Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Oliy liga

26-tur. 21 oktyabr, soat 17:00. Bosh hakam: Sherzod Qosimov

BUNYODKOR

Akmal Shorahmedov (49)
Doston Hamdamov (75)

2 : 0

PAXTAKOR

JAMOALAR TARKIBI
25.Murodjon Zuhurov
2.Akmal Shorahmedov
4.Xayrulla Karimov (S)
5.Dilshod Jo‘rayev
6.Anvar G‘ofurov
7.Shaker Zuagi
9.Minori Sato
14.Vohid Shodiyev
22.Rustam Ashurmatov
39.Eldor Shomurodov
77.Viktor Karpenko
  12.Aleksandr Lobanov
2.Egor Krimes (S)
4.Adnan Oraxovas
5.Akbar Ismatullayev
9.Jaloliddin Masharipov
11.Igor Sergeev
15.Javohir Sohibov
23.Aleksandr Merzlyakov
24.Davron Hoshimov
28.Stanislav Andreev
29.Vladimir Kozak
ZAHIRA
1.Pavel Bugalo
13.Ivan Miloshevich,
17.Doston Hamdamov
19.Zabihillo O‘rinboyev
20.Samir Bekrich
27.Sardor Sobirxo‘jayev
88.Anvar Rajabov
  1.Nikita Ribkin
10.Javshid Iskanderov
18.Bahodir Pardayev
20.Anvar Soliyev
21.Kamoliddin Tojiyev
35.Mirzayev
50.Otaxonov
SARIQ KARTOCHKA
Vohid Shodiyev (14)
Shaker Zuagi (60)
 
Egor Krimes (35)
Vladimir Kozak (59)

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi, "Bunyodkor" - "Paxtakor" - 2:0. Endi "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari orasidagi farq 1 ochkoni tashkil qilmoqda. "Qaldirg‘ochlar" esa OCHL yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi
90+3'
O‘rinboyev 22 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq
90+2'
Mehmonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Andreevning zarbasi rekoshet holatda Soliyevga borgandi, ammo Anvar ofsaydda qoldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Pardayev bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
87'
Pardayevning jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbasi Karimovga tegib qaytgan. Hoshimovning zarbasidan keyin to‘p Ashurmatovning oyog‘idan rekoshet holatida maydonni tark etdi
86'
"Bunyodkor"da so‘nggi o‘zgarish: Vohid Shodiyev o‘rniga Zabihillo O‘rinboyev maydonga tushdi
84'
Vuuuuuuuuh! Lobanov jamoasini uchinchi goldan qutqardi! Qarshi hujumda "Bunyodkor"ning 3 vakili oldinga o‘tdi. Hamdamovning birga bir vaziyatda yo‘llagan zarbasi Lobanovga tegib qaytdi. 11 metrli nuqta atrofidan Zuagi zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi!
82'
"Sherlar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Dilshod Jo‘rayevga nisbatan fol ishlatildi.
78'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Masharipov o‘rniga Bahodir Pardayev tushirildi
75'
GOOOOOOL! Doston Hamdamooooov, 2:0! Zaxiradan tushgan futbolchi Oraxovasdan qoib ketdi va birga bir vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qildi!
74'
Mezbon himoyachilarining to‘pni yo‘qotishi natijasida "Paxtakor" yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Biroq Iskandarovning uzatmasiga avval Zuhurov yetib oldi
70'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Aleksandr Merzlyakov o‘rniga Anvar Soliyev tushirildi
68'
"Bunyodkor"da ikkinchi o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Doston Hamdamov tushirildi
66'
"Paxtakor" ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Sohibovning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasini Zuhurov egallab oldi
65'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Anvar G‘ofurov o‘rniga Ivan Miloshevich tushirildi
63'
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo "qaldirg‘ochlar" qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Uch kishi ikki himoyachiga qarshi vaziyatdan foydalana olmadi
62'
Vuuuuuh! Zuhuroooov! Masharipov birga bir vaziyatga chiqib borib, olis burchak tomon zarba berdi! Murodjon zarbani qaytardi!
60'
Shaker Zuagi ogohlantirish oldi. U Hoshimovni chalib yiqitdi
59'
"Paxtakor"da o‘yinchi almashdi. Ismatullayev o‘rniga Jamshid Iskandarov tushdi
58'
Vladimir Kozakka sariq kartochka oldi. U Satoning oyog‘idan tepdi
54'
"Paxtakor" futbolchilari tomonidan jarima maydonchasiga yetkazilayotgan uzatmalarni qaytarishda Xayrulla Karimov jonbozlik qilishmoqda
53'
"Paxtakor" bosimni oshirmoqda. Navbatdagi burchak to‘pini maydon egalari bartaraf etishdi
51'
Burchak to‘pini mezbonlar bartaraf etishdi
50'
"Paxtakor" o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p qaytarildi. Takroriy hujum paytida Xayrulla Karimov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
50'
Gol kamida 35 metrdan urildi. Ustunga ham tegibdi to‘p...
49'
GOOOOOOL! Akmal Shorahmedoooooov! 1:0! Olis masofadan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Futbolchilar maydonga qaytishmoqda
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Bunyodkor" - "Paxtakor" - 0:0. Tanaffus
42'
"Bunyodkor" o‘ng qanotdan chiroyli hujum uyushtirdi. Biroq yakunda Shodiyev va Shomurodov bir-birlarini tushunishmadi.
41'
Chap qanotdan yetkazilagn uzatma "Bunyodkor "himoyachilari osha Masharipovga keldi, ammo to‘p unga tegib, maydonni tark etdi
35'
Egor Krimes sariq kartochka oldi. Maydon markazida taktik fol ishlatishga majbur bo‘ldi. Raqiblar qarshi hujumga o‘tib ketishayotgandi
30'
Andreev ijrosidagi jarima zarbasi bu safar muvaffaqiyatli chiqmadi
28'
Karpenko ofsaydda qoldi
26'
Andreev jarima zarbasini to‘g‘ridan to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. To‘p biroz darvoza ustidan o‘tib ketdi
24'
Lobanooov! Zuagi tomonidan yo‘llangan zarbani Sasha qaytardi! Hisob - 0:0!
23'
PENALTI! "Paxtakor" darvozasiga! To‘p yon qanotdan otib berilganidan keyin jarima maydonchasi ichida turgan Krimesning qo‘liga tegdi!
21'
Vuh! Sato chap qanotdan yetkazib bergan o‘pni Karpenko yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p Merzlyakovga tekgib, maydonni tark etdi
19'
Sergeev jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Zuhurov to‘pni egallab oldi
18'
"Bunyodkor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Shorahmedov egalladi va olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
14'
Karpenko o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Shodiyev chalqancha uslubda zarba berdi, ammo uning oyoqlari Hoshimovga tegib ketdi. Natijada Vohid sariq kartochka oldi
13'
Ismatullayev jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. HImoyachilar to‘pni qaytarishdi
11'
Darvoza yaqiniga yetkazilgan uzatmani Zuhurov egallab oldi
8'
"Paxtakor" tashabbusni o‘z qo‘liga olmoqda. Jamoa burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Krimesning bu safarga bosh bilan yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi
4'
Vuuuuuh! Andreev burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Krimes olis ustun yonida darvoza chizig‘igacha 1 metr masofadan bosh bilan zarba berdi. Zuxurov zarbani qaytardi!
2'
Dastlabki hujumni mezbonlar uyushtirishdi. Jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarba noaniq bo‘ldi
1'
Uchrashuvni "Bunyodkor" futbolchilari boshlab berishdi. Bugun ular oq rangli formada harakat qilishmoqda. "Paxtakor" esa sariq rangli formani tanlagan
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. "Bunyodkor" va "PAxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.