Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

15-tur. 6 dekabr, soat 22:00

NYUKASL

Shkrtel (69-avtogol)
Veynaldum (90+3)

2 : 0

LIVERPUL

JAMOALAR TARKIBI
21.Rob Elliot (D)
18.Shansel Mbemba
22.Deril Yanmat
03.Pol Dammett
02.Fibrisio Kolochchini
05.Jorjinyo Veynaldum
10.Sim de Yong
07.Mussa Sissoko
04.Jek Kolbek
08.Vurnon Anita
09.Papiss Sisse
  22.Simon Minyole (D)
02.Nataniel Klayn
37.Martin Shkrtel
06.Deyan Lovren
33.Jordan Ayb
18.Alberto Moreno
11.Roberto Firmino
07.Jeyms Milner
21.Lukas Leyva
24.Jo Allen
09.Kristian Benteke
ZAHIRA
26.Karl Darlou (D)
42.Jeymi Sterri
43.Kevin Mbabu
45.Aleksandar Mitrovich
17.Ayoze Peres
20.Floryan Toven
11.Yoan Guffran
  34.Adam Bogdan (D)
56.Konnor Rednall
04.Kolo Ture
14.Jordan Xenderson
20.Adam Lallana
15.Daniel Starrij
27.Divok Origi

Matn

90+7'
O‘yin yakunlandi. "Nyukasl" - "Liverpul" - 2:0
90+3'
GOOOOOL! Veynaldum, 2:0! "Nyukasl" qarshi hujumda masalani hal qilib qo‘ydi. Veynaldum birga bir vaziyatda to‘pni darvozabonning ustidan oshirib qo‘ydi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi
90'
Moreno chap qanotdan uzatma berishga harakat qildi. To‘p darvoza to‘riga yuqoridan kelib tushdi
89'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytarishdi. Takroriy uzatmaga Lovren bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi
86'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Lovren bosh bilan zarba yo‘lladji. Noaniq
81'
"Nyukasl"da o‘zgarish: Sisse o‘rniga Floryan Toven tushdi
79'
Maydon markazidan yetkazilgan diagonal uzatmani Leyva yerga tushirmasdan darvozabonning ustidan oshirib, olis burchakka joylab qo‘ydi. Ammo hakam ofsayd qayd etdi. Nazarimizda, u adashdi
77'
"Nyukasl"da o‘zgarish: Kolbek o‘rniga Yoan Guffran tushdi
75'
Vuuuh! Starrijni jamoadoshlari birga bir vaziyatga chiqarishdi. Daniel jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p olis ustun tomon ketdi, ancha noaniq
75'
"Liverpul"da o‘zgarish: Jordan Ayb o‘rniga Divok Origi tushdi
74'
Starrij jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
71'
Mezbonlarning hujumini mersisaydliklar bartaraf etishdi
70'
Vuhh! "Liverpul"ning javob hujumi. Starrid chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va qulay hududga ochilayotgan Allenga uzatma berdi. Himoyachi so‘iggi pallada to‘pni qaytarib qoldi
69'
GOOOOOL! Veynaldum, 1:0! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Jorjinyo egalladi va biroz o‘ng tomonga surilib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p SHKrtelning tizzasiga tegib, darvozaga kirdi. Minyole to‘p yo‘liga tashlanayotgandi
68'
"Nyukasl"da o‘zgarish: Sim de Yong o‘rniga Ayoze Peres tushdi
65'
"Nyukasl"da yaxshi vaziyat. Qanotdan yetkazilgan uzatma uchun Sim de
Yong kurash olib bordi va to‘p darvoza tomon dumaladi. Himoyachi hujumchiga nisbatan biroz tezroq harakat qildi va to‘pni tepib yubordi
63'
Papiss Sisse ogohlantirish oldi
62'
"Liverpul"da o‘zgarish: Benteke o‘rniga Daniel Starrij, Firmino o‘rniga Adam Lallana tushirildi
59'
Vurnon Anita ogohlantirildi
59'
Ayb chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Milner tomon uzatma berdi. Uzatma sekinroq chiqqani uchun himoyachi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
55'
Veynaldum jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatda maydonni tark etdi. Burchak to‘pini mehmonlar bartaraf etishdi
53'
Mehmonlar hujumi paytida Jo Allen jarima maydonchasi yarim aylanasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Noaniq
51'
"Qarg‘alar" o‘ng qanot bo‘ylab hujum tashkil qilish uchun bo‘sh hudud topa olishdi. Ammo hujumni samarali yakunlay olishmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi - 0:0. Tanaffus
45+1'
Jordan Ayb bu safar chap qanotga o‘tib harakat qildi. Jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
45'
"Liverpul" yarim himoyachisi Lukas Leyva ogohlantirildi
43'
"Nyukasl"da yaxshi vaziyat. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Sisse bosh bilan ortga o‘tkazdi. Mbemba bosh bilan bergan zarbadan keyin to‘p darvza ustidan o‘tib ketdi
40'
Dastlab Benteke jarima maydonchasiga yorib kirmoqchi bo‘ldi, ammo ikki futbolchi orasidan o‘tib keta olmadi. Mezbonlar darhol qarshi hujumga o‘tishdi. Veynaldum Sisseni qulay vaziyatga chiqardi. Papiss bir himoyachi ta’qibi ostida jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. "Liverpul" himoyachilari xavfni bartaraf etishdi
34'
Jek Kolbek sariq kartochka oldi
32'
"Liverpul" jarima maydonchasiga yuqoridan uzatma berildi. Siss oldida turgan Aybni itarib yuborib, to‘pni qabul qildi va birga bir vaziyatda qoldi. Fol qayd etildi
27'
Ayb o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va faqatgina burchak to‘pi ishladi. Mazkur standart muvaffaqiyatsiz chiqdi
26'
Kombinasion o‘yin ko‘zga tashlanmayapti. Ketma-ket to‘p yo‘qotishlar...
21'
Mersisaydliklar qarshi hujumda burchak to‘pi ishlashdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Allen bosh bilan darvoza yaqiniga yetkazdi. Benteke 3 metrdan to‘pni darvozaga joylay olmadi. To‘p yuqoriga ko‘atrilib ketdi. Bu uchrashuvdagi dastlabki xavfli vaziyat bo‘ldi!
19'
Moreno chap qanotdan bergan uzatma Elliotga nasib etdi
15'
O‘yin asosan maydon markazida. Tomonlar navbati bilan to‘pga egalik qilishmoqda, hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
9'
Jordayn Ayb qanotdan uzatma berishga harakat qildi. To‘p rekoshet holatda Elliotning qo‘liga kelib tushdi
7'
Yanmat yuqoridan "Liverpul" jarima maydonchasiga uzatma berdi. Minyole to‘pni egallab oldi
6'
"Nyukasl"ning ikkita hujumini mehmonlar qaytarishdi
4'
Benteke tomon uzatilgan to‘pni mezbon jamoa darvozaboni egallab oldi
1'
"Liverpul" dastlabki hujumdayoq burchak to‘pi ishladi. Mehmonlar bu standartni ketma-ket ikki marta amalga oshirishdi. Xavf bartaraf etildi
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Anrgliya Premyer-ligasining 15-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" va "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn translyasiyani e’tiboringizga havola qilamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.