Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 10-tur, 31 oktyabr, soat 20:00 | ||
REAL MADRIDIsko (4)
Krishtianu Ronaldu (14) Xese (43) |
3 : 1 |
LAS-PALMASErnan (38)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 06.Nacho Fernandes 02.Rafayel Varan 12.Marselo 19.Luka Modrich 23.Danilo 14.Kazemiro 22.Isko 08.Toni Kroos 07.Krishtianu Ronaldu 20.Xese |
13.Xavi Varas (D) 17.Pedro Bigas 02.David Simon 22.Xavyer Garrido 16.Aytami Artiles 15.Roki Mesa 25.Nabil El-Jar 04.Visente Gomez 14.Xernan 08.Villian Xose 20.Xonatan Viyera |
|
| ZAHIRA | ||
|
31.Ruben Yaniz (D) 03.Pepe 18.Lukas Vaskes 16.Mateo Kovachich 28.Markos Lyorente 21.Denis Cherishev 29.Borxa Mayoral |
01.Raul Lizoain (D) 05.David Garsiya 21.Xuan Valeron 19.Emmanuel Kulio 07.Nauzet Aleman 10.Serxio Arudjo 24.Tana |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi va peshqadamlik qilishda davom etadi |
| 90+2' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Kazemiro chiroyli pas bilan Krishtianu Ronalduni birga bir vaziyatga chiqardi. U to‘pni darvozabonning ustidan oshirmoqchi bo‘ldi, ammo Xavi Varas to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pga Borxa Mayoral yetib keldi va zarba berdi. Bu zarbani ham "Las-Palmas" darvozaboni qaytardi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Toni Kroos o‘rniga Borxa Mayoral tushirildi. |
| 85' | ![]() |
Toni Kroos o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini 11 metrli nuqta atrofiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. |
| 83' | ![]() |
Isko kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan biroz yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 82' | ![]() |
Krishtianu Ronaldu jarima maydonchasiga katta tezlikda yorib kirdi va himoyachiga urilib yiqildi. U hakamdan penalti so‘radi, ammo hakamning fikri o‘zgacha. |
| 81' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Xese o‘rniga Markos Lyorente tushdi |
| 77' | ![]() |
Isko yuqoridan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi uni qaytardi |
| 74' | ![]() |
Tshp nazorati asosan mezbonlar tomonida.Ikkinchi bo‘limda madridliklar xavfli vaziyat yarata olishmadi |
| 68' | ![]() |
"Las-Palmas"da o‘zgarish: Nabil el-Jar o‘rniga Nauset tushirildi. |
| 67' | ![]() |
Mehmonlar o‘yinda uchinchi marta burchak to‘pini amalga oshirishdi. Samarasiz |
| 64' | ![]() |
"Las-Palmas"da o‘zgarish: Ernan o‘rniga Tana tushdi |
| 62' | ![]() |
Xesening uzatmasidan keyin Ronaldu darvoza tomon zarba berdi, zarba noaniq, o‘zi esa ofsaydda |
| 56' | ![]() |
Nacho jarima maydonchasi oldida o‘yin qoidasini buzdi. Villian ajoyib zarba bilan to‘pni olis yuqori burchak tomon aylantirdi. Kiko Kasilya ham chiroyli seyv orqali jamoasini qutqardi! |
| 54' | ![]() |
Visente Gomes sariq kartochka oldi. Isko nisbatan xavfli o‘yin namoyish qilgani uchun |
| 52' | ![]() |
Iskoning uzatmasidan keyin Ronaldu o‘tkir burchak ostida bo‘lishiga qaramay kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvozaga aniq bormadi |
| 50' | ![]() |
Mehmonlar futbolchisi Villian olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida "Real"da o‘zgarish bo‘ldi. Luka Modrich o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib o‘tirmadi. |
| 43' | ![]() |
GOOOOOL! Xese, 3:1! Toni Kroos jarima maydonchasidagi Xesega to‘pni yetkazdi. U tez kelgan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va Artiles Aytamini aldab o‘tib, kuchli zarba bilan olis burchakni aniq nishonga oldi. |
| 38' | ![]() |
GOOOL! Ernan, 2:1! "Las-Palmas" hisobni bittaga qisqartirdi! Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Nabil El-Jar yetkazib bergan to‘pni Ernan darvoza tomon tepdi. To‘p to‘singa tegib, so‘ngra to‘rga borib tushdi. |
| 35' | ![]() |
"Qirollik klubi" hisobni yirik ko‘rinishga keltirishiga bir bahya qoldi! Xese o‘ng qanotdan to‘zpni kuchli tarzda jarima maydonchasiga yetkazdi. Krishtianu Ronaldu to‘pni Isko tomon o‘tkazib yubordi va ispan futbolchisi darvoza tomon zarba berdi. Xavi Varas jamoasini goldan qutqardi! |
| 31' | ![]() |
Ernan sariq kartochka oldi, maydonm markazidagi qo‘pollik uchun |
| 28' | ![]() |
El-Jar jarima maydonchasiga kirdi va sherigiga xavfli uzatma berdi. To‘pni Varan egallab oldi |
| 25' | ![]() |
Madridliklar biroz ehtiyotkorlik bilan harakat qila boshladilar. Ular to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 19' | ![]() |
Oho! "Las-Palmas" bitta javob to‘pini urishi mumkin edi! Xonatan Viyera chap qanotdan "Real" jarima maydonchasiga kirdi va Kazemironi aldab o‘tib, yaqin burchakka zarba yo‘lladi. Kiko Kasilya to‘pni o‘z oldiga qaytardi. Villian esa yaqin masofadan darvozabonning o‘ziga zarba yo‘lladi. |
| 14' | ![]() |
GOOOL! Krishtianu Ronaldu, 2:0! Marselo chap qanotdan havolatib bergan uzatmani portugaliyalik futbolchi bosh bilan darvozaning olis burchagiga joyladi! |
| 10' | ![]() |
Xese chap qanotda himoyachidan o‘tib keta olmadi |
| 7' | ![]() |
Ronaldu chap qanotda Xese bilan "devor" o‘ynashga harakat qildi. ammo portugaliyak futbolchining uzatmasi sherigiga yetib bormadi |
| 4' | ![]() |
GOOOOL! Isko, 1:0! "Las-Palmas" futbolchisining qo‘pol xatosidan foydalangan mezbonlar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum. Endi e’tiboringizni Ispaniya La ligasiga qaratamiz. "Real" o‘z maydonida "Las-Palmas"ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|