| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 18-tur. 2 yanvar, soat 20:00 | ||
ESPANYOL |
0 : 0 |
BARSELONA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Pau Lopez (D) 05.Viktor Alvares 22.Alvaro Gonsales 06.Enzo Roko 09.Burjui 19.Joan Jordan 16.Xavi Lopec 12.Pape Diop 17.Ernan Peres 25.Marko Asensio 20.Felipe Kaysedo |
13.Klaudio Bravo (D) 18.Xordi Alba 06.Dani Alves 03.Jerar Pike 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 08.Andres Inyesta 14.Xavyer Maskerano 09.Luis Suares 11.Neymar 10.Lionel Messi |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Franchesko Bardi (D) 03.Ruben Dyuarte 02.Roberto Korrea 24.Antonio Raillo 10.Abraxam Gonsales 08.Salva Sevilya 07.Jerar Moreno |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 24.Jeremi MatYE 21.Adriano 15.Mark Bartra 20.Serxi Roberto 19.Sandro Ramirez 17.Munir el-Haddodiy |
|
Matn
| ' | ![]() |
Ushbu jamoalar 10 va 13 yanvar kuni Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichi doirasida yana ikki marta to‘qnash kelishadi |
| 90+2' | ![]() |
O‘yinga 2 daqiqa qo‘shildi va bu vaqt o‘z yakuniga yetdi. O‘yinda hisob ochilmadi. "Espanyol" mardonavor o‘ynadi va "Barselona"ni 2 ochkodan mahrum qildi! Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Derbiga xos! |
| 89' | ![]() |
MEssi jarimadan aylanma zarba berdi. To‘p to‘sin va ustun kesishgan joy yaqinidan o‘tib ketdi |
| 88' | ![]() |
Neymar va Pape Diopga sariq kartochka |
| 85' | ![]() |
Suares o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va himoyachiga nisbatan fol ishlatdi |
| 81' | ![]() |
Messiga nisban o‘ng qanotdan fol ishlatildi. Jarima to‘pi xavfli bo‘lmadi |
| 74' | ![]() |
VUUUH! Albaning chap qanotdan uzatmasidan keyin Neymar akrobatik uslubda zarba yo‘lladi! Yerga tegib sakrab borgan to‘pni Lopez egallab oldi! |
| 74' | ![]() |
"Barsa" ijrosidagi burchak to‘plari samarali chiqmayapti |
| 71' | ![]() |
"Barselona"da dastlabki o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Serji Roberto tushirildi |
| 70' | ![]() |
Peres jarima maydonchasiga kirayotganida uzatma qabul qildi, ammo zarba berayotganida sirpanib ketdi. Zarba yaxshi chiqmadi |
| 69' | ![]() |
Rakitich himoyachini ustidan to‘pni chiroyli olib o‘tdi va Suaresni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Urugvaylik futbolchi ofsaydda qoldi |
| 66' | ![]() |
"Espanyol" oltinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Qaytgan to‘pni Pape Diop darvoza tomon tepdi. Salom, Regbi! |
| 64' | ![]() |
Chiroyli! Neymar ikki himoyachi orasidan juda chiroyli o‘tib ketdi va Messiga pas berdi. Leo 17 metrdan zarba berdi. Pu Lopez to‘pni egalladi! |
| 61' | ![]() |
Neymar jarima zarbasini ijro qildi. Mezbonlar to‘pni qaytarishda va qargi hujumga o‘tishdi. Imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 60' | ![]() |
Rakitichni tortib yiqitgani uchun Viktor Alvares ogohlantirish oldi |
| 58' | ![]() |
"Espanyol" ijrosidagi burchak to‘pi taxlikali bo‘ldi. Mehmonlar to‘pni qaytarishdi |
| 55' | ![]() |
VUUUUUUH! Rakitichning "parashyut" uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, darvozabonni aldab o‘tdi, himoyachini aldadi va bo‘sh darvozaga zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi!!!! |
| 52' | ![]() |
Vuh! Ernan Peres o‘ng qanotda Inyestadan o‘tib ketdi va jarima maydonchasi kirar-kirmas Maskerano ta’qibi ostida zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 51' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 50' | ![]() |
"Barselona" Messi-Suares-Inyesta kombinasiyasidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi. Ammo Luis ofsaydda |
| 48' | ![]() |
Vuuuuh! Suares chap qanotda bir himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasi kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi qaytargan to‘pni Neymarga keldi. Braziliyalik hujumchining zarabsi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam kompensasiya vaqti qo‘shmadi. Tanaffus. Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi |
| 44' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasi burchagidan chap oyoqda zarba berdi. Zarba biroz noaniq |
| 43' | ![]() |
Vuuuuh! Messi nozik pas bilan jarima maydonchasiga kirgan Inyestani to‘p bilan ta’minladi. Andres zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi "podkat" tashladi |
| 40' | ![]() |
"Espanyol" futbolchilari "ko‘k-anorranglilar"ga nisbatan ancha keskin o‘ynashmoqda. |
| 36' | ![]() |
VUUUUH! Messiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jabrlanuvchining o‘zi zarbani ijro etdi. To‘p to‘sin va ustun kesishgan nuqtaga tegib, maydonni tark etdi |
| 34' | ![]() |
Jarima zarbasi jonli devorga tegdi va to‘pni egallab mehmonlar oldinga o‘tishdi. Ammo Albaning uzatmasi noaniq bo‘ldi va to‘p maydonni tark etdi |
| 33' | ![]() |
Asensio o‘ng qanotdan uzatma berayotganida to‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Maskeranoning qo‘liga tegdi. O‘ng tomondan jarima to‘pi |
| 31' | ![]() |
"Espanyol" futbolchisi Joan Jordan ogohlantirish oldi |
| 31' | ![]() |
Birinchi bo‘limning ikkinchi yarmi boshlangan paytda endi "Barsa" to‘pni nazorat qilmoqda |
| 26' | ![]() |
Vuuuuuh! Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi va Gonsales yaqin ustun yonidan to‘pni bosh bilan darvoza tomon burdi. Bravo chiziq ustida to‘pni qaytardi va Pike to‘ni tepib yuborishga ulgurdi |
| 24' | ![]() |
"Espanyol" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini tepdi. Zarba noaniq bo‘ldi |
| 22' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishmoqchi. Maskerano va Alvaro Gonsales o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv oqibatida hakam ikki futbolchini ogohlantirdi |
| 21' | ![]() |
Neymar nisbatan fol ishlatildi. Messining jarimadan uzatmasidan keyin Suares futbolchilar orasidan ajralib chiqidi va zarba berdi. Zarba noaniq, Luis esa ofsaydda qolgan ekan |
| 19' | ![]() |
O‘yin davom etayotgan paytda muxlislar sektorididan ikkinchi to‘p maydonga tashlandi. Rakitich to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. O‘yin davom etdi |
| 19' | ![]() |
Vuuuuh! Neymar jarima maydonchasi ichida Messi bilan "devor" o‘ynab darvozabon maydonchasiga kirdi! O‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Suaresga pas berishga qaror qildi. Uzatma esa noaniq chiqdi |
| 16' | ![]() |
Messi markazdan oldinga o‘tdi va o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Alvesga uzatma berdi. To‘p himoyachidan o‘tmadi |
| 15' | ![]() |
Rakitichning uzatmasini Neymar jarima maydonchasi ichida qabul qildi, ammo ofsayd |
| 13' | ![]() |
Mezbonlarning hujumini "Barsa" ko‘pchilik bo‘lib bartaraf etdi |
| 10' | ![]() |
"Espanyol" himoyada yotmoqchi emas, imkon bo‘lishi bilan oldinga o‘tmoqda. |
| 9' | ![]() |
Vuh! Suares o‘ng tomondan jarima maydonchasi kirdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Alba darvozaga aniq zarba bera olmadi |
| 7' | ![]() |
"Barsa" ilk marta hujum tashkil qildi. Burchak to‘pi |
| 5' | ![]() |
"Espanol" chap tomondan hujumga o‘tdi. Yerlatib berilgan uzatmani Maskerano yon tomonga tepib yubordi |
| 2' | ![]() |
O‘yin boshidan mezbonlar pressing orqali raqibga bosim o‘tkazishmoqda. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Diqqat! Kataloniya derbisi! "Espanyol" va "Barselona" jamoalari maydonga chiqib kelishdi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|