Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

8-tur, 17 oktyabr, soat 21:30. Bosh hakam: Peres Montero

BARSELONA

Neymar (22-pen., 32-pen., 69, 70)
Luis Suares (77)

5 : 2

RAYO VALYEKANO

Xavi Gerra (15)
Rezvan Ras (86)
JAMOALAR TARKIBI
13.Klaudio Bravo (D)
06.Dani Alves
03.Jerar Pike
24.Jeremi Matyo
18.Xordi Alba
05.Serxio Buskets
20.Serxi Roberto
04.Ivan Rakitich
11.Neymar
16.Sandro Ramirez
09.Luis Suares
  18.Ze Kashtru
27.Diyego Lyorente
15.Rezvan Ras
03.Nacho
10.Roberto Trasorras
20.Patrik Ebert
21.Xosabed
19.Al-Hassan Bangura
23.Bebe
25.Tonyo
24.Xavi Gerra
ZAHIRA
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
15.Mark Bartra
21.Adriano
02.Duglas
28.Jerar Gumbau
14.Xavyer Maskerano
17.Munir el-Haddodiy
  13.Xuan Karlos (D)
30.Aleks Kampos (D)
05.Chechu Dorado
11.Adrian Embarba
08.Raul Bayena
09.Manushu
07.Miku
SARIQ KARTOCHKA
 
Diyego Lyorente (21)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+2'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozondi. Neymar pokerga erishdi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Eh, Suares! U jamoadoshi Munir bilan birga yolg‘iz himoyachiga qarshi chiqib borishdi. Urugvaylik futbolchi Haddodiyga uzatma bera olmadi
86'
GOOOOL! Rezvan Ras, 5:2! Himoyachilarning sustkashligidan foydalangan futbolchi darvozani ishg‘ol qildi!
85'
Mehmonlar hujum tashkil qilishmoqda. Kataloniyaliklar asosan himoyalanishmoqda
82'
Xavi Gerra jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi
81'
Ebert! 7 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi!
80'
Pike jarima maydonchasining chap qanotida Embarbani chalib yiqitdi va ogohlantirish oldi.
77'
GOOOOOL! Luis Suares! Neymarning uzatmasidan keyin urugvaylik futbolchi darvozani ishg‘ol qildi! 5:1!
76'
"Barsa"da o‘zgarish: Buskets o‘rniga Jerar Gumbau tushirildi
70'
GOOOOOL! Neymar! Poker! 4:1! Buskets maydon markazidan bosh bilan uzatma berib, Suaresni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Luis to‘pni qizg‘anmadi va bo‘sh darvoza qarshisida ochilgan Neymarga pas berdi. Buyog‘i bo‘sh darvoza va gol!
69'
GOOOOOOOL! Neymmaaaaar, 3:1! Xet-trik! Neymar chap qanotda to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasi tashqarisida turgan Suaresga uzatma berdi. Luis tomonidan yo‘llangan kuchli zarbani "Rayo" posboni qaytardi. Qaytgan to‘pni Neymar darvozaga joyladi!
66'
Ehhhh, Bangura! Birga bir vaziyatga chiqdi. Albani ikki marta aldab, zarba berdi. To‘p Xordining oyog‘idan maydonni tark etdi!
64'
Vuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmadan so‘ng to‘p Pikening oyog‘idan Banguraga kelib tushdi. Al-Hassaning zarbasidan so‘ng to‘p yaqin ustun yonginasidan o‘tib, to‘rga yon tomondan kelib tegdi
63'
Suares yana ofsaydda...
62'
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar uni qaytarishdi
60'
Vuuuuh! Klaudio Bravo o‘z jarima maydonchasi ichida ikki hujumchinini aldashga kirishib ketdi! To‘p himoyachilarning birining oyog‘idan yuqoriga ko‘tarildi. Bravo yugurib borib, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. O‘z xatosini to‘g‘irladi
59'
Diyego Lyorente jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘pni Bravo egalladi
58'
Suares birga bir vaziyatga chiqayotganida laynsmen shubhali tarzda ofsaydni qayd etdi
57'
Ehhhhh, Neymar! Birga bir vaziyatga chiqib borib, o‘ziga zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Suaresga uzatma berishga qaror qildi. Himoyachi to‘pni to‘xtatib qoldi.
56'
"Barselona"da o‘zgarish: Sandro Ramires o‘rniga Munir al-Haddodiy tushirildi
52'
Albaning uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chochib ketdi, ammo ofsaydda qolgan ekan biroz...
50'
Vuuuuuh! Bravooo! Qoyil! "Rayo" futbolchilarining darvozaga yaqin masofadan yo‘llagan ikkita zarbasini qaytardi va muqarrar golni yo‘qqa chiqara oldi!
48'
Vuuuh! Xavi Gerra chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. Bravo mezbonlarni qutqardi
46'
"Rayo" ikkinchi bo‘limni faol boshladi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatni Xosabed qabul qildi va darvozabon tomon tepdi. Zarba noaniq chiqdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Rayo Valyekano" - 2:1. Tanaffus
44'
Kataloniyaliklarning navbatdagi hujumi paytida Suares biroz oliftagarchilik bilan Rakitichga uzatma berishga qaror qildi. Uzatma aniq bo‘mladi. Oddiy bersa ham bo‘lardi uzatmani...
42'
Neymarning navbatdagi fintidan keyin hakam uchinchi marta penalti belgilashga jazm etmadi...
40'
Vuuuh! Neymarning chap qanotdan uzatmasidan keyin Serji Roberto 16 metrdan chap oyoqda zarba yo‘lladi. Burchakka borayotgan to‘pni Ze Kashtru maydon tashqarisiga urib yubordi
35'
"Rayo" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Trasorras bosh bilan zarba yo‘lladi, biroq undan avval Albani itarib yuborgani uchun o‘yin to‘xtatildi
34'
"Barsa" futbolchilari to‘pni yo‘qotishi natijasida mehmon futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Zarbcha kuchsiz chiqdi
32'
Neymar! 2:1! U posbonni yana osonlik bilan aldadi!
31'
Penalti! Yana Neymar! U chiroyli tarzda himoyachining oyoqlari orasidan to‘pni olib o‘tib ketdi va Nacho uni yiqitishga majbur bo‘ldi!
30'
"Rayo" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Gerra bosh bilan to‘pni yaqin burchak tomon burdi. Bravo to‘pni egalladi
28'
Ehhhh, Neymar! Hujumchi chap qanotda bir himoyachinei ikki marta aldab o‘tib, deyarli birga bir vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun oldidan o‘tib ketdi. Qanchadan-qancha vaziyatlar...
25'
Ehhhhh, Sandroooo! "Barsa"ning uchinchi futbolchisi birga bir vaziyatdan foydalana olmayapti! Darvozabon yotib qolgandi, to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi...
24'
Burchak to‘pidan keyin Neymar darvozani ishg‘ol qildi. Ammo braziliyalik futbolchi zarba yo‘llagan paytda ofsaydda turgan Suares darvozabon nigohlarini to‘sib qolgandi. Shu bois gol bekor qilindi
22'
GOOOL! Neymar, 1:1! Darvozabonni osonlik bilan alday oldi.
21'
Penalti! "Rayo Valyekano" darvozasiga! Bu safar hakam 11 metrli nuqtani ko‘rsatmasdan iloji yo‘q edi. Qoida buzgan Lyorente sariq kartochka oldi
17'
Uhhh, Neymar uch himoyachi orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib keldi. Uni himoyachi tortib yiqitdi. Hakam penalti belgilamadi...
16'
Yuqoridan yetkazilgan to‘p uchun kurashda Neymar himoyachidan ustun keldi va darvozabon bilan yuzma-yuz holatga chiqib bordi. Ammo to‘p biroz uzoqlashib ketgani bois Kashtru to‘pni egallab oldi
15'
GOOOOOOL" Xavi Gerra, 0:1! Bebe chap qanotdan yetkazgan uzatmani Gerre 3 metrdan darvozaga joylab qo‘ydi!
14'
Ehhhh Bebe! U chap qanotda kataloniyalikdan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo Matyo to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
11'
Burchak to‘pidan keyin Suares chalqancha uslubda zarbani noaniq yo‘lladi
10'
Ehhhhh Suareeees! Darvozabon qanotdagi himoyachiga to‘pni yetkazish chog‘ida Rakitichga berib qo‘ydi. Ivan to‘pni darhol jarima maydonchasi ichidagi Suaresga uzatdi. Luis birga bir vaziyatga zarba yo‘lladi. Ze Kashtru oyog‘i bilan zarbani qaytardi!!! Ikkinchi 100 foizlik imkoniyat...
6'
Ehhhh, Rakitiiich! Sandroning chiroyli uzatmasidan keyin xorvatiyalik futbolchi birga bir vaziyatga chiqib bordi va mutlaqo xotirjamlik bilan zarba yo‘lladi. Ze Kashtru zarbani qaytardi! Ivan to‘pni Suaresga berishi ham mumkin edi!
5'
"Rayo" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni egallab olishdi
3'
Neymar yo‘llagan zarbadan so‘ng to‘p jonli devorga tegdi va so‘ngra posbon uni egallab oldi
2'
Neymar deyarli birga bir vaziyatga chiqib borayotganida himoyachi uni jarima maydonchasi tashqarisida chalib yiqitdi. Darvozagacha 20 metr
1'
Uchrashuv boshlandi
'
"Barselona" safida Inyesta va Messi maydonga tusha olishmaydi. Sardorlik vazifasini Buskets bajarmoqda.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. "Barsa" o‘zining ko‘k-anorrang, mehmonlar esa kulrang rangli formada harakat qilishadi
'
Qadrli futbol muxlislari. Ispaniya La ligasining 8-turidan o‘rin olgan "Barselona" va "Rayo Valyekano" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli translyasiyamizni boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.