Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

13-tur, 21 noyabr, soat 17:45

UOTFORD

Troy Dini (87-pen.)

1 : 2

MANCHESTER YUNAYTED

Memfis Depay (11)
Bastian Shvaynshtayger (90)
JAMOALAR TARKIBI
01.Eurelyo Gomes (D)
02.Allan Nyom
15.Kreyg Katkart
03.Migel Britos
29.Etyen Kapue
23.Ben Uotson
22.Almen Abdi
07.Xose Xurado
21.Ikechi Anya
09.Troy Dini
24.Odion Igxalo
  01.David de Xea (D)
12.Kris Smolling
17.Deyli Blind
04.Fil Jons
08.Xuan Mata
21.Ander Errera
35.Djessi Lingard
28.Morgan Shnayderlen
07.Memfis Depay
18.Eshli Yang
31.Basti Shvaynshtayger
ZAHIRA
34.Gedryus Arlauskis (D)
16.Natan Ake
14.Xuan Paredes
17.Adlen Gudiura
19.Viktor Ibarbo
10.Obbi Oular
32.Alessandro Diamanti
  20.Serxio Romero (D)
05.Markos Roxo
33.Patrik MakNeyr
36.Matteo Darmian
44.Andreas Pereyra

Matn

90+4'
Igxalo yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Uning 8 metrdan bergan zarbasini De Xea qaytardi. O‘yin yakunlandi.
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90'
GOOOOOOL! Bastian Shvaynshtayger, 1:2! Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi va "MYu" hujumning ikkinchi to‘lqini paytida Lingard tomonidan zarba berildi. Darvozabon to‘pni yon tomonga qaytardi. Shvayni juda ham o‘tkir burchak ostida zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
87'
GOOOL! Troy Dini markaz bo‘ylab kuchli zarba berdi. De Xea yonga tashlangani uchun zarbani qaytara olmadi!
86'
PENALTI! "MYu" darvozasiga!
84'
Ehhhhh, Lingaaard! Qarshi hujumda olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida u darvoza qarshisida yolg‘iz qoldi. To‘pni Gomesning ustidan oshirmoqchi bo‘lib, qo‘liga tutqazib qo‘ydi!
78'
Mehmonlar oldinga o‘tgan Depay tomon uzatma berishdi. Memfis jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, ammo yaqin masofadan ochilgan Mataga uzatma bermasdan, olis ustun tomon havolatib uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
75'
Vuuuuh! "MYu" jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun Igxalo kurash olib bordi va unga yordamga kelgan Troy Dini 15 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. De Xea to‘pni egallab oldi
70'
Vuuuuh! Almen Abdi jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Smolling bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Shundoqqina burchakka kirayotgan to‘pni De Xea yuqori reaksiya bilan qaytardi!
68'
"Uotford" futbolchisi Ben Uotford ogohlantirish oldi
67'
Chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Lingaardga pas berildi. Uning zarbasi darvozaga aniq bormadi
63'
Kichik ustunlik maydon egalari tomonida. "MYu" yaxshi himoyalanmoqda
59'
Vuh! "Uotford" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p rekoshet holatida darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida turgan Igxaloga kelib tushdi. U qaychi uslubida zarab yo‘lladi. To‘pni Shneyderlin qaytardi
56'
Vuuuuuh! "Uotford" juda xavfli hujum tashkil qildi. Chap qanotdan yetkazib berilgan uzatmani mezbon hujumchilaridan biri jarima maydonchasi chizig‘i ustiga to‘xtatib berdi. Troy Dini kuchli zarba yo‘lladi. To‘pni De Xea qaytardi!
55'
Mata burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p Shvaynshtaygerning boshidan maydonni tark etdi
53'
"MYu" futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. O‘ta noaniq
48'
Vuuuh! Lingaard chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va yaqin yuqori burchakka kuchli zarba yo‘lladi. Gomes mahorat bilan zarbani qaytardi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Hakam birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berdi va u ham yakuniga yetdi. Tanaffus.
44'
"Uotford" darvozaboni Gomes to‘pni o‘z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirayotganida "MYu" futbolchisi uni egallab oldi va Matani birga bir vaziyata chiqardi. Ammo Xuan ofsaydda qolgan ekan
39'
Depay jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
35'
Mezbonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Nyom o‘ng qanotdan bir futbolchidan o‘tib ketdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Smolling bosh bilan to‘pni qaytardi. Igxalo 16 metrdan bergan zarbaga aniqlik yetishmadi
32'
Vuuuuh! "MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin yaqin ustun oldida turgan mehmon futbolchisi bosh bilan to‘pni ortga o‘tkazdi. Depay to‘pga biroz yeta olmadi
28'
Vuh! Burchakka yaqin joyda belgilangan jarima zarbasini Xuan Mata o‘yinga kiritdi. Davom etgan hujum natijasida Shneyderlin o‘tkir burchak ostida zarbavor vaziyatga chiqdi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
25'
Ander Errera kutilmaganda yo‘q joydan jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Markos Roxo tushirildi
21'
"MYu" burchakdan to‘pni o‘yinga kiritgan paytda mezbon futbolchisi Eshli Yangdan to‘pni olib qo‘ydi va ikkiga-ikki holatda oldinga o‘tdi. Odion Igxalo jarima maydonchasi ichida Shneyderlinni aldab o‘tdi, ammo o‘tkir burchak ostida aniq zarba bera olmadi
19'
"Uotford" o‘yinni tenglashtirishga harakat qilmoqda
15'
Mehmonlar "Uotford"ning hujumini qaytarib qarshi hujum tashkil qilmoqchi bo‘lganida, uzatma noaniq bo‘lgani sababli to‘p maydonni tark etdi
11'
GOOOOOL! Memfis Depay, 0:1! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Depay 6-7 metr masofadan oyoq qo‘ydi. Darvozabon zarbani qaytara olmadi!
7'
Ustunlik mankunianliklar tomonida. Ular to‘pni ko‘proq nazorat qilishmoqda, hujum qilishga intilishmoqda, ammo hozircha xavfli vaziyatlar yuzaga kelmayapti
4'
Depay chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
1'
"Uotford" hujumga o‘tmoqchi bo‘lganida Yang to‘pni egalladi va o‘ng qanotdagi Mataga uzatdi. Xuanning uzatmasini mehmonlar egallay olishmadi
1'
O‘YIN BOSHLANDI! To‘pni o‘yinga sariq formada harakat qilayotgan mezbonlar kiritib berishdi
'
Qadrli futbol muxlislari. Angliya Premyer-ligasining 13-turidan o‘rin olgan "Uotford" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.