Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

13-tur, 28 noyabr, soat 20:00. Bosh hakam: Xesus Xil Mansano

EYBAR

0 : 2

REAL MADRID

Garet Beyl (43)
Krishtianu Ronaldu (82-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
13.Asyer Riyesgo (D)
15.Mauro dos Santos
17.David Xunka
07.Ander Kapa
03.Aleksandar Pantich
24.Adrian Gonsales
08.Takashi Inui
05.Gonsalo Eskalante
14.Dani Garsiya
21.Saul Beryon
09.Serxi Enrich
  01.Keylor Navas (D)
03.Pepe
15.Daniel Karvaxal
06.Nacho Fernandes
19.Luka Modrich
10.Xames Rodriges
11.Garet Beyl
16.Mateo Kovachich
23.Danilo
08.Toni Kroos
07.Krishtianu Ronaldu
ZAHIRA
01.Xabi Irureta (D)
04.Ivan Ramis
19.Antonio Luna
11.Izet Xayrovich
04.Eddi Paskual
10.Mikel Arruabarrena
02.Simone Verdi
  13.Kiko Kasilya (D)
17.Alvaro Arbeloa
33.Xose Laso
14.Kazemiro
18.Lukas Vaskes
09.Karim Benzema
21.Denis Cherishev
SARIQ KARTOCHKA
Mauro dos Santos (31)
 
Kovachich (370
Pepe (61)
Lukas Vaskes (77)

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Real" muhim 3 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi
90+3'
Verdi ogohlantirish oldi
90+2'
Vuuuuuuh! Benzema jarima maydonchasiga kirdi va olis burchak tomon zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Ronaldu ijrosidagi jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
89'
Shundoqqina jarima maydonchasi yarim aylanasi ustida jarima zarbasi belgilandi. Modrich zarba berib bo‘lganidan keyin Eskalente uni chalib yiqitdi va sariq kartochka oldi
88'
Inui chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘ni maydonda olib qola olmadi
85'
"Real"da o‘zgarish: Karvaxal o‘rniga Karim Benzema tushdi. "Eybar"da ham birdaniga ikkita o‘zgarish bo‘ldi
82'
GOOOL! Krishtianu Ronaldu, 0:2! Markaz bo‘ylab yerlatib yo‘llangan zarbani darvozabon qaytara olmadi. U yon tomonga tashlangandi
81'
Penalti! "Eybar" darvozasiga! Lukas Vaskes jarima maydonchasiga kirib himoyachini aldab o‘tayotganida uning oyog‘iga urilib yiqildi
79'
"Real"da o‘zgarish: Kovachich o‘rniga Kazemiro tushdi
77'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Pepe qaytardi. Qaytgan to‘pni Inui darvoza tomon tepdi. Noaniq
77'
Lukas VAskes sariq kartochka oldi. U Xayrovichni ortdan chalib yiqitdi. Chap qanotdan jarima zarbasi tepiladi
73'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga KriRo baland sakradi va bosh bilan zarba berdi. Muvaffaqiyatli chiqmadi
71'
Ehhhhhh, Ronalduuuuuu! Vaskesning o‘ng qanotdan bergan uzaimasini himoyachi o‘tkazib yuborishi natijasida Krishtianu darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan tegdi
70'
"Eybar"da o‘zgarish: Gonsales o‘rniga Simone Verdi tushdi
69'
"Madrid" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat sodir bo‘lmadi
65'
"Real"da o‘zgarish: Xames o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi
64'
"Eybar" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Beyl uni maydon markaziga qaytardi
63'
Danilo raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi Ronalduni ortdan turtdi va Krishtianu yiqildi. Hakam unga ishonmadi, penalti belgilamadi
61'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani "Real" himoyachisi qaytardi. Qaytgan to‘pni Inui jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon tepdi. Zarba aniq bo‘ldi. Navas to‘pni egalladi
61'
Pepe sariq kartochka oldi. Maydon markazida hujumchiga nisbatan qo‘pol o‘ynadi
59'
"Eybar" ketma-ket uch marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Avvalgi ikkitasini Pepe maydon tashqarisiga chiqargan bo‘lsa, uchinchisida Pantich bosh bilan noaniq zarba berdi
58'
Inui o‘ng qanotdan yuqoridan uzatma berdi. Enrich bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
55'
Oho! Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ronaldu qaychi uslubida zarba yo‘llashga harakat qildi. To‘p darvozaga aniq bormadi
54'
Ronalduning jarimadan yo‘llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Qarshi hujum paytida olis masofadan yetkazilgan uzatmaga Navas birinchi bo‘lib yetib oldi va to‘pni tepib yubordi
53'
Ander Kapa Kovachichni chalib yiqitdi. Darvozagacha 27 metrlar
52'
Mezbonlar bu safar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Qanotdan yetkazilgan to‘pni Keylor egalladi
50'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Inui jarima maydonchasi ichida qabul qildi va Nachon aldab o‘tib darvozabon maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Navas to‘pni egalladi
47'
O‘ng qanotdan uzatma berilganidan keyin Ronaldu jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam simulyasiya uchun Krishtianuni og‘zaki ogohlantirdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi. Birinchi bo‘limga yakun yasaldi. Hozircha "Eybar" - "Real" - 0:1. Tanaffus.
45+1'
Vuuuuh! Beyl olis masofadan yetkazilgan uzatmani jarima maydonchasi ichida qabul qildi va ikki himoyachi orasida bo‘lishiga qaramay, yiqilayotgan holatda kuchsiz bo‘lsa-da zarba berishga ulgurdi. To‘p darvozabonning qo‘lidan maydonni tark etdi.
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
43'
GOOOOL! Garet Beyl, 0:1! Modrich burchak to‘pini yaqin masofadan turgan jamoadoshiga uzatib, qayta qabul qilib oldi biroz orqaroqdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. Beyl bosh bilan hisobni ochdi!
41'
Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llash imkoniyatga ega bo‘ldi. Asyer Riyesgo to‘pni egallab oldi
37'
Mateo Kovachich sariq kartochka oldi. "Eybar" futbolchisining oyog‘ini bosib oldi
35'
Serxi Enrich ofsadda qoldi
33'
Jarimadan yetkazilgan to‘pni qaytarish chog‘ida "Eybar"ning ikki himoyachisi bir birlariga jarohg‘at yetkazib qo‘yishlariga sal qoldi
32'
Daniloga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Har ehtimolga qarshi Arbeloa mashg‘ulotni boshlab yubordi
31'
Mauro dos Santos ogohlantirildi. Daniloga nisbatan qo‘pollik uchun
30'
"Eybar" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni jarima maydonchasi tashqarisidagi futbochli darvoza tomon tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
28'
Enrich birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, agar ofsayd bo‘lmaganida
24'
Danilo chap qanotdan oldinga o‘tdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Bu to‘p posbonning "nasiba"si
22'
Modrichning uzatmasidan keyin Ronaldu birga bir vaziyatga chiqdi. Riyesgo jarima maydonchasini tashlab chiqib, "podkat" orqali to‘pni tepib yuborishga ulgurdi. Krishtianu ofsaydda deb topildi
19'
Vuh! Takashi Inui jarima maydonchasining chap tomonidan zarba yo‘lladi. Navas ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi. Enrich to‘pga ulgurmadi
18'
Beylning uzatmasidan Kovachich jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. "Eybar" posboni to‘pni egalladi
17'
Qarshi hujum paytida Saul jarima maydonchasi tashqarisida na aniq zarba berdi, na aniq uzatma...
15'
Ehhhh, Ronaldu! Maydon markazidan yetkazilgan uzatma natijasida Krishtianu darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. U to‘pni darvozabonning ustidan oshirishga harakat qildi. Riyesgo zarbani qaytardi. Qaytgan to‘pni Kovachich darvoza tomon tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
14'
Qiziq vaziyat yuzaga keldi! Mezbonlar hujumchilari Navasga nisbatan bosim uyushtirishdi. Keylor to‘pni tepib yuborayotganida avval Enrichning oyog‘iga, so‘ngra boshqa hujumchining boshiga tegib, maydonni tark etdi
13'
Vuuuh! "Eybar" hujumchisi raqib jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida darvozaga aniq bordi. Navas chiziq ustida to‘pni egallab oldi
11'
Beyl chap qanotdan oldinga o‘tdi, ammo mezbonlar jarima maydonchasiga aniq uzatma bera olmadi. To‘p maydonni tark etdi
9'
Basklar nomdor raqibga nisbatan pressing qo‘llashga harakat qilishmoqda. "Real" hozircha ko‘zga tashlanadigan hujum tashkil qila olmadi
8'
Endi Beyl ofsaydda qoldi
6'
"Eybar" yaxshi hujum tashkil etayotgandi. Enrix jarima maydonchasi ichida ofsaydda qoldi
5'
Mehmonlar to‘p nazoratini o‘z oyoqlariga olishdi
2'
Burchakdan yetkazilgan uzxatmani madridliklar egallashdi va ko‘pchilik bo‘lib qarshi hujumga o‘tishayotganida Beyl aniq uzatma bera olmadi. Xavf yo‘qqa chiqdi
1'
Birinchi hujumchini "Eybar" tashkil etdi va burchak zarbasi ishladi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Eybar" stadioniga bor-yo‘g‘i besh ming muxlis sig‘adi. Stadon to‘lib toshgan
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘yin boshlanish arafasida
'
La liga. "Eybar" - "Real" uchrashuvidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.