Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

12-tur, 7 noyabr, soat 22:30

STOK SITI

Marko Arnautovich (53)

1 : 0

CHELSI

JAMOALAR TARKIBI
01.Jek Batland (D)
03.Erik Piters
08.Glen Jonson
17.Rayan Shoukross
26.Filipp Vollshayd
16.Charli Adam
06.Glenn Uilan
22.Jerdan Shakiri
27.Boyan Krkich
10.Marko Arnautovich
19.Jonatan Uolters
  01.Asmir Begovich (D)
06.Abdul Baba
28.Sesar Aspilikueta
26.Jon Terri
10.Eden Azar
07.Ramires
21.Nemanya Matich
05.Kurt Zuma
22.Villian
19.Diyego Kosta
17.Pedro Rodriges
ZAHIRA
29.Yakob Xaugaard (D)
20.Geoff Kameron
14.Ibraxim Afellay
12.Mark Uilson
07.Stiven Ayrlend
25.Piter Krauch
18.Mame Diuf
  32.Marko Ameliya (D)
24.Geri Kexill
12.Jon Obi Mikel
08.Oskar
04.Sesk Fabregas
18.Loik Remi
16.Robert Kenedi

Matn

90+5'
So‘nggi soniyalarda "Chelsi" bosimni oshirdi, ammo "Stok" himoyani ushlay qoldi. O‘yin yakunlandi. "Aristokratlar" navbatdagi mag‘lubiyatni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi
90+1'
Oskar 14 metrdan zarba yo‘lladi. Batland to‘pni egalladi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90'
Jonsonga sariq kartochka ko‘rsatildi
88'
"Chelsi" ikkinchi bo‘limdagi o‘yini orqali kamida durangga munosib, jamoaning omadi kelmayapti
85'
Vuuuuh! Diyego Kostaning uzatmasidan Loik Remi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi! U posbonni aldab o‘tdi va darvozabonning oyoqlari ustidan sakrab o‘tayotgan chog‘da muvozanat yo‘qotdi va yiqilib tushdi. Yotgan holatda bergan zarbasi darvozaga aniq bormadi!
84'
Vuuuuh! BU safar shunga o‘xshash hujumni "Stok" tashkil qildi. Mame Diuf 13 metrdan zarba yo‘lladi. Noaniq
81'
Vuuuuuuh! Azaaaaaar! "Chelsi" raqib jarima maydonchasi ichida qisqa paslar orqali chiroyli hujum tashkil qildi. Azarning zarbasidan keyin to‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi. Rekoshet holatida. BUrchak to‘pi
77'
"Chelsi"da o‘zgarish: Ramires o‘rniga Loik Remi tushdi
76'
Jarima maydonchasi tashqarisidan Matich zarba yo‘lladi. Noaniq
74'
Chap qanotdan yetkazilgan to‘p uchun kurashda Kosta o‘yin qoidasini buzdi
69'
"Chelsi"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Abdurahmon Baba va pedro o‘rniga Oskar va Fabregas tushdi
67'
Vuuuuuuuh! Pedroooo! Villianning uzatmasidan keyin Pedro jarima maydonchasi chizig‘i oldida to‘pni qabul qildi va aylanma zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. "Chelsi"dan omad yuz o‘girdi
65'
Vuh! Shakirining o‘ng qanotdan yetkazgan uzaktmasidan keyin Arnautovich yaqin masofadan to‘pni bosh bilan darvoza tomon burishga urindi. Yuqoridan o‘tib ketdi
63'
Jonson jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
61'
Azar jarima maydonchasi tashqarisida himoyachilarni bir necha marta chalg‘itdi va zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
58'
Kosta jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va chap tomondan darvoza yaqinga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga tepib yuborishdi
57'
Shoukross ogohlantirish oldi. Diyego Kostaning yuziga tirsagi bilan itargani uchun
56'
Vuh! Matich jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
53'
GOOOOOL! Marko Arnautovich, 1:0! Shakirining kesib berilgan uzatmasidan keyin Jonson jarima maydonchasiga kirdi va darvozaga yaqiniga uzatma berdi. To‘p rekoshet holatda Arnautovichga keldi va u akrobatik uslubda zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
50'
Aspilikuetaning uzatmasiga Diyego Kosta yeta olmadi
46'
Shakiriy o‘ng qanotdan uzatma berdi. Begovich to‘pni ilib oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+5'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha - 0:0. Tanaffus
45+2'
Abdulrahmon Baba ogohlantirish oldi
45'
Birinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi. Kutilmagan kompensasiya
45'
Villian jarima to‘pini o‘yinga kiritayotgan Matich biroz shoshildi, natijada ofsayd zonasiga kirib qoldi
40'
Vuuuuh! Diyego Kosta to‘p bilan oldinga borib, yo‘l-yo‘lakay Pedro bilan "devor" o‘ynab oldi hamda jarima maydonchasiga kirib, zarba yo‘lladi. Batland zarbani oyog‘i bilan qaytardi!
37'
O‘yin asosan mezbonlar darvozasi tomon bo‘lmoqda. "Stok" yaxshi himoyalanmoqda
32'
"Chelsi" burchak to‘pini yerlatib jarima maydonchasi tashqarisida turgan Azarga yetkazdi. Edenning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
28'
Shakiriy o‘ng qanotdan olis ustun tomon uzatma berdi. Arnautovich bosh bilan zarba berganidan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
26'
Azar chap qanotdan oldinga o‘tdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Diyev Kosta to‘pga tashlandi, ammo yeta olmadi
23'
Villian "standart"dan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Zuma to‘pga tashlandi, ammo biroz yeta olmadi
22'
Vuuuh! Ramires 22 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonning ustidan tushayotgan edi, ammo Batland to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi
17'
Vuh! Jonson jarima maydonchasi ichida to‘pni qildi va bir himoyachini chalg‘itib, darvoza burchagi tomon zarba berdi. Begovich bir amallab zarbani qaytardi
15'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga olis ustun yonida Diyego Kosta yeta olmadi
14'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi va "Chelsi" qarshi hujumga o‘tdi. Ramiresvning zarbasi aniq chiqmadi
12'
Erik Piters burnidan jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
7'
Adam o‘ng qanotda mehmon futbolchisi bilan to‘p uchun kurashda ustun keldi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p "Chelsi" futbolchisiga nasib etdi
6'
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni maydon markaziga qaytarishdi
4'
Mezbonlar oq-qizil yo‘l-yo‘l, londonliklar esa ko‘k formada harakat qilishmoqda
'
Qadrli oqshom qadrli futbol muxlislari. "Stok Siti" va "Chelsi" o‘rtasidagi o‘yin boshlandi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.