Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 15-tur. 5 dekabr, soat 22:30 | ||
CHELSI |
0 : 1 |
BORNMUTGlenn Marrey (82)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13. Tibo Kurtua (D) 2. Branislav Ivanovich (S) 5. Kurt Zuma 24. Gari Kexill 6. Abdul Baba 4. Sesk Fabregas 21. Nemanya Matich 22. Borges Villian 8. Oskar dos Santos 17. Pedro Rodriges 10. Eden Azar |
1. Artur Borus (D) 15. Adam Smit 2. Saymon Frensis (S) 3. Stid Kuk 11. Charli Deniyels 6. Endryu Surman 30. Mett Ritchi 4. Den Gosling 8. Xarri Arter 19. Junior Stanislas 17. Joshua King |
|
| ZAHIRA | ||
|
1. Asmir Begovich (D) 28. Sesar Aspilikueta 36. Ruben Loftus-Chik 12. Jon Obi Mikel 14. Bertran Traore 18. Loik Remi 19. Diyego Kosta |
21. Rayan Ollsopp (D) 38. Beyli Karjil 27. Glenn Myurrey 32. Yunen O`Keyn 9. Tokelo Ranti 18. Yann Kermorgan 36. Mett Batcher |
|
Matn
| ' | ![]() |
Endi "Valensiya" va "Barselona" o‘yinidan matnli translyasiya bo‘ladigan sahifaga o‘tishingizni so‘raymiz |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Chelsi" - "Bornmut" - 0:1! |
| 90+2' | ![]() |
Loik Remi chap qanotdan jarima maydonchasigaga kirdi, bir himoyachini aldadi va darvoza qarshisiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 90+1' | ![]() |
Vuh! Gosling o‘ng tomondan darvozabon maydonchasi yaqinlashib keldi va zarba yo‘lladi. Kurtua zarbani qaytardi |
| 90+1' | ![]() |
Keyxill o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni hujumchilarga berib qo‘ydi. Hujumchi o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p Keyxildan maydonni tark etdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Azar o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Posbon to‘pga ega chiqdi |
| 83' | ![]() |
"Chelsi"da darhol ikkita o‘zgarish: Abdulrahmon Baba va Fabregas o‘rniga Traore hamda Loik Remi tushirildi |
| 82' | ![]() |
GOOOOOL! Glenn Marrey, 0:1! Mehmonlar kamdan kam hujumlarning birida burchak to‘pi ishlashdi va undan unumli foydalangan holda hisobni ochishdi! |
| 80' | ![]() |
"Bornmut"da o‘zgarish: King o‘rniga Glenn Marrey tushdi |
| 79' | ![]() |
Matich yo‘llagan zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 79' | ![]() |
Ivanovich o‘ng qanotdan uzatma berdi. To‘pni posbon egalladi |
| 78' | ![]() |
Burchak to‘plari bo‘yicha statistika - 10-2. |
| 75' | ![]() |
Vuuuuh! Azarning uzatmasidan Ivanovich yana o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Pedro to‘pga yeta olmadi. Diyego Kosta bir amallab to‘pni maydonda olib qoldi, ammo uni himoyachilar egallab olishdi |
| 73' | ![]() |
Vuuh! Fabregasning uzatmasidan keyin Ivanovich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi. Ammo deyarli birga bir vaziyatda na aniq zarba berdi, na aniq uzatma berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 68' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda Mourinyo shogirdlari ancha faol o‘ynashmoqda. Ustunlik to‘laligicha mezbonlar tomonida. "Bornmut" faqat himoyalanmoqda |
| 65' | ![]() |
Villian tomonidan yetkazilgan burchak to‘pini Borus osonlik bilan ushlab oldi |
| 63' | ![]() |
Diyego Kostaga sariq kartochka |
| 62' | ![]() |
Diyego Kosta chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va yerlatib uzatma berayotganida to‘p yerda yotgan himoyachining qo‘liga tegdi. Hakam penalti belgilamadi |
| 56' | ![]() |
Ivanovich jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qildi va uzatma berdi. To‘p rekoshet holatida zarbaga aylanib ketdi. Borus zarbani qaytardi |
| 55' | ![]() |
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytarishdi |
| 54' | ![]() |
Villian o‘ng qanotdan bergan uzatmadan so‘ng to‘p rekoshet holatda darvozabon maydonchasida turgan Matichga keldi va uning boshidan yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 53' | ![]() |
Villianning uzatmasidan keyin Pedro o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasidagi DIYEgo Kosta tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 51' | ![]() |
Villian jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 49' | ![]() |
Pedro jarima maydonchasi chizig‘i ustida akrobatik uslubda zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni ushlab oldi |
| 48' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Borus egallab oldi |
| 47' | ![]() |
Mehmonlar raqib jarima maydonchasi atrofida himoyachilarga bosim o‘tkazishdi va to‘pni olib qo‘yishdi. 22 metrlardan yo‘llangan zarba darvozaga aniq bormadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha o‘yinda hisob ochilmagan |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Vuuuuh! Oskar jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasi yonidan zarba berdi. Darvozabon zarbani qaytardi |
| 40' | ![]() |
Yaxshi vaziyat! Pedro bir himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi va olis burchak tomon aylanma zarba berdi. Boruchdan ajoyib seyv! |
| 39' | ![]() |
King jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 34' | ![]() |
Vuuuuh! Pedro maydon markazida to‘pni egallagan zahoti oldindagi Azar tomon aniq uzatma berdi. Eden bir himoyachini aldadi va jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Artur Borus to‘pni qaytardi |
| 33' | ![]() |
"Bornmut" zich himoyalanmoqda. Matich jarima maydonchasi tashqarisidan darvozani o‘qqa tutishga harakat qildi. Noaniq |
| 31' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Keyxill qaytardi |
| 29' | ![]() |
"Bornmut" futbolchilari raqib jarima maydonchasi tashqarisida "devor"larni yaxshi o‘ynashdi va Gosling zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi |
| 27' | ![]() |
"Chelsi" qarshi hujumda burchak to‘pi ishladi. Burchak zarbasidan keyin to‘pni egallagan mezbonlar hujumni davom ettirishdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Pedro darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p maydonni tark etdi |
| 26' | ![]() |
Mehmonlar futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan darvozabon maydonchasi yaqiniga kesma uzatma berdi. Keyxill "podkat"da to‘pni qaytardi |
| 25' | ![]() |
Arter jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba berdi |
| 23' | ![]() |
"Bornmut" tayanch yarim himoyachisi Surman ogohlantirish oldi. Katta tezlikda oldinga o‘tayotgan Pedroni yiqitgani uchun |
| 21' | ![]() |
Pedroga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 19' | ![]() |
Azar chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Villian biroz to‘pga yeta olmadi |
| 15' | ![]() |
Vuuuuh! Joshua King o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va yaqin burchak tomon yerlatib zarba berdi. Kurtua zarbani qaytardi |
| 11' | ![]() |
Vuuuuh! "Bornmut" qarshi hujumga o‘tib ketdi va futbolchi jarima maydonchasiga kirib, zarba berdi. Kurtua zarbani qaytardi. To‘pni himoyachilar egallab olishdi |
| 8' | ![]() |
Bugun ham Diyego Kosta zaxirada qoldi. Oldinda Azar, Oskar, Pedro |
| 5' | ![]() |
Ustunlik "Chelsi"da. Ular burchak to‘pi ishlashdi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom qadrli muxlislar. "Chelsi" - "Bornmut" o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|