Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| «A» guruhi, 4-tur. 4 noyabr, soat 00:45. Bosh hakam: Mark Klattenburg | ||
REAL MADRIDNacho (35)
|
1 : 0 |
PSJ |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 02.Rafayel Varan 04.Serxio Ramos 12.Marselo 08.Toni Kroos 14.Kazemiro 19.Luka Modrich 22.Isko 23.Danilo 20.Xese 07.Krishtianu Ronaldu |
16.Kevin Trapp (D) 02.Tiago Silva 17.Maksvell 19.Serj OrYE 32.David Luis 06.Marko Verratti 08.Tiago Motta 11.Anxel Di Mariya 14.Blez Matyuydi 10.Zlatan Ibrohimovich 09.Edinson Kavani |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 03.Pepe 06.Nacho Fernandes 10.Xames Rodriges 16.Mateo Kovachich 18.Lukas Vaskes 21.Denis Cherishev |
30.Salvatore Sirigu (D) 04.Benjamin Stambuli 20.Leyvin Kurzava 23.Gregori van der Vil 07.Lukas Moura 25.Adriyen Rabiot 22.Esekyel Lavessi |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" o‘z maydonida "PSJ"ni kichik hisobda mag‘lub etdi va 10 ochko bilan guruhning yaqqol peshqadamiga aylandi. |
| 90+3' | ![]() |
David Luiz oldinroqqa yurdi va zarba berdi. Rekoshet holatida borgan to‘pni Navas egallab oldi |
| 90+2' | ![]() |
Keylor Navas vaqt cho‘zgani uchun ogohlantirish oldi |
| 90+1' | ![]() |
Mehmonlar qanotlardan uzatmalar berishdi. Zlatan bosh bilan yo‘llagan zarba aniq chiqmadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Vuuuuuh! Bugun omad "Madrid" tomonida bo‘lmoqda. Di Mariyaning jarimadan zarbasi ustunga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 88' | ![]() |
Kazemiro jarima maydonchasi tashqarisidagi yarim aylana ichida LUkas Mourani tortib qoldi. "Real" yarim himoyachisi sariq kartochka oldi |
| 86' | ![]() |
Ehhhh, Di Mariya! Argentinalik futbolchi Zlatandan uzatma qabul qildi va markaz bo‘ylab jarima maydonchasiga yaqinlashdi. O‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda u Ibrohimovichga uzatma berishga qaror qildi. To‘pni Nacho egallab oldi |
| 82' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Mateo Kovachich tushirildi |
| 81' | ![]() |
Vuuuuh! Nachoning uzatmasidan keyin Kroos o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchakdan zarba yo‘lladi. Trapp zarbani qaytardi! |
| 80' | ![]() |
"Real" qarshi hujumda bor-yo‘g‘i burchak to‘pi ishladi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Zlatan bosh bilan qaytardi |
| 78' | ![]() |
Di Mariya burchak to‘pini yaqin burchakka aylantirdi. To‘p ustunga tegib qaytdi! |
| 75' | ![]() |
"PSJ"da o‘zgarish: Matyuydi o‘rniga Lukas Moura tushirildi |
| 73' | ![]() |
To‘p nazorati to‘liq mehmonlar tomonida, ammo hozir "Real" xavfli qarshi hujum tashkil etdi. O‘ng qantdan yetkazilgan uzatma jarima maydonchasidagi Iskoga kelib tushdi. Yarim himoyachining zarbasini Trapp oyog‘i bilan qaytardi! |
| 69' | ![]() |
Endi Kavani ofsaydda |
| 68' | ![]() |
Ibra ofsaydda qoldi |
| 67' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Ramos bosh bilan darvoza tomon burdi. Trapp to‘pga ega chiqdi |
| 67' | ![]() |
David Luiz avvaliga xatoga yo‘l qo‘ydi, so‘ngra Iskoga nisbatan fol ishlatdi. Sariq kartochka |
| 66' | ![]() |
Parij burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Navas to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 64' | ![]() |
Vaskes o‘ng qanotda Maksvellni aldayotganida himoyachi uni yiqitdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Isko bosh bilan zarba berdi. To‘pni Trapp egallab oldi |
| 63' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Xese o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi |
| 60' | ![]() |
Di Mariya jarima maydonchasi tashqarisida 3 futbolchidan o‘tib, ichkarida turgan sherigiga uzatma bergandi, to‘p so‘nggi himoyachidan o‘tmadi. Qarshi hujumdan mezbonlar foydalana olishmadi |
| 56' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi |
| 56' | ![]() |
Vuuuuh! Isko olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p David Luizga tegib, rekoshet holatida yuqori burchakka borayotgandi, Trapp uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 54' | ![]() |
To‘p Zlatanning oyog‘iga "o‘tirmadi" — yuqoriga qarab ketib qoldi |
| 53' | ![]() |
Maksvell qap qanotdan oldinga o‘tdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Ramos to‘pni yon tomanga tepib yubordi |
| 51' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni "Madrid" faol boshladi. Hozircha PSJ himoyalanmoqda |
| 49' | ![]() |
Ronalduning olis masofadan zarbasi noaniq chiqdi |
| 48' | ![]() |
Vuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Di Mariya "Real" jarima maydonchasi chizig‘i ustidan qabul qildi va deyarli birga bir vaziyatda 16 metrdan zarba yo‘lladi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: to‘p nazorati - 48%52%, zarbalar - 4:7, aniq zarbalar - 3:1, burchak to‘plari - 1:1. |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim juda dahshatli o‘tdi. Xavfli vaziyatlar bo‘yicha "PSJ" to‘la-to‘kis ustunlikka ega bo‘ldi. Parijliklar kamida 3ta vaziyatdan foydalana olishmadi. Aksincha, Trappning qo‘pol xatosidan so‘ng "Real" hozircha yagona bo‘lib turgan golni urishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni kutamiz |
| 45+4' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "PSJ" - 1:0. Tanaffus |
| 45+4' | ![]() |
Vuuuuuuh, Kavaniiiii! Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda PSJ qarshi hujumga o‘tib ketdi. Di Mariyaning uzatmasidan keyin Kavani birga bir vaziyatga chiqdi. U to‘pni Navasning ustidan o‘tkazdi, ammo zarba unchalik chiqmagani bois Ramos to‘pni tepib yuborishga ulgurdi! |
| 45+3' | ![]() |
Vuuuuh! Isko Xesedan uzatma qabul qildi va jarima maydonchasiga kirib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Trapp zarbani qaytardi! |
| 45+2' | ![]() |
Di Mariya jarima maydonchasi kirgan Kavani tomon yuqoridan uzatma berdi. Ramos uzatmani o‘tkazmadi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Kroos chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Tiagu Silva to‘pni bosh bilan qaytardi |
| 45' | ![]() |
Serj Orye sariq kartochka oldi. |
| 44' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Zlatan oyoq bilan to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Kavani ofsaydda qolgandi |
| 40' | ![]() |
Yana bir xavfli vaziyat! Qanday qilib gol ura olmadi parijliklar?! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Kavani bosh bilan, Ibrohimovich oyoq bilan intildi, to‘p har ikkalasidan bir necha santimetrlar masofadan o‘tib ketdi... |
| 39' | ![]() |
Yana bir xavfli vaziyat! Jarimadan yetkazilgan uzatmani Ronaldu bosh bilan qaytardi. Rabiot 15 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 37' | ![]() |
Vuuuuuh! Kavani olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p ustunga tegib qaytdi! Qattiq jarangladi lekin |
| 35' | ![]() |
GOOOOOOL! Nacho Fernandes, 1:0!!! Qiziq gol yuzaga keldi. Jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarba natijasida to‘p Tiagu Silvaning oyog‘iga tegib, yuqoriga ko‘tarildi va jarima maydonchasining o‘ng tomoniga qarab ketdi. Darvozabon o‘z joyini tashlab to‘pga intilayotgandi, Nacho to‘pga tezroq yetib keldi va uni yerga tushirmasdan darvozaga joylab qo‘ydi. Trapp to‘pning qay tariqa darvozaga kirayotganini kuzata oldi xolos! |
| 34' | ![]() |
Ramos hozir qaltis harakat qildi. U darvozabonga uzatma bergandi, Ibra to‘pga yetib olishiga sal qoldi. Navas to‘pni tepib yuborishga ulgurdi |
| 33' | ![]() |
Hm, Marselo o‘yinni davom ettira olmadi. Jarohat oldi u ham. Maydonga Nacho Fernandes tushdi |
| 31' | ![]() |
Vuuuh! "PSJ" jiddiy bosim o‘tkazmoqda. Qarshi hujum paytida chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Orye sheriklariga aniq pas bera olmadi. Takroriy hujum paytida Oryening uzatmasidan keyin to‘p Marseloga tegib, Navasning qo‘liga bordi |
| 29' | ![]() |
Vuuuuuh! Bu safar darvozagacha 31 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini Zlatan tepdi. Zarba ancha kuchli chiqdi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi |
| 26' | ![]() |
Darvozagacha 30 metrlardan jarima zarbsi belgilandi. Ronaldu yo‘llagan zarba jonli devordagi futbolchining boshiga tegib, o‘z yo‘nalishiini o‘zgartirdi. Trapp to‘pni egallab oldi |
| 24' | ![]() |
Di Mariyaning 21 metrdan zarbasi unchalik kuchli chiqmadi, boz ustiga ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 22' | ![]() |
Vuuuuuuh! Zlataaaaaan! Shvesiyalik futbolchi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va olis burchak tomon aylanma zarba berdi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 21' | ![]() |
Vuuuh! Parijda yaxshi imkoniyat! Orye chap qanotdan jarima maydonchasiaga kirgan Di Mariyaga uzatma berdi. Anxel to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga yetkazdi. Matyuydining zarbasi yerga tegib, Navasga bordi. Darvozabong to‘pni egallab oldi |
| 20' | ![]() |
O‘yin boshida jarohatlarga ko‘p to‘xtalishga majbur bo‘ldik. Umid qilamiz, o‘yinning qolgan daqiqalarida futbolchilarni bunday muammo bezovta qilmaydi. To‘p asosan maydon markazida |
| 18' | ![]() |
Isko esa maydonga qaytib, o‘yini davom ettirmoqda. Boshidan oqqan qon formasiga tekkani bois, Isko yangi futbolka kiyishga majbur bo‘ldi |
| 17' | ![]() |
Verratti o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Adriyen Rabiot tushdi |
| 16' | ![]() |
Ibra olis masofadan zarba yo‘lladi, to‘p yuqoriga qarab ketdi |
| 13' | ![]() |
Mehmonlar o‘ng qanotdan yerlatib mezbonlar jarima maydonchasiga uzatma berishdi. To‘pni Marselo qaytardi. Isko bilan hamon vrachlar ishlashmoqda. Orye emas maydonga qaytdi. Bu orada Verratti jarohat oldi |
| 9' | ![]() |
Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p qaytarildi. Jarima maydonchasiga takroran berilgan uzatma paytida Orye va Isko havoda bosh bilan to‘qnashib ketishdi. Har ikkala futbolchiga tibbiy ko‘mak zarur |
| 7' | ![]() |
Asta-sekin "Madrid" to‘p nazoratini o‘z tomoniga olmoqda |
| 5' | ![]() |
Di Mariya jarima maydonchasi ichida himoyachini aldab, chap tomonga ketdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 4' | ![]() |
Krishtianu olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. Zarba aniq, ammo ancha kuchsiz chiqdi |
| 3' | ![]() |
Mehmonlar o‘yinni ancha faol boshlashdi. Ular maydonning "Real" tomonida mezbonlardan to‘pni olib qo‘yishdi. Kavani chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, markaz bo‘ylab bir himoyachidan o‘tdi, ammo sheriklariga aniq pas bera olmadi |
| 1' | ![]() |
Ibrohimovich to‘pni maydon tashqariga tepib yubordi. To‘pning dami chiqib, yumshab qolgan shekilli, uni boshqasini almashtirishdi |
| 1' | ![]() |
O‘YINNI BOSHLADIK!"Real" oq, "PSJ" qora rangli formada harakat qilishmoqda. To‘pni o‘yinga parijliklar kiritib berishdi |
| ' | "Madrid" futbolchilari jarohatlardan forig‘ bo‘lib, tarkib optimal ko‘rinishga kelmoqda | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Chempionlar ligasi madhiyasi yangraydi |
| ' | ![]() |
Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichida 4-tur o‘yinlariga yetib keldik. "A" guruhi yetakchilari — "Real" va "PSJ" bugun "Santyago Bernabeu"da o‘zaro to‘qnash kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislar. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|