| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 19-tur, 9 yanvar, soat 20:00. Bosh hakam: Karlos Velasko Karbalyo | ||
BARSELONALionel Messi (8, 14, 58)
Neymar (84) |
4 : 0 |
GRANADA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 23.Tomas Vermalen 03.Jerar Pike 22.Aleyks Vidal 04.Ivan Rakitich 20.Serji Roberto 18.Xordi Alba 07.Arda Turan 09.Luis Suares 11.Neymar 10.Lionel Messi |
13.Andres Fernandes (D) 02.David Lomban 03.Kristiano Biragi 12.Doriya 11.Sakses Ayzek 21.Rene Krxin 26.Uche Agbo 20.Ruben Peres 17.Edgar Mendes 23.Ruben Rochina 27.Adalberto Penaranda |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 21.Adriano 24.Jeremi Matyo 06.Dani Alves 08.Andres Inyesta 05.Serxio Buskets 19.Sandro Ramirez |
01.Ivan Kelava (D) 25.Migel Lopesh 05.Diyego Mayns 07.Roberto Ibanyes 08.Xavi Markes 04.Fran Riko 09.Yussef El-Arabiy |
|
Matn
| ' | ![]() |
Bugun tunda 00:30da "Real" o‘z maydonida "Deportivo"ni qabul qiladi. Zidanning "Qirollik klubi"dagi debyut o‘yini. Onlayn translyasiyani o‘tkazib yubormang. |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Granada" - 4:0. Messi xet-trikka erishgan bo‘lsa, Neymar hisobiga bitta gol yozildi. |
| 90+2' | ![]() |
Xavi Markes jarimadan xavfli zarba yo‘lladi. Bravo to‘pni egallab oldi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi. |
| 83' | ![]() |
GOOOOL! Neymar, 4:0! Messi to‘p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va Alvesga to‘pni qoldirdi. Suares esa Danidan to‘pni qabul qilib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ofsaydda turgan Messi to‘pga tegmadi va chap tomondan yetib kelib to‘pni egallagan Neymar birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 80' | ![]() |
Messi jarima maydonchasiga yaiinlashdi va Suaresni birga bir vaziyatga chiqarishga urindi. Himoyachi so‘nggi pallada to‘pni qaytarib qoldi |
| 73' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni qabul qildi va olis burchak tomon uzatma/zarba berdi. Fernandes to‘pni egallab oldi |
| 72' | ![]() |
Ikkala jamaoada o‘zgarish: Arda Turon o‘rniga Adriano, Penaranda o‘rniga Ibanyes tushdi |
| 71' | ![]() |
"Barselona" tiki-takani boshlab yubordi |
| 67' | ![]() |
Vuuuh! "Granada" futbolchisi jarima maydonchasi burchagidan ichkariga kirdi va zarba yo‘lladi. Bravo zarbani qaytardi! |
| 65' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Aleish Vidal maydonni tark etdi. O‘ng qanotni Dani Alves egalladi |
| 63' | ![]() |
Doriya va Aleish Vidal sariq kartochka olishdi. |
| 58' | ![]() |
GOOOOOL! Lionel Messi, 3:0! Serji Robertoning uzatmasini Suares oyoqlari orasidan o‘tkazib yubordi va Neymarga birga bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. To‘p ustun tegib qaytdi va Messi ikki himoyachi orasida bo‘lishiga qaramay, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 57' | ![]() |
"Granada"ning ikki nafar fuktbolchisi sariq kartochka oldi |
| 55' | ![]() |
Neymarning uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirdi va himoyachini aldab o‘tayotganida himoyachi uni oyog‘idan tepib yiqitdi. Hakam penalti yo‘qligini ko‘rsatdi |
| 53' | ![]() |
"Barsa" himoyachilari o‘z jarima maydonchalari atrofida ko‘p o‘ynab yuborishdi va natijada xatoga yo‘l qo‘yishdi. Vidal hujumchiga nisbatan fol ishlatdi. Jarimadan yo‘llangan aniq zarbani Bravo egallab oldi. |
| 51' | ![]() |
Mehmonlar o‘ng qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. Lomban darvozaga teskari turgan holda zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 50' | ![]() |
"Granada" xavfli vaziyat yaratmagan bo‘lsa-da, bir necha marta oldinga o‘tdi. Bunga mezbonlar hozircha imkoniyat berishmoqda |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunladi. Hakam vaqt qo‘shib o‘tirmadi. Hozircha "Barselona" - "Granada" - 2:0. Har ikkala gol Lionel Messi hisobiga yozildi. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
Ardaning uzatmasidan keyin Messi darvozabon maydonchasiga kirdi va so‘nggi chiziq oldidan orqaroqqa uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi va uni Arda egallab uzatmasifat zarba berdi. To‘pni Fernandes egallab oldi. |
| 44' | ![]() |
Ruben Rochina jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Zarba noaniq bo‘ldi |
| 42' | ![]() |
Vuh! Rakitichning aylanma uzaktmasidan keyin to‘p chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Neymarga yetib bordi. U to‘xtatmasdan zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan tegdi |
| 40' | ![]() |
Vuuuuh! Serji Robertoning uzatmaasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqdi va bo‘sh darvoza qarshisida turgan Mmessiga pas berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi! |
| 39' | ![]() |
Mehmon yarim himoyachisining o‘ng qanotdan yetkazgan to‘pini Bravo osonlik bilan egallab oldi |
| 36' | ![]() |
Vuh! Jarima maydonchasiga berilgan uzatmani Neymar 3 himoyachi qurshovida qabul qildi va to‘pni orqaroqqa olib, "parashyut" uslubida zarab berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 33' | ![]() |
Arda oyog‘ini baland ko‘tarib, xavfli o‘ynagani uchun jarima zarbasi beliglandi. "Granada" futbolchisining zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 31' | ![]() |
Vuuuuh! Messi yarim soat ichida xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi! Vidal o‘ng qanotdan yeraltib yetkazgan uzatmani Messi 7-8 metrdan darvoza tomon burdi. Fernandes zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 27' | ![]() |
Ehhhh, Suares! U jarima maydonchasi chizig‘i ustidan to‘pni Neymarga berdi va o‘zi birga bir vaziyatga chiqdi. Darvozabonni aldab o‘tdiyu, bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
"Barselona" tinimsiz hujum tashkil qilib, ketma-ket raqib jarima maydonchasiga kirmoqda. "Granada" katta qiyinchilik bilan himoyalanmoqda. |
| 23' | ![]() |
"Granada" futbolchilari chap tomonda "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga yorib kirishdi, keyingi uzatmani mezbonlar egallab olishdi |
| 22' | ![]() |
Messi chiroyli pas bilan Neymarni birga bir vaziyatga chiqarishga urindi. To‘pni darvozabon egallab oldi |
| 16' | ![]() |
Turonning qanotdan bergan uzatmasidan keyin Neymar raqib jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo himoyachidan o‘tib keta olmadi |
| 14' | ![]() |
GOOOOL! Lionel Messi, 2:0! MSN uchnayzasi barchasini hal qildi. Neymar chap qanotdan uzatma berdi va Suares to‘pni to‘xtatmasdan Messiga yetkazdi. Leo juda ham o‘tkir burchak ostida bo‘sh darvozani ishg‘ol qila oldi! |
| 13' | ![]() |
Vuuuh! Serji Robertoning uzatmasidan keyin Arda Turon birga bir vaziyatga qochib ketdi. Himoyachining sa’y-harakati bilan xavf bartaraf etildi! |
| 8' | ![]() |
GOOOOOL! Messi, 1:0! Leo o‘ng qanotdan markaz tomon surildi va Turonga uzatma berdi. Ardaning uzatmasidan keyin Leo darvozabon maydonchasida birga bir vaziyatda to‘pga yengil teginish orqali hisobni ochdi! |
| 6' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirdi va darvozabonga nisbatan chaqqonlik qilib, to‘pni yon tomonga olib qochdi. U darvoza yaqiniag yozatma berayotganida to‘p darvozabonning qo‘lidan maydonni tark etdi |
| 4' | ![]() |
Vuuuuuuh! Messi maydon markazidagi aylan ichidan ajoyib uzatma berib, Albani birga bir vaziyatga chiqardi. Xordining zarbasidan so‘ng to‘p yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi. Bir tomondan gol bo‘lmgaani yaxshi bo‘lgan ekan. Uzatma berilayotgan himoyachi birozgina ofsaydga kirishga ulgurgan ekan |
| 3' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Vaziyat Rakitichning 15 metrlardan zarba yo‘llashi bilan yakunlandi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! "Barsa" ko‘k-anorrang, "Granada" esa oq-yashil rangli formada maydonga tushgan |
| ' | "Barsa" tarkibida Turon va Aleish Vidal boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishdi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasi. "Kamp Nou" stadioni. Maydonga "Barselona" va "Granada" futbolchilari chiqib kelishmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|