Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

20-tur. 2 yanvar, soat 17:45

VEST XEM

Antonio (10)
Kerroll (55)

2 : 0

LIVERPUL

JAMOALAR TARKIBI
13. Adrian (D)
21. Anjelo Ogbonna
08. Sheyxu Kuyyate
03. Aaron Kressvell
05. Jeyms Tomkins
19. Jeyms Kollinz
30. Mixail Antonio
16. Mark Noubl
28. Manuel Lansini
11. Enner Valensiya
09. Endi Kerroll
  22. Simon Minyole (D)
02. Nataniel Klayn
06. Deyan Lovren
17. Mamadu Sako
23. Emre Jan
18. Alberto Moreno
33. Jordan Ayb
10. Filippe Koutinyo
11. Roberto Firmino
21. Lukas Leyva
09. Kristian Benteke
ZAHIRA
01. Darren Rendolf (D)
12. Karl Jenkinson
04. Aleks Song
14. Pedro Obyang
27. Dimitri Paye
26. Nikisa Yelavich
10. Mauro Sarate
  34. Adam Bogdan (D)
44. Bred Smit
56. Konnor Rednall
04. Kolo Ture
20. Adam Lallana
24. Jo Allen
32. Kemeron Brannagan

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Vest Xem" haqli ravishda "Liverpul"ni mag‘lub etdi va bugungi raqibdan oldinga o‘tib oldi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Vuh! Chapdan yetkazilgan uzatmaga Jo Allen bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq
90'
Vuuuuh! Qarshi hujumda Valensiyaga birga bir vaziyatga chiqib ketdi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Minole zarbani qaytardi!
85'
Mehmonlar ijrosida burchak to‘pi samara bermayapti
81'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
79'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani darvozabon qaytardi. Koutinyo jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba berdi. Himoyachi ko‘kragi bilan to‘pni qaytardi
78'
"Liverpul" javob to‘pini kiritishi mumkin edi! Burchakdan yetkazilgan uzatni Lukas Leyva bosh bilan darvoza tomon burdi. Ustun yonida turgan himoyachi to‘pni qaytarib qoldi!
75'
Vuuuh! Koutinyo himoyachilar orasidan jarima maydonchasi kirdi va deyarli birga bir vaziyatda Adrian to‘pni tepib yubordi
75'
Kressvelll chap qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. Kerroll zarba berishga ulgurmadi
72'
Lallana jarima maydonchasi chizig‘i usti turib o‘ng qanotdan yordamga kelgan Klaynga uzatma berdi. Himoyachining uzatmasini himoyachilar qaytardi
69'
Vuuuuuh! "Vest Xem" uchinchi golni urishi shart edi! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Kollinz darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida bosh (!) bilan darvoza tomon yo‘lladi. Minyole to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Antonio darvozaga tepdi. Posbon to‘pni egallab oldi
66'
"Vest Xem" muammosiz himoyalanishda davom etmoqda. Mehmonlar chora topa olishmayapti
61'
"Liverpul"da ikkita o‘shzgarish: Firmino va Moreno o‘rniga Lallana va Smit tushdi
58'
Benteke! Jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va uni yerga teshirmasdan darvoza tomon tepishga harakat qildi. Muvaffaqiyatsiz
58'
Bugun "Liverpul"ning markaziy himoyachilari juda bo‘sh o‘ynashmoqda. Ular havo kurashlarida raqib hujumchilariga yutqazishmoqda
55'
GOOOOOL! Endi Kerroll, 2:0! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani hujumchi bosh bilan darvozaga joyladi. Minyole to‘p yo‘nalishini tomosha qildi xolos
54'
"Bolg‘achilar"ning hujumi samarali chiqmadi. Minyole to‘pni egallab oldi
51'
Ikkinich bo‘limda ham to‘pni nazorat qilish bo‘yicha ustunlik liverpulliklar tomonida. Firmino chap tomondan to‘ni Benteke oyoq bilan darvoza tomon burishga harakat qildi. Ammo buni eplay olmadi
48'
Aybdan uzatmani qabul qilgan Koutinyo jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+5'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Vest Xem" - "Liverpul" - 1:0. Tanaffus
45+4'
"Liverpul" bu safar chap qanotdan hujum tashkil qildi. Moreno darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar qaytarishdi
45+2'
Vuuuuh! Emre Jan jarima maydonchasi chizig‘i ustidan texnikaga asoslangan holda zarba yo‘lladi. To‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi
45'
Birinchi bo‘limga naq 5 daqiqa qo‘shildi. O‘yinda tibbiy yordam tufayli ko‘p to‘xtalish bo‘ldi
45'
Moreno olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida Adrianning qo‘liga borib tushdi
44'
"Vest Xem" himoyachilari o‘z mudofaalari yaqinida to‘pni oldirib qo‘yishdi. Ammo mersisaydliklar imkoniyatdan foydalana olishmadi
42'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachi bosh bilan uni qaytardi
39'
"Vest Xem"da majburiy o‘zgarish: Lansini o‘rniga Pedro Obyang tushdi
37'
Benteke to‘xtatib bergan to‘pgan Firmino jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
34'
"Liverpul"ning xavfli hujumi. QAnotdan yetkazilgan uzatmaga Benteke bosh bilan zarba berdi va to‘p Emre Janga bordi. Uning zarbasi juda kuchsiz chiqdi, darvozabon to‘pni egalladi
33'
Koutinyo "Vest Xem" jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. To‘p uning yaqinida turgan Kollinzning qo‘liga tegdi. Penalti yo‘q
29'
Eh, Valensiya! Shundoqqina darvozabon maydonchasi tashqarisidan muvaffaqiyatli zarba yo‘llay olmadi. To‘p yon tomonga ketib qoldi
27'
Ayb o‘ng tomondan jarima amydonchasiga kirdi, bir himoyachini aldadi, ammo uzatma berishga ulgurmadi. To‘p maydonni tark etishga ulgurdi
25'
Eh, Benteke! "Liverpul" qarshi hujum tashkil qildi. Hujum chizig‘i yetkazilgan to‘pni himoyachi o‘tkazib yubordi. Benteke to‘pni egallab oldinga yugurguncha boshqa futbolchi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
23'
Birinchi bo‘limning yarmi ortda qoldi. To‘p nazorati bo‘yicha ustunlik Klopp shogirdlari tomonida, ammo Bilich jamoasi qarshi hujumlarda xavfli o‘ynashmoqda
20'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda to‘pni mezbonlar egallab olishdi va qarshi hujumga o‘tishdi. Antonioning uzatmasidan keyin Valensiya jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Zarba yo‘liga Moreno to‘g‘anoq bo‘ldi
18'
Lansini sariq kartochka oldi
17'
Vuuuuuh! Lansini yo‘llagan zarba Minyole qo‘riqlayotgan darvozaning olis ustuniga tegib qaytdi! Omad "Liverpul" tomonida bo‘ldi
14'
Koutinyo jarima maydonchasi tashqarisida raqibning ikki futbolchisini aldadi va ichkaridagi jamoadoshlari tomon uzatma berdi. Biroq markaziy himoyachi to‘pni tepib yubordi
12'
"Bolg‘achilar"ning yana bir hujumi! Chap qanotdan havodan yetazilgan to‘pga bo‘ydor Kerrol bosh bilan zarba berdi. Zarbacha kuchli chiqmadi va Minyole to‘pni egallab oldi
10'
GOOOOL! Antonio, 1:0! Qanotdan Valensiya yetkazib bergan uzatmani Antonio bosh bilan darvozaga joyladi! Minyole zarbani qaytara olmadi
8'
Mezbon jamoa futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarbada yo‘lladi. Noaniq
5'
Jamoalar hozirda turnir jadvalida qo‘shni o‘rinlarda bormoqda. "Liperpul" 7, "Vest Xem" 8-o‘rinda bormoqda
4'
Vuuuuuh! Jordan Ayb biroz o‘tkir burchak ostida jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi!
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yangi yildagi dastlabki o‘yindan matnli onlayn translyasiyamizni boshlayimz. APLning 20-turi doirasida "Vest Xem" va "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.