Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

5-tur, 25 noyabr, soat 00:45. Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya)

BARSELONA

Luis Suares (15, 44)
Lionel Messi (18, 60)
Pike (56)
Adriano (77)

6 : 1

ROMA

Edin Jeko (90+1)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
06.Dani Alves
18.Xordi Alba
23.Tomas Vermalen
05.Serxio Buskets
20.Serxi Roberto
04.Ivan Rakitich
11.Neymar
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
  25.Voysex Shchensni (D)
44.Kostas Manolas
02.Antonio Ryudiger
03.Lukas Din
13.Maykon
20.Seydu Keyta
24.Alessandro Florensi
04.Raja Naynggolan
14.Yago Falke
15.Miralem Pyanich
09.Edin Jeko
ZAHIRA
13.Klaudio Bravo (D)
21.Adriano
24.Jeremi Matyo
15.Mark Bartra
08.Andres Inyesta
26.Serxi Samper
17.Munir el-Haddodiy
  26.Morgan De Sanktis (D)
05.Leandro Kastan
16.Daniele De Rossi
21.Vilyam Vanker
48.Salix Uchan
35.Vasilis Torosidis
07.Xuan Iturbe

Matn

90+1'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Roma" - 6:1!
90+1'
GOOOOOL! Edin Jeko, 6:1! CHAp qanotdan yetkeazilgan uzatmani bosh bilan darvozaga joyladi!
90'
Vuuuh, Neymar! Jamoadolari uni birga bir vaziyatga chiqarib yuborishdi. Braziliyalik futbolchi zarba berayotganida himoyachi to‘p yo‘liga tashlandi va to‘p uning oyog‘idan maydonni tark etdi
87'
"Barselona" hujum qilishda davom etmoqda. Adriano ofsaydda
82'
Ter Shtegen Jekoning zarbasini qaytardi! Ehhhh, Jeko!
82'
PENLATI! "Barselona" darvozasiga!
80'
Ehhhh, Messssi! Albaning uzatmasidan keyin Leo jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda qoldi. To‘pni Voysexning ustidan oshirmoqchi bo‘lgandi, to‘p posbonning qo‘lidan maydonni tark etdi
77'
GOOOOL! Faqat penaltidan emas! Neymarning zarbasini Shchensni qaytardi. Adriano jarima maydonchasiga yugurib kirdi va yaqin kuchli zarba bilan yaqin "to‘qqizlik"ka to‘pni joyladi!
76'
PENALTI! "Roma" darvozasiga! Neymar ishladi va o‘zi tepmoqchi
75'
"Roma"da o‘zgarish: Pyanich o‘rniga Salix Uchan tushdi
74'
Suares jarima maydonchasi ichida yiqildi. Qoida buzilmadi
71'
Vuuuuh! Neymar Suares bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachini chalg‘itib olis burchak tomon aylanma zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi!
68'
Neymar chiroyli dribling bilan Maykondan o‘tib ketdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Suares to‘pga oyoq qo‘ya olmadi
67'
Maykoning uzatmasidan keyin Jeko bosh bilan zarba berdi. Zarba yumshoq chiqdi. To‘pni Shtegen egalladi
65'
Pyanich tomonidan yo‘llangan zarba jonli devorga tegib qaytdi
64'
"Barselona"da uchinchi o‘zgarish: Serji Roberto o‘rniga Adriano tushdi
63'
Messiga sariq kartochka! Jarima maydonchasiga kirayotgan Iturbeni ortdan yiqitdi!
62'
Vanker ogohlantirish oldi. Maydon markazida Serji Robertoga nisbatan qo‘pol o‘ynadi
60'
GOOOOL! Lionel Messi, 5:0! Neymar-Suares-Messi kombinasiyasidan keyin Leo zarba berdi. Shchensni zarbani qaytardi. Messi takroriy zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi
58'
"Roma"da o‘zgarish: Florensi o‘rniga Vilyam Vanker tushdi
57'
"Barselona"da o‘zgarish: Pike o‘rniga Bartra tushdi
56'
GOOOOOL! Pike, 4:0! Kataloniyaliklar o‘z uslublarida! Neymar-Suares-Messi kombinasiyasidan keyin Leo birga bir vaziyatga chiqdi va o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Pike pas berdi. Jerar bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.
54'
Vuuuuuh! Rimliklar "Barsa" uslubida hujum tashkil qilishdi va Falke darvozabon bilan yuzma yuz holatda qoldi. Yagoning zarbasini Ter Shtegen qaytardi!
51'
Vuuuuh! Neymar jarima maydonchasi chizig‘i ustidan kuchli zarba yo‘lladi. Shchesnni mushti bilan to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi
49'
Vuh! Alvesning uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi. Voysex to‘pni egallab oldi
48'
Pike markaziy hujumchi pozisiyasida yuribdi. U jarima maydonchasi ichida Neymardan to‘pni qabul qildi va toovni bilan braziliyalik hujumchining o‘ziga qaytardi. Burchak to‘pi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Barselona"da o‘zgarish: Buskets o‘rniga Serxi Samper tushdi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Barselona" - "Roma" 3:0
44'
GOOOOOL! Luis Suares, 3:0! "Barselona" qarshi hujumda burchak to‘pi ishladi. Neymar yetkazib bergan uzatmani himoyachi qaytardi. Urugvaylik hujumchi to‘pni yerga tushurmasdan 14 metrlardan darvoza to‘riga joyladi.
41'
Xavfli vaziyat! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Florensi o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Ter Shtegenning qo‘lidan maydonni tark etdi
41'
Pike sariq kartochka oldi. Keytaning oyog‘iga xavfli tashlandi
35'
Neymar chap qanotdan jariam maydonchasiga kirdi va Suares tomon uzatma berdi. To‘pni himoyachi qaytardi. Takroriy urinishda Neymar himoyachini aldab o‘tdi. Burchak to‘pi
33'
Messi maydon markazidan uzatma bilan Neymarni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Ofsayd
31'
To‘p nazorati madyon egalari tomonida. Ular hozircha keskin hujum tashkil qilishga shoshilishmayapti
28'
Alves o‘ng tomon uzatma orqali Rakitichni to‘p bilan ta’minladi. Ivan tovoni bilan Suaresga qoldirayotgan edi, himoyachi to‘pni egallab oldi
27'
Neymar yuqoridan Suares tomon uzatma berdi. To‘pni voysex egallab oldi
24'
To‘p nazorati va kombinasiyalar tomonlama ustunlik to‘lig‘icha kataloniyaliklar tomonida. Bitta darvoza atrofida o‘yin bo‘lmoqda
22'
Messidan to‘pni qabul qilgan Suares jarima maydonchasi tashqarisida bir himoyachini aldab iskariga kirdi, biroq boshqa futbolchi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
18'
GOOOOL! Lionel Messi, 2:0! Leo Suares bilan "devor" o‘ynab, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi va chap oyog‘ida to‘pni Shchensnining ustidan oshirib qo‘ydi.
15'
GOOOOOL! Luis Suares, 1:0! Neymar maydon markazidan ajoyib pas bilan Alvesni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Dani narigi qanotda ochilgan Suaresni to‘p bilan ta’minladi. Urugvaylik futbolchi osonlik bilan bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi
14'
"Barsa" tezkor hujumga o‘tdi. Messi o‘ng qanotda bir futbolchidan o‘tib ketib, Suaresga uzatma berdi. Luis o‘ng qanotdan uzatma berayotganida to‘p himoyasiga tegdi va darvozabonga bordi
13'
Vuuuuuh! "Roma" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Naynggolan jarima maydonchasi tashqarisidan darvozaga yaqiniga uzatma berdi. Jeko bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
9'
Vuuuuh! Busketsning uzatmasidan keyin Messi deyarli birga bir vaziyatga chiqib ketdi hamda bir himoyachi ta’qibi ostida 16 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidang o‘tib ketdi
6'
Vuh! "Barselona" o‘z uslubida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq ofsayd tufayli gol bekor qilindi. Neymar-Buskets-Neymar kombinasiyasi natijasida braziliyalik hujumchi jarima maydonchasiga kirdi va Messini bo‘sh darvozasiga qarshisiga chiqardi. Biroq Neymar ofsaydda deb topildi
4'
Vuuuuh! Messi Busketsdan uzatma qabul qildi va to‘pni chap oyog‘iga to‘g‘rilab, zarba yo‘lladi. Posbon to‘pni maydon tashqarisiga chiqara oldi!
3'
Messi jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va chap qanotdan ichkariga kirayotgan Neymarga uzatma berdi. Ofsayd
2'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
2'
"Barsa" o‘zining an’anaviy "ko‘k-anorrang", "Roma" esa oq rangli formada o‘ynamoqda
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Inyesta bugun zaxirada. Shu bois sardorlik bog‘ichi Messining bilagida
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasining madhiyasi yangramoqda. "Kamp Nou" maydoniga "Barselona" va "Roma" jamoalari saf tortishgan.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.