Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

JCH-2018 saralash. Osiyo, 2-bosqich

8-tur, 17 noyabr, soat 20:30. Bosh hakam: Abdulloh al-Hiloliy (Ummon)

YAMAN

Ahmad as-Saroriy (90+2)

1 : 3

O‘ZBEKISTON

Aziz Haydarov (7)
Server Jeparov (30)
Stanislav Andreev (49)
JAMOALAR TARKIBI
1.Muhammad Ali Ayyash
7.Volid al-Xubaishiy
9.muhammad as-Sasiy
11.Abdulvase al-Matariy
12.Ahmad al-Xifiy
13.Ala Addin Mahdiy
14.Hamad Ahmad Zubayriy
16.Tavfiq Ali
18.Ahmad Alos
19.Muhammad al-Boqshan
20.Ammar Hamsan.
  21.Aleksandr Lobanov
2.Egor Krimes
5.Anzur Ismoilov
7.Aziz Haydarov
8.Server Jeparov
9.Odil Ahmedov
10.Sardor Rashidov
11.Igor Sergeev
14.Stanislav Andreev
19.Vitaliy Denisov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
ZAHIRA
2.Mutaz Qaid
4.Xolid Muhammad
5.Notiq Hezam
6.Fuad Solih al-Omaysiy
8.Bashir al-Manifiy
15.Usama Anbar
17.Muhammad as-Saroriy
21.Ahmad as-Saroriy
22.Salim Abdulloh Said
23.Samir Solih
  1.Murod Zuhurov
3.Kamoliddin Tojiyev
6.Jasur Hasanov
12.Ignatiy Nesterov
13.Davron Hoshimov
14.Javohir Sohibov
15.Aleksandr Geynrix
16.Stanislav Andreev
17.Sanjar Tursunov
18.Fozil Musayev
22.Sanjar Shoahmedov
23.Eldor Shomurodov
SARIQ KARTOCHKA
 
Azizbek Haydarov (83)

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. Terma jamoamiz o‘z ochkolarini 15taga yetkazib oldi. Navbatdagi 2ta o‘yinni 24 va 29 mart kunlari Toshkentda o‘tkazamiz. G‘alaba muborak bo‘lsin
90+2'
GOOOL! Ahmad as-Saroriy, 1:3! Denisov yana to‘pni o‘tkazib yubordi. Hujumchi bu safar birga bir vaziyatda Lobanovni dog‘da qoldirdi
89'
Odilning uzatmasidan keyin Musayev jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba berdi. Posbon yaxshi harakat qildi
87'
Sergeev jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Ayyash to‘pni egalladi
84'
Denisovning qoidabuzarligi tufayli Yaman jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasini tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi.
83'
Aziz Haydarov sariq kartochka oldi. U keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
82'
Hasanov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Musayev bosh bilana berishga harakat qildi. Ammo to‘p darvoza tomon emas, orqa tomonga ketdi
79'
Har ikkala terma jamoada o‘zgarish bo‘ldi. Rashidov o‘rniga Fozil Musayev, Tavfiq Ali o‘rniga Fuad al-Omaysiy tushdi
77'
Vuuuuh! Saroriy birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Labanov oyog‘i bilan to‘pni raqibdan olib qo‘ydi!
76'
Rashidov jarima to‘pi ishladi va o‘zi tepdi. Ayyash to‘pni egallab oldi
73'
Jamoamiznig xotirjamligidan foydalanib Yaman faollashib qoldi. Saroriy jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. To‘pni Lobanov egallab oldi
70'
Yamanda o‘zgarish: Al-Matariy o‘rniga Ahmad as-Saroriy tushdi
69'
Hasanov chap qanoda bir himoyachidan o‘tib ketdi va yerlatib uzatma berdi. Vakillarimiz to‘pni egallay olishmadi
65'
O‘zbekiston terma jamoasining uchala goliga bir futbolchi uzatma berdi — Odil Ahmedov!
60'
Qarshi hujumda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik. Geynrix jarima maydonchasidagi Sergeevni to‘p bilan ta’minlashga urindi. Igor unga biroz yeta olmadi
59'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Server Jeparov o‘rniga Aleksandr Geynrix tushdi
57'
Rashidovga nisbatan o‘ng qanotdan Sardorga nisbatan fol ishlatildi. Jeparovning uzatmasidan keyin xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
56'
Vuuuuh! Lobanov jamoaizni goldan qutqardi. Denisov o‘zining qanotidan berilgan uzatmani tkazib yubordi. Al-Matariy birga bir vaziyatda jarima maydonchasiga kirib, zarba yo‘lladi. Psobonimiz to‘p yo‘nalishini o‘zgartira oldi
50'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Hozirgina gol urgan Andreev tirjaygancha maydonni tark etdi. Jasur Hasanov o‘yinni davom ettiradi
49'
GOOOOOOL! Stanislav Andreev, 0:3! Qarshi hujumda Ahmedov jarima maydonchasi havoda uzatma berdi. Andreev 11 metrli nuqta atrofida bosh bilan zarba berib, Yaman posbonini dog‘da qoldirdi!
48'
Sardor ijrosida yana bir xavfli zarba! Andreevga nisbatan chap qanotdan fol ishlatildi. Jarima to‘pidan keyin kurashni davom ettirdik va to‘p Sardorga kelib tushdi. Rashidovning zarbasini Yayyash egallab oldi!
47'
Vuuuuh! Rashidov jarima zarbasidan to‘pni burchakka aylantirdi. Ayyash mahorat bilan seyv namoyish qildi!
46'
Jarima maydonchasi tashqarisida Jeparovga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 25 metr
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Futbolchilar maydonga qatishmoqda. Yamanda o‘zgarish bo‘lmoqda. Ahmad Alos o‘rniga Bashir al-Manifiy tushdi
45+1'
Terma jamoamiz burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hakam xushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif etdi. Hozircha Yaman-O‘zbekiston 0:2
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
44'
Yamanlik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan o‘ta noaniq zarba yo‘lladi
42'
Ahmedov olis masofadan zarba yo‘lladi. Aylanma zarba to‘ppa-to‘g‘ri Ayyashning qo‘liga bordi
39'
Odilning uzatmasini Jeparov jarima maydonchasi ichida qabul qildi. Server uzatma berayotganida rekoshet holatida Sergeev tomon bordi. Igor bosh bilan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi
35'
Vuuuuh! Rashidov 3 futbochlidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba yo‘lladi. Ali Ayyash zarbani qaytardi!
34'
To‘pni nazorat qilish ko‘rsatkichi — 65/35%, O‘zbekiston foydasiga
30'
GOOOOOOL! Server Jeparov, 0:2! Qarshi hujumda raqibni jazoladik. Andreev-Ahmedov-Jeparov kombinasiyasidan keyin Server 17 metrdan to‘pni darvozaga joyladi. Ayyash zarbani qaytara olmadi
29'
Terma jamoamiz pressingda yaxshi ishlab, raqibdan to‘pni t yezda olib qo‘ymoqda. Ammo goldan keyin hujum borasida biroz xotirjamlikka berildik
25'
Rashidov o‘ng qanotda to‘pni egallab turdi va To‘xtaxo‘jayevning oldinga o‘tishini kutib, uni to‘p bilan ta’minladi. Islomning uzatmasidan keyin to‘p Andreevga kelib tushdi. Uning zarbasi esa darvozaga aniq bormadi
24'
Yamanliklar hujum tashkil qilishdi. Ish zarbagacha yetib bormadi, himoyachilarimiz to‘pni qaytarishdi
23'
Dohada stadion chetlarida O‘zbekiston brendlari ham joylashtirilgan. GM Uzbekistan va Hamkorbank OFK homiylariga aylanishgan
21'
Rashidov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘pni himoyachi maydon tashqarisiga tepib yubordi
18'
Jamoamiz yaxshi hujum tashkil qildi. Rashidov o‘ng qanotda to‘pni egallab, markaz tomon yurish qildi. Yo‘l-yo‘lakay 3 futbolchidan o‘tdi hamda chapda ochilgan Andreevga uzatma berdi. Stasning uzatmasini esa posbon egallab oldi
16'
Jeparov 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
12'
Rashidov qarshi hujum paytida o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi ostonasida ikki himoyachidan o‘tib keta olmadi
11'
Ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ikkinchisi paytida Anzur ofsaydda qoldi
8'
Diqqat qiling, Aziz Haydarov terma jamoadagi o‘zining DASTLABKI golini urdi!
7'
GOOOOOOL! Azizbek Haydarov, 0:1! Ahmedov chap qanotdan jarima maydonchasi chizig‘iga uzatma berdi. Azizning zarabsidan so‘ng to‘p rekoshet holatida darvozabonga bordi, ammo to‘p uning oyoqlari orasidan o‘tib, to‘rga borib tushdi!
5'
Chap qanotdagi burchakka yaqin joyda Jeparovga nisbatan fol ishlatildi. Jarimadan yetkaziplgan uzatma yaqin ustun yonidan to‘rga tegdi
4'
Aziz Haydarovning jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
2'
Vuuuuh! Andreev chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Sergeev bosh bilan zarba berdi. To‘pni Muhammad Ali Ayyash egallab oldi
1'
Terma jamoamiz to‘pni egallab, o‘ng qanotdan zudlik bilan hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasiga yetkzilayotgan uzatma himoyachining oyog‘iga tegib, yon qanotdan maydonni tark etdi
1'
To‘pni o‘yinga Yaman kiritib berdi. Boshladik!
'
Bir daqiqalik sukut saqlandi. So‘nggi kunlarda jahonda bir nechta fojialar bo‘lib o‘tdi. Ularning xotirasiga sukut saqlandi
20:30'
O‘zbekiston terma jamoasi butun delegasiya bo‘lib maydon chetida o‘yinga so‘nggi ruhiy tayyorgarlikni olishdi
20:28'
Yaman madhiyasi ham yangrab o‘tdi. Sardorlar va hakamlar ishtirokida mini-qur’a bo‘lib o‘tadi va unda qaysi jamoa o‘yinni boshlab berishi aniqlanadi
20:25'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda
'
ASSALOMU ALAYKUM, qadrli futbol muxlislari! Yaman va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.