Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

14-tur, 28 noyabr, soat 22:30. Bosh hakam: Kreyg Pouson

LESTER

Vardi (24)

1 : 1

MANCHESTER YUNAYTED

Shvaynshtayger (45)
JAMOALAR TARKIBI
01.Kasper Shmeyxel (D)
28.Kristian Fuks
17.Denni Simpson
05.Ves Morgan
06.Robert Xut
11.Mark Elbrayton
14.Ngolo Kante
04.Denni Drinkuoter
09.Jeymi Vardi
26.Riyod Mahrez
20.Sindzi Okazaki
  01.David de Xea (D)
33.Patrik MakNeyr
17.Deyli Blind
36.Matteo Darmian
12.Kris Smolling
31.Basti Shvaynshtayger
18.Eshli Yang
08.Xuan Mata
16.Maykl Kerrik
09.Entoni Martial
10.Ueyn Runi
ZAHIRA
Mark Shvarser
Richi De Laet
Djeffri Shlupp
Endi King
Natan Dayer
Gekxan Inler
Leonardo Ulyoa
  Serxio Romero
Kemeron Bortvik-Djekson
Morgan Shnayderlin
Maruan Fellaini
Andreas Pereyra
Memfis Depay
Markus Rashford
SARIQ KARTOCHKA
 
Eshli Yang (14)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+2'
O‘yin yakunlandi. "Lester" - "MYu" - 1:1!
90+1'
Darmian jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. noaniq
90'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Qarshi hujumda Vardini jamoadoshlari oldinga boshlashdi. Jeymi jarima maydonchasiga yetib bordi va to‘xtagan holda Ulyoaga uzatma berdi. To‘p unga aniq bormadi
88'
Drinkuoter olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
87'
Qarshi hujumda Shlupp chap qanotdan oldinga o‘tdi. Vardiga uzatma berish o‘rniga o‘zi himoyachini aldashga kirishib ketdi va to‘pni yo‘qotdi
83'
Vuuuh! Darmian bosh bilan to‘p jarima maydonchasiga yetkazdi. Depay to‘pni egalladi va zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
80'
"Lester"da o‘zgarish: Simpson o‘rniga Richi de Layet tushdi
79'
Vuh! Dupayning uzatmasidan keyin Mata jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
78'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xut to‘pni bosh bilan qaytardi. Smolling unga urilib ketdi
73'
Ulyo jarima maydonchasi chizig‘i ustidan to‘pni qabul qildi va zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
70'
"Lester"da o‘zgarish: Olbrayton" o‘rniga Jeffri Shlupp tushirildi
68'
"MYu"da o‘zgarish: Runi o‘rniga Memfis Depay tushirildi
66'
Vuuuuuh! De Xea "MYu"ni goldan qutqardi! "Lester" qarshi huujmga o‘tib ketdi. Mahrez chvap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Ulyoa va Vardi tomon uzatma berdi. Leonardo to‘pni egalladi va 13 metrlardan zarba berdi. De Xea oyog‘i bilan qaytardi...
63'
To‘p nazorati van Gal shogirdlari tomonida. Hozircha bu ularga hech qanday naf keltirayotgani yo‘q
61'
"Lester"da o‘zgarish: Okazaki o‘rniga Leonardo Ulyoa tushdi
60'
Mataga nisbatan ishlatilgan fol uchun jarima zarbasi belgilandi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Shvaynshtayger darvoza yaqiniga yetkazdi, ammo to‘pni mezbonlar egallashdi
57'
Kante Okazakini darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqaruvchi uzatma berdi. Ammo yapon futbolchisi to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi
52'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni yon tomonga tepib yuborishdi
49'
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga yana Shvayni bosh bilan zarba berdi. Shmeyxel zarbani qaytardi. Qaytgan to‘p uchun kurashgan Runi ofsaydda qolgandi
46'
Vuuuuh! Yuqoridan yetkazilgan uzatmani "MYu" himoyachisi o‘tkazib yubordi. Olbrayton chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabn qarshisida yolg‘iz turgan Vardi tomon yuqoridan uzatma berdi. Jeymi to‘pga yeta olmadi. Ajoyib imkoniyat yo‘qqa chiqdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha - 1:1. Tanaffus
45'
GOOOOL! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Shvaynshtayger yaqin masofadan bosh bilan darvozaga joyladi!
44'
Yang chap qanotdan ikki marta uzatma berdi. Dastlabkisi himoyachilar qaytarishdi. Ikkinchisidan so‘ng burchak to‘pi
42'
Mezbonlar qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Chap tomondan berilgan uzatmani mehmonlar egallashdi va xavfni bartaraf etishdi
41'
Van Gal shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda. "Lester" esa himoyalanib, qarshi hujumda o‘z omadini kutmoqda
38'
Vuh! Marsial chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va so‘nggi chiziq bo‘ylab darvoza tomon yaqinlashib borib, zarba berdi. To‘p darvozabonning oyog‘idan maydonni tark etdi
35'
Runi mezbonlar jarima maydonchasiga kirayotganida yiqildi, amo hakam qoiduzarlikni qayd etmadi
31'
Vuuuuh! Xavfli vaziyat! Mahrez jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba yo‘lladi. De Xea oyog‘i bilan qaytardi!
28'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Okazaki jarima maydonchasi ichida yeta olmadi
27'
Shvaynshtayger jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba berdi
25'
Vardi ketma-ket 11-o‘yinda gol urib, APL rekordini o‘rnatdi! Qoyil!
24'
GOOOOOOOOL! Jeymiiiii Vardiiii, 1:0! Hujumchi birga bir vaziyatga chiqib ketdi va De Xeani dog‘da qoldirdi!
23'
Blind ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi
22'
Marsial chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. Runi yo‘llagan zarba himoyachiga tegib qaytdi
20'
"MYu" qarshi hujum tashkil qildi. Shvaynshtayger chap qanotdan hujumga qo‘shilgan Yangni to‘p bilan ta’minladi. Eshlining uzatmasi yaxshi chiqmadi. To‘p hech kimga tegmay, narigi qanotga ketib qoldi
18'
Chap qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmaga Vardi jarima maydonchasi ichida sakradi, ammo yeta olmadi
17'
Runi tomonidan 17 metrlardan yo‘llangan zarba unchalik kuchli chiqmadi. Shmeyxel to‘pni osonlik bilan egalladi
14'
Dastlabki sariq kartochka. "Lester" tezkor qarshi hujumga o‘tayotganida Eshli Yang taktik fol ishlatdi va ogohlantirish oldi
13'
"Lester" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Muvaffaqiyatsiz
11'
Jamoalar ehtiyotkor o‘yin qilishmoqda. To‘p nazorati manchesterliklar tomoniga o‘tmoqda
9'
Runi jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. Zarba yumshoqroq chiqdi. Shmeyxel to‘pni egalladi
8'
"MYu" yuurchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tishayotganida to‘pni yo‘qotishdi
6'
Chap qanotdan havodan yetkazilgan uzatmani De Xea egallab oldi
3'
Mezbonlar o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishdi. "MYu" markaziy himoyachisi to‘pni egallab oldi
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Qadrli futbol muxlislari. APLning 14-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinga e’tiboringizni qaratamiz. Ushbu mavsum kashfiyoti bo‘lib turgan "Lester" o‘z maydonida "MYu"ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.