Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

14-tur, 29 noyabr, soat 17:00. Bosh hakam: Maykl Oliver

TOTTENXEM

0 : 0

CHELSI

JAMOALAR TARKIBI
01.Ugo Lyoris (D)
15.Erik Dayer
02.Kayl Uoker
04.Tobi Alderveyreld
05.Yan Vertongen
03.Denni Rouz
23.Kristian Eriksen
08.Rayan Meyson
19.Mussa Dembele
10.Gerri Keyn
07.Son Xeung-Min
  01.Asmir Begovich (D)
28.Sesar Aspilikueta
02.Branislav Ivanovich
24.Geri Kexill
08.Oskar
04.Sesk Fabregas
10.Eden Azar
21.Nemanya Matich
05.Kurt Zuma
22.Villian
17.Pedro Rodriges
ZAHIRA
13.Mishel Vorm (D)
16.Kiran Trippyer
27.Kevin Vimmer
28.Tom Kerrol
11.Erik Lamela
14.Klinton NJiYE
25.Joshua Onoma
  32.Marko Ameliya (D)
15.Papi JiloboJi
06.Abdul Baba
12.Jon Obi Mikel
16.Robert Kenedi
19.Diyego Kosta
36.Ruben Loftus-Chik
SARIQ KARTOCHKA
Denni Rouz (32)
Harri Keyn (40)
Kayl Uoker (45+2)
Yan Vertongen (52)
 
Nemanya Matich (59)

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. London derbisida durang qayd etildi
90+4'
Aspilikueta ogohlantirildi
90+2'
"Chelsi"da o‘zgarish: Pedro o‘rniga Loftus-Chik tushdi
90'
Ikkinichi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
Lamela chap tomondan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va yuqorida darvoza yaqiniga uzatma berdi. Begovich to‘pni egallab oldi
89'
"Chelsi"da o‘zgarish: Villian o‘rniga Robert Kennedi tushdi
88'
N'Jiye chap qanodan yetkazgan uzatmani Keyn chalqancha uslubda darvoza tomon tepishga harakat qildi. To‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi
84'
Avval Ivanovich, so‘ngra Pedro o‘ng qanotdan uzatma berishdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
82'
Ivanovich raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo to‘p uning oyog‘idan maydonni tark etdiy
77'
Qarshi hujum paytida Pedro Azardan uzatma qabul qildi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Regbicha zarba
74'
"Tottenxem"da o‘zgarish: Son Xeung Min o‘rniga Klinton N'Jiye tushirilmoqda
73'
O‘yin maydon markaziga ko‘chdi
67'
Vuuuuh! Azaaaar! Ivanovich olis ustun tomon uzatma berdi. Azar to‘pni yerga tushirmasdan chap oyoqda darvozabon maydlonchasi yon tomonidan zarba berdi. Lyoris seyv namoyish qilib, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
64'
Vuuuh! Son Xeung Min jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda unchalik kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. Begovich to‘pni egallab oldi
62'
To‘p nazorati "Tottenxem" futbolchilarida. "Chelsi" qarshi hujumda o‘ynamoqda. Mehmonlar ikki marta qarshi hujum tashkil qilayotgan paytda to‘pni yo‘qotishdi
59'
Nemanya Matich ogohlantirildi
56'
Meyson o‘yinni davom ettira olmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rniga Erik Lamela tushirildi
54'
Meyson o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo muvozanatni saqlolmasdan yiqildi. Jarohat olgan ko‘rinadi
52'
Yan Vertongen sariq kartochka oldi. U Azarning oyog‘iga xavfli tashlandi
51'
Villian chap qanotdan belgilangan jarima zarbasini aylanma tarzda amalga oshirdi. Zuma to‘pga tashlandi, ammo yeta olmadi. Lyoris to‘pni egallab oldi
48'
Mezbonlar o‘ng qanotdan uzatma berishdi. Begovich to‘pni egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi
45+2'
Villian chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ivanovich bosh bilan zarba berdi. Branislav ofsaydda qolgan ekan
45+1'
Kayl Uoker ogohlantirish oldi
45'
Keyn jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biroq to‘p yuqoridan o‘tib ketdi
42'
Oskar Meysonning oyoqlari orasidan to‘pni olib o‘tib jarima maydonchasiga kirdi. Boshqa himoyachi ta’qibi ostida bergan zarbasidan so‘ng to‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi
41'
Villian chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Lyoris to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi, biroq to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
40'
Harri Keyn sariq kartochka oldi. Maydon markazida katta tezlikda oldinga o‘tayotgan Villianni chalib yiqitdi
37'
Son Xeung Min olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
32'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi, to‘pni egallagan "Chelsi" vakillari qarshi hujumga o‘tishdi. Denni Rouz burchakka yaqin joyda Azarni ortdan tepib yiqitgani uchun ogohlantirish oldi
31'
Vuuuuuh! "Shporlar" to‘pni nazorat qilib turishdi va Dembele zarbavor vaziyatga chiqdi. 23 metrlardan yo‘llangan zarba aniq bo‘ldi, biroq Begovich uni qaytardi. Burchak to‘pi
27'
Vuh! Harri Keyn chap qanotdan juda aniq uzatma berdi va Son Xeung Min darvozabon maydonchasi burchagidan bosh bilan kuchli zarba berdi. Begovich zarbani qaytardi
25'
Ustunlik "aristokratlar" tomoniga o‘tmoqda. Villian o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qarama-qarshi tomonga o‘tkazib yubordi
20'
Yaxshi hujum! Iskar chap tomondan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Azar darvozabon maydonchasi burchagidan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
18'
Vuuuh! Azar-Villian-Pedro kombinasiyasidan keyin "Barsa"ning sobiq yarim himoyachisi deyarli birga bir vaziyatga chiqdi, so‘nggi pallada himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yuborishga ulgurdi!
17'
Vuuuh! Mezbonlar markaz bo‘ylab hujum tashkil qilishdi va Keyn jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Rekoshet holatida darvoza tomon borgan to‘p Begovichning ko‘kragiga tegdi. Asmir ikkinchi urinishda uni egallab oldi
15'
To‘pni nazorat qilish bo‘yicha ustunlik mezbonlar tomonida — 68/32%
13'
"Tottenxem" o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p qaytarildi
12'
"Shporlar" yana burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
10'
Xarri Keyn jamoadoshi qoldirgan to‘pni jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon tepdi. Matich zarbani qaytardi
5'
Jamoalar o‘yinni faol boshlashdi. "Tottenxem" burchakdan to‘pni o‘yiga kiritdi. Mehmonlar to‘pni qaytarishdi
1'
UCHRASHUV BOSHLANDI!
'
"Tottenxem" o‘z maydonida Mourinyoning "Chelsi"sini qabul qilmoqda. Uchrashuv bir necha daqiqadan so‘ng start oladi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Anegliya Premyer-ligasi bahsidan matnli onlayn translyasiyamizni boshlaymiz. London derbisi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.