Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| «E» guruhi, 4-tur. 5 noyabr, soat 00:45 | ||
BARSELONANeymar (30-pen., 83)
Luis Suares (60) |
3 : 0 |
BATE |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 23.Tomas Vermalen 21.Adriano 06.Dani Alves 14.Xavyer Maskerano 20.Serxi Roberto 08.Andres Inyesta 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 09.Luis Suares 11.Neymar |
16.Sergey Chernik (D) 19.Nemanya Milunovich 03.Vitaliy Gayduchik 33.Denis Polyakov 25.Filip Mladenovich 42.Maksim Volodko 62.Mixail Gordeychuk 22.Igor Stasevich 05.Evgeniy Yablonskiy 08.Aleksandr Volodko 19.Dmitriy Mozolevskiy |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 18.Xordi Alba 15.Mark Bartra 03.Jerar Pike 28.Jerar Gumbau 19.Sandro Ramirez 17.Munir el-Haddodiy |
34.Artem Soroko (D) 04.Kaspars Dubra 10.Nemanya Nikolich 07.Aleksandr Karniskiy 17.Aleksey Rios 81.Aleksandr Gleb 11.Aleksandr Yevtich |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" BATE ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi va o‘z ochkolarinii 10taga yetkazib oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 87' | ![]() |
Roberto jarima maydonchasi ichida shtkir burchak ostida zarba berdi. Tshp darvoza to‘riga yon tomondan tegdi |
| 83' | ![]() |
GOOOOL! Neymar, 3:0! Kataloniyaliklar qarshi hujumda BATEni jazoladi. Roberto maydon markazida Suaresga uzatma berayotganida ofsayd borga o‘xshadi, ammo laynsmen bayroqni ko‘tarmadi. Hujum davom etdi va urugvaylik hujumchi Neymarni bo‘sh darvoza qarshisiga chiqardi. |
| 81' | ![]() |
Neymar maydonda maza qilib o‘ynamoqda. U orqali boshlangan hujum natijasida Bartra jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 80' | ![]() |
Nemanya Nikolich sariq kartochka oldi. Suaresni tepib yiqitgani uchun |
| 78' | ![]() |
BATEda o‘zgarish: Volodko o‘rniga Aleksey Rios tushdi |
| 77' | ![]() |
Bu o‘yinda sardorlik bog‘ichi "Barsa" 3 futbolchisi bilagida paydo bo‘ldi. Inyesta, Buskets, Maskerano |
| 76' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Buskets o‘rniga Jerar Gumbau tushirildi |
| 75' | ![]() |
Adriano chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashayotgan Munir tomon uzatma berdi. HImoyachi to‘pni qaytardi |
| 72' | ![]() |
Neymar jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazdi. Bartra bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 69' | ![]() |
Vuuuuh! Suaresning uzatmasidan keyin Neymar to‘pni yerga tushirmasdan "qaychi" uslubda zarba berdi. To‘p olis ustun tomon ketdi va Suares to‘pni darvoza tomon burishga harakat qildi. Ammo biroz kech qoldi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi |
| 68' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Mark Bartra tushdi |
| 67' | ![]() |
Vuuuuh! Chernik jamoasini goldan qutqardi. Munir o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi va Suares nozik harakat bilan to‘pni o‘tkazib yubordi. To‘p Neymarga kelib tushdi. Uning zarbasi Chernikka tegib, maydonni tark etdi |
| 65' | ![]() |
Serji Roberto chap qanotdan to‘pni qabul qildi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 60' | ![]() |
GOOOOL! Luis Suares, 2:0! Qarshi hujumda Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va Suaresga uzatma berdi. Urugvaylik futbolchi bir himoyachini chalg‘itdi va 15 metrdan zarba berib, darvozaning yaqin burchagini ishg‘ol qildi! |
| 58' | ![]() |
Munir jarima maydonchasi chizig‘i oldidan aniq zarba yo‘lladi. To‘p Chernikning o‘ziga bordi |
| 57' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Neymar 4 nafar himoyachidan o‘tib jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi. Himoyachilardan biri tepib yuborgan to‘p BATEnig boshqa futbolchisiga tegib, darvoza tomon ketdi. Suares sal chaqqonroq harakat qilganida to‘pga yetib olardi... |
| 51' | ![]() |
Dani Alves sariq kartochka oldi. Hujumga o‘tayotgan raqib futbolchisini qo‘li bilan tortib qoldi |
| 50' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Burchakdan yetkazilgan uzatma paytida Vermalen to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Suares birga bir vaziyatda zarba berdi. Chernik to‘pni qaytardi |
| 50' | ![]() |
Vuh! Neymarning uzatmasidan keyin Inyesta 15 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachilardan biriga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va maydonni tark etdi |
| 47' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasida Suaresga uzatma berayotganida to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, darvozabonga bordi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - BATE - 0:1. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Alvesning uzatmasidan keyin Neymar 10 metrlardan bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 45+2' | ![]() |
E, qoyil:). Ter Shtegen burchakdagi bayroqcha yonidi BATE futbolchisi bilan to‘p uchun kurash olib bordi va hujumchini aldab o‘tib, sheriklariga uzatma berdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Alves jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 44' | ![]() |
Dmitriy Mozolevskiy sariq kartochka oldi. U Busketsni qo‘li bilan tortib qoldi. "Birinchi marta-ku", deya hakamga murojaat qildi belaruslik futbolchi |
| 40' | ![]() |
Stasevich Vermalendan o‘tdi va o‘ng tomondan o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 35' | ![]() |
Vuuuh! Serji Roberto jarima maydonchasiga kirayotgan Adrianoni birgab ir vaziyatga chiqarib yubordi. Qanot himoyachisi darvozabonga yaqinlashib qolgani bois bir amallab zarba berdi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi! |
| 32' | ![]() |
Ter Shtegen o‘z o‘rnini tashlab chiqib, to‘pni egalladi va xavfni bartaraf etdi |
| 30' | ![]() |
GOOOL! Neymar, 1:0. Darvozabonni osonlik bilan chalg‘ita oldi va hisobni ochdi! |
| 30' | ![]() |
BATE darvozasi tomn penalti! Munir chap qanotdan bir futbolchidan chiroyli o‘tib ketdi va Neymar bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirganida Mladenovich uni yelkasidan tortib yiqitdi |
| 28' | ![]() |
Neymarning uzatmasidan Munir jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. To‘pni Chernik qiyinchilik bilan qaytardi. Biroq Haddodiy ofsaydda qolgan deb topildi |
| 25' | ![]() |
Vuuh! "Barsa"ning klassik kombinasiyasi! Inyesta o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Munirga uzatma berdi. Haddodiy to‘pni yerga tushirmasdan darvoza yaqinidagi Suares tomon yetkazdi. markaziy himoyachi so‘nggi pallada to‘pga oyoq qo‘ydi va to‘pn ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 24' | ![]() |
Mladenovich chap qanotdan oldinga o‘tayotgandi, laynsmen bayrog‘ini ko‘tardi |
| 23' | ![]() |
Neymar 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘pni Chernik egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Rakitich maydonni tark etdi. El-Haddodiy maydonga tushdi. "Barselona" 4-3-3 taktik sxemasiga o‘tdi |
| 19' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni maydon tashqarisiga tepib yuborishga majbur bo‘lishdi. Rakitich maydonda o‘tiribdi. Jarohat oldi shekilli. Munir o‘yinga tushishga tayyorgarlikni boshlab yubordi |
| 17' | ![]() |
"Barsa" darvozasi tomon xavfli jarima zarbasi belgilandi. Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldidan belgilangan jarima zarbasi to‘g‘ri darvoza tomon tepildi. Ter Shtegen o‘arbani qaytardi |
| 15' | ![]() |
Vuuuh! Suares Nenymarni birga bir vaziyatga chiqardi. Braziliyalik hujumchi himoyachilardan qochib ketdi, ammo to‘pni o‘zidan biroz uzoqlashtirib yubordi. Chernik to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 13' | ![]() |
Hozircha "Barsa" futbolchilarining qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga yorib kirishi uchun harakatlari muvaffaqiyatli chiqmayapti |
| 10' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasi ostonasida turgan Suares bilan devor uslubida o‘ynamoqchi edi, Luis unga to‘pni yetkaza olmadi |
| 8' | ![]() |
Neymarning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. U texnik jihatdan zarbani keraklicha ijro eta olmadi |
| 8' | ![]() |
Neymar chap qanotdan markaz bo‘ylab yurish davomida 3 himoyachidan o‘tdi va to‘rtinchisi jarima maydonchasi yarim aylanasi chizig‘i ustida yiqitdi. Jarima zarbasi |
| 5' | ![]() |
Mehmonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Darvoza tomon yo‘llangan zarbani Maskerano qaytardi |
| 4' | ![]() |
Vuh! Neymarning uzatmasidan keyin Suares darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi. U olis burchakni ko‘zlab zarba berdi, ammo zarba aniq chiqmadi. |
| 1' | ![]() |
Dastlabki hujumni BATE tashkil qildi. Maksim Volodko ofsaydda qoldi |
| 1' | ![]() |
O‘YINNI BOSHLADIK! |
| ' | ![]() |
Inyesta maydonga qaytdi. Shuning uchun Munir va Sandro Ramires bu safar zaxirada qolishdi. Kataloniyaliklarning taktik sxemasida ham o‘zgarish yuz berdi. |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Chempionlar ligasi madhiyasini tinglaymiz |
| ' | Kataloniyaliklar 7 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turishibdi. Ikkinchi o‘rinda "Bayer" 4 ochko bilan. BATE (3 ochko) va "Roma" (2 ochko) klublari keyingi o‘rinlarni band etishgan | |
| ' | "E" guruhi doirasida "Barselona" o‘z maydonida Belarusning BATE jamoasini qabul qilmoqda. Bir necha daqiqadan keyin ular maydonga chiqib kelishadi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, futbol muxlislari. Barchaga xayrli oqshom tilagan holda, Yevropa chempionlar ligasining navbatdagi o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|