Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

JCH-2018 saralash. Osiyo, 2-bosqich

7-tur, 12 noyabr, soat 18:00. Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)

O‘ZBEKISTON

Igor Sergeev (24)
Aleksandr Geynrix (66)
Odil Ahmedov (86)

3 : 1

KXDR

Ri Xyok Chol (3)
JAMOALAR TARKIBI
21.Aleksandr Lobanov
2.Egor Krimes
4.Marat Bikmayev
5.Anzur Ismoilov
7.Aziz Haydarov
8.Server Jeparov
9.Odil Ahmedov
10.Sardor Rashidov
11.Igor Sergeev
19.Vitaliy Denisov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
  1.Ri Myong Guk
3.Jang Kuk Chol
4.Ri Kum Chol
7.Ri Xyok Chol
9.Pak Kvang Ryong
11.Jong Il Gvan
12.Jon Kvang Ik
13.Sim Xyon Jin
15.Ri Yong Chol
17.So Xyon Uk
23.Ri Chol Myong
ZAHIRA
1.Murod Zuhurov
3.Kamoliddin Tojiyev
6.Jasur Hasanov
12.Ignatiy Nesterov
13.Davron Hoshimov
14.Javohir Sohibov
15.Aleksandr Geynrix
16.Stanislav Andreev
17.Sanjar Tursunov
18.Fozil Musayev
22.Sanjar Shoahmedov
23.Eldor Shomurodov
  18.Ri Kvang Il
21.Kim Il Gvang
2.Ri Chon Il
5.Xan Song Xyok
8.Kim Yong Gvang
10.An Vyong Jun
14.So Kyong Jin
19.Xong Kum Song
20.Kim Song Gi

Matn

90+6'
O‘YIN YAKUNLANDI. O‘ZBEKISTON - KXDR - 3:1! AJOYIB G‘ALABA! TABRIKLARNI QABUL QILING!
90+5'
Vuuuuuh! Krimes to‘pni o‘tkazib yubordi va hujumchi Lobanov bilan birga bir vaziyatga chiqib, sherigiga uzatma berdi. Jong Il Gvan bosh bilan bo‘sh darvozaga zarba berdi! Anzur bosh bilan goldan qutqardi!
90+3'
Vuuuuuh! Raqib burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda Odil Ahmedov bir himoyachi ta’qibi ostida jarima maydochnasiga kirdi va zarba berdi. Darvozabon to‘pni oyog‘i bilan qaytardi!
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Sardor Rashidov o‘rniga Javohir Sohibov tushirildi
89'
Sardor Rashidov sariq kartochka oldi
86'
GOOOOOOOL! Odil Ahmedooooov, 3:1! KXDR burchak zarbasini amalga oshirgan paytda to‘pni himoyachilarimiz qaytarishdi. Ahmedov to‘pni egallab oldinga o‘tdi va Rashidovga uzatma berdi. Sardor to‘pni egallab, Odilning o‘zini to‘p bilan ta’minladi. Ahmedovning 11 metrdan yo‘llagan kuchli zarbasini darvozabon qaytara olmadi!
84'
Rashidov o‘ng qanotda raqib futbolchisidan to‘pni olib qo‘ydi va olis masofadan zarba berdi. Ammo Ri Myong Guk egalladi
82'
Vuuuuuh, Rashidoooov. Qarshi hujum paytida HAsanov chap qanotdan katta tezlikda oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. Sergeev to‘pni to‘xtata olmaydi. Sardor esa to‘pga to‘xtatmasdan kuchli zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
79'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Lobanov darvoza chizig‘i ustida ushlab oldi
77'
Geynrix jarima to‘pini darvoza yaqiniga yetkazdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi
77'
Jang Kuk Chol ogohlantirildi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Ahmedovning qo‘lidan tortib qoldi.
76'
Odil chap ianotdan ochilgan Jasurga uzatma berdi. Uning uzatmasini himoyachi tepib yubora olmadi. Ammo to‘pni vakillarimiz egallay olishmadi
74'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Server Jeparov o‘rniga Jasur Hasanov tushirildi
71'
Vuuuh! Sardor Rashidov maydon markazida raqib himoyachilarining xatosidan foydalanib, deyarli birga bir vaziyatga chiqib ketdi va bir himoyachi ta’qibi ostida o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi.
70'
Vuuuuh! KXDR ko‘pchilik bo‘ilb qarshi hujumga o‘tib ketdi. Hujumni jarima maydonchasi ichida birga bir vaziyatga chiqaruvchi uzatma berdi. Denisov so‘nggi pallada uzatmani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!
66'
GOOOOOOL! Aleksandr GEYNRIIIIX! 2:1! Rashidovning uzatmasidan keyin Sasha markaziy himoyachini mohirona dog‘da qoldirdi va birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
65'
Ehhhhh, Odiiiiil! Rashidovning chap qanotdan uzatmasini Jeparov darvoza oldida qabul qildi va ortda to‘p so‘ragan Ahmedovga pas berdi. Odilning oyog‘iga to‘p yaxshi tegmay qoldi! Darvozabon to‘pni egalladi!
62'
Rashidov chap qanotda ikki himoyachidan chiroyli o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Uzatma biroz tezroq bo‘lib ketdi
58'
Iya, Fag‘oniy??? Rashidov o‘ng qanotda jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Uning yonida turgan himoyachi to‘pni posbonning qo‘liga berdi va Ri Myong Guk to‘pni qo‘li bilan ushlab oldi. Eronlik hakam erkin zarba bermadi!
57'
KXDR futbolchisi Jon Kvang Ik ogohlantirish oldi
55'
Vuuuuh! Jong Il Gvan O‘zbekistonni kechirdi. Mehmonlar ikki marta tovon orqali uzatma berishdi va 11-raqamli hujumchi jarima maydonchamizga yorib kirib, biroz o‘tkir burchak ostida o‘ta noaniq zarba berdi
54'
Ehhhhh, Sergeeeev! Denisovning uzatmasidan keyin to‘p aynan Igorning boshiga borayotgandi, ammo u to‘pni darvozaga bura olmadi...
50'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Aleksandr Geynrix tushirildi
49'
Denisov chap qanotdan Jeparov bilan devorsifat o‘ynadi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p vakillarimizga aniq bormadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Guruhimizdan o‘rin olgan yana bir o‘yin hozir yakunlandi. Filippin o‘z maydonida Yamanni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha O‘zbekiston - KXDR - 1:1.
45+2'
Burchak to‘pini Anzur bosh bilan o‘zgartirdi va to‘p Krimesga kelib tushdi. Uning zarbasi noaniq chiqdi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
Jong Il Gvan sariq kartochka oldi. U Aziz Haydarovning oyog‘idan tepdi
43'
Jeparov burchakdan to‘pini Bikmayegv yetkazib, o‘zi to‘pni qabul qildi va olis ustun tomon uzatma berdi. Krimes to‘pni maydonda olib qoldi, ammo uni raqiblar egallab olishdi
40'
VUuuuuuh, Odiiiiiil! Ajoryib kombinasiya natijasida dastlab Denisov chap qanotdan zarba berdi. Himoyachiga tekkan to‘p Ahmedovga kelib tushdi va Odil 15 metrdan zarba berdi. To‘p darvozabonning qo‘li orqali ustun tegib maydonga qaytdi!
38'
Sergeev va KXDR futbolchisi bosh bilan to‘qnashib ketishdi. Tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
36'
KXDRda o‘zgarish bo‘ldi. Pak Kvang Ryong o‘rniga An Byong Jun tushdi
34'
Koreyaliklarning hujumi taxlikali bo‘ldi. Ular jarima maydonchamiz ichida bir necha marta qisqa paslar orqali o‘ynashdi. To‘pni Aziz Haydarov tepib yuborishga ulgurdi
33'
Bikmayev qanotida burchak to‘pi ishladik. To‘p jarima maydonchasiga yetib kelgan Aziz Haydarovning qo‘liga tegib ketdi
32'
Vuh! Jeparov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘pni Pi Myong Guk egalladi
30'
Vuh! Ahmedov-Sergeev-Ahmedov-Bikmayev kombinasiyasidan so‘ng to‘p qanotdan jarima maydonchasiga yetkazildi. To‘p posbon egalladi
27'
Odilning o‘ng qanotdan bergan uzatmani qabul qilish chog‘ida to‘p Sergeevning qo‘liga tegib ketdi. Fol
25'
vUUUUH! Odil katta tezlikdan oldinga bordi va jarima maydonchasi kirgan Sergevga uzatma berdi. Igor oldidagi himoyachini chalg‘itdi va olis burchak tomon to‘pni aylantirdi. Ammo to‘n darvoza ustidan o‘tib ketdi
24'
GOOOOOOOOL! Igor Sergeeeeev! 1:1! Jeparov chap qanotdan to‘pni Sergeevning boshiga "qo‘ndirdi" va Igor darvoza burchagiga to‘pni joyladi!
22'
Vuuuuh! Rashidovnging uzatmasidan keyin Jeparov 6-7 metrdan bosh bilan zarba berdi. To‘pni Ri Myong Guk egalladi
21'
Jeparov chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Vakillarimiz to‘pga yetib bora olishmadi
20'
To‘xtaxo‘jayev maydon markazida raqib oyog‘iga xavfli tashlandi. Buning uchun Islom sariq kartochka oldi
16'
Vuuuuh! Jeparov yuqoridan darvoza oldiga uzatma berdi. Ehhh, to‘p Sergeevning boshiga tegib, olis ustun yonidan o‘tib ketdi. Igorning boshiga to‘pga biroz yetmadi...
16'
Ahmedov chap qanotda ikki himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘lganida himoyachi uni qo‘li bilan tortib yiqitdi. Jarima zarbasi tepamiz
14'
Burchak to‘pi taxlikali bo‘ldi, ammo raqiblar xavfni bartaraf etishdi
14'
VUuuuh! Odil Ahmedov to‘p bilan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga kirgan Sergeevga uzatma berdi. Himoyachi bir amallab to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Burchak to‘pi tepamiz
13'
Jeparov chap qanotdan oldinga o‘tdi va chap oyoda zarba yo‘lladi. To‘p darvozaga aniq bormadi
10'
Chap qanotdan DEnisovga hujumga qo‘shildi. U bosh bilan to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
8'
Anzurning uzatmasidan keyin Denisov chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni maydonda olib qolishga urindi. Ammo to‘p maydonni tark etdi
7'
Jamoamiz maydon markazini tezlik bilan kesib o‘tdi. Server Odilga pas berdi. Ahmedovning 20 metrdan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi
6'
Jeparovning uzatmasidan keyin Bikmayev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘p vakillarimizga emas, koreyaliklarga bordi. Ular to‘pni qaytarishdi
6'
Jeparov 22 metrlardan kuchli zarba berdi. Ri Myong Guk to‘pni egallab oldi
5'
Rashidov o‘ng qanotda himoyachini aldab
jarima maydonchasi kirishga urindi, ammo raqibdan o‘tib keta olmadi
3'
GOOOL! Shimoliy Koreya 3-daqiqadayoq hisobni ochdi! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Ri Xyok Chol bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
2'
Sardor Rashidov 35 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
1'
Boshladik! To‘pni o‘yinga kiritgan KXDR darhol chap qanotdagi yarim himoyachiga uzatma berishdi. To‘p maydonni tark etdi
'
O‘zbekiston davlat madhiyasi! Serquyoyoyoshshsh, hur o‘lkamm
'
Madhiyalar yangraydi. Dastlabki Shimoliy Koreya madhiyasi
17:53'
Diqqat! FIFA madhiyasi asosida jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
17:46'
O‘yinni boshlash uchun barcha narsa shay. Toshkentda yomg‘ir maydalab yog‘a boshladi. Stadion esa muxlislar bilan liq to‘ldi. Umid qilamiz, yomg‘ir tezda o‘tib ketadi...
'
O‘yin boshlanashiga 20 daqiqa vaqt qolgandi. Terma jamoalar futbolchilari o‘yinoldi chigalyozdi mashg‘ulotini yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishmoqda. Yana bir necha daqiqadan keyin ular maydonga qaytishadi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2018 saralash bosqichi doirasida KXDRga qarshi o‘yiniga xush kelibsiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.