Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer ligasi

. Bosh hakam: Mark Klattenburg

MANCHESTER YUNAYTED

0 : 0

MANCHESTER SITI

JAMOALAR TARKIBI
01.David de Xea (D)
04.Fil Jons
12.Kris Smolling
05.Markos Roxo
25.Antonio Valensiya
28.Morgan Shnayderlen
08.Xuan Mata
21.Ander Errera
31.Basti Shvaynshtayger
10.Ueyn Runi
09.Entoni Martial
  01.Jo Xart (D)
04.Vensan Kompani
30.Nikolas Otamendi
11.Aleksandr Kolarov
03.Bakari Sanya
25.Fernandinyo
17.Kevin de Bryuyn
42.Yaya Ture
07.Raxim Sterling
06.Fernando
14.Vilfrid Boni
ZAHIRA
20.Serxio Romero (D)
17.Deyli Blind
36.Matteo Darmian
16.Maykl Kerrik
35.Jessi Lingard
27.Maruan Fellayni
07.Memfis Depay
  13.Vilfredo Kabalyero (D)
26.Martin Demichelis
05.Pablo Sabaleta
20.Elyakim Mangala
15.Xesus Navas
27.Patrik Roberts
72.Kelechi Ixeanacho

Matn

'
Bugun 22:15dan boshlab "Barselona" - "Eybar" o‘yinidan matnli onlayn translyasiya e’tiboringizga havola qilinadi. O‘tkazib yubormang
90+4'
O‘yin yakunlandi. Manchester derbisida hisob ochilmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
"Siti" xavfli hujumga o‘tayotganida Shneyderlin "sariq" evaziga de Bryuyneni yiqitdi
88'
Vuuuh! Olis masofadan yuqoridan yetkazilgan uzatmani Fellayni bosh bilan Marsiarga yetkazdi. Antonioning zarabsidan keyin to‘p yaqin burchakka kirayotgandi. Jo Xart reaksiya namoyish qildi!
87'
Vuh! Chap qanotdan jarima to‘pi o‘yinga kiritildi. Darvozabon maydonchasi chizig‘i oldida Otamendining oyog‘i to‘pga tegmay qoldi!
84'
Vuuuuh! Yuqoridan yetkazilgan uzatmadan keyin Lingard deyarli birga bir vaziyatga chiqdi va darvozabon maydonchasi burchagidan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi!!!
83'
"Siti"da o‘zgarish: Boni o‘rniga Ixeanacho tushdi
81'
"Yunayted"da o‘zgarish: Valensiya o‘rniga Darmian tushdi
78'
"Siti" olis masofadan jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘ldi. De Bryuynening zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
77'
"Siti"da o‘zgarish: Yahyo Ture o‘rniga Demichelis tushirildi
76'
Marsial chap qanotda ikki futbolchi orasidan o‘tib ketdi, ammo to‘pni maydonda olib qola olmadi
74'
"Yunayted"da o‘zgarish: Shvaynshtayger o‘rniga Fellayni tushirildi
73'
Bitta gol bahs taqdirini hal qiladigan o‘yin bo‘lyapti. Aks holda katta ehtimol bilan 0:0 hisobi o‘zgarmay qoladigan ko‘rinadi. Futbolchilar mudofaani yorib o‘ta olishmayapti
70'
Jarima maydonchasiga kirgan Runiga uzatma berildi. Ammo Ueyn sheriklariga pas bera olmadi
66'
"MYu"da o‘zgarish: Mata o‘rniga Jessi Lingard tushirildi
63'
Kutilmagan uzatmadan keyin Mata birga bir vaziyatga chiqishga harakat qildi. Xart jarima maydonchasini tark etdi va to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
61'
"MYu" futbolchisi chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. To‘p Runigacha yetib kelmadi
60'
Yuqoridan yetkazilgan to‘pni Jo Xart egallab oldi
58'
Maydon markazida to‘p uchun kurash kechmoqda
55'
"Siti"da o‘zgarish bo‘ldi. Sterling o‘rniga Xesus Navas tushdi
51'
Vuh! Burchak to‘pidan keyin Smolling bosh bilan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
50'
"MYu" chap qanotdan kombinasiya orqali mehmonlar jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Erreraning zarbasidan keyin to‘p himoyachining oyog‘iga tegib maydonni tark etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Birinchi bo‘limda o‘yin tempi yuqori bo‘ldi, biroq golga tortadigan kombinasiyalar va vaziyatlar yuzaga kelmadi. Himoyachilar zich o‘ynashmoqda
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi
45+1'
"Yunayted" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Kompani sariq kartochka oldi
44'
Vuuuh! De Bryuyne yerlatib bergan uzatmasi Turega aniq bordi. Yaya 13 metrdan aniq zarba bera olmadi. To‘p uning oyog‘iga o‘tirmadi
40'
"Siti" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Yaya bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
39'
Xuan Mata avvalgi to‘pni oldirib qo‘ydi va Fernandinyoni chalib yiqitishga majbur bo‘ldi. "Sariq"
34'
"Siti" ijrosidagi burchak to‘pi samarali chiqmadi
33'
"Shaharliklar" chap qanotdan kombinasiya tashkil qilishdi va to‘pni darvoza yaqiniga uzatishdi. "MYu" himoyachisi to‘pni egalladi va yon tomonga tepib yubordi
31'
De Bryuyne o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi
30'
Shvaynshtayger markaz bo‘ylab jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘lgan Marsyalga uzatma bermoqchi bo‘ldi. Himoyachilar bunga imkon berishmadi
28'
Runi o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. HImoyachi bosh bilan uzatma darvza oldidan uzoqlashtirdi
24'
De Bryuyne o‘ng qanotdan uzatma berdi. Roxo uni yon tomonga qaytarib yubordi
23'
"MYu"ning birdaniga ikki nafar futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Valensiya ham jarohat oldi
22'
Runining boshidan qon oqmoqda. U maydonda o‘ynab yuribdi. Klattenburg uni ko‘rmayapti
20'
Qarshi hujumda "shaharliklar" imkoniyatdan foydalana olishmadi. Ture jarima maydonchasi ichida bo‘sh o‘ynadi
18'
"MYu" o‘ng qanotdan burchakjarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mata yetkazgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi
16'
De Bryuyne Ture bilan "devor" o‘ynab, o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo uning uzatmasidan keyin to‘p maydonni tark etdi
14'
Fernadinyo sariq kartochka oldi
12'
Sterling! Rahim jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirib bordi va bir himoyachini chalg‘itib zarba berdi. To‘p boshqa himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
7'
O‘yin ancha yuqori sur’atda boshlandi. Ammo hozircha golli vaziyatlar yuzaga kelganicha yo‘q
1'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. "Old Trafford"da Manchester derbisi boshlanib ketdi. Onlayn translyasiyamizga xush kelibsiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.