Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

19-tur, 28 dekabr, soat 22:30. Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya)

MANCHESTER YUNAYTED

0 : 0

CHELSI

JAMOALAR TARKIBI
01.David de Xea (D)
17.Deyli Blind
36.Matteo Darmian
12.Kris Smolling
21.Ander Errera
18.Eshli Yang
28.Morgan Shnayderlen
31.Basti Shvaynshtayger
08.Xuan Mata
09.Entoni Marsial
10.Ueyn Runi
  13.Tibo Kurtua (D)
28.Sesar Aspilikueta
02.Branislav Ivanovich
26.Jon Terri
08.Oskar
21.Nemanya Matich
10.Eden Azar
12.Jon Obi Mikel
05.Kurt Zuma
22.Villian
17.Pedro Rodriges
ZAHIRA
20.Serxio Romero (D)
43.Kemeron
04.Fil Jons
27.Maruan Fellayni
07.Memfis Depay
16.Maykl Kerrik
44.Andreas Pereyra
  01.Asmir Begovich (D)
15.Papi Jiloboji
06.Abdul Baba
14.Bertrand Traore
07.Ramires
16.Robert Kenedi
36.Ruben Loftus-Chik

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+4'
O‘yin tugadi. "MYu" - "Chelsi" - 0:0. Hisobga mos bo‘lmagan chiroyli o‘yin bo‘ldi.
90+3'
"Chelsi"da o‘zgarish: Oskar o‘rniga Loftus-Chik tushdi
90+1'
Runi ogohlantirish oldi. U Oskarning oyog‘iga butsasining tishlari bilan bosdi
90'
Ikkinichi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
86'
Vuuuh! Bortvik-Jekson chap qanotdan uzatma berdi. Runi darvozabon maydonchsi ichida to‘pni darvozaga aniy yo‘llay olmadi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
83'
Yang o‘ng qanotda himoyachidan o‘tib ketdi va darvoza yaqniga yerlatib uzatma berdi. To‘p himoyachilardan o‘tmadi
81'
"MYu"da so‘nggi o‘zgarish: Blind o‘rniga Fil Jons tushdi
81'
Shvaynshtayger ogohlantirildi
79'
Ustunlik mankunianliklar tomonida. Ular ketma-ket hujeum qilishmoqda
76'
"MYu"da o‘zgarish: Xuan Mata o‘rniga Memfis Depay tushdi
74'
"MYu" futbolchilari raqib jarima maydonchasi tashqarisida pressing orqali to‘pni olib qo‘yishdi. Mata Runini jarima maydonchasiga ichiga boshladi. Ueynning oyog‘iga to‘p tegmay qoldi - Kurtua qiyinchilik bilan to‘pni egalladi. Laynsmen esa bu paytda bayrog‘ini ko‘tarib turgandi
72'
Eden Azar ogohlantirish oldi
70'
"MYu"da ham o‘zgarish: Darmina o‘rniga Kemeron Bortvik-Jekson tushirildi
69'
"Chelsi"da o‘zgarish: Villian o‘rniga Ramires tushdi
63'
Mata jarima maydonchasi ichida Aspilikuetaning oyog‘iga urilib yiqildi. Atkinson jim
62'
EHHH, MATIIICH! Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan vaziyatda mehmonlar qarshi hujmga o‘tib ketdi. Pedroning uzatmasidan keyin Matich birga bir vaziyatga chiqdi. Ammo kuchli zarba bilan to‘pni yuqoriga tepib yubordi!
59'
Marsial Darmian bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo uzatma biroz noaniq bo‘lgani uchun Zuma to‘pni egallab oldi
56'
VUUUUUH! Marsial chap qanotdan Blind bilan devor o‘ynab jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Errera 3 metrdan zarba berdi. Kurtua to‘pni qaytardi!!!!
50'
Marsial chap qanotdan uzatma berdi. Terri bosh bilan qaytardi. Errera to‘pni yana darvozabon maydonchasiga qaytardi. Himoyachilar yana to‘pni egallab, vaziyatdan uzoqlashtirishdi
48'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani De Xeq qo‘li bilan urib yubordi
48'
VUUUUUH! Azar jarima maydonchasi tashqarisida futbolchilarni chalg‘itib, Pedroga uzatma berdi. Pedro jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. De Xea to‘pni yon tomonga qaytardi. Villian yetib kelib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. David bu safar oyog‘i bilan qaytardi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
'
Birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ayniqsa, uning birinchi yarmi shiddatli o‘tdi. Darvoza to‘sini va ustuni ikki marta "Chelsi"ni goldan qutqarib qoldi. De Xea ham bir marta jamoasini murakkab vaziyatda qutqardi. "MYu" o‘yinga jiddiy tayyorlangani sezilmqoda. Kecha mashg‘ulotni olib borgan Giggz futbolchilarni yaxshi ruhlantira olgan shekilli
45+2'
Mata jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar uni qaytarshigan chog‘da Atkinsonning hushtagi yangradi. Tanaffus. O‘yinda hisob ochilmadi hozircha
45+1'
Pedro qanotda Erreraga nisbatan fol ishlatdi
45+1'
Villian yo‘llagan zarbani De Xea egalladi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
43'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma uchun kurashda himoyachi Runidan ustun keldi. Shvaynshtayger yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi
41'
Runi yana jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va tashqarida turgan jamoadoshiga uzatdi. Mata yo‘llagan zarbani himoyachilar qaytarishdi
39'
Smolling sariq kartochka oldi. Azarni chalgani uchun
35'
Villian tomon uzatilgan jarima to‘pi muvaffaqiyatsiz chiqdi
34'
Errera Azarni ortdan tepib yiqitdi. Jarima zarbasi. Darvozagacha 35 metr
30'
Shneyderlin ogohlantirish oldi. Tik oyoq bilan Villianga urilgani uchun
29'
Ueyn Runi! Olis masofadan kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Kurtuadan yaxshi seyv!
27'
Jon Obi Mikelni kechirmadi. U Marsialni ochiqchasiga yiqitdi
26'
Eshli Yang maydon markazidan o‘zidan o‘tib ketayotgan Eden Azarni qo‘li bilan tortib, oyog‘i bilan chalib yiqitdi. Atkinson birinchi marta bo‘lgani uchun himoyachini kechirdi. Og‘zaki ogohlantirdi
23'
Mata o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasidagi Runi tomon uzatma berdi. Terri to‘pni qaytarib qoldi
22'
Bugun Antoni Marsial ancha dadil o‘ynamoqda. Avvaliga u ikki himoyachi orasidan o‘tib ketib jarima maydonchasiga kirdi, navbatdagi ikki himoyachi orasidan o‘tmoqchi bo‘lganida Zumaga urilib yiqildi. Penalti yo‘q. To‘g‘ri
19'
Smollling maydon markazida to‘pni raqibga berib qo‘ydi. Londonliklar 3ga 3 vaziyatga chiqib borishdi, ammo imkoniyatdan foydalana olishmadi
16'
Vuuuuuh! Marsial chap qanotdan Ivanovichdan o‘tib ketib jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p yaqin ustunga tegdi, narigi ustun yonidan o‘tib, maydonni tark etdi!
14'
Darmian o‘z qanotdan aniq uzatma bera olmadi. To‘p mezbonlarga nasib etmadi
11'
Darmian chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va uzatma berdi. To‘p rekoshet holatida yuqoriga ko‘tarildi. Kurtua to‘pni egallab oldi
10'
Runi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va tashqarida turgan Shneyderlinni zarbavor vaziyatga chiqardi. Morgan yo‘llagan kuchli zarba ustun yonidan o‘tib ketdi
9'
Blind burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat sodir bo‘lmadi
7'
Marsial chap qanotdan ikki himoyachi orasidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi, ammo Obi Mikel to‘pni egallab oldi
5'
Vuuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Terri bosh bilan darvoza tomon yo‘lladi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni David de Xea darvoza ustiga ko‘tarib yubordi!
4'
Blindning xatosidan so‘ng Azar oldinga o‘tdi va chap tomondan jarima maydonchasiga kirib kelgan Pedroga uzatma berdi. Eshli Yang to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. BUrchak to‘pi
2'
Vuuuuuuh! Mataaa! Eshli Yang qanotdan to‘pni Runiga otib berdi va Runi darhol Matani jarima maydonchasiga boshladi. Xuan yo‘llagan zarba to‘singa tegib qaytdi!
1'
"Manchester Yunayted" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasidagi APLning 19-tur uchrashuvi boshlandi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.