Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi, «el-klasiko»
| 12-tur, 21 noyabr, soat 22:15. Bosh hakam: Fernandes Borbalan | ||
REAL MADRID |
0 : 4 |
BARSELONALuis Suares (11, 75)
Neymar (39) Inyesta (53) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Keylor Navas Danilo Rafael Varan Serxio Ramos Marselo Toni Kroos Luka Modrich Xames Rodriges Garet Beyl Krishtianu Ronaldu Karim Benzema |
Klaudio Bravo Daniel Alves Xerard Pike Xavyer Maskerano Xordi Alba Serxio Buskets Serxi Roberto Andres Iniyesta Ivan Rakitich Luis Suares Neymar |
|
| ZAHIRA | ||
|
Kiko Kasilya Daniel Karvaxal Pepe Mateo Kovachich Kazemiro Isko Xese Rodriges |
Mark-Andre ter Shtegen Tomas Vermalen Jeremi MatYE Adriano Korreya Munir el-Xaddodiy Sandro Ramires Lionel Messi |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Xames (23)
|
Alves (31)
|
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi. Buskets Benzemani tortib qolgani uchun ogohlantirish oldi. O‘YIN YAKUNLANDI. "Barselona" Madridda "Real"ni butunlay tor-mor etdi. |
| 90' | ![]() |
Vuuuuh! Bugun Bravo gol o‘tkazish niyati yo‘q! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ronaldu 6-7 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Klaudio zarbani qaytardi! Fantastik seyv! |
| 88' | ![]() |
Munir o‘z nomini el-klasiko tarixiga yozishi mumkin edi. Neymar tomonidan chap qanotdan yerlatib berilgan uzatmaga Haddodiy 11 metrdan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib Munir yoshlik qildi. Neymar Haddodiy va Pikeni darvozabon bilan ikkiga bir vaziyatga chiqardi. Munir shoshib tepib yubordi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 85' | ![]() |
Isko esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. O‘zidan o‘tib ketayotgan Neymarni tepib ag‘darib tashladi. |
| 83' | ![]() |
Neymarning oyog‘iga Karvaxal ortdan tepdi va sariq kartochka oldi. |
| 81' | ![]() |
Vuuuuh! Beyl bu safar Benzemani randevuga chiqardi. Karim ham gol ura olmadi. Bravo, qoyil! Oradan 1 daqiqa o‘tib o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Karim bosh bilan zarba berdi. Klaudio yana zarbani qaytardi. |
| 77' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Munir el-Haddodiy tushirildi. |
| 75' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Mehmonlar maydon markazida "kvadrat" o‘ynab turishdi va birdan oldinga o‘tishdi. Messi-Neymar-Suares kombinasiyasidan keyin Luis birga bir vaziyatga chiqdi, biroz pauza qildi, Navasning yotishini kutdi va to‘pni uning ustidan oshirib to‘rga yo‘lladi. 0:4! |
| 72' | ![]() |
"Barsa" "Madrid"ni kechirmoqda. Messining uzatmasidan keyin Suares o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomondagi jamoadoshlariga uzatma berdi. Ramos bir amallab to‘pni qaytarib qoldi |
| 70' | ![]() |
Ronaldu ofsadda qoldi. Shunga qaramay u yakkama yakka vaziyatda zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi |
| 68' | ![]() |
Vuuuuh! Messi jarima zarbasini tepdi va to‘p jonli devorga tegib qaytganidan keyin uni mezbonlar egallashdi va tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Beylning uzatmasidan keyin Ronaldu birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. Bravo zarbani qaytardi! |
| 66' | ![]() |
Vuuuuh! Navbatdagi xavfli vaziyatga Messi aralashdi. Uning uzatmasi jarima maydonchasiga kirgan Suaresga bordi. To‘p himoyachi orqali Neymarga bordi va u to‘pni Messiga qaytardi. Leoning zarbasi yo‘liga Varan g‘ov bo‘ldi |
| 64' | ![]() |
Beyl chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. Uning oldida turgan Pikening qo‘liga to‘p tegdi. Garet penalti so‘radi, ammo faqat burchak to‘pi |
| 61' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos bosh bilan to‘pni qaytardi, Varan esa bosh bilan darvoza tomon burdi. Bravo to‘pni egalladi. |
| 58' | ![]() |
Jamoalarda o‘zgarish bo‘ldi. "Real"da Xames o‘rniga Isko, Marselo o‘rniga Karvaxal; "Barselona"da Rakitich o‘rniga Lionel Messi tushdi! |
| 55' | ![]() |
Ohohohoo! Suares chap qanotdan o‘tkir burchak ostida yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va yaqin burchakka zarba berdi. To‘p yon tomondan to‘rga kelib tegdi! Undan biroz avval Ramos jarima maydonchasi ichida Suaresni chalib yiqitgandi. Borbalan penalti belgilashga jazm etmadi. |
| 53' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Andres Inyestaaaaa, 0:3! Jamoa sardori jarima maydonchasi chizig‘i ustidagi Neymarga uzatma berdi va braziliyalik hujumchi tovoni bilan to‘pni Inyestaning o‘ziga qoldirdi. Andres yugurib keldi va kuchli zarba bilan "to‘qqizlik"ka to‘pni "mixladi! |
| 52' | ![]() |
Vuuuh! Neymar bergan jarima zarbasi xavfli bo‘ldi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Navas yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 80' | ![]() |
Ramos jarima maydonchasi tashqarisida Robertoga nisbatan fol ishlatdi. Jarima zarbasi |
| 48' | ![]() |
Vuuuuh! Xames jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi. Burchakka borayotgan to‘pni Bravo maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 47' | ![]() |
Vuuuuuuh! Marseloooo! Braziliyalik himoyachi chap qanotda ikki futbolchidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi va deyarli birga bir vaziyatda aniq zarba bera olmadi! To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni "Real" boshlab berdi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" 2:0 hisobida g‘alaba qozonmoqda. "Real" mutlaqo o‘ziga o‘xshamayapti, ular hech narsa qila olishmayapti. Agar mehmonlar qandaydir qo‘pol xatolar evaziga "Real" gol urmasa, Enrike shogirdlari "Madrid"ga hech qanday imkoniyat qoldirayotgani yo‘q |
| 45+2' | ![]() |
Vuuuuuh! Ohohohoo! Neymar va Suares "Madrid" himoyasini parokanda qilib tashlashdi. Suares bo‘sh darvozaga zarba yo‘lladi. Marselo chiziq ustida bosh bilan to‘pni qaytardi. Rakitichning 10 metrdan bergan zarbasi yo‘liga Varan g‘ov bo‘ldi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Suares jarima maydonchasi ichida Ramosni bir marta aldadi, ammo ikkinchi marta alday olmadi |
| 39' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Inyesta chiroyli uzatma bilan Neymarni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi va braziliyalik hujumchi imkoniyatni ko‘kka sovurmadi! 0:2! |
| 36' | ![]() |
"Real" mehmonlarning pressingiga dosh bera olmayapti. Ular yo to‘pni yo‘qotishmoqda, yoki olis masofadan uzatma orqali hujum tashkil qilishmoqda |
| 31' | ![]() |
Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Suaresga uzatma berayotganida Varan to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Burchakdan zarbasidan keyin to‘pni "Madrid" egalladi va oldinga o‘tayotganida Dani Alves to‘psiz qolgan Ronalduni yiqitdi. Sariq kartochka! |
| 28' | ![]() |
"Barsa" darvozaboni va himoyachilarining qaltis harakatlaridan so‘ng jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni Xames egallab oldi va darhol zarba berdi. Bravo to‘pni egalladi. |
| 27' | ![]() |
Maskerano jarohat tufayli o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Jeremi Matyo tushdi. |
| 25' | ![]() |
Vuuuuh! "Barselona"da yaxshi imkoniyat! Inyesta-Alves-Roberto uzatmasidan keyin Serji 11 metrli nuqta ustidan to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 24' | ![]() |
Neymar olis burchak tomon aylanma zarba berdi. Keylor Navas to‘pni egallab oldi. |
| 23' | ![]() |
Xames Rodriges Neymarni chalib yiqitdi va sariq kartochka oldi. "Barsa" 22 metr masofadan jarima zarbasi tepadi |
| 18' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ronaldu esa Alvesni ushlab olib, o‘zi yiqildi va penalti so‘radi. Hakam o‘yinni to‘xtatib, mehmonlar foydasiga jarima zarbasi belgiladi |
| 16' | ![]() |
To‘p nazorati "Barselona" tomonida. Benites o‘yindan avval raqibni o‘z o‘yiniga bo‘ysundirishi haqida aytib o‘tgandi. Ammo madridliklar hozircha "Barsa" o‘yiniga moslashib qolishdi. Inyestaning ajoyib uzatmasidan keyin Roberto o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni orqaroqdagi Rakitichga uzatdi. Ivan bergan zarbadan so‘ng to‘p yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 16' | ![]() |
To‘p nazorati "Barselona" tomonida. Benites o‘yindan avval raqibni o‘z o‘yiniga bo‘ysundirishi haqida aytib o‘tgandi. Ammo madridliklar hozircha "Barsa" o‘yiniga moslashib qolishdi. Inyestaning ajoyib uzatmasidan keyin Roberto o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni orqaroqdagi Rakitichga uzatdi. Ivan bergan zarbadan so‘ng to‘p yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 11' | ![]() |
GOOOOOOL! Luis Suareeeesssss, 0:1! Kataloniyaliklar katta tezlikda markaz bo‘ylab hujum tashkil qilishdi va Serji Robertoning uzatmasidan keyin urugvaylik hujumchi birga bir vaziyatga chiqib ketdi va olis burchakni nishonga oldi! |
| 9' | ![]() |
"Real"ning javob hujumi! Ronaldu o‘ng qanotda Albani aldab jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldida ochilayotgan Benzema tomon uzatma berdi. Bravo to‘pni qaytardi, aks holda Karim darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi. |
| 6' | ![]() |
Oho, "Barsa" ijrosida xavfli hujum! Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Suares to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochiq turgan Neymarga qoldirdi. Braziliyalik hujumchining zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 4' | ![]() |
Neymar o‘z qanotidan oldinga o‘tdi va biroz markaz tomon surilib, yuqoridan darvoza oldiga uzatma berdi. Navas to‘pni egallab oldi. |
| 3' | ![]() |
Ronaldu burchak to‘pi ishladi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Pike bosh bilan qaytardi. To‘p nazorati asosan "qaymoqranglilar" tomonida. |
| 1' | ![]() |
Maydon markaziga yaqin joyda Ramos Suaresga nisbatan fol ishlatdi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! "KLASIKO" BOSHLANDI! |
| ' | ![]() |
Qiziq, maydon markazida ikki jamoa futbolchilari, hakamlar va bosh murabbiylar, murabbiylar shtabi bir chiziqqa tizilib turishdi. Fransiya fojeasida halok bo‘lganlar xotirasi shu tariqa yodga olinmoqda. |
| ' | ![]() |
Jamaoalar maydonga chiqib kelishmoqda. "Santyago Bernabeu"ga yig‘ilgan muxlislarning barchasi qo‘llariga oq qog‘oz ko‘tarib, tribunalarni oq rangga "bo‘yashdi"! |
| 22:10' | ![]() |
O‘yin boshlanishiga 5 daqiqa qolmoqda. Jamoalar stadionga chiqish arafasida turishibdi. |
| ' | "Real"da esa hech qanday muammo yo‘q. Hattoki Karim Benzema maydonga tushgan. Isko va Xese zaxirada qolishdi | |
| ' | Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari bilan tanishib oldingiz. Messi "Barselona" zaxirasida qolganini inobatga olmasa, har ikkala jamoa jangovar tarkib bilan o‘yinni boshlaydi | |
| ' | ![]() |
"Real" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi Ispaniya chempionatining 12-turi doirasidagi o‘yin boshlanishiga taxminan 25 daqiqa qoldi. |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|