Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 24-tur.

2 fevral, 21:00

ARSENAL

Chemberlan (50, 73)

2 : 0

KRISTAL PELAS

JAMOALAR TARKIBI
Shchesni
Sana
Mertezaker
Kosyelni
Monreal
Arteta
Chemberlen
Kasorla
O‘zil
Podolski
Jiru
  Speroni
Vard
Gabbidon
Delaney
Parr
Bolasi
Dikgachoi
Jedinak
Panchon
Shamax
Jerom

Matn

90+3'
O‘yin tugadi.
90'
O‘yinga uch daqiqa qo‘shib berildi.
87'
Mehmonlar yaxshi vaziyatga ega bo‘lishgandi. Ular 25 metrlardan jarima zarbasi tepish imkoniga ega bo‘lishdi, lekin zarba jonli devorga tegdi.
85'
O‘yinning eng yaxshi futbolchilaridan biri Arteta oqsoqlanmoqda.
84'
«Arsenal»da ikkitalik almashish. Maydonni O‘zil va Jiru tark etishdi. Ularning o‘rnida Bentner va Gibs tushishdi.
82'
Mehmonlar mutrabbiysi ikki hujumchi Shamax hamda Jeromni o‘yindan oldi.
81'
O‘zil maydon markaziga yaqin joyda to‘pni egallab oldi va darvozaga yaqinlashib kelgan holda zarba berdi. Darvozabon o‘z o‘rnida.
80'
Ikkinchi goldan keyin «Arsenal» juda xotirjam harakat qilishni boshladi. Ular natijani qo‘la kiritib bo‘lishganiga ishonishmoqda.
78'
«Arsenal» juda uzoq hujumni amalga oshirdi. Avvaliga Rosiski to‘pni Kasorladan qabul qilib oldi va uni yana ispanga qaytardi. U to‘pni Artetaga yetkazdi. Arteta to‘pni Jiruga havolatib tashlagan edi, lekin bu yerda himoyachilar unga imkon berishmadi.
76'
Esingizda bo‘lsa kerak «Sautgempton»ga qarshi o‘yinda Flamini qizil kartochka olgan va uchta o‘yinga chetlatilgan edi. Bugun Aleks aynan uning o‘rnida harakat qilmoqda. Vengerning mnavbatdagi kashfiyoti bugun o‘zini oqladi.
74'
Aleks Oksland Chemberland maydon markazida to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va uni Jiruga uzatdi. Jiru qator himoyachilarni o‘zi bilan ovora qildi va Chemberlandga ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi. Jarima maydonchasiga katta tezlikda kirib borgan Aleks o‘zining ikkinchi golini kiritdi. Ajoyib gol.
73'
Goooooooooooooooooooooooooooooool.
72'
Arsen Venger baribir maydon markazidan qoniqmayapti. Maydonga Tomash Rosiski tushdi. U Podolskini almashtirmoqda.
70'
Bugun «Pelas» pressining qilishda «Arsenal»ga dars bermoqda. Shunday holatlarning birda maydon markazida «Pelas» futbolchisi to‘pni egallab oldi va uni hujum chizig‘idagi Jeromga uzatdi. Uning podudaridan keyin berilgan zarba noaniq bo‘ldi.
68'
O‘yindagi birinchi saroq kartochka mehmonlar futbolchisi Dilayniga korsarildi. U Kasorlaga qarshi juda qo‘pol o‘ynadi.
66'
«Arsenal» raqib jarima maydonchasiga yaqin joyda uzoq hujum uyushtirdi. Kasorla bir necha marta iruga to‘p uzatmoqchi bo‘ldi, lekin oxir-oqibat Podolski to‘pni Chemberland yo‘nalishiga tahsladi. Himoyachilar hujumni o‘qishdi.
64'
Mehmonlarning chap qanotdan uyushtirgan hujumi xavfli bo‘lishi mumkin edi. Havolatib uzatilgan to‘pni Mertazaker qaytardi. Qaytgan to‘pga Vord zarba berdi, lekin juda kuchsiz zarbadan keyin to‘p maydonni tark etdi.
62'
«Pelas» burchakdan to‘p tepdi. Shamaxga himoyachilar imklon berishmadi. Qaytgan to‘pga mehmonlar futbolchisi zarba berdi, lekin noaniq.
61'
Maydon markaziga yaqin joyda Podolski Vordga qarshi juda qo‘pol harakatvqildi. «Pelas» futbolchisiga yprdam ko‘rsatilmoqda.
60'
Podolski endi hujumda. U chap qanotdan oldinga borayotganida himoyachi to‘pni tepib yubordi. Burchak to‘pi esa yana samarasiz bo‘ldi.
58'
«Pelas»ning oxirgi o‘yinlardagi qahramoni Panchon asta-sekin hujumga qo‘shilishni boshladi. Uning Shamax tomon uzatgan to‘piga hammadan avval hujumchi Podolski yetib keldi va xavfni bartaraf etdi. Mana buni total futbol deyishadi. Himoyachi hujumda, hujumchi himoyada.
56'
Qiziq fakt. «Arsenal» hamda «Kristal Pelas» jamoalari birinchi davraning 9-turidan to‘qnash kelishgandi. O‘shanda ham «Arsenal» 47-daqiqada hisobni ochgan ekan.
54'
«Arsenal»ning navbatdagi hujumi burchak zarbasi bilan yakunlandi. Arteta juda chiroyli pas bilan o‘tkir burchakka yaqin joyda Podolskini to‘p bilan ta’minladi. Nemisning zarbasi esa darvoza to‘riga tashqi tomondan tegdi.
52'
Ikki marta ketma-ket burchak to‘pi «Pelas»ga foyda keltirmadi.
51'
«Pelas» juda chiroyli hujumni amalga oshirdi. Chap qanotdan rivojlangan hujumdan keyin to‘p hujumchiga kelib tushdi. 5 metrlardan bosh bilan berilgan zarbani Shchesni qaytardi.
50'
«Arsenal» futbolchilari kiyinish xonasida Vengerdan yaxshi gaplar eshitishmagani aniq. Rostdan ham jamoa shunday zerikarli o‘yin ko‘rsatdiki, Britaniya matbuoti birinchi bo‘lim haqidagi xabarda uxlab qolgan odamlarning rasmini qo‘ydi.
48'
Santi Kasorla juda chiroyli pas bilan Aleks Oksland Chemberlandni darvozabon bilan duelga chiqardi. Bu vaziyatdan Angliya futboli kelajagi unumli foydalandi. U goldan oladiga gonorarining yarmini Santi Kasorlaga berishi kerk. Daxshatli pas.
47'
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooolll.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+12'
Birinchi bo‘lim yakunlandi 0:0.
45+1'
«Arsenal»ning o‘yindagi birinchi zarbasi 45+1-daqiqada berildi. Koselnining jarima maydonchasiga kirmay bergan zarbasi noaniq bo‘ldi.
45'
«Arsenal» burchakdan to‘p tepmoqda. Bu gal ham standartdan «Arsenal» foydalana olmadi.
44'
«Pelas» hujum uyushtirayotgan vaqtda Shchesni hioyachilarga Shamaxni ushash kerak ekanini ta’kidladi. Bu ovoz bizgacha yetib keldi.
43'
35 metrlardan xuddi boyagi holatga o‘xshash jarima zarbasi. O‘zilning to‘p uzatishidan keyin Mertazaker bosh bilan zarba berdi, lekin juda kuchsiz.
41'
«Arsenal» o‘z odatiga sodiq qolgan holda gollarini ikkinchi bo‘limga olib qo‘ymoqchi ko‘rinadi. Jamoa to‘pni maydon markazida olib yuribdi.
39'
«Arsenal» himoyachilari jarima maydonchasida tushunarsiz harakat qilishdi va Shamah Jerom bilan birga gol urishiga sal qoldi. Yaxshimay Shchesni maydon chizig‘iga yaqin joydan tepilgan to‘pni qaytarishga ulgurdi.
37'
Chap qanotda to‘oni egallab olgan Arteta juda chiroyli harakat qildi. U qaramay turib Sanani darvozabon bilan yakama-yakka holatga chiqardi. Sana darvozabon bilan duyelda maydonga quladi. Hakam qoida buzilmaganini ko‘rsatdi.
35'
Burchak zarbasi esa «Arsenal»ga hech qanday naf keltirmadi.
34'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!O‘yindagi birinchi xavfli vaziyat 34-daqiqada yuzaga keldi. Mesut O‘zil 35 metrlarsan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p hech kimga tegmadi va to‘g‘ri darvozaga yo‘l oldi. BU vaziyada posbon ishonchi harakat qildi to‘pni maydin tashqarisiga chiqarib yubordi.
31'
Shamax o‘z jarima maydonchasiga yaqin joyda Kasorladan to‘pni olib qo‘ydi va maydonning kattagina qismini yolg‘iz bosib o‘tdi. U to‘pni sherigiga oshirdi, lekin himoyachilar to‘pni olib qo‘yishdi.
29'
O‘yinning dastlabki 30 daqiqasi ortda qoldi, lekin aytarli hujum bo‘lgani yo‘q. Premyer ligaga yarashmaydigan haddan tashqari xotirjam o‘yin bo‘lmoqda.
27'
Qanotda odatda faol bo‘ladigan Sana ham bugun hujumga ha deganda qo‘shilmayapti. «Arsenal» katta e’tiborni maydoin markaziga qaratgan.
25'
Tan olishimiz kerak bugun «Arsenal»da Aaron Remsining o‘rni bilinyapti. Maydion markazida O‘zil va Kasorla kabi futbolcholar yaxshi harakar qilishmoqda, lekin hujumchilarni hal qiluvchi paslab bilan ta’minlovchio Remsi yetishmayapti.
23'
«Arsenal» juda chiroyli amalga oshirdi. Jiru va Kasorla devro uslubida jarima maydonchasiga yorib kirishdi, lekin himoyachilar to‘pni tepib yunorushga ulgurishdi. Burchak zarbasi samarasiz bo‘ldi.
21'
«Arsenal» kichok paslar bilan jarima maydonchasiga yorib kirishga harakat qilmoqda. Bugun Flamining o‘rinida harakat qilayotgan Chemberland yaxshi o‘ynamoqda. Hozirgacha har ikki jamoa ham aytarli vaziyatni yuzaga keltirishmadi.
19'
«Pelas» futbolchisi qanotdan oldinga bordi va darvoza yaqiniga to‘pni yetkazib berdi. Bu vaziyatda hujumchilardan hech kim yo‘q edi. Darvozabondan to‘pni qabul qilib olgan Chemberland uzoqqa bormay yiqitildi.
17'
Shamax ikkinchi marta o‘yindan tashqari holatda qolmoqda. U ofsayd chizig‘ida aniqroq o‘ynaganida qulay vaziyatga chiqib borishi mumkin edi.
15'
«Arsenal» juda yaxshi hujumni amalga oshirdi. Maydon markazida qator to‘p uzatishlaridan keyin Kasorla juda yaxshi vaziyatga ega bo‘ldi va jarima maydonchasiga kirmay zarba berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi.
13'
!!!!!!!!! Avvalgi hujumdan keyin hech qancha vaqt o‘tmay «Pelas» futbolchilari to‘pni egallab olishdi va «Arsenal»ni qarshi hujumda ushlashi mumkin edi. Shamax deyarli darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borayotganidan Shchesni uni to‘xtatib qoldi.
11'
Mehmonlarning dastlabki hujumi bo‘lishi mumkin edi, lekin «Pelas» futbolchisi voqealar rivojidan ilgarilab ketdi, Ofsayd.
10'
Belgilangan jarima zarbasini Santi Kasorla amalga oshirdi, lekin uning zarbasi darvoza tepasidan o‘tib ketdi.
9'
«Arsenal»da juda qulya vaziyat. 25 metrlardan jarima belgilandi.
8'
6'
O‘yin «Pelas» maydonida kechmoqda. «Arsenal» raqibning bo‘sh joylarini qidirmoqda. Qator to‘p uzatishlaridan keyin to‘p hujumdagi Jiruga uzatildi. Uning qanotga yaqib joydan bergan zarbasini darvozabon qaytardi.
5'
Maydon markazida yaqin joyda O‘zilga nisbatan qoida buzildi. Jarimani «Arsenal» xotirjam amalga oshirdi va naminal hujumni boshlab yubordi. Qanotdan hujumni Jiru rivojlantirishi mumkin edi, lekin uning to‘p uzatishidan keyin to‘p avval himoyachiga keyin Jiruga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. «Arsenal» hujumga zo‘r bermoqda.
3'
«Arsenal» ilk daqiqalardanoq to‘pni nazorat qilishni boshladi. O‘zilning jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘p Podolskini qulay vaziyatga olib chiqishi mumkin edi, lekin himoyachi uni o‘z vaqtida kutib oldi va hujumni qaytardi.
2'
Bugun «Arsenal» o‘zining odatiy qizil formasida maydonga tushgan. «Kristal Pelas» esa qora rangli kiyimlarda.
1'
O‘yin boshlandi.
0'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlsilari. Barchangizni Angliya chempionati 24-turidan o‘rin olgan «Arsenal» hamda «Kristal Pelas» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning onlayn translyasiyasini kuzatishga taklif qilamiz. Bugungi o‘yindagi g‘alaba «Arsenal»ni vaqtincha bo‘lsa ham birinchi o‘ringa olib chiqadi. Ertaga «Chelsi» hamda «Man Siti»ning o‘zaro o‘yin o‘tkazishini hisobga oladigan bo‘lsak, «Arsenal» bu o‘yinda g‘alaba qozonsa, o‘zini ancha xotirjam his qiladi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.