Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

18-tur, 26 dekabr, soat 20:00. Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya)

LIVERPUL

Kristian Benteke (63)

1 : 0

LESTER

JAMOALAR TARKIBI
22.Simon Minyole (D)
02.Nataniel Klayn
17.Mamadu Sako
06.Deyan Lovren
11.Roberto Firmino
23.Emre Jan
20.Adam Lallana
18.Alberto Moreno
14.Jordan Xenderson
10.Filippe Koutinyo
27.Divok Origi
  01.Kasper Shmeyxel (D)
17.Denni Simpson
28.Kristian Fuks
05.Ves Morgan
06.Robert Xut
10.Endi King
14.Ngolo Kante
11.Mark Elbrayton
09.Jeymi Vardi
20.Sindzi Okazaki
26.Riyad Mahrez
ZAHIRA
34.Adam Bogdan (D)
04.Kolo Ture
56.Konnor Rednall
21.Lukas Leyva
24.Jo Allen
53.Joao Teysheyra
09.Kristian Benteke
  32.Mark Shvarser (D)
02.Richchi de Layet
27.Marsin Vasilevski
33.Gyoxan Inler
24.Natan Dayer
19.Andrey Kramarich
23.Leonardo Ulloa

Matn

90+6'
O‘yin yakunlandi! "Liverpul" "Lester"ning muvaffaqiyatli yurishiga chek qo‘ydi. Ranyeri shogirdlari mavsumdagi bor-yo‘g‘i ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi.
90+5'
Ehhhh, Bentekeeeee! "Lester" hujum qilayotganida Shmeyxel hujumga o‘tib ketdi. "Liverpul" to‘pni egallab va qarshi hujumga o‘tdi. Benteke bir himoyachi bilan darvoza oldida yolg‘iz qoldi! Uning zarbasini o‘sha himoyachi qaytardi!
90+2'
"Liverpul"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Koutinyo va Lallana o‘rniga Lukas Leyva va Jo Allen tushdi.
90'
Ikkinichi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
Vuuuh! "Lester"ning burchak uzatmasidan keyin Endi King yaqin masofadan zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, yuqoridan o‘tib ketdi
88'
Ehhhh, Xenderson! Xendo va Benteke maydon markazidan boshlab darvoza tomon intilishdi, ammo Jordan jarima maydonchasida ochilayotgan Kristianga aniq uzatma bera olmadi!
86'
Himoyachilarning xatosidan so‘ng Firmino to‘pni egalladi va jarima maydonchasiga kirib, zarba berdi. Noaniq
84'
Benteke jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni qabul qildi va qulay pozisiyaga ochilayotgan Koutinyoga uzatma berdi. Filippening oyog‘iga to‘p tegmay qoldi.
83'
Koutinyo jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
81'
Vuh! Qanotdan uloqtirib berilgan uzatma xavfli bo‘ldi. To‘p bir himoyachining boshi, ikkinchisining tizzasi orqali Minyolening qo‘liga kelib tushdi
80'
"Lester"da o‘zgarish: Mahrez o‘rniga Kramarich tushdi
79'
Olbrayton jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumchilardan biri ofsaydda qoldi
78'
Emre Jan maydon markazidan boshlab oldinga o‘tdi va 25 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq
77'
Olis masofadan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun kurashda himoyachi Bentekedan ustun keldi
74'
Vuuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani darvozabon maydonchasi ichida darvoza tomon burdi! Minyole to‘pni maydon taqsharisiga chiqardi
72'
Benteke o‘ng qanotda to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasida ochilayotgan sheriklariga uzatma berdi. Ammo sheriklari uni tushunishmadi
71'
"Lester" futbolchisi burchakdan aylanma uzatma/zarba berdi. To‘p to‘rga yuqoridan kelib tushdi
69'
"Vardi"da ikkita o‘zgarish: Vardi va Okazaki o‘rniga Dayer, Ulyo tushirildi
65'
Benteke ofsaydda qoldi
63'
GOOOOOL! Kristian Benteke, 1:0! Firmino tomonidan chap qanotdan yektazilgan uzatmaga hujumchi 11 metrli nuqta ustida zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi!
62'
Robert Xut ogohlantirildi. U o‘zidan o‘tib keatyotgan Lallanani tortib qoldi
60'
Firminoning uzatmasiga Benteke bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
58'
Hozircha mezbonlarning burchak zarbalari xavfli bo‘lmayapti
57'
Klayndan to‘pni qabul qilgan Firmino o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozaga yaqiniga uzatma berdi. Morgan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
54'
Ehhhh, Benteke! Xenderson maydon markazida to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va olis masofadan uzatma bilan Bentekeni to‘p bilan ta’minladi. Kristian jarima maydonchasi ichida ochilgan sheriklariga o‘z vaqtida pas bermadi. Uning uzatmasini ortdan kelgan himoyachi qaytarib qoldi
52'
"Lester"ning qarshi hujumi paytida o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Minyole egallab oldi
51'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
46'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi. Mahrez jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Zarba kuchli chiqmadi, Minyole egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Futbolchilar maydonga qatishmoqda
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha gol ko‘rmadik. Tanaffus.
45+1'
Koutinyo yo‘llagan zarbani himoyachi bosh bilan qaytardi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
Jarima maydonchasi burchagida Morgan Bentekeni itarib yiqitdi
42'
Vuuuuh! Mahrez! Jarima maydonchasi tashqarisida sherigi bilan "devor" o‘ynab oldi va ikki himoyachidan o‘tib, 14 metrlardan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p Minyolening qo‘lidan maydonni tark etdi
38'
Origi jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Kristian Benteke tushdi
36'
Emre Jan jarima maydonchasi tashqarisida zarba yo‘lladi. To‘p Morganning oyog‘iga tegib, o‘z kuchini yo‘qotdi va Shmeyxelning qo‘liga borib tushdi
32'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Lovren bosh bilan darvoza tomon burdi. Shmeyxel to‘pni egalladi
31'
Koutinyo jarima maydonchasining chap tomonidan uzatma berdi. To‘p himoyachiga nasib etdi
27'
Origi bu safar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachini chalg‘itib, chap oyoqda zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
25'
Vuuuuh! Maydon markazidan yetkazilgan to‘p uchun kurashda Origi Morgandan ustun keldi va jarima maydonchasi kirib o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Shmeyxel to‘pni ushlab oldi
23'
Emre Jan jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Burchakka borayotgan to‘pni Shmeyxel qaytardi
21'
Moreno chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon markaziga qaytardi
17'
Yaxshi vaziyat! Maydon markazidan yetkazilgan uzatma natijasida Lallana jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p to‘rning yon tomoniga tegdi
16'
Mamadu Sako o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqqa uzatma berdi. To‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustidagi Koutinga keldi. Filippening zarabsi noaniq chiqdi
15'
"Lester"ning hujumi. Okazaki 11 metrli nuqta ustidan zarba bermoqchi bo‘lganida yiqildi, penalti yo‘q
13'
"Lester" qarshi hujumga o‘tdi. Mahrez Klayndan o‘tib keta olmadi
13'
"Liverpul" navbatdagi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi
11'
Ustunlik mezbonlar tomonida. Ular katta kuch va ishtiyoq bilan hujumg tashkil qilmoqda
10'
Origi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
4'
Vuh! Mahrez o‘ng qanotda ikki himoyachidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasigna kirib, darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
3'
Vuh! Koutinyo jarima maydonchasining chap burchagidan aylanma zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
1'
Diqqat! "Liverpul" va "Lester" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.