Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

14-tur, 6 dekabr, soat 00:30

VALENSIYa

Santi Minya (86)

1 : 1

BARSELONA

Luis Suares (59)
JAMOALAR TARKIBI
24.Xaume Domenek (D)
23.Aymen Abdennur
14.Xose Gayya
03.Ruben Vezo
04.Aderlan Santos
12.Danilo
20.Rodrigo De Pol
10.Daniel Parexo
15.Enso Peres
22.Santi Minya
09.Pako Alkaser
  13.Klaudio Bravo (G)
03.Jerar Pike
18.Xordi Alba
06.Dani Alves
05.Serxio Buskets
14.Xavyer Maskerano
04.Ivan Rakitich
08.Andres Inyesta
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
11.Neymar
ZAHIRA
Mettyu Rayan
Ibraxima Dialo
Tropi
Fransisko Vilalba
Pablo Pyatti
Zakariya Bakkali
Ignasio Jil De Parexa
  Mark-Andre ter Shtegen
Mark Bartra
Adriano Korreyya
Tomas Vermalen
Serxi Samper
Munir El-Haddodiy
Sandro Ramires

Matn

90+4'
Uchrashuv yakunlandi. Katta ustunlikka ega bo‘lgan o‘yinda "Barselona" g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Durang!
90+3'
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike fol ishlatdi
90+1'
Vuh! "Barsa" qarshi hujumga o‘tdi va Suaresdan uzatma qabul qilgan Messi 18 metrlardan zarba berdi. Domenek to‘pni egallab oldi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
Vuh! Pyatti olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Bravo to‘pni egallab oldi
88'
Messi yo‘llagan zarbani posbon maydon tashqarisiga urib yubordi
87'
Xose Gayya ogohlantirildi. Jarima zarbasi.
86'
GOOOOOOL! Santi Minya, 1:1! Qarshi hujumda olis masofadan yetkazilgan uzatmani Alkaser jarima maydonchasi chizig‘i ustida qabul qildi va sherigiga uzatdi. Minya aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
83'
"Valensiya"da o‘zgarish: De Pol o‘rniga Pablo Pyatti tushirildi
81'
Tomonlarda bitttadan imkoniyat bo‘ldi. Alves jarima maydonchasi tashqarisidan raqibdan to‘pni olib qo‘yib ichkariga kirdi va o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Messiga uzatma berdi. Himoyachilar Leodan to‘pni olib qo‘yishdi. Qarshi hujumda Bakkali jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
79'
"Valensiya"da yaxshi imkoniyat! Rodrigo de Pol jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Zarba aniq, ammo Bravo to‘pni egallab oldi
78'
Jarimadan uzatma berilgan paytda Buskets ofsaydda qolgandi
77'
Danilo sariq kartochka oldi. Messini yiqitgani uchun
74'
Vuh! Neymar! U chap qanotda to‘pni qabul qildi va katta tezlikda markaz tomon intildi. Yo‘l-yo‘lakay 3-4 futbolchidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirasolib zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
72'
"Valensiya"da o‘zgarish: Enso Peres jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Bakkali tushdi
71'
Parexo sariq kartochka oldi. Suaresni yiqitgani uchun
69'
Neymar chap tomondan jarima maydonchasida ochilgan Messiga uzatma berdi. Lionelga ikki himoyachi zarba yo‘llash imkoniyatiga berishmadi.
67'
Mezbonlar faollashayotgandek, ammo hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
62'
Messi Alves bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirdi, ammo u yerda himoyachini ortidan itarib yubordi. Fol
60'
Suares jarima maydonchasi ichida yana bir marta zarba yo‘lladi. Domenek to‘pni egallab oldi
59'
GOOOOOOL! Suares, 0:1! Ammo bu safar Messining uzatma berishiga xalal bera olishmadi. Urugvaylik futbolchi birga bir vaziyatga chiqdi va o‘tkir burchak ostida zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. Takroriy lavhada ofsayd borga o‘xshadi
58'
Valensiyaliklar yaxshi himoyalanishmoqda. Ular ayniqsa Messini o‘z vaqtida yopa olishyapti
53'
Kataloniyaliklar to‘pni nazorat qilib, hujum variantlarini izlashmoqda
48'
Neymar tovoni bilan pas berib Suaresni birga bir vaziyatga chiqardi. Ammo urugvaylik futbolchi ofsaydda deb topildi
47'
Messi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Domenek to‘pni egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi va 1 yakuniga yetdi. Tanaffus. Hozircha hisob — 0:0
39'
Vuuuuuh! Inyesta chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Albani to‘p bilan ta’minladi. Jordi darvoza oldida Suaresga pas berdi. To‘p himoyachinign oyog‘iga biroz tegishi oqibati o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va ustun yonidan o‘tib ketdi. Suares to‘pga oyoq uzatishga ulgurmadi
37'
Rakitich jarima maydonchasi ichida ikki marta zarba yo‘lladi. Har safar to‘p himoyachilarga tegib qaytdi
35'
Ehhhh, Suares! Yana qarshi hujumda Messi urugvaylik futbolchini oldinga boshladi. Suares bir himoyachidan o‘tib birga bir vaziyatda to‘pni darvozabonning ustidan oshirdi. Ammo zarba aniq chiqmadi
34'
Messi maydon markazidan raqib futbolchilaridan o‘tib ketdi va chap qanotdagi Neymarni to‘p bilan ta’minlai. Braziliyalik hujumchi narigi ustun tomonda ochilgan Suaresga pas berdi. Urugvaylik futbolchi to‘pga yerga tushirmasdan tepdi. To‘p yuqoriga ketib qoldi
31'
Mezbonlar qarshi hujum tashkil qilishdi. Chap qanotdan uzatma berilgan paytda to‘pga yeta olmagan hujumchi yiqildi. Penalti yo‘q
30'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Bravo egallab oldi
26'
Vuuuuh! Neymar chap burchakka yaqin joyda himoyachidan chiroyli o‘tib ketdi va Messiga uzatma berdi. Leo yaqin masofadan darvozaga o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘pni Domenek egallab oldi
24'
Messi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. Busketsning zarbasiga aniqlik yetishmadi
21'
Navbatdagi hujum paytida "Barsa" mezbonlar jarima maydonchasi ichiga qamab qo‘ydi. Hal qiluvchi zarba yetishmadi
20'
So‘nggi daqiqalarda "Valensiya" mehmonlarni to‘psiz qoldirmoqda.
16'
Jarima yetkazilgan uzatmani Alkaser jarima maydonchasiichida qabul qildi va sheriklariga uzatma berdi. To‘pni himoyachilar egallab olishdi
15'
Maskeranoga sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga o‘tayotgan mezbon futbolchisini yiqitdi. O‘zi ham jarohat oldi
12'
Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini ikki marta aldadi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
10'
Rodrigo de Pol jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. noaniq
6'
Ehhhh, Neymar! Chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va birga bir vaziyatda sakrayotgan to‘pga zarba berdi. To‘p darvoza ustidan ancha yuqoridan o‘tib ketdi!
5'
Vuuuuh! Neymar chap qanotdan uzatma berdi va Messi 6 metrdan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon burdi. To‘p shundoqqina darvoza ustidan o‘tib ketdi
3'
Neymar chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi tashqarisida ochilgan Messiga uzatma berdi. Leoga nisbatan himoyachilar xushyor o‘ynashdi va to‘pni olib qo‘yishdi
1'
O‘yin boshlandi! Ketdik! "Valensiya" oq, "Barselona" esa sariq futbolka va ko‘k shortiklarda o‘ynamoqda
'
"Valensiya" - "Barselona" uchrashuvidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.