Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 13-tur, 28 noyabr, soat 20:00. Bosh hakam: Iglesias Vilyanueva | ||
BARSELONANeymar (22, 53)
Luis Suares (41) Messi (90+1) |
4 : 0 |
REAL SOSYEDAD |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 03.Jerar Pike 24.Jeremi Matyo 06.Dani Alves 05.Serxio Buskets 08.Andres Inyesta 14.Xavyer Maskerano 04.Ivan Rakitich 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
01.Xeronimo Ruli (D) 03.Mikel Gonsales 06.Inigo Martines 19.Yuri Berchiche 30.Ariz Elustondo 14.Ruben Pardo 08.Esteban Granero 10.Xabi Priyeto 16.Serxio Kanales 11.Karlos Vela 09.Imanol Agirreche |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 15.Mark Bartra 18.Xordi Alba 21.Adriano 23.Tomas Vermalen 17.Munir El-Haddodiy 19.Sandro Ramirez |
31.Ander Bardaxi (D) 23.Diyego Reyes 24.Alberto de la Belya 02.Karlos Martines 28.Mikel Oyarzabal 21.Ektor Ernandes 07.Bruma |
|
Matn
| ' | ![]() |
22:30dan boshlab "Lester" - "MYu" o‘yinidan matnli translyasiyani o‘tkazib yubormang |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Real Sosyedad" - 4:0. |
| 90+3' | ![]() |
Ohohoh, Neymar! U ikki himoyachini jarima maydonchachi ichida chiroyli tarzda aldab o‘tdi. Deyarli birga bir vaziyatda na zarba berdi, na pas berdi. To‘pni yo‘qotdi. Lekin chiroyli fintlar ishlatdi |
| 90+1' | ![]() |
GOOOOOOL! Messi, 4:0! Neymar chap qanotda bir himoyachini chiroyli aldab o‘tdi va Suares bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirdi. Narigi ustun yonida bo‘sh turgan Messini to‘p bilan ta’minladi. Leo chap oyog‘ida osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 88' | ![]() |
Messi 14 metrlardan zarba berdi. Himoyachi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 86' | ![]() |
Vuuuuuh! Qarshi hujumda Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va ikki himoyachini orasida turib zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi! |
| 84' | ![]() |
Kataloniyaliklar himoyachilarining xatosiga bu safar Bravo ham hissa qo‘shib yubordi. Brumaning bu galgi zarbasini Pike qaytardi |
| 84' | ![]() |
"Barselona" himoyasi to‘pni yo‘qotganidan foydalanib, Bruma jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 80' | ![]() |
"Real Sosyedad" futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichida chalqancha uslubda zarba berish chog‘ida Adrianoning beliga tepib yubordi |
| 77' | ![]() |
Rakitichning uzatmasidan keyin Suares o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘zi zarba berishga qaror qildi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 75' | ![]() |
Mehmonlar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Hujumchi o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi |
| 69' | ![]() |
"Barsa"da so‘nggi o‘zgarish: Maskerano o‘rniga Bartra tushdi |
| 68' | ![]() |
Vuuuuuh! Jarima maydonchasi tashqarisida Suaresga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Messi yo‘llagan zarba to‘sin va ustun kesishgan burchak yonidan o‘tib ketdi |
| 65' | ![]() |
"Barsa"da yana o‘zgarish: Matyo o‘rngiga Xordi Alba tushdi |
| 60' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Alves o‘rniga Adriano tushdi |
| 59' | ![]() |
Vuuuuh! Inyestaning uzatmasidan Neymar o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochilgan Messi to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga joyladi. To‘p shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 56' | ![]() |
Ariz Elustondo sariq kartochka oldi. Neymarning oyog‘iga tegdi |
| 53' | ![]() |
GOOOOL! Neymar, 3:0! Iyesta-Matyo-Neymar koibinasiyasidan keyin braziliyalik hujumchi 12 metrlardan birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 50' | ![]() |
Endi Ruben Pardo ogohlantirildi. U Neymarni kiyimidan tortib qoldi |
| 48' | ![]() |
"Real Sosyedad" futbolchisi Serxio Kanales ogohlantirish oldi. U Inyestani tortib qoldi |
| 47' | ![]() |
Yuri Berchiche olis masofadan kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Bravo to‘pni egalladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| ' | Birinchi bo‘lim statistikasi: To‘p nazorati: 59% - 41%, Zarbalar 4-2, Aniq zarba 3-0, Burchak to‘plari 4-3, Ofsaydlar 3-1, Follar 5-5. | |
| ' | ![]() |
Neymar va Suares tomonidan kiritilgan gollar kataloniyaliklar 2ta to‘p ustunligini taqdim etmoqda. Ular mos ravishda 13 va 12ta gol bilan La liga to‘purarlari ro‘yxatini boshqarishmoqda |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barsa" - "Real Sosyedad" - 2:0. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Neymar chap qanotdan so‘nggi chiziqqa parallel ravishda jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga yaqinlashayotgan Messiga uzatma berdi. Leo biroz kech qoldi. To‘p darvozabonning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Matyo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi. Jeremi to‘pni to‘xtatmasdan sheriklariga yetkazmoqchi bo‘ldi, ammo sirpanib ketdi va to‘p maydonni tark etdi |
| 41' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Luis Suares, 2:0! Gol assistenti yana Alves. U Inyestaning uzatmasidan keyin o‘ng qanotdan to‘pni qabul qildi va to‘pni orqaroqqa - jarima maydonchasiga burchagi toion yetkazdi. Suares qaychi uslubida olis burchakni ishg‘ol qildi! |
| 40' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan ketma-ket bir necha futbolchilarni aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi, burchak to‘pi |
| 37' | ![]() |
Esteban Granero sariq kartochka oldi |
| 34' | ![]() |
Mehmonlar bu safar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Barsa" to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tayotganida Neymar maydon markazida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ydi |
| 32' | ![]() |
"Sosyedad" o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 28' | ![]() |
Inyesta maydon markazidan o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Messi tomon ajoyib uzatma bergandi. Leo to‘pni to‘xtata olmadi |
| 25' | ![]() |
Suaresga nisbatan o‘ng burchakka yaqin joyda fol ishlatildi. Neymar tomonidan jarima zarbasi amalga oshirildi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 22' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Neymar, 1:0! Messi o‘ng qanotdan oldinga o‘tishga chog‘langan Alvesni to‘p bilan ta’minladi. Danining uzatmasini Neymar 11 metrli nuqta ustida kuchli zarba bilan darvozaga joyladi! |
| 21' | ![]() |
To‘p nazorati maydon egalari tomonida. San-sebastyanliklar raqibga ularning darvozasi yaqinida pressing qo‘llashmoqda. Ba’zida ular "Barsa"ga oldinga shtish imkoniyatini berishmayapti. Ammo buni butun o‘yin davomida uddalashning iloji yo‘q, albatta |
| 17' | ![]() |
Mehmonlarning hujumi. O‘ng qanotdan darvoza yaqiniga yetkazilgan to‘pni Bravo egnallab oldi |
| 16' | ![]() |
Messi o‘ng qanotda Alves bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo ofsayd |
| 14' | ![]() |
Serxio Kanales olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvozaga aniq bormadi |
| 13' | ![]() |
Vuuuuuh! Suaresning chap qanotdan bergan uzatmasidan keyin Inyesta darvogacha 8 metrlardan bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun tegib qaytdi! |
| 10' | ![]() |
"Real Sosyedad" ham burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bravo to‘pni egalladi va darhol hujumga asos soldi. Messining uzatmasidan keyin Neymar yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, ammo Rulini aldab o‘ta olmadi |
| 9' | ![]() |
Neymarning uzatmasidan keyin Matyo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 7' | ![]() |
Inyestaning maydon markazidan bergan uzatmasidan so‘ng Rakitich birga bir vaziyatga chiqayotgandi, ammo laynsmen bayrog‘ini ko‘tardi |
| 4' | ![]() |
Suares posbon bilan to‘qnashib ketgani uchun Ruliga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 3' | ![]() |
Vuuuuuh! Neymarning uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba yo‘lladi. Ruli oyog‘i bilan zarbaniq qaytardi! |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Ispaniya La ligasining muhim o‘yinlaridan biri "Barselona" va "Real Sosyedad" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|