Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

20-tur. 3 yanvar, soat 18:30

KRISTAL PELAS

0 : 3

CHELSI

Oskar (29)
Villian (60)
Diyego Kosta (66)
JAMOALAR TARKIBI
13.Ueyn Xenessi (D)
23.Pap Suare
27.Demyen Dileyni
02.Joel Uord
06.Skott Dann
15.Mayl Yedinak
42.Jeyson Pancheon
18.Jeyms MakArtur
14.Chon Yong Li
11.Uilfred Zaxa
09.Freyzer Kempbell
  13.Tibo Kurtua (D)
26.Jon Terri
02.Branislav Ivanovich
28.Sesar Aspilikueta
22.Villian
05.Kurt Zuma
08.Oskar
04.Sesk Fabregas
12.Jon Obi Mikel
10.Eden Azar
19.Diyego Kosta
ZAHIRA
12.Aleks Makkarti (D)
34.Martin Kelli
26.Bakari Sako
28.Jo Ledli
22.Jordon Match
20.Jonatan Uilyams
29.Maruan Shamax
  01.Asmir Begovich (D)
06.Abdul Baba
07.Ramires
21.Nemanya Matich
14.Bertrand Traore
36.Ruben Loftus-Chik
17.Pedro Rodriges

Matn

'
ANONS! Bugun 00:30da La liganing 18-turi doirasida "Valensiya" - "Real" uchrashuvidan matnli onlayn translyasiyani o‘tkazib yubormang
90+4'
O‘yin yakunlandi. "Chelsi" 2016 yilni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi
90+3'
"Kristal Pelas" bitta javob to‘pini kiritishi mumkin edi, ammo so‘nggi uzatma aniq bo‘lmadi
90+1'
"Chelsi"dan xavfli qarshi hujum. Villian jarima maydonchasi chizig‘igacha bordi va Diyego Kosta yo‘nalishiga uzatma berdi. Hujumchi to‘pga yeta olmadi
90'
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
"Chelsi"da o‘zgarish: Fabregas o‘rniga Matich tushdi
87'
Mehmonlardan yana bir xavfli qarshi hujum. Villian olis ustun tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pidan keyin Villianning uzatmasi bu safar Diyego Kostaga yetib bordi. Uning zarbasidan keyin to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
85'
Vuuuh! "Chelsi" yaxshi hujum tashkil qildi. Oskar jarima maydonchasiga kirdi, himoyachilarni chalg‘itib zarba berdi. To‘pni markaziy himoyachi qaytarib qoldi
81'
"Kristal Pelas"da o‘zgarish: Chon Yong Li o‘rniga Jonatan Uilyams tushdi
80'
Skott Dann ogohlantirish oldi. U maydon markazidan o‘zidan qochib ketayotgan Diyego Kostani tepib yiqitdi
77'
"Chelsi" o‘yin taqdirini deyarli hal qilib qo‘ydi va endi xotirjam himoyalanmoqda. "Kristal" vaziyatni o‘nglash uchun harakat qilmoqda
71'
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Kurtua egalladi
70'
"Kristal Pelas"ning hujumi samarasiz yakunlandi
66'
GOOOOL! Diyego Kosta, 0:3! Villian bir himoyachini aldab o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Unchalik kuchli bo‘lmagan zarbani darvozabon qo‘lidan chiqarib yubordi va Diyego Kosta bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
64'
Zaha chap qanotdan Villiandan to‘pni olib qo‘yib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo Ivanovich unga imkoniyat bermadi
60'
GOOOOOL! Villian, 0:2! Oskarning uzatmasidan keyin braziliyalik futbolchi kuchli zarba bilan "to‘qqizlik"ka to‘pni joyladi! Chiroyli gol!
59'
Yaxshi vaziyat! Uilfrid Zaha jarima maydonchasiga kirdi va Zuma ta’qibi ostida zarba berdi. Kurtua to‘pni egalladi
56'
Chap qanotdan berilgan uzatmani himoyachi bosh bilan yuqoriga urib yubordi. Yuqoridan darvozaga tushayotgan to‘p uchun posbon va Kosta kurash olib bordi. Darvozabon ustun keldi
53'
Vuuuh! Villan jarimadan yetkazgan uzatmaga Kurt Zuma 5 metrdan bosh bilan darvoza tomon burdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
52'
Villianga nisbatan fol ishlatildi
52'
Burchak to‘pi xavfli chiqmadi
51'
Villian o‘ng qanotdan darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Kristal Pelas" - "Chelsi" - 0:1.
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
43'
Diyego Kosta yolg‘iz o‘zi raqibning bir necha futbolchilari orasida "KP" jarima maydonchasiga kirishga urindi. Ammo buni uddalay olmadi
41'
Ustunlik "aristokratlar" tomonida. Ular tshpni nazorat qilishmoqda
36'
Vuuuuh! Oskar maydon markazidan uzatma berib, Aspilikuetani birga bir vaziyatga chiqardi. Sesarning zarbasini Xenessi qaytardi!
35'
Villian burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Terri yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi
33'
Xinddink jamoasi mezbon himoyachilarining xatosidan foydalanib, hisobni ochishdi. Ushbu vaziyatgacha "Kristal Pelas" hujumda xavfliroq ko‘rinayotgandi
29'
GOOOOOOL! Oskar, 0:1! Fabregasning uzatmasidan keyin Diyego Kosta birga bir vaziyatga chiqdi va yordamga kelgan Oskarga uzatma berdi. Braziliyalik yarim himoyachi bo‘sh darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi!
25'
Vuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatma olis ustun yonida ochilgan Kempbellga kelib tushdi, ammo hujumchi yaqin masofadan darvozaga aniq zarba bera olmadi!
24'
"KP" futbolchisi chsap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo Zuma to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi
22'
Qanotdan yetkazilgan uzatmani Kurtua egallab oldi
18'
Pedro jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Himoyachi to‘p yo‘liga o‘zini tashlanadi va jarohat oldi
17'
"KP" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan berilgan zarbani Kurtua egallab oldi
16'
Kutilmagan o‘zgarish: Azar maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Pedro tushdi.
12'
Hozircha har tomonlama teng o‘yin bo‘lmoqda. Kurash, to‘p nazorati...
7'
Vuh! Uilfrid Zaha 22 metrlardan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p ustundan yarim metr masofadan o‘tib ketdi
5'
"Kristal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
3'
"KP" ko‘k-qizil yo‘l-yo‘l formada o‘ynamoqda, "Chelsi" qora rangli forma tanlagan
1'
Jarima maydonchasi chizig‘i ustiga yetkazilgan uzatmaga mezbon futbolchisi yeta olmadi
1'
"Kristal Pelas" burchak to‘pi ishladi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Assaldomu alaykum, iadrli angliya futboli muxlislari! "Kristal Pelas" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasidagi 20-tur o‘yinidan matnli trnaslyasiyamizni boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.