67'
Mezbonlarda yaxshi vaziyat. O‘ng qanotdan yerlatib uzatma berilganidan keyin to‘p Iskoga kelayotgandi, biroq Ronaldu to‘pni qabul qilishga harakat qildi va xavfli vaziyat yo‘qqa chiqdi
66'
Vuuuh! Chiroyli uzatmadan keyin "Levante" hujumchisi Nabil Gilya birga bir vaziyatga chiqib bordi va 4-5 metrdan zarba yo‘lladi. Navas zarbani qaytardi. Takroriy zarbadan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!!!
62'
Xavfli zarba! Marselo chap qanotdan olis ustun tomonda ochilayotgan Vaskes tomon uzatma berdi. Lukas podkat uslubida to‘pga zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
61'
Kazemiro jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Zarba kuchli chiqmadi. Ruben osonlik bilan to‘pni qabul qildi
59'
Jarima maydonchasi tashqarisida "standart" belgilandi. Ronaldu jarimadan zarba yo‘lladi. To‘pni Ruben egallab oldi
57'
Toni Kroos jarima maydonchasi tashqarisidan yaxshi zarba berdi. Ruben to‘pni qaytardi
54'
Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni egallab oldi
51'
Marseloning yiqilib tushish oqibatida mehmonlar to‘pni egallab olishdi va ikkiga bir chiqib borishdi. Kazemiro ortdan yordamga keldi va xavfni bartaraf etdi
49'
"Levante" futbolchilari 3ga 3 chiqib borishdi, ammo so‘nggi uzatmani aniq bera olishmadi
48'
Deverson sariq kartochka oldi. U o‘z ortidan kelayotgan Vaskesning yuzidan urib yubordi
46'
Bo‘loi boshida "Real"da o‘zgarish bo‘ldi. Beyl o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Levante" - 2:0. Tanaffus.
45+1'
Qo‘shib berilgan daqiqalarida "Real" futbolchilari qarshi hujum uyushtirib, 3ga u chiqib borishdi. Ronaldu jarima maydonchasi ichida to‘pni himoyachiga oldirib qo‘ydi va xavf yo‘qqa chiqdi.
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
42'
To‘pni mehmonlar nazorat qilishmoqda. Jarima maydonchasi burchagidan yo‘llangan zarbani Navas egallab oldi
39'
Beyl ofsaydda qoldi
37'
Vuuuh! Qarshi hujum paytida mehmonlar futbolchisi 22 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Navas yana zarbani qaytardi. Qay
35'
"Levante" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat sodir bo‘lmadi
32'
Ronalduuuu! Yaqin masofadan darvozaga aniq zarba bera olmadi. U raqib himoyachisining oyog‘iga tepib yubordi
30'
GOOOOOL! Krishtianu Ronalduuuuu, 2:0! "Levante" himoyachilari portugaliyalik futbolchiga 18 metrlardan zarba yo‘llash imkonini berishdi. To‘p darvoza burchagiga borib tushdi!
29'
Keylor Navaaaass! Yana bir qiyin vaziyatda zarbani qaytardi. "Levante" futbolchisi 10 metrlardan bosh bilan zarba yo‘llagandi!
27'
GOOOOOOL! Marselooo, 1:0! Braziliyalik himoyachi raqib futbolchisidan to‘pni olib qo‘ydi va biroz oldingi intirib, jarima maydonchasiga kirib borgan Ronalduga pas berdi. Krishtianu o‘z vaqtida to‘pni Marseloga qaytardi va u darvozani ishg‘ol qildi!
26'
Vuuuuh, mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi! O‘ng qanotdan havodan uzatma berilganidan keyin hujumchi "Real" darvozasi yaqinida to‘pni qabul qilish chog‘ida yiqilib tushdi va xavf yo‘qqa chiqdi
23'
Bu safargi burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Beyl bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina darvoza ustidan o‘tib ketdi
21'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kazemiro bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
16'
Ronaldu raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam penalti belgilamagani uchun norozilik bildirdi
13'
"Levante" himoyachisi sariq kartochka oldi. Chap qanotda belgilangan jarimadan yetkazilgan uzatmani mehmonlar posboni urib yubordi
9'
Beyl olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi
8'
Ilk daqiqalarda mehmonlar dadil harakat qilishmoqda. Ular faol pressing uyushtirib, hujum tashkil qilishmoqda
5'
Vuuuh! Keylor Navas xavfli zarbadan so‘ng jamoasini qutqardi! Jarima maydonchasiga kirgan "Levante" hujumchisi o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida "Real" darvozabonining yaqin burchagiga yo‘l olayotgandi. Navas to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi
3'
Isko chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Isko tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni egallab oldi
3'
Madridliklar oq, mehmonlar qizil-ko‘k rangli formadan harakat qilishmoqda
1'
Diqqat, "Real" va "Levante" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.