Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| «A» guruhi, 3-tur. 21 oktyabr, soat 23:45. Bosh hakam: Nikola Rissoli (Italiya) | ||
PSJ |
0 : 0 |
REAL MADRID |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
16.Kevin Trapp (D) 19.Serj OrYE 02.Tiago Silva 05.Markinyos 17.Maksvell 06.Marko Verratti 08.Tiago Motta 11.Anxel Di Mariya 14.Blez Matyuydi 09.Edinson Kavani 10.Zlatan Ibrohimovich |
01.Keylor Navas (D) 04.Serxio Ramos 02.Rafayel Varan 12.Marselo 23.Danilo 08.Toni Kroos 14.Kazemiro 18.Lukas Vaskes 22.Isko 07.Krishtianu Ronaldu 20.Xese |
|
| ZAHIRA | ||
|
30.Salvatore Sirigu (D) 23.Gregori van der Vil 20.Leyvin Kurzava 07.Lukas Moura 25.Adriyen Rabiot 27.Xavyer Pastore 22.Esekyel Lavessi |
13.Kiko Kasilya (D) 06.Nacho Fernandes 19.Luka Modrich 28.Markos Lyorente 16.Mateo Kovachich 21.Denis Cherishev 29.Borxa Mayoral |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Blez Matyuydi (9)
Marko Verratti (50) Serj Orye (87) |
Serxio Ramos (60)
Lukas Vaskes (77) Denis Cherishev (85) |
|
Matn
| ' | ![]() |
Har ikkala jamoa hisobidagi ochkolar soni 7taga yetdi |
| 90+4' | ![]() |
"Real" so‘nggi soniyalarda qiyinchilik bilan himoyalandi. O‘yin yakunlandi. "PSJ" - "Real" - 0:0. |
| 90+3' | ![]() |
Vuh, "PSJ"da yaxshi imkoniyat bo‘ldi, ular foydalana olishmadi |
| 90+2' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 3 daqiqaning ikkinchisi o‘tib bormoqda |
| 90+1' | ![]() |
Vuh! Maydon markazida to‘p uchun kurashda "Parij" ustun keldi va Pastore oldinga boshlandi. Navas oldinga chiqdi va to‘pni tepib yubordi |
| 90' | ![]() |
Muxlislardan biri maydonga yugurib tushib ketdi va u Ronalduni quchoqlamoqchi bo‘ldi. Stadion xodimlari uni maydondan olib chiqib ketishdi |
| 89' | ![]() |
Cherishev jarima maydonchasi burchagidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 87' | ![]() |
Endi Serj Orye hujumda fol ishlatgani uchun ogohlantirildi |
| 85' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin "PSJ" futbolchilari Cherishevdan to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumga o‘tishayotganida Denis taktik fol ishlatdi. Sariq kartochka |
| 85' | ![]() |
Kroosning uzatmasini Tiago Silva bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 84' | ![]() |
Orye himoyaning o‘ng qanotida Ronalduga nisbatan fol ishlatdi. |
| 82' | ![]() |
Fransuzlar qisqa paslar orqali yaxshi hujum tashkil qilishdi. Ibra ofsaydda qolib ketdi |
| 79' | ![]() |
"PSJ"da o‘zgarish: Verratti o‘rniga Lavessi tushdi |
| 77' | ![]() |
Lukas Vaskes sariq kartochka oldi |
| 76' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish bo‘ldi. Xese o‘rniga Denis Cherishev tushirildi |
| 75' | ![]() |
Matyuydining chapdan uzatmasini Lukas Moura bosh bilan darvozaga burishga harakat qildi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 72' | ![]() |
Vuuuuuh, Ronalduuuuuu! "PSJ" burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda "Real" qarshi hujumga o‘tib ketdi. Modrich-Xese-Marselo orqali to‘p Krishtianuga kelib tushdi. Ronaldu jarima maydonchasi burchagidan birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi... |
| 71' | ![]() |
Vuuuh! Matyuydi va Pastore chiroyli uzatmalar orqali "Real" mudofaasini yorib o‘tishdi. Ammo Xavyer ofsaydda qolgan ekan |
| 68' | ![]() |
"Real"da ham o‘zgarish bo‘ldi. Isko o‘rniga Luka Modrich tushirildi |
| 66' | ![]() |
"PSJ"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Kavani o‘rniga Lukas Moura, Di Mariya o‘rniga Xavyer Pastore maydonga tushdi |
| 65' | ![]() |
Vuuuh! Di Mariya o‘ngdan markaz bo‘ylab surildi va zarba yo‘lladi. To‘p rekshoyet holatida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Biroq Navas to‘pni egallashga muvaffaq bo‘ldi |
| 63' | ![]() |
Chap qanotdan havodan yetkazilgan uzatmaga Ibrohimovich darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi, shu bilan birgalikda Zlatan Ramosga nisbatan o‘yin qoidasini buzgan deb topildi |
| 61' | ![]() |
Jarima zarbasini Ibra yo‘lladi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 60' | ![]() |
Verratti madridliklarning 3 himoyachisidan o‘tib ketayotganida Ramos fol evaziga uni to‘xtatdi. "Real" sardoriga ogohlantirish berildi |
| 59' | ![]() |
Parijliklar ayni daqiqalarda raqib darvozasi tomon bosim uyushtirishmoqda. Ammo hozircha vaziyat zarbagacha yetib bormayapti |
| 56' | ![]() |
"Real" o‘z jarima maydonchasi yaqinida to‘pni mezbonlarga oldirib qo‘ydi. Kavani sheriklarini to‘p bilan ta’minlay olmadi. Vaziyat yo‘qqa chiqdi |
| 55' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. U o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetib kelgan Vaskesni to‘p bilan ta’minladi. Rafaelning zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi. Burchak to‘pi |
| 53' | ![]() |
Orye chap qanotdan havolatib to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p qaytarildi. Takroriy hujum paytida Ibrohimovich to‘pni Orye tomon uzatayotganida Marselo egallab oldi |
| 52' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi. Isko aniq uzatma bera olmadi |
| 51' | ![]() |
Vuuuh! Ronalduning jarimadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p jonli devordagi futbolchilardan birining boshiga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 50' | ![]() |
Verratti jarima maydonchasi tashqarisida Ronalduning oyog‘iga xavfli tashlandi va uni yiqitdi. "sariq" |
| 49' | ![]() |
Uh, xavfli vaziyat! Motta chap qanotdan uzatma berdi. Kavani darvozagacha 7-8 metrlardan to‘pni darvoza tomon burdi. Ammo to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz. |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: to‘p nazorati - 52%:48%, zarbalar - 3:10, aniq zarbalar - 1:4, burchak to‘plari - 3:4. |
| 45' | ![]() |
Rissoli birinchi bo‘limga kompensasiya vaqti belgilamadi. Tanaffus. Hozircha - 0:0. |
| 43' | ![]() |
Chap qanotdan jarima maydonchasida ochilayotgan Krishtianu tomon uzatma berildi. Trapp oldinga chiqdi hamda to‘pni egallab oldi |
| 40' | ![]() |
Vuuuh! "Real" hisobni ochishga juda yaqin keldi. Marselo darvozabon maydonchasiga pas berdi. Ronaldu to‘pni darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p darvoza oldida turgan Kazemiroga bordi. Yarim himoyachi zarba berish o‘rniga pas berishga qaror qildi. Himoyachi to‘pni tepib yubordi. Birgina aniq zarba hisobning ochilishiga olib kelardi... |
| 39' | ![]() |
Isko Xesedan uzatmani qabul qildi va 14 metrlardan zarba berdi. To‘p rekoshet holatida darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 38' | ![]() |
Olis masofadan berilgan uzatma paytida Di Mariya ofsaydda qoldi. U birga bir vaziyatga yugurishni boshlagandi |
| 36' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Krishtianu bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozabonning qo‘liga tegib, yuqoridan o‘tib ketdi |
| 35' | ![]() |
Marseloning navbatdagi uzatmasidan keyin Ronaldu bosh bilan zarba berdi. Yerga urilib borgan to‘pni Trapp qaytardi, ammo to‘pni maydonda olib qola olmadi |
| 33' | ![]() |
Marselo chiroyli fint orqali Iskoga uzatma berdi va o‘zi jarima maydonchasi burchagida to‘pni qabul qilib, darvoza oldiga havodan uzatma berdi. To‘pni Silva bosh bilan qaytardi |
| 29' | ![]() |
Danilo hujumga qo‘shildi hamda chap qanotdan markaz bo‘ylab yurish qildi. Jarima maydonchasi ichida ochilayotgan Ronalduga pas berayotganida Tiago Silva to‘pni egallab oldi |
| 28' | ![]() |
Ibrohimovich Di Mariyadan uzatmani qabul qilib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachilarga to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 26' | ![]() |
Vuuuuuh! Kroos nozik pas bilan Xeseni birga bir vaziyatga chiqardi. Hujumchining zarbasini Kevin Trapp oyog‘i bilan qaytardi! |
| 25' | ![]() |
Di Mariya chap qanotdan darvoza yaqinga havodan uzatma berdi. Navas to‘pni egallab oldi. Osonlik bilan |
| 24' | ![]() |
Orye chap qanotdan jarima maydonchasiga yerdan uzatma berdi. Varan to‘pni qaytardi |
| 22' | Kurash maydon markazida. HEch bir jamoa xavfli vaziyat yarata olayotganicha yo‘q | |
| 18' | ![]() |
"PSJ" ko‘proq to‘pni nazorat qilishga harakat qilmoqda. "Madrid" esa darhol hujum variantlarini izlamoqda. Shu bois to‘pni tez yo‘qotmoqda |
| 16' | ![]() |
Di Mariya o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Oryeni oldinga boshladi. Amo Serj biroz tezroq yugurib, ofsayd zonasiga kirib qolgandi |
| 14' | ![]() |
Maydon egalari jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Tiago Silva bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 11' | ![]() |
Vuuuh! Matyuydi shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldida yerlatib aniq zarba berdi. Keylor to‘pni ishonch bilan egallab oldi! |
| 10' | ![]() |
Ronalduning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 9' | ![]() |
Matyuydi to‘pni yo‘qotdi va Kazemironi qo‘li bilan tortib yiqitishga majbur bo‘ldi. Sariq kartochka |
| 8' | ![]() |
Ibrohimovich jarima maydonchasi ichida ofsaydda qoldi deb topildi |
| 7' | ![]() |
Parijliklar ketma-ket 3 marta to‘pni burchakdan o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yo‘q, ammo ular bu orqali tashabbusni o‘z tomonlariga og‘dirishga ishora qilishgandek |
| 6' | "PSJ" va "Real" ikkita turdan keyin 6 ochko jamg‘arib turishibdi. 3 va 4-turda bo‘ladigan o‘yinlar bevosita guruh g‘olibligi uchun kechadi. | |
| 3' | ![]() |
"Real" ikkita hujum tashkil qildi. Qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirilganidan keyin Ronaldu tomon uzatma berildi. Biroq to‘p Krishtianudan o‘tib ketdi. Himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yubordi. Keyin hujum paytida Marselo olis masofadan chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi |
| 2' | ![]() |
Ronaldu maydon markazida to‘pni tovoni bilan jamoadoshiga yetkazib, o‘zi oldinga o‘tayotganida, to‘pni mezbonlar egallab olishdi. Krishtianu hamisha hamma narsaga tayyor! Haqiqiy professional |
| 1' | ![]() |
Boshladik! To‘pni o‘yinga Ronaldu va Isko kiritib berishdi! |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Chempionlar ligasi madhiyasi yangraydi |
| ' | "PSJ" to‘q ko‘k, "Real" esa oq rangli formada maydonga tushmoqda | |
| ' | Stadion muxlislar bilan to‘lib toshgan. Ishqibozlar ajoyib futbol spektaklidan bahramand bo‘lishga tayyor bo‘lib turishibdi. Futbolchilar maydonga chiqish yo‘lakchasida oldida yig‘ilishmoqda | |
| ' | ![]() |
Parij! "Park de Prens" stadioni. Bugun Stadion.uz orqali mana shu shahar va stadion bilan bog‘laanamiz. Fransiya poytaxtidagi arenada "PSJ" YECHL doirasida "Real"ni qabul qilmoqda! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|