Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 10-tur, 31 oktyabr, soat 00:30 | ||
XETAFE |
0 : 2 |
BARSELONALuis Suares (37)
Neymar (58) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Visente Guayta (D) 03.Roberto Lago 05.Santyago Vergini 19.Damian Suares 02.Aleksis Ruano 08.Mexdi Lasen 10.Pablo Sarabiya 14.Pedro Leon 18.Viktor Rodrigez 22.Xuan Rodriges 12.Stefan Shepovich |
13.Klaudio Bravo (D) 06.Dani Alves 24.Jeremi MatYE 18.Xordi Alba 03.Jerar Pike 20.Serxi Roberto 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 09.Luis Suares 11.Neymar 17.Munir el-Haddodiy |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Balaj Medyeri (D) 04.Emiliano Velaskez 21.Moyses Gomes 07.Anxel Lafita 11.Karim Yoda 17.Bernard Mensa 32.Emilyano Bundiya |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 15.Mark Bartra 21.Adriano 23.Tomas Vermalen 28.Jerar Gumbau 08.Andres Inyesta 19.Sandro Ramirez |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" g‘alaba qozondi va o‘z ochkolarini 24taga yetkazgan holda "Real" bilan qo‘shpeshqamdlik qilishda dvom etadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi o‘limga 3 daqiq qo‘shildi |
| 85' | ![]() |
Suares ofsaydda qoldi |
| 76' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Sandro Ramires madonga tushdi. Serxi Roberto zaxiraga olindi |
| 75' | ![]() |
Vuuuuh! Guaita o‘z jamoasini qutqarmoqda! Neymar jarima maydonchasiga kirayotgan Albaga uzatma berdi. Xordi 13 metrlardan zarba yo‘lladi va to‘p darvazabonga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi. |
| 72' | ![]() |
O‘yin biroz zerikarli tus ola boshladi. To‘pni mehmonlar nazorat qilishmoqda |
| 69' | ![]() |
"Xetafe"da ikkinchi o‘zgarish: Sarabiya o‘rniga Moyses Gomes tushdi |
| 68' | ![]() |
Neymar gol urdi, faqat xushtakdan so‘ng. Ofsayd |
| 63' | ![]() |
Inyesta o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Alvesga yumshoq uzatma berdi. Danining zarbasini Guaita bartaraf etdi |
| 61' | ![]() |
"Barsa"da ham o‘zgarish: Munir o‘rniga Andres Inyesta maydonda paydo bo‘ldi. |
| 60' | ![]() |
"Xetafe"da o‘zgarish: Pedro Leon o‘rniga Anxel Lafita tushirildi |
| 58' | ![]() |
GOOOL! Neymar, 0:2! Klaudio Bravo tshpni egallab, tezda o‘yinga kiritdi. Dani Alves biroz oldinga yurdu va darvozabon maydonchasi burchagiga uzatma berdi. Neymar to‘pni yerga tushirmasdan to‘rga joylab qo‘ydi. Juda tezkor qarshi hujum |
| 56' | ![]() |
Shepovich Matyodan o‘tib keta olganida darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi. Jerei bunga yo‘l qo‘ymadi |
| 54' | ![]() |
Munir jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va darvozani ishg‘ol qildi. Biroq ofsayd |
| 48' | ![]() |
Mehmonlar jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Neymar jarima maydonchasining chetidagi Robertoga uzatma berdi. Serxi bosh bilan uni darvoza oldiga yetkazdi. "Xetafe" posboni to‘pni egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Xetafe" - "Barselona" - 0:1. Tanaffus. |
| 45+1' | ![]() |
Neymar chap qanotda himoyachilardan o‘tdi va jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
"Barselona" ikkinchi golni urishi mumkin edi. Qanotdan yetkazilgan uzatmaga chiqishda "Xetafe" darvozaboni xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi |
| 43' | ![]() |
Xuan Rodriges ogohlantirildi, Neymarning oyog‘iga xavfli tashlangani uchun |
| 39' | ![]() |
Oho! Matyo kutilmaganda jarima zarbasini chap oyoqda yo‘lladi. To‘sin ostiga borayotgan to‘pni Guaita egallab oldi. |
| 38' | ![]() |
Aleksis Ruano sariq kartochka oldi |
| 37' | ![]() |
GOOOOL! Luis Suares, 0:1! Neymar chap qanotda ikki himoyachini chalg‘itib, jarima maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. U yerda Serxi Roberto tovoni bilan uzatma berib, Suaresni darvozabon chizig‘i oldiga boshladi. Luis to‘pni chaproqqa oldi, biroz pauza qildi, darvozabon Guaitaning yotishini kutdi va xotirjamlik bilan to‘pni to‘rga yumalatib qo‘ydi. Chiroyli gol |
| 32' | ![]() |
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz |
| 30' | ![]() |
Damian Suares 35 metrlardan to‘pni Bravoning ustidan oshirib darvozaga jylamoqchi bo‘ldi. To‘p Klaudio egallab oldi |
| 27' | ![]() |
Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Suaresga uzatma berdi. Luis darvozaga zarba berish o‘rngia to‘pni Neymarning o‘ziga qaytarishga qaror qildi. Natijada yaxshi vaziyat yo‘qqa chiqdi |
| 24' | ![]() |
Rakitichning uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqishga harakat qildi, ammo ofsaydda qolgan deb topildi |
| 20' | ![]() |
Xordi Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 11' | ![]() |
Vuuuuuh! "Xetafe" hisobni ochishi shart edi! Sarabiya chap qanotda tovoni bilan Viktor Rodrigesga uzatma berdi. U esa jarima maydonchasiga kirdi olis ustun tomon uzatma berdi. Shepovich darhol zarba bera olmadi va ikkinsi urinishda zarab berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 5' | ![]() |
Kataloniyaliklar ketma-ket hujumlar tashkil qilishmoqda. Rakitichning zarbasidan so‘ng to‘p darvozabonning qo‘liga bordi |
| 2' | ![]() |
Vuuuuuh! Neymar chap qanotdan so‘nggi chiziq yonigacha bordi va olis ustun tomonda ochilgan Munir tomon uzatma berdi. Haddodiy ustidan oshirib akrobatik uslubda zarba berdi. To‘p darvozaga aniq bormadi. Darvozabon narigi burchakda qolib ketgandi.... |
| 1' | ![]() |
Ispaniya chempionati, 10-tur. "Xetafe" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|