Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

11-tur, 9 noyabr, soat 00:30. Bosh hakam: Gonsales Gonsales

SEVILYa

Chiro Immobile (36)
Ever Banega (61)
Fernando Lyorente (74)

3 : 2

REAL MADRID

Serxio Ramos (22)
Xames Robriges (90+3)
JAMOALAR TARKIBI
01.Serxio Riko (D)
25.Mariano
02.Benua Tremulinas
03.Adil Rami
17.Marko Andreolli
22.Evgeniy Konoplyanka
15.Stiven N'Zonzi
20.Vitolo
04.Gjegoj Krixovyak
19.Ever Banega
11.Chiro Immobile
  13.Kiko Kasilya (D)
03.Pepe
04.Serxio Ramos
06.Nacho Fernandes
08.Toni Kroos
22.Isko
11.Garet Beyl
14.Kazemiro
23.Danilo
19.Luka Modrich
07.Krishtianu Ronaldu
ZAHIRA
31.David Soria (D)
05.Timote Kolodzeychak
23.Koke
07.Mikael Kron-Deli
08.Visente Iborra
10.Xose Reyes
24.Fernando Lyorente
  31.Ruben Yaniz (D)
02.Rafayel Varan
17.Alvaro Arbeloa
10.Xames Rodriges
16.Mateo Kovachich
18.Lukas Vaskes
20.Xese

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat! La ligada keyingi bekat — EL-KLASIKO!
90+4'
O‘yin yakunlandi. "Sevilya" - "Real" - 3:2. Madridliklar 2-o‘rinda qolishdi
90+3'
GOOOOOOL! Xames Rodriges, 3:2! U jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba bilan darvoza burchagini nishonga oldi!
90+2'
Madrid pressing qilmayapti, to‘pni olib qo‘yishga intilmayapti
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
Benites shogirdlari mezbonlarning to‘p bilan muomalasini tomosha qilishmoqda. Yaqin yilar orasida bunchalar ojiz "Real"ga guvoh bo‘lmagandik...
87'
Yo‘q, o‘xshamayapti, bugun "Real"da hech narsa o‘xshamayapti.
84'
"Sevilya"da o‘zgarish: Andreolli o‘rniga Timote Kolodzeychak tushdi
83'
"Real" yutqazmoqda, "Madrid"ga g‘alaba kerak, ammo to‘pni mezbonlar nazorat qilishmoqda
80'
"Real" jarima maydonchasi naq karvonsaroyning o‘zginasi. "Sevilya" to‘rtinchi golni urishi mumkin edi. Pepe qutqardi
79'
"Real" bugun juda sust o‘ynamoqda. Ronaldu deyarli ko‘rinmayapti...
78'
"Real"da o‘zgarish: Xese maydonga tushdi, Toni Kroos o‘rniga
77'
Vuuuh! Konoplyanka jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Kasilya qaytardi. Yana bir zarbadan keyin to‘p darvozabonning qo‘lidan maydonni tark etdi
74'
GOOOOL! Fernando Lyorente, 3:1! Ferrayra o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Lyorente 6 metrdan bosh bilan zarba berib, darvozaga joyladi!
73'
Vuuuuuh! Burchak zarabsida so‘ng Kazemiro bosh bilan zarba berdi. Darvozabon shundoqqina chiziq ustida to‘pni egallab oldi!
72'
O‘z navbatida Xames "Madrid"ning o‘yinini kuchaytirdi, rang-baranglik olib kirdi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p himoyachiga tegib jarima maydonchasi ichidagi Beylga bordi. U himoyachini aldab o‘ta olmadi
71'
Konoplyanka bugun juda samarali o‘ynamoqda. U o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Marianoga aniq uzatma berdi. Ferreyra to‘pni darvozaga oldiga yetkazdi. Varan to‘pni tepib yuborishga ulgundi, aks holda uning ortida ikki nafar mezbon futbolchisi ochiq turgandi
71'
Bu safar Beyl jarima maydonchasi yarim aylanasi ichidan noaniq zarba yo‘lladi
70'
"Sevilya"da o‘zgarish: Immobile o‘rniga Fernando Lyorente tushirildi
69'
Vuuuh! Xamesning pasidan keyin Beyl o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Ronaldu to‘pdan o‘tib ketdi...
68'
Darvozabon va himoyachilarning qo‘pol xatosidan so‘ng Ronaldu jarima maydonchasi yarim aylanasi ichidan noaniq zarba berdi... Vaholanki u 3 nafar jamoadoshiga pas berishi ham mumkin edi
67'
Xames himoyachining ustidan oshirib Ronalduga uzatma berdi. Krishtianu 6-7 metrdan zarba yo‘lladi. To‘pni Riko egalladi
66'
To‘p bilan muomala qilayotgan Xames to‘pni birdaniga qo‘liga oldi va hakamga to‘pning dami chiqqanini ko‘rsatdi
65'
Vuh! Kroos 28 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Serxio Riko to‘pni darvoza yuqorisiga urib yubordi
63'
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Xames Rodriges tushirildi
62'
So‘nggi 5 daqiqa davomida ustunlik andalusiyaliklar tomoniga o‘tib ketgandi. "Real" esa o‘z o‘yinini namoyish qila olmayotgandi...
61'
GOOOOOL! Ever Banega, 2:1! Konoplyanka va Banega butun boshli "Real" mudofaasini chil-parchin qilib tashlashdi.
59'
Ferreyra jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
56'
Ronalduning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi
56'
NZonzi o‘ng qanotdan bergan uzatmasi to‘ppa-to‘g‘ri Immobilega kelib tushdi. Italiyalik hujumchining zarabsi yo‘liga Pepe oyoq qo‘ydi va so‘ngra Kasilya to‘pni egalladi
53'
Vuh! Konoplyanka jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘llashiga mehmonlar yo‘l qo‘yib berishdi. Zarba aniq chiqmadi
52'
Kroos jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida to‘pni qabul qildi va darhol zarba berdi. Zarbaga aniqlik yetishmadi
51'
"Sevilya" darvozabon maydonchasiga yaqiniga yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi
49'
Vuuuuh! "Real" darvozasi oldida xavfli vaziyat! Mezbon yarim himoyachisi o‘ng qanoda Nachoni aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va ochiq turgan sherigiga uzatma berdi. Zarba yo‘liga Pepe g‘ov bo‘ldi va jamoasini qutqardi
46'
Krixovyak jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Ammo noaniq
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi va hakam xushtak chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi
45+1'
Isko jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
Isko chap tomondan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar xushyor o‘ynashdi
43'
Vuuuuh! Mezbonlarda xavfli vaziyat! Futbolchilardan biri jarima maydonchasiga kirdi va tovoni bilan to‘pni Tremulinasga yetkazdi. Benua zarba berishga ulgurmadi. Varan to‘pni qaytardi
42'
Beyl nozik uzatma bilan jarima maydonchasida ochilayotgan Ronalduni to‘p bilan ta’minlashga urindi. Himoyachi to‘pni egallab oldi
41'
Nacho chap qanotdan uzatma berdi. Beyl darvozabon maydonchasida Rikoga nisbatan fol ishlatdi
40'
Vuuuuuuh! Chiro Immobile "Real"ni kechirdi! Chap qanaotdan yetkazilgan uzatmani italiyalik hujumchi 6 metrdan darvozaga joylay olmadi!
36'
Chiro Immobile golini futbolkani yechgan holda nishonlagani uchun ogohlantirildi
36'
GOOOOOL! Chiro Immobile, 1:1! Burchakdan yetkazilgan uzatmani olis ustun yonida o‘tkir burchak ostida darvozaga joyladi!
34'
"Real" posboni xatoga yo‘l qo‘ydi. O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmaga Kasilya chiqdi, ammo to‘pni o‘tkazib yubordi. Uning baxtiga to‘p ketgan tomonda mezbonlardan hech kim yo‘q edi
31'
Ramos gol urgan vaziyatda yerga yelkasi bilan noqulay yiqildi. Olgan jarohati unga o‘yinni davom ettirish imkoniyatini bermadi. Varan maydonga tushdi
31'
Beyl jarima maydonchasi tashqarisidan yaxshi zarba yo‘lladi. Riko seyv orqali to‘pni yon tomonga urib yubordi
29'
Burchak to‘pi mehmonlar uchun xavfli bo‘lmadi
28'
Vuuuuh! Chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berildi. Pepe to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi va u Ramosning qorniga tegib, darvozaga kirib ketishiga sal qoldi. Agar Pepe to‘p yo‘nalishini o‘zgartirmaganida Immobile darvozani ishg‘ol qilishga tayyor edi
27'
Daniloning uzatmasidan keyin Beyd bosh bilan zarba berdi. Noaniq chiqdi
25'
Mariano jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
24'
Vuuuh! Beyd 3 himoyachi orasidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Riko zarbani qaytardi!
22'
GOOOOOOL! Serxiooo Ramoooos! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Ramos 14 metrlardan akrobatik uslubda "Sevilya" darvozasiga joyladi! Juda chiroyli gol!
20'
"Sevilya"ning kam sonli hujumlaridan biri. Chap qanotdan yetkazilgan uzatma uchun kurashda Immobile Ramosga nisbatan fol ishlatdi
19'
Beylning chap qanotdan bergan uzatmasidan keyin to‘p Ronaldugacha yetib bormadi. Himoyachi to‘pni qaytardi
17'
Ustunlik madridliklar tomonida. "Sevilya" hozircha himoyalanishga majbur
14'
Beyl chap qantdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘pni Riko egallab oldi
11'
Vuuuuuh! Nachoooo! Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin himoyachi bosh bilan uni qaytardi. Nacho jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustunga tegdi va qarama-qarshi ustun yonidan o‘tib, maydonni tark etdi! Yodingizda bo‘lsa, Nacho "PSJ" darvozasini ishg‘ol qilgandi
10'
Vuuuuh, Ronaldu! Maydon markazidan yetkazilgan uzatmani Krishtianu jarima maydonchasi ichida qabul qildi va zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
9'
Konoplyanka chap qanotda ikki madridlik futbolchini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘p maydonni tark etdi
7'
Ronaldu raqib jarima maydonchasi ichida himoyachini aldab o‘ta olmadi
6'
Danilo o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Beyl 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berdi. Serxio Riko to‘pni egallab oldi
5'
Nacho Fernandes sariq kartochka oldi.
4'
Beyl jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi
3'
Iskoga nisbatan o‘ng qanotdan fol ishlatildi. Jarima maydonchasi yaqinidan jarima zarbasi tepiladi
2'
"Sevilya" oq, "Madrid" to‘q ko‘k rangli formada harakat qilmoqda. Beyl ofsadda deb topildi
1'
Jamoalar maydonda o‘yinni boshlashga tayyor bo‘lib turishibdi. Hakamning xushtagi yangradi!
'
"Sevilya" o‘z maydonida "Real"ni qabul qilmoqda. "Ramon Sanches Pisxuan"da jang bo‘lishiga shubha yo‘q. Ishonmasangiz, "Barsa" muxlislaridan so‘rab ko‘ring
'
Evropaning chempionatlarining navbatdagi tur o‘yinlarini yakunlab beruvchi bahslardan birini biz bilan kuzatib borishga taklif etamiz
'
Xayrli oqshom qadrli futbol muxlislari.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.