| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 19-tur, 10 yanvar, soat 00:30 | ||
REAL MADRIDKarim Benzema (15, 90+1)
Garet Beyl (22, 49, 63) |
5 : 0 |
DEPORTIVO |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 03.Pepe 04.Serxio Ramos 12.Marselo 15.Daniel Karvaxal 22.Isko 11.Garet Beyl 08.Toni Kroos 19.Luka Modrich 09.Karim Benzema 07.Krishtianu Ronaldu |
01.Xerman Lyuks (D) 14.Alexandro Arribas 12.Sidney 03.Fernando Navarro 17.Federiko Kartabiya 21.Luis Alberto 19.Faykal Fayr 04.Aleks Bergantinyos 05.Pedro Moskera 07.Lukas Peres 11.Xuanfran |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 02.Rafayel Varan 18.Lukas Vaskes 23.Danilo 10.Xames Rodriges 14.Kazemiro 20.Xese |
25.Manu (D) 16.Luizinyo 23.Alberto Lopo 15.Laure 10.Xuan Dominges 24.Xonas Gutyerres 09.Oriol Riyera |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "Real" - "Deportivo" 5:0! Zidandan ajoyib debyut! Tabriklaymiz! |
| 90+1' | ![]() |
GOOOOL! Karim Benzema, 5:0! Qarshi hujumda Xese o‘ng tomondan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasida yolg‘iz turgan Krishtianuga uzatma berdi. Ronaldu himoyachini aldab, zarba bermoqchi bo‘ldi. Ammo to‘p himoyachining oyog‘idan orqaga dumaladi va ortdan yetib kelgan Benzema kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! To‘p to‘singa tegib, yer orqali chiziqni kesib o‘tdi! |
| 88' | ![]() |
Ehhhh, Peres! Luis Alberto birga bir vaziyatga chiqdi va Peresga uzatma berdi. Lukas nima uchundir bo‘sh darvozaga zarba bera qolmadi va himoyachilar xavfni bartaraf etishdi! |
| 87' | ![]() |
"Depor" yana qarshi hujumdan foydalana olmadi |
| 86' | ![]() |
Xese o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 83' | ![]() |
Xamesning uzatmasidan keyin Ronaldu jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi. Laynsmen esa ofsaydni qayd etib, xatoga yo‘l qo‘ydi |
| 82' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatma paytida to‘p Varanning qo‘liga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 80' | ![]() |
Ehhhh, negadir bugun Ronalduning omadi kelmayapti. Modrich uni jarima maydonchasiga boshladi. Uning zarbasidan keyin to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 79' | ![]() |
Vuuuh! Ronalduning noaniq uzatmasidan keyin "Deportivo" futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Navas bir amallab zarbani qaytardi! |
| 75' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Marselo qaytardi. Moskera jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq |
| 74' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Beyl o‘rniga Xese tushdi |
| 74' | ![]() |
Xamesning uzatmasidan keyin Krishtianu birga bir vaziyatga chiqdi, ammo biroz ofsaydda qolganini hakamlar payqashdi |
| 73' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli va aniq zarba berdi. Lyuks to‘pni egalladi |
| 72' | ![]() |
"Depor" o‘ng qanotdan hujumga o‘tdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Peres darvoza tomon tepishga harakat qildi. Pepe xavfni bartaraf etdi |
| 70' | ![]() |
Arribas sariq kartochka oldi |
| 69' | ![]() |
Lukas Peres yana bir marta yakkama-yakka vaziyatga chiqarildi. Pepe va Varan "podkat" orqali xavfni bartaraf etishdi |
| 65' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Xames tushdi |
| 63' | ![]() |
GOOOOL! Garet Beyl, 4:0! Xet-trik! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Beyl bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 61' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 60' | ![]() |
Ochiq o‘yin bo‘lmoqda. Mehmonlar gol urish o‘z omadlarini "Madrid" darvozasi tomonlardan qidirishmoqda |
| 55' | ![]() |
"Deportivo" maydon markazida mezbonlardan to‘pni olib qo‘yishdi va 4ga 3 holatda oldinga o‘tishdi. Bor-yo‘g‘i burchak to‘pi |
| 52' | ![]() |
Mezbonlar o‘z vaqtida uchinchi golni urib olishdi. Aks holda "Depor" ketma-ket hujum qilayotganidi. Mehmonlar bitta javob to‘pini urishsa, keyin "Real"ga qiyin bo‘lardi |
| 49' | ![]() |
GOOOOL! Garet Beyl, 3:0! Ronaldu o‘ng qanotdan yerlatib berilgan uzatmani Beyl unchalik kuchli bo‘lmagan, ammo aniq zarba bilan darvoza burchagiga joyladi! |
| 48' | ![]() |
Navas tepib yuborgan to‘pni maydon markaziga yaqin joyda mehmonlar egallab olishdi va tezda hujum tashkil qilishdi. Peres birga bir vaziyatga chiqarildi. Pepe xavfni bartaraf etdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
Har ikkala jamoada o‘zgarish bo‘ldi. "Real"da Ramos o‘rniga Rafael Varan tushdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Deportivo" - 2:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
"Leportivo"ning burchak to‘pi taxlikali bo‘ldi. Navas to‘pga yeta olmadi va u hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 42' | ![]() |
Vuuuh! Ronaldu chap tomondan jarima maydonchasi kirdi va zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 41' | ![]() |
Luis Alberto olis yuqori burchak tomon zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 41' | ![]() |
Beylning olis masofadan berilgan uzatmasidan keyin to‘p Benzemaga aniq bordi. Karim to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi. Lyuks to‘pni egalladi |
| 39' | ![]() |
Vuuuuuuh! Beylning uzatmasidan keyin Ronaldu birga bir vaziyatga chiqdi va bosh bilan zarba berdi! To‘p ustunga tegib qaytdi!!! |
| 38' | ![]() |
Lukas Peres bir daqiqa ichida ikki marta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p ikkala safar ikkita ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 36' | ![]() |
Vuh! Isko chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida darvozabonning ustidan oshirib zarba berdi. Lyuks to‘pni orqa tomonga urib yubordi va ikkinchi urinishdi uni egallab oldi |
| 34' | ![]() |
Vuuuuh! Marselo bir himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi va sheriklariga uzatma berayotganida to‘p boshqa himoyachidan o‘tmay qoldi |
| 33' | ![]() |
Ronaldu o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga to‘pni yetkazdi. Darvozabon to‘pni egalladi |
| 30' | ![]() |
Vuuuuh! Maydon markazidan yetkazilgan uzatmadan so‘ng Lukas Peres birga bir vaziyatga chiqdi va sakrab turgan to‘pga zarba berdi. Zarba noaniq chiqdi |
| 29' | ![]() |
Mehmonlar ijrosidagi navbatdagi burchak to‘pi juda muvaffaqiyatsiz bo‘ldi |
| 27' | ![]() |
"Depor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz |
| 24' | ![]() |
Vuuuuh! Ronaldu jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni qabul qildi va bir himoyachidan o‘tib, olis burchak tomon zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 24' | ![]() |
Kartabiya jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli va aniq zarba berdi. Navas to‘pni qabul qildi |
| 22' | ![]() |
GOOOOOL! Garet Beyl, 2:0! Karvaxal o‘ngdan yetkazgan to‘pni bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 22' | ![]() |
Isko chap qanotdan darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. Marselo chap oyoqda zarba berdi, noaniq |
| 21' | ![]() |
"Depor" futbolchisi o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasi oldiga uzatma berdi. Lukas Peres to‘pga sakradi, ammo biroz yeta olmadi |
| 19' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Benzema qo‘li bilan himoyachining ustiga chiqib zarba berishga harakat qildi va qoidani buzdi |
| 15' | ![]() |
GOOOOL! Karim Benzema, 1:0! "Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va himoyachi qaytargan to‘pni Ramos 13 metrlardan darvoza tomon tepdi. Zarba unchalik kuchli chiqmadi, ammo darvoza yaqinida teskari turgan Karim to‘pni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi! |
| 13' | ![]() |
Vuh! Marselo chap tomondan darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. To‘p Benzemaning boshidan maydonni tark etdi |
| 11' | ![]() |
Vuuuuuuh! Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi va takroriy hujum paytida Lukas Peresni birga bir vaziyatga chiqarishdi. Uning zarbasini Navas oyog‘i bilan qaytardi! |
| 9' | ![]() |
Burchak to‘pini egallab olgan "Depor" futbolchilari ko‘pchilik bo‘lib qarshi hujumga o‘tishdi. Ammo imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 8' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasining chap burchagidan chap oyoqda yaqin burchakka zarba berdi. To‘pni Lyuks maydon tashqarisiga urib yubordi |
| 8' | ![]() |
To‘pni ko‘proq mehmonlar nazorat qilishmoqda. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani chap tomonda jarima maydonchasi ichida Fajr qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Navas zarbani qaytardi |
| 4' | ![]() |
Modrich maydon markazidan Ronaldu tomon uzatma berdi. Germani Lyuks to‘pni egallab oldi |
| 3' | ![]() |
Beylning navbatdagi uzatmasidan keyin ham to‘pni himoyachilar egallashdi |
| 2' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Beyl o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Isko va Ronaldu to‘pga yeta olishmadi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 2' | "Real" oq, "Depor" ko‘k-oq yo‘l-yo‘l formada o‘ynamoqda | |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislari! "Real" va "Deportivo" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|