| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
FIFA «Oltin to‘p» marosimi
| 11 yanvar, soat 21:00 | ||
NOMZOD MURABBIYLAR |
: |
NOMZOD FUTBOLCHILAR |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Xosep Gvardiola Xorxe Sampaolo Luis Enrike |
Lionel Messi Krishtianu Ronaldu Neymar |
|
Matn
| ' | Marosim nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat! | |
| 23.52' | ![]() |
DIQQAT! "OLTIN TO‘P"-2015 EGASI — LIONEL MESSI!!! LEO - besh karra "Oltin to‘p" sohibi! |
| 23.48' | ![]() |
Diqqat, marosimning eng kulminasion nuqtasiga yetib keldi. Xo‘sh, 2015 yilgi "Oltin to‘p" kimga topshiriladi? |
| 23.45' | ![]() |
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi — Karli Lloyd (AQSh) |
| 23.40' | ![]() |
Ferens Pushkash nomidagi yilning eng chiroyli goli muallifi — Uendell Lira |
| 22.20' | ![]() |
FIFAning "Fair Play" sovrini ganalik sobiq futbolchi Jerald Asamoaga topshirildi. Hozirda u "Shalke-04" klubida murabbiylik qilmoqda. |
| 23.08' | ![]() |
Luis Enrike — yilning eng yaxshi murabbiyi! "Barselona" ustozi negadir ushbu marosimga kelmadi. Uning o‘rniga sovrinni "Barselona" vakili qabul qilib oldi |
| 23.05' | ![]() |
AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi — Ellis yilning eng yaxshi ayollar futboli murabbiyi deb topildi. Ushbu nominasiyaga g‘oliblikka Sampson (Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi) va Sasaki (Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi) da’vogarlik qilishgandi. |
| 23.00' | ![]() |
"Oltin to‘p"ga da’vogar bo‘lgan 3 nafar ayol va 3 erkak futbolchining har biriga alohida to‘xtalib, ular haqida ma’lumotlar berilmoqda, futbol olami shaxslarining ular haqidagi fikrlarini tinglanmoqda. |
| 22.55' | ![]() |
Navbat jahonning eng yaxshi ayol futbolchisi sovriniga keldi. Kim - Lloyd, Miyama yoki Sashich? |
| 22.45' | ![]() |
Yilning ramziy terma jamoasi e’lon qilinmoqda. Ularga esdalik sovg‘asini Samuel Eto'O topshirmoqda. Darvozabon — Manuel Noyer (Bavariya). Himoyachilar — Tiagu Silva (PSJ), Marselo (Real), Ramos (Real), Dani Alves (Barselona); Yarim himoyachilar — Andres Inyesta (Barselona), Luka Modrich (Real), Pol Pogba (Yuventus); Hujumchilar - Neymar (Barselona), Lionel Messi (Barselona), Ronaldu (Real) |
| 22,43' | ![]() |
Pushkash nomidagi sovrin — yilning eng chiroyli goliga da’vogarlar eslatib o‘tilmoqda |
| 21.35' | ![]() |
Tadbir boshlovchilar sahnaga chiqib kelishdi hamda "Oltin to‘p"ga nomzodlar Ronaldu, Messi, Neymar va Karli Lloyd, Aya Miyami, Seliya Shashichni maydonga taklif iilishdi |
| 21.30' | ![]() |
Diqqat, marosimning asosiy qismi boshlanmoqda. Tadbirda musiqa asboblari ustalari ochib berishmoqda. Ular biribir Abduhoshim akaga yetishmaydi:) |
| 21.24' | Marosimning rasmiy qismi boshlanishiga oz vaqt qoldi. Deyarli barcha zalga yetib kelib bo‘ldi | |
| 22.00' | ![]() |
Ronaldu, Messi va Neymar yetib kelishdi va ular qizil gilam uzra kirib kelishmoqda |
| 21.55' | ![]() |
Marosim boshlanishiga 35 daqiqa qoldi. Futbol yulduzlarining tashrifi davom etmoqda. Kaka, Modrich, Marselo va boshqalar |
| 21.50' | ![]() |
Neymar: «Kuchli uchlikka kirishi haqida. Ushbu marosimda ikki ajoyib futbolchi bilan yonma-yon qatnashayotganimdan xursandman. Kelasi yillarda bu yerga yana kelama deb umid qilaman. Umid qilaman, jamoam yana sovrinlarni qo‘lga kiritadi va men yana bu marosimga tashrif buyuraman. O‘z o‘yinim va gollarimdan qoniqish hosil qildim. Jamoadoshlarim — Messi va boshqalarga minnatdorchilik bildirishim lozim". "Messi va Ronaldu haqida. O‘ylaymanki, barchamiz o‘z oldimizga maqsad qo‘yamiz va unga erishish uchun harakat qilamiz. Barchamiz kuchli uchlikka kirishga munosib edik. Messi va Ronalduning bittadan oyoqlari menda bo‘lishini xohlardim". "Messi haqida. Men undan nafaqat maydonda, balki maydondan tashqarisida ham hayratlanaman. Messi men uchun kumir. U "Oltin to‘p"ga 9 marta nomzod bo‘lgan. U men uchun namuna. Uningdek bo‘lishga harakat qilaman. Umid qilaman, uning izidan bora olaman". |
| 21.40' | ![]() |
Lionel Messi: «Krishtianu Ronaldu aytganidek, bu yerga kelish — maroqli, bu juda yaxshi. Men bu yerga marosimdan maroqlanish uchun keldim. Sovrinni qo‘lga kiritamanmi yoki yo‘qmi — buning ahamiyati yo‘q. Yildan yilga yaxshiroq o‘ynashga harakat qilyapman. Baxtimga, o‘tgan yilda men deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Yil ajoyib o‘tdi. Yilimiz g‘alabalar va quvonchlarga to‘la bo‘ldi. Ularning birini ikkinchisidan ajratish qiyin. — Beshta «Oltin to‘p» yoki jahon chempionati? — Juda qiyin savol. Nazarimda, jahon chempionligi — oliy sovrin. — Neymar mening izdoshim deb o‘uylamayman. Uning mustaqil o‘zi ajoyib futbolchi. U o‘sishda va rivojlanishda davom etmoqda. Unda kerakli bo‘lgan barcha narsa bor. Bundan tashqari, u ajoyib futbol, Neymar yaxshi inson. Men hech kimga hasad qilmayman. Bu yaxshi so‘z emas. Men bu men, Ronaldu bu Ronaldu. Krishtianu ko‘p futbolchilar orzu qilishi mumkin bo‘lgan anchagina xislatlarga ega», – deydi Messi. |
| 21.30' | ![]() |
Ronaldu: «Men Messining faqat chap oyog‘iga havas qilishim mumkin. Uning chap oyog‘i menikini nisbatan yaxshiroq. "Oltin to‘p" uchun Leoning imkoniyatni yuqoriroq. Messi yoki Neymarning g‘alabasi men uchun kutilmagan hol bo‘lmasdi. Menga ovoz berishgani uchun men bu marosimga keldim». |
| 21.28' | ![]() |
Marosimdan avval "Oltin to‘p"ga nomzod futbolchilarning har bir sovrin qo‘lidagi raqiblari va mukofot kimga nasib qilishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. |
| 21.22' | ![]() |
Marosim yaqinlashgan sari internet va ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p yangrayotgan savollardan biri - Lionel Messi tadbirga qanday kastyum-shimda tashrif buyuradi? Ma’lumotlarga qaraganda, Leo Dolce & Gabbana kompaniyasiga kastyum-shim buyurtma bergan |
| 21.12' | FIFA prezidenti vazifasini vaqtinchalik bajarayotgan Issa Xayatu ham o‘z turmush o‘rtog‘i bilan marosimga yetib keldi. Shuningdek, futbol olamining ko‘plab shaxslari birin-ketin kirib kelishmoqda. | |
| 21.09' | Klarens Zeedorf marosim o‘tadigan saroy oldida to‘plangan muxlislarga dastxat tarqatmoqda, suratga tushmioqda. | |
| 21.00' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! FIFAning "Oltin to‘p"ni topshirish marosimidan matnli translyasiyaga xush kelibsiz. Marosimning o‘zi rasman 22:30da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Hozir esa mehmonlar asta-sekin Syurix shahridagi marosim o‘tkaziladigan zalga yetib kelishmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|