| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati
| «S» guruhi, 1-tur, 13 yanvar, soat 21:30. Bosh hakam: Ahmad al-Kaf (Ummon) | ||
O‘ZBEKISTONDoston Hamdamov (1)
Temur Hakimov (79) |
2 : 3 |
IROQAmjad Atvon (37)
Mahdi Komil (42) Humam Tariq (83) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Abdumavlon Abdujalilov 2.Akrom Komilov 3.Sardor Rahmonov 7.Vladimir Kozak 8.Javohir Sohibov 10.Jamshid Iskanderov 11.Igor Sergeev 14.Javlon Mirabdullayev 17.Doston Hamdamov 19.Otabek Shukurov 23.Eldor Shomurodov |
1.Fahad Tolib Rahim 3.Hamza Adnan Lafluf 4.Mustafo Nozim ash-Shabboniy. 5.Ali Fayz Otiya 8.Muhannad Abdurrahim Karror 9.Mahdi Komil Shiltog‘ 10.Ali Husni Faysal 11.Hamam Toriq Faraj 15.Safo Jabbor Farhon 19.Amjad Atvon Kozim 21.Ali Qosim Hamid |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Asilbek Omonov 5.Dostonbek Tursunov 6.Maksimilian Fomin 9.Jaloliddin Masharipov 13.Husniddin G‘ofurov 15.Jasurbek Hakimov 16.Ikromjon Aliboyev 18.Abdulloh Olimov 20.Muhsinjon Ubaydullayev 21.Javohir Ilyosov 22.Temur Hakimov |
2.Saud Notiq Najiy 6.Soif Salmon Hoshim 7.Amjad Volid Hussayn 12.Mustafo Sa’dun Hantush 13.Bashar Rason Bunyon 14.Mozin Fayyoz Ajiyl 16.Muhammad Ma’n Mahmud 17.A’lo Ali Mhaviy 18.Ayman Hussayn 20.Karror Ibrohim Shokir 22.Bosim Ali Hassun 23.Ahmad Muhammad Hussayn |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! XAYR, RIO-2016! |
| 90+5' | ![]() |
Yaxshi qarshi hujumda imkoniyat bo‘lgandi. Foydalana olmadik |
| 90+2' | ![]() |
Ehhhhh, ahmoq hakam! Chap qanotdan jarima zarbasini tepdi. Himoyachi va djarvozabon o‘zaro to‘qnashib ketishdi va arbitr o‘yinni to‘xtatdi!!! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi. |
| 89' | ![]() |
So‘nggi shturmni uyushtiryapmiz. Iroq jon-jahdi bilan himoyalanyapti |
| 87' | ![]() |
Iroqda o‘zgarish: Mahdi Komil o‘rniga Suad Notiq tushdi. |
| 85' | ![]() |
Vuuuuh! Shomurodov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va juda ham o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p darvozabonning boshiga tegib, to‘singa tegib, maydonga qaytdi!!!! |
| 83' | ![]() |
GOOL! Iya???? 1000 foiz ofsaydda turgan Humam Tariq to‘pni egalladi, unga hech kim qarshilik ko‘rmatidi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 79' | ![]() |
GOOOOOOL! Temur Hakimov, 2:2! Masharipov chap qanotda bir himoyachini aldadi va darvozabon maydonchasi tashqarisiga havodan uzatma berdi. Sergeev bosh bilan to‘pga yeta olmadi. "Oq-tepa" futbolchisi esa bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 77' | ![]() |
O‘zbekistonda so‘nggi o‘zgarish: Doston Hamdamov o‘rniga Temur Hakimov tushdi. |
| 76' | ![]() |
Iroqda o‘zgarish: Ali Husniy o‘rniga Mozin Fayoz tushirildi. |
| 75' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Sardor Rahmonov o‘rniga Ikrom Aliboyev tushirildi |
| 74' | ![]() |
Burchak to‘pidan naf chiqara olmadik. Iroq futbolchisi esa zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Darvozabonimiz zarbani qaytardi |
| 72' | ![]() |
Himoyamizda palapartishliklar... |
| 70' | ![]() |
Iroqning xavfli qarshi hujumini bir amallab bartaraf etdik. Ali Husniyning zarbasini Rahmonov qaytardi |
| 68' | ![]() |
Vakillarimizning ikkinchi bo‘limdagi xavfliroq hujumi. Hamdamov jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqda ochilgan Masharipovga pas berdi. Jaloliddin esa juda noaniq uzatma berdi |
| 66' | ![]() |
Vuuuuh! Shukurov 28 metrlardan belgilangan jarima zarbasini tepdi. Darvozabosh mushti bilan qaytardi. Qaytgan to‘pni Kozak yana darvozaga tepdi. Fahad ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 65' | ![]() |
Iroqda o‘zgarish: Muhannad Abdurrahim o‘rniga Ayman Hussayn tushdi |
| 63' | ![]() |
Masharipovning jarima maydonchasi tomon uzatmasi himoyachilardan o‘tmadi |
| 59' | ![]() |
Iroq jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Abdujalilov mushti bilan to‘pni urib yubordi |
| 58' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limning to‘rtdan bir qismi ortda qoldi, ammo tashabbusni qo‘lga kirita olmayapmiz, yaxshi hujum tashkil qila olmayapmiz |
| 55' | ![]() |
Ali Husniy jarima maydonchasi chap burchagidan zarba yo‘lladi. Xavfli, ammo noaniq |
| 53' | ![]() |
Shukurov maydon markaziga yaqin joydan jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p uchun kurashda Rahmonov fol ishlatdi |
| 49' | ![]() |
Humam Tariq yuqoridan uzatma berdi. Muhannad Abdurrahim to‘p uchun intilgandek bo‘lib yiqildi. Hech narsa yo‘q bu yerda. |
| 48' | ![]() |
Masharipov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachini chalg‘itib zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi va to‘pni Fahad egalladi. |
| 47' | ![]() |
Otabek Shukurov 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘pni Iroq posboni egallab oldi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 46' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Jamshid Iskanderov o‘rniga Jaloliddin Masharipov tushdi. |
| ' | ![]() |
Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida. Futbolchilarimiz Yaratgan madadkor bo‘lsin! |
| 45+1' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shgandi va u yakuniga yetdi. Hozircha O‘zbekiston - Iroq - 1:2 |
| 44' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Mirabdullayev bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 42' | ![]() |
GOOL! Mahdi Komil, 1:2! Iroqliklar burchak to‘pini orqaroqqa yetkazishdi. Yuqoridan 11 metrli nuqta ustiga yetkazilgan to‘pni Mustafo Nozim qaytardi va Mahdi Komil darvozani ishg‘ol qildi! |
| 37' | ![]() |
GOOL! Amjad Atvon, 1:1! Terma jamoamizx jarima zarbasini o‘yinga kiritdi va raqib to‘pni egallab, tezkor qarshi hujumga o‘tib ketdi. Ali Husni chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqqa uzatma berdi. Amjadning zarbasi rekoshet holatida to‘sin ostiga kirib ketdi. Standart paytida Rahmonov va Mirabdullayev raqib jarima maydonchasiga borishgandi. Shartmidi shu?! |
| 35' | ![]() |
Hozircha hisobga qarab qarshi hujumda o‘ynayapmiz. Qarshi hujumda imkoniyatlar bo‘ladi bizda. |
| 33' | ![]() |
Iroqlik futbolchi ofsaydda qoldi |
| 28' | ![]() |
Sardor Rahmonov sariq kartochka oldi |
| 27' | ![]() |
Jarima maydonchamiz ichida Muhannad Javlon bilan yakkama-yakka kurash olib bordi va hakam bizning foydamizga fol qayd etdi |
| 24' | ![]() |
Ehhhhhh, Iskandaroooov! Shomurodov o‘ng tomondan yeralitb uzatma berdi va to‘p jarima maydonchasi ichida yolg‘iz turgan Jamshidga bordi. Iskandarov to‘pni to‘xtatmasdan zarba berishga qaror qildi, ammo zarba noaniq bo‘ldi. To‘pni to‘xtatib olsa ham bo‘lardi! |
| 23' | ![]() |
Iroq hujumlarni asosan qanotlardan tashkil qilmoqda. Muodfaachilarimiz bexato harakat qilishmoqda |
| 21' | ![]() |
Maydon markazidan yetkazilgan jarima to‘pini darvozabon maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Termamiz ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ikkinchisi ancha xavfli bo‘ldi. Shukurov 12 metrlardan zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 19' | ![]() |
Eldor Shomurodov olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi |
| 18' | ![]() |
Vuuuuh! Ali Husni jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Himoyachimizga tekkan to‘p uchun Abdujalilov oldinga chiqdi va uni egallab oldi |
| 16' | Maydonning har bir qarichi uchun keskin kurash kechmoqda | |
| 13' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilagn uzatmani iroqlik hujumchi jarima maydonchamiz ichida ko‘kragi bilan qaytardi va sherigiga uzatma berdi. Ali Husni zarba berdi. Noaniq |
| 11' | ![]() |
Vakillarimiz maydon markazida pressing orqali raqibdan to‘pni olib qo‘yishdi va Shukurov 45 metrlardan zarba berishga qaror qildi. Muvaffaqiyatsiz |
| 10' | ![]() |
Sohibov yuqoridan jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 8' | ![]() |
Chap qanotdagi qoibazuarlik tufayli Iroq jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p Mahdi Komilning boshidan maydonni tark etdi |
| 7' | ![]() |
Yaxshi vaziyat! Futbolchimiz maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va oldinga yurib, Shomurodovni jarima maydonchasi ichiga boshladi. "Bunyodkor" futbolchisi orqaroqqa uzatma berdi, ammo himoyachi to‘pni egallab oldi |
| 5' | ![]() |
Iroqlik futbolchi ikkinchi marta ofsaydda qoldi |
| 3' | ![]() |
Vuuuuh! Iroq burchak to‘yini o‘yinga kiritdi va vakillarimiz uni qaytarishdi. To‘p yana yuqoridan jarima maydonchamizga yetkazildi. Abdumavlon to‘pni qo‘li bilan urib yubordi, ammo to‘p iroqlik futbolchiga kelib tushdi. U yuqorida "parashyut" uslubida zarba berdi. To‘pni Sardor Rahmonov bosh bilan qaytardi! Barakalla! |
| 1' | ![]() |
GOOOOOL! O‘yin boshlandi va 15-soniyada hisobni ochdik! Raqib himoyachilarining xatosidan so‘ng Doston Hamdamov dlarvozani ishg‘ol qildi!!! |
| ' | ![]() |
Bugun bizni durang qanoatlantirmaydi. Boisi, so‘nggi turda biz Yamanni mag‘lub etganimiz bilan Janubiy Koreya-Iroq o‘yinida qanday natija qayd etilishini bilmaymiz. Iroq bugun durang o‘ynasa, so‘nggi turda ularni durang ham qoniqtiradi. Ammo iroqliklar bosh murabbiyi o‘yindan oldin bergan intervyusida O‘zbekistonga qarshi faqat g‘alaba uchun maydon tushishini ta’kidlagan. Demak, bugun biz ochiq o‘yin guvohiga aylanamiz! |
| ' | ![]() |
Babayan jamoasi raqibga nisbatan pressingni yaxshi qo‘llayapti. Natijada raqibning xato qilish imkoniyati ko‘payadi. Eng muhimi o‘zimiz bexato o‘ynashimiz kerak |
| ' | ![]() |
"S" guruhidan o‘rin olgan 2-tur doirasidagi birinchi o‘yin yakunlandi. Janubiy Koreya Yamanni "yomon" qildi — 5:0. Koreyslar chorak finalga chiqish uchun o‘z imkoniyatlarini yana yaxshilab olishdi. Katta ehtimol bilan 2-yo‘llanmasi egasi O‘zbekiston-Iroq o‘yinida aniqlanadi |
| ' | ![]() |
Bugungi o‘yinga boshlang‘ich tarkibni tanlashda Samvel Babayan birinchi uchrashuvga nisbatan ikkita o‘zgarish qildi. Koreya bilan o‘yinda qizil kartochka olgan Boltaboyev o‘rniga Sardor Rahmonov tushadi. Shuningdek, avvalgi bahsda markaziy himoyada o‘ynab, ko‘pchilikning tanqidiga uchragan Maksimilian Fomin o‘rnini "Metallurg" futbolchisi Javlon Mirabdullayev egallaydi. Umid qilamiz, mazkur o‘zgarishlar tufayli terma jamoamiz himoyasida muammo yuzaga kelmaydi |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Rio-2016 yo‘lida bugun Iroqqa qarshi maydonga chiqadi. Barchamiz bugungi o‘yindan g‘alaba kutyapmiz. Bunga shubha yo‘q |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari, terma jamoamizga ishqibozlik qilayotgan vatandoshlar! |
| 0' | Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi. | |
| 0' | Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|