Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

17-tur, 30 dekabr, soat 20:00. Bosh hakam: Gonsales Gonsales

REAL MADRID

Krishtianu Ronaldu (42-penalti, 67)
Lukas Vaskes (86)

3 : 1

REAL SOSYEDAD

Bruma (49)
JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
12.Marselo
03.Pepe
06.Nacho Fernandes
23.Danilo
11.Garet Beyl
08.Toni Kroos
10.Xames Rodriges
19.Luka Modrich
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
  01.Xeronimo Ruli (D)
30.Ariz Elustondo
02.Karlos Martines
06.Inigo Martines
19.Yuri Berchiche
16.Serxio Kanales
04.Asyer Ilyaramendi
05.Markel Bergara
10.Xabi Priyeto
22.Jonatas
09.Imanol Agirreche
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
02.Rafayel Varan
14.Kazemiro
16.Mateo Kovachich
18.Lukas Vaskes
22.Isko
20.Xese
  13.Oyer Paredes (D)
23.Diyego Reyes
24.Alberto de la Belya
14.Ruben Pardo
11.Karlos Vela
07.Bruma
21.Ektor Ernandes

Matn

'
ANONS! Bugun tunda 00:30da "Barselona" - "Betis" o‘yini saytimiz orqali matnli onlayn translyasiya qilinadi. O‘tkazib yubormang
90+3'
O‘yin yakunlandi. "Real Madrid" - "Real Sosyedad" - 3:1. "Real" o‘z ochkolarini 36taga yetkazdi va bir necha soatga bo‘lsa-da 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi.
89'
"Real"da o‘zgarish: Modrich o‘rniga Kazemiro tushdi.
86'
GOOOL! Lukas Vaskes, 3:1! Qarshi hujumda Beyl chap qanotdan aniq uzatma bilan Lukasni darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldirdi! Yarim himoyachi imkoniyatni ko‘kka sovurmadi!
81'
Vuuh! Chap qanotdan yerlatib berilgan uzatmani Ruben Pardo "Real" jarima maydonchasi ichida qabul qildi va zarba berdi. To‘p Pepening oyog‘iga tegib, olis ustun yonidan o‘tib ketdi
80'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Navas egallab oldi
76'
"Real"da o‘zgarish: Hujumchi Karim Benzema maydondan olindi va uning o‘rniga yarim himoyachi Lukas Vaskes tushdi
75'
Bruma jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va 3 himoyachi orasida zarba berishga ulgurmadi
72'
"Sosyedad" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Olis masofadan berilgan zarba aniq bo‘lmadi
70'
Vuuuh! Ronaldu chap qanotdan to‘pni qabul qildi va o‘ng qanotdan yordamga kelgan Danilo tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni Benzemaga yetkazdi. Karimning zarbasini darvozabon qaytardi
67'
GOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 2:1! Chiroyli gol! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Ronaldu jarima maydonchasi chizig‘i ustida yerga tushirmasdan darvorzaga joyladi! Himoyachilar orasida o‘tib kelgan to‘pni Ruli ko‘rmay qoldi
66'
Basklar to‘pni nazorat qilib, madridliklarni to‘psiz yugurishga majbur qilishmoqda
64'
Vuuuh! Bruma nozik bilan pas bilan Ilyaramendini birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. "Real"ning sobiq futbolchisi to‘pga biroz yeta olmadi.
62'
Asyer Ilyaramendi ogohlantirish oldi
61'
Kovachich chap qanotdan uzatma berdi va Karim bosh bilan zarba berdi. Ruli to‘pni egallab oldi
59'
"Real"da dastlabki o‘zgarish: Xames Rodriges o‘rniga Mateo Kovachich tushirildi
58'
Vuh! Xamesning uzatmasidan keyin Beyl jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p darvozaboning qo‘lidan maydonni tark etdi
57'
Vuh! Bruma jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasi ichida, deyarli birga bir vaziyatda to‘pni qabul qildi, Pepe xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi!
56'
Nacho Fernandes ogohlantirish oldi. Raqib futbolchisi oyog‘iga xavfli tashlandi
53'
Vuuuuh! Bruma darvozabon bilan birga bir vaziyatga qochib ketdi. To‘pni o‘zidan biroz uzqolashtirib yuborgani uchun u Navasni aldab o‘ta olmadi. Qoyil, Keylor!
50'
Marselo chap qanotdan olis ustun tomon uzatma berdi. Ronaldu to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi
49'
GOOL! Bruma, 1:1! Zaxiradan tushgan hujumchi jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni qabul qildi va aylanma zarba bilan olis "to‘qqizlik"ka to‘pni "mixladi"! Juda chiroyli gol!
47'
"Real" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Jarimadan yo‘llangan zarba to‘sin ustidan o‘tib ketdi
46'
Ikinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Ronaldu tomonidan urilgan penalti "Madrid"ga ustunlikni taqdim etmoqda
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
"Sosyedad"ning yana bir muhim futbolchisi Kanales jarohat olib maydonni tark etdi. Ruben Pardo maydonga tushdi
42'
GOOL! Krishtianu Ronaldu, 1:0! Darvozabon zarba yo‘nalishini topdi, ammo qaytara olmadi
41'
Hakam bilan tortishgan Karlos Martines ogohlantirish oldi
40'
Yana penalti! Shubhali penalti! Qanotdan Beyl yetkazagan uzatma yo‘li himoyachi tashlandi va to‘p uning oyog‘iga tegib, so‘ngra qo‘liga tegdi. Futbolchi ataylab o‘ynamadi. Shunchaki tasodif
38'
Benzema jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Posbon to‘pni ushlab oldi
36'
Vuuuh! Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Ruli to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Beyl uni egallagandi, biroq himoyachi undan to‘pni olib qo‘ydi
35'
Vuh! Berchiche chap qanotdan bergan uzatmaga Jonatas bosh bilan xavfli zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
34'
Basklar son jihatdan ko‘pchilik bo‘lib qarshi hujumga o‘tishdi, ammo imkoniyatdan foydalana olishmadi. So‘nggi uzatma noaniq bo‘ldi
32'
Yuriy Berchiche ogohlantirish oldi. U Beylni yiqitdi
31'
Benzema Marselo bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
29'
"Sosyedad"ning ikkita hujumini mezbonlar qaytarishdi. Uchinchi hujum paytida bosh bilan berilgan zarba noaniq bo‘ldi
27'
Ronaldu chap qanotdan to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasi chizig‘i oldida turgan Benzemaga uzatma berib, o‘zi ichkariga kirdi. Karimning uzatmani biroz noaniq bo‘ldi
26'
Vuh! Benzema jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Ruli to‘pni qaytardi
25'
Beyl chiroyli tarzda tovoni bilan uzatma orqali Daniloni o‘ng tomondan oldinga boshladi. Himoyachining uzatmasini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
24'
Vuuuuh! Ronalduning penaltidan zarbasidan so‘ng to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi!!! Qiziq, muxlislar uni olqishlashdi...
23'
Hakam "Real Sosyedad" darvozasi tomon penalti belgiladi! Chap qanotdan yetkazilgan to‘p uchun kurashda Karim Benzema himoyachiga yutqazdi va yiqildi. Penalti!
21'
Jonatas jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba berdi. Navas osonlik bilan to‘pni egalladi
20'
Krishtianu ofsaydda
19'
Danilo o‘ng qanotan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomonda ochilayotgan Ronaldu tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
18'
Agirreche maydonga qayta olmadi. Uning o‘rniga Bruma tushdi
18'
Xames yetkazgan uzatmaga Benzema yeta olmadi
16'
Ronaldu 25 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq
15'
Agirreche Navas bilan to‘qnashuvda jarohat olgan ko‘rinadi
14'
Vuuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Agirreche "Real" jarima maydonchasi chizig‘i ustida qabul qildi va Nachodan o‘tib ketib, Navas bilan yakkama-yakka vaziyatda qoldi. Keylor o‘z vaqtida oldingi chiqdi va hujumchining zarbasini qaytardi!
12'
Burchak to‘piga Inigo Martines bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
11'
Yuriy Berchichi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p Pepega tegib, maydonni tark etdi
9'
Navbatdagi hujum paytida Benzema uzatmani ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va 11 metrli nuqta ustida chap oyoqda zarba berdi. Posbon zarbani bartaraf etdi!
8'
Ehhh, Ronaldu! Qarshi hujumda Modrichning uzatmasidan keyin Beyl o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga kirgan Ronalduni birga bir vaziyatga chiqardi. Portugaliyalik futbolchining zarbasini Ruli oyoq bilan qaytardi!
7'
Jonatas "Real" jarima maydonchasi ichida Nachodan o‘tib ketdi, ammo yiqildi. Hakam esa penalti uchun asos yetarli emas deb hisobladi
5'
Vuuuh! "Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pepe tomonidan bosh bilan yo‘llangan zarba xavfli bo‘ldi. Darvozabon to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi. Keyingi burchak to‘pi paytida ham bosh bilan zarba berildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.
3'
Agirreche ofsaydda qoldi
2'
Dastlabki hujumni basklar tashkil qilishdi. Olis masofadan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi. Biroq to‘pni mehmonlar egallashdi va Kanales 18 metrdan zarba yo‘lladi. Noaniq
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Real Madrid" o‘z maydonida "Real Sosyedad"ni qabul qilmoqda.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya chempionatining 17-turiga start berilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.