Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

11-tur, 31 oktyabr, soat 17:45. Bosh hakam: Mark Klattenburg

CHELSI

Ramires (4)

1 : 3

LIVERPUL

Filippe Koutinyo (45+3, 74)
Kristian Benteke (83)
JAMOALAR TARKIBI
01.Asmir Begovich (D)
24.Geri Kexill
26.Jon Terri
28.Sesar Aspilikueta
12.Jon Obi Mikel
22.Villian
08.Oskar
10.Eden Azar
07.Ramires
05.Kurt Zuma
19.Diyego Kosta
  22.Simon Minyole (D)
17.Mamadu Sako
02.Nataniel Klayn
37.Martin Shkrtel
10.Filippe Koutinyo
18.Alberto Moreno
20.Adam Lallana
23.Emre Jan
11.Roberto Firmino
21.Lukas Leyva
07.Jeyms Milner
ZAHIRA
06.Abdul Baba
04.Sesk Fabregas
21.Nemanya Matich
09.Radamel Falkao
16.Robert Kenedi
18.Loik Remi
  34.Adam Bogdan (D)
06.Deyan Lovren
56.Konnor Rednall
53.Joao Teysheyra
24.Jo Allen
33.Jordan Ayb
09.Kristian Benteke

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Liverpul" "Stemford Brij"da haqli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
90+1'
Koutinyo jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Bu safar himoyachilar zarbani qaytarishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
87'
Falkao 11 metrlardan bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
83'
GOOOOOOL! Kristian Benteke, 1:3! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Benteke jarima maydonchasi ichida qabul qildi va ikki himoyachini chalg‘itib, to‘pni darvozaga joyladi!
82'
Vuuuh! Villian o‘ng qanotdan jarima to‘pini amalga oshirdi. To‘p darvoza to‘siniga yuqoridan tegib, maydonni tark etdi
80'
Vuuh! Jordan Ayb chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p Terrining oyog‘iga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va ustun yonidan o‘tib ketdi
79'
Mezbonlarda yaxshi imkoniyat! Diyego Kosta jarima maydonchasi ichda bir futbolchini aldadi va zarba berdi. Shkrtel zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi
77'
Vuuuuh! Alberto Moreno chap qanotdan katta tezlikda oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga kirib zarba yo‘lladi. Begovich oyog‘i bilan to‘pni qaytardi!
74'
GOOOOOOOL! Koutinyoooooo, 1:2! Filippe jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va o‘ng oyog‘ida zarba berdi. To‘p rekoshet holatida to‘rga borib tushdi!
71'
Vuuuh! Oskar maydon markazida to‘pni raqib futbolchisidan olib qo‘ydi va darvoza tomon zarba berdi. Minyole ustidan o‘tib ketayotgan to‘pni bir amalab egallab oldi
70'
"Chelsi"da o‘zgarish: Jon Obi Mikel o‘rniga Sesk Fabregas tushirildi
66'
Jon Obi Mikel ogohlantirish oldi
65'
Emre Jan sariq kartochka oldi
64'
"Liverpul"da o‘zgarish: Milner o‘rniga Kristian Benteke tushdi
62'
Lalllana jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Zarba noaniq chiqdi
60'
Kenedi Robert sherigi bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi
59'
"Chelsi"da o‘zgarish: o‘yini qovushmagan Eden Azar o‘rniga Robert Kenedi tushirildi
58'
Lukas Leyva ogohlantirish oldi
53'
Azarning uzatmasidan keyin Diyego Kosta birga bir vaziyatga yugurdi, darvozabon oldinga chiqdi va to‘pni tepib yubordi
52'
Klopp shogirdlari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Keyxill to‘pni yon tomonga tepib yubordi
47'
Oskar bir himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Shkrtel to‘pni yon tomonga tepib yubordi. Villan to‘pni egallab, darvoza yaqiniga uzatma bergandi, minyole to‘pni ushlab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Chelsi" - "Liverpul" - 1:1. Tanaffus
45+3'
GOOOOOOOL! Filippe Koutinyo, 1:1! Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 2 daqiqa yakunlangan bo‘lsa-da, hakam "Liverpul"ga hujumni yakunlash imkonini berdi. Koutinyo jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi, bir himoyachini aldadi va aylanma zarba berdi. To‘p darvoza burchagiga borib tushdi.
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
Mezbonlar jarima maydonchasida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
43'
Maydon markazida to‘p uchun kurash kechmoqda. XAvfli vaziyatlar yuzaga kelmayapti
37'
Milnerning qanotdan havolatib bergan uzatmasidan keyin Lukas Leyva bosh bilan zarba berdi. To‘pni Begovich egallab oldi
34'
Klayn o‘ng qanotdan uzatma berayotganida to‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Terrining qo‘liga tegdi. Yaqin masofadan tepilgani uchun bo‘lsa kerak, hakam o‘yinni to‘xtatmadi
30'
Emre Jan burchakka yaqin joyda o‘yin qoidasini buzdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
27'
Diyego Kosta maydon markazida Milnerning oyog‘iga xavfli tashlandi. Klattenburg uni ayadi, ogohlantirish bermadi
26'
Vuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Lallana "Chelsi" jarima maydonchasi ichida to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi. Begovich to‘pni egallab oldi
22'
Firmino jarima maydonchasi ichida sherigi bilan "devor" o‘ynab o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashishga urindi. Terri "podkat" orqali to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Begovich egallab oldi
20'
To‘p nazorati va hujumlar qizillar tomoniga o‘tdi. Mourinyo jamoasi himoyalanmoqda
19'
Koutinyoning zarbasi himoyachiga tegib jarima maydonchasi ichida turgan Lallanaga kelib tushdi. Adamning zarbasini Begovich egallab oldi
18'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni Begovich egallab oldi
15'
Liverpulliklar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Milnerning zarbasi noaniq chiqdi
13'
Azar, Villian va Diyego Kosta mehmonlarning 3 himoyachisiga qarshi chiqib borishdi. Eden uzatmani kechroq berdi. Natijada vaziyat yo‘qqa chiqdi
11'
Kichik ustunlik londonliklar tomonida
7'
"Chelsi" standart vaziyatdan so‘ng gol urishi mumkin edli. Villian uzatib bergan to‘pga sakragan Zuma ofsaydda qoldi
4'
GOOOOL! Ramires, 1:0! Chap qanotdan yektazilgan uzatmani yarim himoyachi bosh bilan darvozaga joyladi. Minyole zarbani qaytara olmadi. To‘p uning qo‘liga tegib, to‘rga borib tushdi!
2'
"Liverpul" yaxshi hujum tashkil qildi. Ular mezbonlar jarima maydonchasi atrofida ko‘pchilikni tashkil qilishdi. Ammo Firminoning zarbasi noaniq chiqdi
1'
"CHELSI" - "LIVERPUL" uchrashuvi boshlandi!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Angliya Premyer-ligasi bahsiga xush kelibsiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.