Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 14-tur, 5 dekabr, soat 20:00. Bosh hakam: Mateu Laos | ||
REAL MADRIDKarim Benzema (4, 16)
Garet Beyl (35) Krishtianu Ronaldu (40) |
4 : 1 |
XETAFEAleksis Ruano (70)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 03.Pepe 06.Nacho Fernandes 08.Toni Kroos 10.Xames Rodriges 11.Garet Beyl 23.Danilo 19.Luka Modrich 18.Lukas Vaskes 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
13.Visente Guayta (D) 03.Roberto Lago 06.Kala 19.Damian Suares 02.Aleksis Ruano 07.Anxel Lafita 18.Viktor Rodrigez 10.Pablo Sarabiya 08.Mexdi Lasen 30.Vamberto 09.Alvaro Vaskes |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 17.Alvaro Arbeloa 14.Kazemiro 16.Mateo Kovachich 28.Markos Lyorente 20.Xese 21.Denis Cherishev |
01.Balaj Medyeri (D) 05.Santyago Vergini 17.Bernard Mensa 11.Karim Yoda 14.Pedro Leon 21.Moyses Gomes 12.Stefan Shepovich |
|
Matn
| ' | ![]() |
Bugun "Chelsi" - "Bornmut" (22:30) va "Valensiya" - "Barselona" (00:30) o‘yinlaridan matnli onlayn translyasiya rejalashtirilganini eslatib o‘tamiz |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozondi va o‘z hisobiga 3 ochko qo‘shib qo‘ydi |
| 90' | ![]() |
Ikkinich bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi. |
| 90' | ![]() |
Vuh! Sarabiya jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Navas burchakka borayotgan to‘pga tashlandi va uni egallab oldi |
| 87' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Pepe o‘rniga Arbelov tushdi. |
| 85' | ![]() |
Kroos 25 metrlardan yerlatib aniq zarba yo‘lladi. Guaita to‘pni egallab oldi |
| 84' | ![]() |
Tomonlar bilan to‘pni nazorat qilishmoqda. Tayinli hujum yo‘q hozircha |
| 79' | ![]() |
"Xetafe"da o‘zgarish: Viktor Rodriges o‘rniga Bernard Mensa tushdi |
| 78' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Xese Rodriges tushirildi |
| 77' | ![]() |
Yaxshi vaziyat! Ronaldu jarima maydonchasi ichida kuchli zarba berdi. To‘p Ruanoning yuziga tegib qaytdi. Himoyachiga tibbiy yordam kerak |
| 74' | ![]() |
"Xetafe" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni egallab qarshi hujumga o‘tishdi, ammo imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 70' | ![]() |
GOOOOOL! Ruano, 4:1! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Aleksis Ruano bosh bilan darvozani ishol qildi! |
| 65' | ![]() |
"Real" birinchi bo‘limning o‘zidayoq o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ygani uchun bo‘lsa kerak, nisbatan xotirjamroq o‘ynamoqda. Lekin yana gol ko‘rsak kerak |
| 62' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Modrich o‘rniga Kovachich tushirildi |
| 61' | ![]() |
Mehmonlar o‘ng qnaotdan hujum tashkil qilishdi. Darvoza yaqiniga yetkazilgan uzatmani Navas egallab oldi |
| 58' | ![]() |
Pepe qanotdan hujumchiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Jarimadan uzatma berilganidan keyin Navas to‘pni egallab oldi. Yuoz ustiga posbonga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 55' | ![]() |
Danilo o‘ng qanotdan uzatma berdi. Guaita to‘pni egallab oldi |
| 52' | ![]() |
Danilo jarohat oldi, tibbiy yordamdan so‘ng u maydonga qaytdi. |
| 48' | ![]() |
Yuqoridan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan qaytardi. Benzema jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Hakam xushtagini chaldi. Tanaffus. Hozircha "Real" - "Xetafe" - 4:0! |
| 44' | ![]() |
Xames chap qanotdan havolatib yetkazgan uzatmani darvozabon musht bilan urdi. To‘p esa jarima maydonchasi chizig‘i oldida turgan Beylga kelib tushdi. Garetning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza oldidan o‘tib ketdi. BIroz noaniq |
| 40' | ![]() |
GOOOOL!!! Ronaldu, 4:0. "Real" qarshi hujumga o‘tdi va 3ga 3 hujumga o‘tdi. Kesib berilgan uzatma natijasida Ronaldu jarima maydonchasiga kirdi va dastlabki urinishda himoyachini aldab o‘tib, ikkinchi urinishda Guaitaning yonidan to‘pni o‘tkazib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 37' | ![]() |
Danilo sariq kartochka oldi. Sarabiyani chalib yiqitgani uchun |
| 35' | ![]() |
GOOOOL! Garet Beyl, 3:0! Danilo o‘ng qanotdan to‘pni qabul qildi va orqaroqdagi sherigiga uzatma berdi. U olis ustun tomon uzatma berdi. Ronaldu esa to‘pni orqaroqda turgan Beylga qoldirdi. Garet to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va chap oyoqda kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 31' | ![]() |
Ronaldu olis masofadan zarba berishga qaror qildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 29' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasi ostonasida Denis Suaresni aldamoqchi bo‘ldi, to‘p Beylga bordi va uelslik futbolchi zarba berdi. To‘p himoyachining boshiga tegib qaytdi. |
| 28' | ![]() |
Sarabiya juda qulay vaziyatdan darvoza tomon zarba berdi. Zarba aniq bo‘ldi, ammo to‘pni Keylor Navas egallab oldi. |
| 24' | ![]() |
Qarshi hujumda Beylning 22 metrlardan zarba berdi. To‘p darvozaga aniq bormadi. |
| 22' | ![]() |
Beyl chap qanotdan uzatma berdi. Ammo maydon egalaridan hech kim to‘pga ega chiqa omladi |
| 19' | ![]() |
Benzema jarima maydonchasi chetida to‘pni qabul qildi va jamoadoshlariga uzatma berayotganida himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 16' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Karim Benzema, 2:0! Xames yuqoridan uzatma bilan Beylni to‘p bilan ta’minladi. Beyl bosh bilan to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga yetkazdi. Benzema esa to‘pni qabul qildi va burchakka joyladi. Dubl! |
| 14' | ![]() |
Vaskesning qanotdan yetkazgan to‘pini darvozabon egallab oldi |
| 11' | ![]() |
VUUUUH! Xames qanotda ochilgan Modrichga yaxshi uzatma berdi. U esa jarima maydonchasi ichidagi Benzemaning boshiga to‘pni "qo‘ndirdi". Karimning zarbasidan keyin to‘p to‘sin ostiga borayotgandi, ammo Guaita murakkab zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. |
| 10' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Ronaldu yeta olmadi. Guaita to‘pni ishonch bilan egallab oldi |
| 9' | ![]() |
Yaxshi vaziyat! Krishtianu Ronaldu jarima to‘pidan olis burchak tomon zarba berdi. Guaita to‘pni maydon tashqarisiga burib yubora oldi. |
| 7' | ![]() |
Sarabiya burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Pepe bosh bilan to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi |
| 4' | ![]() |
GOOOOOOL! Karim Benzema, 1:0! Pepe o‘ng qanotdan olis ustun tomonga uzatma berdi. Karim yolg‘iz o‘zi to‘pni darvozaga burib qo‘ydi. Tezkor gol |
| 5' | ![]() |
Karim Benzemaaaaaaaaaaaaaaaaaaa |
| 2' |
O‘yin teng kurashlar ostida boshlandi. To‘p hozircha maydon markazida futbolchilar oyog‘ida "sayr" qilib yuribdi |
|
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| --' |
Assalomu aleykum qadrli futbol ixlosmandlari. Bir necha daqiqalardan so‘ng "Real" va "Xetafe" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanadi. Ikkala jamoaga ham omad tilab qolgan holda matnli translyasiyani boshlaymiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|