Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

16-tur. 20 dekabr, soat 20:00. Bosh hakam: Iglesias Vilyanueva

REAL MADRID

Danilo (3)
Garet Beyl (25, 41, 61, 70)
Krishtianu Ronaldu (30-penalti, 53)
Karim Benzema (48, 79, 90)

10 : 2

RAYO VALYEKANO

Amayya (10)
Xosabed (12)
JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
03.Pepe
04.Serxio Ramos
12.Marselo
08.Toni Kroos
10.Xames Rodriges
11.Garet Beyl
19.Luka Modrich
23.Danilo
09.Karim Benzema
07.Krishtianu Ronaldu
  18.Ze Kashtru
04.Antonio Amayya
03.Nacho
02.Tito
10.Roberto Trasorras
14.Pablo Ernandes
21.Xosabed
08.Raul Bayena
19.Alxassan Bangura
25.Tonyo
24.Xavi Gerra
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
06.Nacho Fernandes
17.Alvaro Arbeloa
18.Lukas Vaskes
14.Kazemiro
16.Mateo Kovachich
22.Isko
  13.Xuan Karlos (D)
09.Manushu (D)
05.Chechu Dorado
17.Kini
11.Adrian Embarba
26.Jonatan Kabalyero
23.Bebe
QIZIL KARTOCHKA
 
Tito (15)
Raul Bayena (28)

Matn

90+2'
Xayriyat, tomosha tugadi. "Real" - "Rayo Valyekano" - 10:2. Izohga hojat yo‘q. Balki hakam harakatlari borasida vijdonan izoh berar. E’tiboringiz uchun rahmat
90'
GOL, Karim Benzema, 10:2!
84'
Benzema birga bir vaziyatda zarba berguncha, himoyachi uning oyog‘i tagiga tashlandi va xavfni bartaraf etdi
82'
Birinchi bo‘limda yo‘q joydan penalti va qizil kartochka o‘ylab topgan hakam ikkinchi bo‘limda "Real" foydasiga kamida 2ta penaltini bermadi. Xatoni xato bilan yuvish deyiladi buning nomini
79'
GOL! Karim Benzema, 9:2! Assistent - Modrich.
77'
Ronaldu birga bir vaziyatda darvozaga aniq zarba bera olmadi
73'
"Real"da o‘zgarish: Beyl o‘rniga Arbeloa tushdi
70'
GOL! Garet Beyl, 8:2! Hali o‘yin tugashiga 20 daqiqa bor... Davom etamiz
64'
Jamoalarda o‘zgarish bo‘ldi. Bangura o‘rniga Bebe, Xames o‘rniga Kovachich tushirildi
63'
Hakam "Rayo" darvozasi tomon penalti belgilamadi. Xames yiqitilgandi
61'
GOL! Garet Beyl, 7:2! "Real" qarshi hujumda 4 kishi bo‘lib ikki himoyachi va darvozabonni dog‘da qoldirdi!
59'
Bangura jarima maydonchasi ichida jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, Navas bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. O‘zi zarba bersa bo‘ladigan vaziyatda uzatma berdi. Uzatma noaniq bo‘ldi. Hujumga yetib kelgan futbolchi bergan zarbani himoyachilar qaytarishdi
53'
GOL! Krishtianu Ronaldu, 6:2! Xames chap qanotdan uzatma berdi, portugaliyalik futbolchi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
52'
Ronaldu birga bir vaziyatda gol ura olmadi — darvozabon qaytardi. Qarshi hujumda Bangura jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi — Navas egalladi
48'
GOL! Karim Benzema, 5:2! Xamesning uzatmasidan keyin fransiyalik hujumchi deyarli birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
O‘yin juda shiddatli boshlandi. "Real" 3-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, "Rayo Valyekano" 10 va 12-daqiqalarda gol urib, hisobda oldinga o‘tib oldi. 15-daqiqada Tito Kroosning oyog‘iga juda xavfli tashlandi va haqli ravishda maydondan chetlatildi. Bu vaziyatda hakam 100% to‘g‘ri qaror chiqardi. Ammo 28-daqiqada hech qanaqa penalti ham, sariq kartochka ham va nihoyat qizil kartochka ham yo‘q edi. Shu vaziyatda boshlab o‘yin yakunlandi. Hakam juda zo‘r kechayotgan o‘yinni buzdi-qo‘ydi. Bugun "Real" yirik (balki o‘ta yirik) hisobda g‘alaba qozonishi aniq. "Rayo" futbolchilarining ham shashti tushib ketdi. 30-daqiqadan boshlab o‘yin shunchaki o‘rtoqlik maqomida bo‘lmoqda.
45+2'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi va u yakuniga yetdi. Tanaffus.
43'
Kroosning uzatmasidan keyin Beyl jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi va yiqilayotib zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
41'
GOOOL! Garet Beyl, 4:2! Uelslik futbolchi birga bir vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi!
41'
Beyl chap qanotdan uzatma berdi. Ronaldu to‘pga oyoq cho‘zmadi. Uyaldimi? Balki...
36'
Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Biroz noaniq
32'
Penalti belgilangan vaziyatga qaytamiz. O‘ng qanotdan jarima to‘pi jarima maydonchasiga yetkazildi. Darvozabon Ze Kashtru musht bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi. Bayena esa oldinga yugurayotgan Ramosning ortidan biroz tortdi. Serxio yiqilmadi, umuman hech kim yiqilmadi. Hakam esa penalti va ikkinchi sariq - ikkinchi qizil
30'
GOOOOOL! Ronaldu, 3:2! Krishtianu penaltidan unumli foydalandi. Ze Kashtru zarba yo‘nalishini topdi, ammo uni qaytara olmadi
28'
Qiziq! "Rayo" darvozasiga penalti va yana bir chetlatish! Mehmonlar 9 kishi bo‘lib qoldi
27'
"Rayo" futbolchisi Nacho ogohlantirildi
25'
GOOOOOL! Beyl, 2:2! Danilo tomonidan o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Garet bosh bilan darvozaga joyladi! To‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi!
23'
Vuh! Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi podkat orqali to‘pni maydon tqashrisiga tepib yubordi
21'
"Rayo"da o‘zgarish bo‘ldi: Pablo Ernandes o‘rniga Kini tushirildi
20'
Beyl tomonidan jarimadan yo‘llangan zarbani Ze Kashtru egallab oldi
19'
Raul Bayena ogohlantirildi. Kroosning oyog‘idan tepgani uchun
17'
Beyl chalqancha uslubda zarba berishga harakat qildi. To‘p jarima maydonchasi ichida darvozaga teskari holatda turgan Ronalduga bordi. Krishtianu o‘girilishga va zarba berishga ulgurmadi. HImoyachi to‘pni tepib yubordi
16'
Vuuuuh! Danilo deyarli birga bir vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Kashtru zarbani qaytardi
16'
Roberto Trasorras sariq kartochka oldi. Hakam bilan tortishgani uchun
15'
Oy-oy-oyyyy! Tito maydon markazida Toni Kroosning oyg‘iga juda xavfli tashlandi! Hakam haqli ravishda uni maydondan chetlatdi
13'
Vuuuuh! Xosabed jarima maydonchasi ichida kuchli zarba yo‘lladi. Navas zarbani qaytardi!
12'
GOOOOOOL! Xosabed, 1:2! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Xosabed darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!
10'
GOOOOOOL! Antonio Amayya, 1:1! Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan darvozaga joyladi. Navas to‘pni qaytarishga urindi, ammo to‘p chiziqni kesib tishga ulgurdi!
8'
Bangura ofsaydda qoldi
7'
"Rayo" o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng o‘yinni tenglashtirishga harakat qilmoqda
3'
GOOOOOOL! Danilo, 1:0! "Real" raqibning xavfli hujumini bartaraf etdi va tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Ronaldu-Kroos-Beyl-Danilo kombinasiyasidan so‘ng himoyachi birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
2'
Modrich jarima maydonchasi tashqarisida o‘yin qoidasini buzdi. Mehmonlar to‘pni tezda o‘yinga kiritishdi. O‘ng qanotdan berilgan uzatma darvoza oldida turgan Xavi Gerragacha yetib kelganida hujumchi darvozani ishg‘ol qilardi. PEpe qiyinchilik bilan to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
"Real" oq, "Rayo" esa qora rangli formada harakat qiladi
'
Diqqat! "Real" va "Rayo Valyekano" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda. La liga bahsidan onlayn translyasiyamizni boshlaymiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.