Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 12-tur, 7 noyabr, soat 20:00. Bosh hakam: Mayk Din | ||
MANCHESTER YUNAYTEDJessi Lingard (52)
Xuan Mata (90+1-penalti) |
2 : 0 |
VEST BROMVICh |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.David de Xea (D) 17.Deyli Blind 05.Markos Roxo 12.Kris Smolling 08.Xuan Mata 35.Jessi Lingard 16.Maykl Kerrik 18.Eshli Yang 31.Bastian Shvaynshtayger 10.Ueyn Runi 09.Entoni Marsial |
13.Boaz Mayxill (D) 25.Kreyg Douson 23.Garet MakAuli 06.Jonni Evans 11.Kris Brant 29.Stefan Sessenyon 07.Jeyms Morrison 05.Klaudio Yakob 24.Darren Fletcher 14.Jeyms MakKlin 33.Salomon Rondon |
|
| ZAHIRA | ||
|
20.Serxio Romero (D) 04.Fil Jons 43.Kemeron 21.Ander Errera 07.Memfis Depay 44.Andreas Pereyra 28.Morgan Shnayderlen |
21.Anders Lindegor (D) 03.Yonas Olsson 04.Jeyms Chester 08.Kreyg Gardner 17.Riki Lambert 19.Kallum MakManaman 18.Saydo Beraino |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "MYu" - "VBA" - 2:0. |
| 90+1' | ![]() |
GOOOOOOL! Xuan Mata, 2:0! Markaz bo‘ylab yo‘llangan zarbani darvozabon qaytara olmadi! |
| 90+4' | ![]() |
Himoyachi MakAuli maydondan chetlatildi |
| 90' | ![]() |
"Vest Bromvich" darvozasi tomon penalti! |
| 86' | ![]() |
Mehmonlarning chap qanot himoyachisi to‘pni maydon markazi tomon tepmoqchi bo‘lganida mezbon o‘yinchisiga tegib, jarima maydonchasiga bordi. Marsial bosh bilan to‘pni Mataga qoldirdi va Xuanning zarbasi aniq chiqmadi |
| 85' | ![]() |
"VBA"da o‘zgarish: Brant o‘rniga Kallum Makmanaman tushdi |
| 83' | ![]() |
"Vest Bromvich" futbolchisi jarima maydonchasining chap tomon uzatma berayotganida rekoshet holatida zarbaga aylandi. De Xeani egallab oldi |
| 82' | ![]() |
"MYu"da so‘nggi o‘zgarish: Runi o‘rniga Ander Errera tushdi |
| 81' | ![]() |
Lingard jarima maydonchasi ichida ikki himoyachi orasidan o‘tib ketdi, har ikkala futbolchi uni qo‘l bilan tortib yiqitdi, ammo hakam penalti belgilamadi |
| 78' | ![]() |
Mata jarima maydonchasiga kirayotgan Lingardga yuqoridan uzatma berayotganida to‘p jarima maydonchasi tashqarisidagn himoyachining qo‘liga tegdi. Hakam o‘yinni to‘xtatmad. Masofa qisqaligini inobatga oldi shekilli |
| 76' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Roxo o‘rniga Kemeron Jekson tushirildi |
| 74' | ![]() |
Vuuuuh! "VBA" qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Beraxino 6 metrdan bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Hujumchiga hech kim xalal bermayotgandi |
| 72' | ![]() |
Mehmonlar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berishdi. Hujumchining bosh bilan bergan zarbasi ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 71' | ![]() |
"Vest Bromvich Albion"da birdaniga ikkita o‘zgarish: Morrison o‘rniga Saydo Beraxino va Rondon o‘rniga Rki Lambert tushirildi |
| 70' | ![]() |
To‘p nazorati to‘la-to‘kis manchesterliklar tomonida |
| 65' | ![]() |
Kris Brant sariq kartochka oldi |
| 64' | ![]() |
Mehmonlar ikki marta chap qanotdan "MYu" jarima maydonchasiga uzatma berishdi. Maydon egalari to‘pni qaytarishdi |
| 62' | ![]() |
"MYu" maydonni tark etdi. Eshli Yang o‘rniga Fil Jons tushdi |
| 61' | ![]() |
Endi Roxoga sariq kartochka nasib etdi |
| 60' | ![]() |
Salomon Rondon ogohlantirish oldi. Smolling oyog‘iga xavfli tashlandi |
| 58' | ![]() |
Kerrik jarima maydonchasiga kirayotgan Shvaynshtayger tomon uzatma berdi. Bastian to‘pni to‘xtata olmadi |
| 52' | ![]() |
GOOOOOOL! Jessi Lingard, 1:0! Marsial chap qanotdan yuqoridan uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Lingard jarima maydonchasi burchagida to‘pni to‘xtatdi va texnika asoslangan holda olis burchak tomon uzatma berdi. To‘p deyarli ustunni silab, to‘rga borib tushdi. "VBA" darvozaboni to‘pga tashlandi, ammo qaytara olmadi |
| 49' | ![]() |
"VBA" posboni to‘pni o‘z darvozasi oldidan uzoqlashtirayotganida to‘p jarima maydonchasi tashqarisida Runiga kelib tushdi. Himochilar Ueynga imkoniyat berishmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
"Bromvich" jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Vuuuuuh! Marsial! Hujumchi jarima maydonchasi chizig‘i ustida qulay vaziyatga chiqdi va zarba yo‘lladi. Mayxill zarbani qaytardi! Qaytgan to‘pni himoyachilar uzoqlashtirishdi |
| 43' | ![]() |
"Vest Bromvich" futbolchisi Kreyg Douson ogohlantirish oldi. U Lingardning futbolka-shortigidan tortib yiqitdi |
| 41' | ![]() |
Mehmonlar xatosidan so‘ng Marsial aniq uzatma bilan Lingardni jarima maydonchasiga boshladi. Jessining zarbasi yo‘liga himoyachi o‘zini tashladi va to‘pni qaytardi |
| 40' | ![]() |
Marsial jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va 3 himoyachi orasidan o‘tib ketishga harakat qildi, ammo to‘pni oldirdi |
| 38' | ![]() |
Mata chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. To‘p "qizillar"ga emas, mehmon futbolchisiga nasib etdi |
| 35' | ![]() |
"Vest Brom" o‘zining ilk burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. FUtbolchilardan biri olis ustun tomondan to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. De Xea to‘pni egallay olmadi. Keyinchalik mezbonlar to‘pni vaziyatdan uzqolashtirishdi |
| 32' | ![]() |
"MYu"ning chap qanotdan tashkil qilgan navbatdagi hujumini mehmonlar bartaraf etishdi |
| 30' | ![]() |
Burchak to‘pi samarali chiqmadi |
| 29' | ![]() |
Mata chap qanotdna jarima maydonchasiga kirayotgan Lingard yo‘lanilishi bo‘ylab uzatma berdi. Himoyachi darvozabon maydonchasi burchagida to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 25' | ![]() |
"VestBrom" yaxshi himoyalanmoqda. Eslatib o‘tamiz, "MYu" SSKAga qarshi YECHL o‘yinidan avvalgi 3ta bahsda 0:0 hisobini qayd etgandi |
| 22' | ![]() |
Roxo chap qanotdan yetkazgan uzatmasidan so‘ng to‘p to‘ppa-to‘g‘ri Mayxillning qo‘liga kelib tushdi |
| 20' | ![]() |
O‘ng qanotdan havodan yetkazilgan uzatmaga Rondon sakradi, ammo yeta olmadi |
| 16' | ![]() |
Vuuuuh! Runi jarima maydonchasiga kirib keldi va o‘ng tomonda ochilgan Mataga uzatma berdi. Xuan chap oyoqda to‘pni olis burchak tomon aylantirdi. To‘p ustun yonidan yarim metr masofadan o‘tib ketdi |
| 15' | ![]() |
Marsialning chap qanotdan uzatmasini mehmon himoyachisi o‘z jarima maydonchasi ichida egallab oldi |
| 14' | ![]() |
Van Gal shogirdlari bosimni oshirishga harakat qilishmoqda |
| 10' | ![]() |
mana hozir chap qanotdan yetkazilgan uzatmani "Vest Bromvich" himoyachisi qaytardi |
| 10' | ![]() |
"MYu" futbolchilari raqib jarima maydonchasigacha yetib kela olishmayapti |
| 5' | ![]() |
Tshp nazorati ko‘proq mankunianliklar tomonida. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 2' | ![]() |
Mezbonlar qizil-oq, mehmonlar esa oq-qora yo‘l-yo‘l formada o‘ynashmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda | |
| ' | ![]() |
Angliya Premyer-ligasidan matnli translyasiyamizni boshlaymiz. "MYu" o‘z maydonida "Vest Bromvich"ni qabul qilmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|