Italiya A seriyasi, 22-tur
| 3 fevral, 00:45 | ||
YUVENTUSLixtshteyner (15)
Kyellini (47) Vidal (56) |
3 : 1 |
INTERRolando (72)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Marko Storari Djordjio Kyellini Andrea Barsali Leonardo Bonuchchi Pol Pogba Arturo Vidal Stefan Lixtshtayner Kvadvo Asamoa Andrea Pirlo Karlos Teves Fernando Lyorente |
Samir Xandanovich Juan Ugo Kampanyaro Rolandu Jonatan Yuto Nagatomo Zdravko Kuzmanovich Safir Tayder Mateo Kovachich Rodrigo Palasio Rikardo Alvares |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. |
| 90' | ![]() |
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 86' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!YO‘qqqqqqqq. Palasio nimalar qilmoqda. Pirlo maydon markazida to‘pni oldirib qo‘ydi (!). Bottaning havolatib uzatgan to‘pidan keyin Palasio 5 metrlar chamasidan darvozaga zarba berdi, lekin noaniq. |
| 84' | ![]() |
Lyorente o‘rniga Vuchinich tushdi. |
| 83' | ![]() |
Tan olishimiz kerak bugun «Inter» hech narsa qila olmayapti. Jamoa qanotdan ham markazdan ham yorib kirishga harakat qilmoqda, lekin maydon markaziga ham bora olmay qolmoqda. |
| 81' | ![]() |
Lixshtayner o‘rniga Isla maydonga tushdi. |
| 80' | ![]() |
Pirlo jarima maydonchasida raqib hujumini uzib qo‘ydi va navbatdagi hujumni boshlab berdi. Qanotdan katta tezlikda borayotgan Lorenteni ajoyib holatga chiqardi, lekin ispanning zarbasi kuchli biroq noaniq chiqdi. |
| 78' | ![]() |
«Inter»ning hujumi rivojlanishi mumkin edi, lekin zaxiradan maydionga tushgan Milito o‘yindan tashqari holatda qoldi. |
| 76' | ![]() |
Rolandu yana gol urgisi kelmoqda. Bunga shu qadar berilib ketganidan navbatdagi hujum vaqtida qoida buzishga majbur bo‘ldi. |
| 74' | ![]() |
Goldan ruhlangan «Inter» yana hujumga zo‘r berdi va navbatdagi hujumdan keyin yana burchak zarbasi tepish huquqiga ega bo‘ldi. Biroq ha deganda osh bo‘lmaganday bu gal omad kelmadi. |
| 73' | ![]() |
Rolandu «Inter»ni o‘yinga qaytardi. Burchak to‘pidan keyin to‘p Rolanduga yetib keldi va himoyachi uzoq burchakni nishonga oldi. O‘yin endi qiziydi. |
| 72' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool. |
| 71' | ![]() |
Nagatomoning faolligidan keyin «Inter» burchakdan to‘p tepadi. |
| 70' | ![]() |
«Inter» mag‘lubiyatni tan oldi desak, yolg‘on bo‘lar, lekin ular taslim bo‘lganday tuyulmoqda. «Yuventus» juda xotirjam o‘ynamoqda. |
| 68' | ![]() |
Kovachich (Inter) o‘rniga Botta maydonga tushdi. |
| 67' | ![]() |
Teves nihoyat jismoniy holatini namoyish qildi. Juda ajoyib tarzda himoyachini ortda qoldirdi va zarba berish uchun harakat qildi, biroq ikkinchi himoyachi unga to‘sqinlik qildi. |
| 65' | ![]() |
«Yuventus» chap qanotga yaqin joyda jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo‘ldi. 30 metrlar chamasidan Pirlo darvozaga zarba berishga qaror qildi, lein bu vaziyatga Xandanovich barchasini ko‘rib turgan edi. |
| 64' | ![]() |
Andrea Barzalli o‘rniga Martin Kaseras tushdi. |
| 63' | ![]() |
Bizga bog‘liq bo‘lmagan holda (internetga ulanish bilan bog‘liq) texnik muammo yuzaga keldi. Kichik uzilish uchun uzr so‘raymiz. O‘yinning 63-daqiqasi davom etmoqda 3:0. Oldinda «Yuve». |
| 58' | ![]() |
Assamoa autdan to‘pni Lorentega tashlab berdi. Ispan esa himoyachini chalg‘itgan holda Pogbaga pas berdi. Uning zarbasini Xanadanovich qaytardi, lekin takroriy zarbaga kuchi yetmadi. Vidal hisobni uchtaga oshirdi. |
| 57' | ![]() |
Gooooool. Vidal. |
| 52' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!NAGATOMO. Yaponiyalik futbolchi o‘z qanotida juda zo‘r o‘ynadi va Rodrigo Palasioga ajoyib to‘p uzatdi, lekin bu safar ham Kostya Dzyuga o‘xshab ketadigan Palasio imkoniyatni qo‘ldan boy berdi. |
| 50' | ![]() |
Bugun «Yuventus»ning har ikki goliga himoyachilar mualliflik qilishdi. Ishonish qiyin shunday jamoaning chempionlar ligasini tark etganiga. |
| 48' | ![]() |
Jarima maydonchasi ichida palapartish harakatlar boshlanib ketdi. Pogba to‘pga zarba bera olmadi va u hujumni yaxshi ko‘radigan Jorjio Kelliniga borib tushdi. Himoyachi esa immoniyatni qo‘ldan boy bermadi 2:0. |
| 47' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooooooooool. Ikkinchi bo‘limni ham Assamo hujum bilan boshlab berdi. Yana uning reydidan keyin Pirlo buchakdan to‘p tepdi. Uzoq davom etgan hujumdan keyin hisob ochildi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga ikki daqiqa qo‘shib berildi. |
| 45' | ![]() |
Pavel Nevdev sobiq jamoasining o‘yini yaxshi kayfiyatda kuzatmoqda. maydonda esa Vidalga nisbatan qoida buzildi. |
| 43' | ![]() |
Sen urmasang senga urishadi deyishadi. Shu gapni aytish uchun Teves zarbada adashmasligi kerak edi. Pirlo juda ajoyib pas bilan Tevesni chap qanotda qulay vaziyatga olib chiqdi. U sal o‘ngroqqa o‘tib zarba berdi, lekin himoyachi blok qo‘yishga ulgurdi. |
| 41' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!Palasio juda zo‘r imkoniyatdan foydalana olmadi. Kovachivich bu vaziyatda juda yaxhi harakat qildi. Markazga yaqib joyda Kyellinidan to‘pni olib qo‘ydi va hujumni rivojlantirdi. Palasio esa birga-bir vaziyatda chiqib bordi va to‘pni tepaga tepib yubordi. |
| 39' | ![]() |
Bugun «Inter»da maydon markazi kuchsizday tuyulmoqda. Kuzmanovich juda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Bu gal ham «Yuve» to‘pni undan olib qo‘ydi. 30 metrlardan Tevesnin bergan zarbasini Xandanovich qaytardi. |
| 37' | ![]() |
Qator xatolardan keyin o‘zini jahonning eng yaxshi yarim himoyachisi deb atagan Arturo Vidal «Inter» futblchilarini ularning jarima maydonchasidayoq ta’qib qildi, lekin bekorga yugurgani qoldi. |
| 35' | ![]() |
Teves maydon markazida to‘pni egallab oldi va uni Asamoaga yetkazib berdi. O‘zi esa Asamoaning qanotiga o‘tib hujumni rivojlantirdi. Pogba to‘pni qarama-qarshi qanotga uzatdi, lekin bu yerda Vidal to‘pga yetolmadi. |
| 33' | ![]() |
Vidal maydon markazida to‘pni egallab oldi va oldinga bordi. Uni uch nafar himoyachi qarshi oldi va to‘pni yo‘qotdi. Qarshi hujumda Nagatomo yaxshi harakat qildi, lekin u hujumda yolg‘izlanib qoldi va to‘p yana «Yuve»da. |
| 31' | ![]() |
Birinchi gal himoyachilar to‘pni qaytarishdi, takroriy kornerdan keyin to‘p darvozaga ketayiotganida yana «Inter» futbolchisi uni qaytardi. Uchinchi burchak zarbasi vaqtida esa Pogba qoida buzdi. |
| 30' | ![]() |
Bugun «Yuve»da Asamoaning qanoti juda faol ishlamoqda. Yana Pirlodan to‘pni qabul qilib olgan Asamoa chap qanotdan oldinga bordi va burchak to‘pi ishlab oldi. |
| 28' | ![]() |
Lyorente bugun ikkinchi marta qoida buzmoqda. E’tiborlisi, har safar uning folidan keyin hujum uzilib qoldi. |
| 26' | ![]() |
«Inter» qarshi hujumda raqibni jazlashi mumkin edi. Jamoa katta tezlikda maydob markazini bosib o‘tdi. Palasio zarba pozisiyasoga chiqi bordi va to‘pni darvozaga yo‘lladi, biroq to‘p juda sekin harakatlandi va Xandanoviching o‘lasiga aylandi. |
| 24' | ![]() |
Lixshatynerga gol urish yoqib qoldi. U yana hujumga qo‘shildi va 30 metrlardan kuchli zarba berdi, lekin bu vaziyatda himpyachilar yaxshi o‘ynashdi. |
| 22' | ![]() |
Pirlo maydaon markazida to‘pni qabul qilib oldi va to‘pni qanoydagi Asamoaga oshirdi. Vinger himoyachilarni chalg‘itgan holda Pogbaga to‘p uzatdi, lekin fransuzning zarbasiga aniqlik yetishmadi. |
| 20' | ![]() |
Goldan keyin «Yuventus» ikki qavat himoya chizig‘ini yuzaga keltirdi. Jamoa maydon markazidayoq raqibni kutib olmoqda. |
| 18' | ![]() |
Ishonish qiyin. Pirlo «Iner»ning himoyachisi qayerda turganini bir qarashda payqadi va shunday aniq vaqtda to‘p uzatdiki, sun’iy o‘yindan tashqari holatni yuzaga keltirishda himoyachi xatoga yo‘l qo‘ydi. Gap bo‘lishi mumkin emas. |
| 17' | ![]() |
«Yuventus» qator paslar bilan maydon markazini bosib o‘tdi. Jarima maydonchasi yaqinida to‘p Pirloga keklib tushdi va afsungar o‘z ishini qildi. U qanotdan ochilib kelayotgan Lixshtaynerni ko‘rdi o‘z vaqtida daxshatli pasni amalga oshirdi. Ofsayd chizig‘ida aniq o‘ynagan himoyachi uzoq burchakka boshi bilan to‘pni joylab qo‘ydi. Tan olish kerak bu golda Pirloning hissasi juda katta. |
| 16' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool |
| 14' | ![]() |
O‘yindagi birinchi sariq kartochka Kuzmanovichga ko‘rsatildi. «Inter» yarim himoyachisi maydon markazida hech qanday xavf bo‘lmagan joyda Arturo Vidalga orqa tomondan qaltis podkat tashladi va hakam uni ogohlantirdi. |
| 12' | ![]() |
«Yuventus» juda chiroyli hujumni amalga oshirdi. Pogba maydon markazida to‘pni egallab oldi va sheriklaridan biri bilan devor uslubida raqibdan o‘tib keydi. Darvoza yaqinidagi Lorentega to‘pni havolatib uzatgan edi, lekin hujumchi himpyachiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. |
| 10' | ![]() |
«Yuventus»ing chap qanotida uzoq davom etgan hujumni Kvavdvo Asamoa davom ettirishi mumkin edi. Uni jarima maydonchasiga kirayotganida himoyachilar munosib kutib olishdi va hujum uzilib qoldi. |
| 8' | ![]() |
Dastlabki daqiqalrda «Yuventus» ustunlik qilgan edi. Endi tarozining pallasi «Inter» tomonga o‘tdi. Ta’kidlash joizki, bugun Nagatomo «Inter» sardori. |
| 6' | ![]() |
«Inter» to‘pni nazorat qilishga harakat qilmoqda. Nerazzurilarning birinchi hujumi amalga oshishi mumki edi, lekin Palasio o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi. |
| 4' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!O‘yindagi birinchi hujumni «Yuventus» futbolchilari amalga oshirishdi. O‘ng qanotdan uyushtirilga hujumni Nagatomo qaytardi. Burchak to‘pidan keyin hujum davom etdi va Kelleni Xandanovich bilan duelda ikki marta zarba berdi, lekin har safar «Inter» posboni aniq o‘ynadi. |
| 2' | Bugungi o‘yin voqealarga boy bo‘lishi aniq. Voqealar o‘yin boshlanishini ham kutib turmadi. «Inter» futbolchilari o‘tirgan avtobus «Yuve» tiffozilari tomonidan toshbo‘ron qilindi. | |
| 1' | ![]() |
Bugun har ikki jamoa ham o‘zining odatoy liboslaridan maydinga tushgan. «Inter» ko‘k-qora, «Yuventus» oq-qora. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. |
| 0' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli muxlislar. Sizlarni Italiya chempionati 22-turidan o‘rin olgan «Yuventus» hamda «Inter» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning matnli translyasiyasini kuzatishga taklif etamiz. Bugungi o‘yinda Turindagi ajoyib «Stad de Yuvantes» stadioni mezbonlik qiladi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|