Angliya Premyer-ligasi, 24-tur.
| 1 fevral, 20:00 | ||
STOK SITIAdam (38, 51)
|
2 : 1 |
MANCHESTER YUNAYTEDvan Persi (48)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| Stok Siti: Begovich, Kemeron, Shovkross, Uilson, Piters, Odemvinge, Velan (Palasios, 83), Adam, Arnautovich (Assaidi, 70), Uolters (Ireland, 58), Krauch | MYU: De Xea, Jons (Uelbek, 44), Smolling, Evans (Rafael, 10), Evra, Kerrik, Kleverli, Yang, Runi, Mata, van Persi (Ernandes, 78) | |
| ZAHIRA | ||
| Sorensen, Munyesa, Guidetti, Shotton | Lindegor, Fletcher, Valensiya, Yanuzay | |
Matn
| 99' | ![]() |
O‘yin tugadi. |
| 90+6' | Mezbonlar vaqtni o‘tkazish uchun to‘pni egallab turishibdi. "Yunayted"da so‘nggi imkoniyat bo‘larmikan? | |
| 92' | ![]() |
"MYu" hujumlar uyushtirishda davom etmoqda. Navbatdagi hujum zarbagacha yetib bormadi. Burchak to‘plari... |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 7 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 90' | Runining jarimadan uzatgan to‘pidan so‘ng raqib jarima maydonida tartibsizlik yuzaga keldi. To‘p Kleverleyga kelib tushganida, uning zarbasi aniq bo‘lmadi. | |
| 87' | Kris Smollingning uzoq masofadan Eshli Yangni to‘p bilan ta’minlagandi, ammo bosh bilan berilgan zarba maydon tashqarisiga chiqib ketdi. | |
| 85' | "MYu" shoshilmoqda. Qanotlardan hujumlar bor, ammo haqiqiy xavfli vaziyatlar ko‘p emas. Moyes jamoasini oldinga boshlayapti. | |
| 83' | ![]() |
"Stok Siti" tarkibida o‘zgarish: Velan o‘rniga Palasios o‘yinni davom ettiradi. |
| 82' | ![]() |
Odemvingega qarshi qo‘pollik uchun Kerrik ogohlantirildi. |
| 78' | ![]() |
Moyes ixtiyoridagi uchinchi o‘zgartirishni, boshqacha aytganda, o‘zi istagan birinchi o‘zgarishni amalga oshirdi: van Persi o‘rniga Xavyer Ernandes maydonga tushdi. |
| 76' | ![]() |
Assaidining yana bir zarbasi! Bu safargisi ancha xavfli chiqdi. De Xeaning seyfidan so‘ng, mezbonlar burchak to‘pi tepadi. |
| 74' | Biroz avval maydonga tushgan Assaidi zarba berishga urinib ko‘rdi, ammo Smolling xavfni bartaraf etdi. | |
| 72' | O‘yin yakunlanishiga tobora oz vaqt qolmoqda, hisob esa hamon 2:1. | |
| 70' | ![]() |
"Stok Siti": Jarohat olgan Arnautovich o‘rniga Usama Assaidi maydonga tushdi. |
| 66' | ![]() |
"Stok" burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq Adamning to‘p uzatishini De Xea osonlik bilan bartaraf etdi. |
| 63' | Evra raqib jarima maydoni ichida yiqilib tushdi: penalti yo‘q. So‘ng to‘p ochiq turgan Mataga kelib tushgandi, ammo uning zarbasi yo‘liga g‘ov bo‘lishdi. | |
| 61' | Krauch mehmonlar darvozasiga xavf solgandi, ammo uning kuchsiz zarbasi De Xeaga qiyinchilik tug‘dirmadi. | |
| 58' | ![]() |
Uoltersning o‘rniga Stefan Ireland o‘yinni davom ettirmoqda. |
| 57' | ![]() |
Uolters jarohat olib maydonni tark etdi. Smolling bilan to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi, ushbu vaziyat uning ogohlantirilishi va almashtirilishiga sabab bo‘ldi. |
| 56' | Yomg‘ir jalaga aylandi. Uchrashuvda esa qo‘polliklar ko‘payib bormoqda | |
| 55' | ![]() |
Arnautovichga nisbatan qoida buzgan Runi ogohlantirildi. |
| 52' | Charli Adamdan dubl! Uning ilk golida omadning hissasi katta edi deyishimiz mumkin, ammo bu safargisini emas. | |
| 51' | ![]() |
Gooooool!!! Mezbonlar ham bo‘sh kelishmayapti! 2:1 |
| 48' | Robin van Persi!!!!!! | |
| 48' | ![]() |
Goooooooool! "Yunayted" hisobni tenglashtirdi!!! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| ' | Dastlabki bo‘lim David Moyes uchun mutlaqo omadsiz kechgani shubhasiz. Hisobda ortda qolayotgan jamoa safida Jonni Evans va Fil Jons jarohat olishdi. | |
| ' | Birinchi bo‘limda to‘pni egallab turish bo‘yicha ko‘rsatkich: 44\45, "MYu" foydasiga. | |
| 45+6' | ![]() |
Tanaffus! Hozircha hisob - 1:0, mezbonlar foydasiga. |
| 45+2' | ![]() |
Charli Adam tepgan burchak to‘pidan so‘ng vaziyat qaltisdek ko‘ringandi, ammo De Xea to‘pni ishonch bilan egallab oldi. |
| 45' | ![]() |
Dastlabki bo‘limga, Fil Jonsga tibbiy yordam ko‘rsatigani sabab, 6 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 44' | Natijada Kerrik himoya markaziga o‘tdi, Uelbek esa oldinroqda o‘ynaydi. | |
| 44' | ![]() |
"MYu" safida o‘zgarish: Jons o‘rniga Denni Uelbek maydonga tushdi. |
| 39' | Charli Adamsning darvozadan xiyla uzoqroq masofadan turib standartdan bergan zarbasi o‘z yo‘nalishini butkul o‘zgartirgan holda Moyes davrozasidan joy oldi. David buni kutmagan, umuman boshqa tomonga sakragandi... Sharhimiz boshida yozganimiz shamol yodingizdami? | |
| 38' | ![]() |
GOOOOOL! Charli Adam! 1:0! |
| 34' | Piters maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi-yu, 30 metrlar chamasi darvozaga zarba berishga qaror qildi: to‘p muxlislar tribunasi tomon yo‘l oldi. | |
| 30' | O‘yinning dastlabki 30 daqiqasi ortda qoldi. Hozircha kichik ustunlik mehmonlar tarafda. "Stok Siti" himoyasi bexato o‘ynamoqda. | |
| 28' | ![]() |
"MYu" ketma-ket ikki bor burchak to‘pi tepdi: hozircha samarasiz. Birinchisida Velan van Persini yopishga ulgurdi, keyingi safar Yangning burchak to‘pini Begovich egallab oldi. |
| 23' | "Stok"ning xafli qarshi hujumi! Ketma-ket to‘rtta aniq to‘p oshirishdan so‘ng Krauch uni egallay olmadi. | |
| 22' | Manchesterliklarning navbatdagi hujumi. Runi maydon markazida to‘pni egallab, chap qanotda Evraga oshirgandi, ammo mehmonlar himoyachilari xavfni bartaraf etishdi. | |
| 22' | To‘p mehmonlarda, mezbonlar esa pressing bilan bosimni oshirishmoqda. Kerrik va Mata to‘pni ko‘proq o‘zlarida saqlab turishni uddalashmoqda. | |
| 20' | Dastlabki 20 daqiqalikda o‘yin tempi ancha yuqori. | |
| 16' | "Shamolli Albion"da Arnautovichning 25 metrlar chamasi bergan zarbasi noaniq chiqdi. | |
| 14' | ![]() |
"Yunayted"ning dastlabki yaxshi hujumi. Chap qanotdan Patris Evraning Runiga uzatgan to‘piga raqib himoyachisi g‘ov bo‘ldi. |
| 12' | ![]() |
Ayni daqiqalarda mezbonlar faol pressing qo‘llashmoqda. Burchak to‘pidan so‘ng Arnautovichning bosh bilan zarbasi ancha noaniq chiqdi. |
| 10' | ![]() |
Evans jarohat oldi, ammo qaysi vaziyatda ekani tushunarsiz. Nima bo‘lganda ham, uning o‘rnida Rafael uchrashuvni davom ettiradi. |
| 9' | Dastlabki xulosalarimizga ko‘ra, Kris Smolling sof o‘ng qanot himoyasida o‘ynamoqda. Unga oldinroqda Jonni Evans hamda Fil Jonslar ko‘maklashishadi. | |
| 6' | Ueyn Runi darvoza tomon yaqinlashib bordi, ammo aftidan kuchli unga zarba berishga to‘sqinlik qildi. | |
| 4' | "Stok Siti" o‘yinni faol boshladi. Dastlabki daqiqalarda mehmonlar himoyalanishiga to‘g‘ri kelmoqda. | |
| 1' | Uchrashuvni mezbonlar boshlab berishdi. | |
| 0' | Barchaga xayrli kech! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|