| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 22-tur, 17 yanvar, soat 19:05. Bosh hakam: Mark Klattenburg | ||
LIVERPUL |
0 : 1 |
MANCHESTER YUNAYTEDUeyn Runi (78)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
22.Simon Minyole (D) 04.Kolo Ture 17.Mamadu Sako 02.Nataniel Klayn 23.Emre Jan 07.Jeyms Milner 18.Alberto Moreno 11.Roberto Firmino 14.Jordan Xenderson 20.Adam Lallana 21.Lukas Leyva |
01.David de Xea (D) 36.Matteo Darmian 12.Kris Smolling 17.Deyli Blind 27.Maruan Fellayni 18.Eshli Yang 28.Morgan Shnayderlen 35.Jessi Lingard 21.Ander Errera 09.Entoni Marsial 10.Ueyn Runi |
|
| ZAHIRA | ||
|
52.Denni Uord (D) 19.Stiven Kolker 44.Bred Smit 53.Joao Teysheyra 24.Jo Allen 33.Jordan Ayb 09.Kristian Benteke |
20.Serxio Romero (D) 30.Gilyermo Varela 33.Patrik MakNeyr 43.Kemeron 44.Andreas Pereyra 07.Memfis Depay 08.Xuan Mata |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
Ikkinich bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi. Qo‘shimcha daqiqalarda mezbonlar hujumda o‘tkazishdi, ammo imkoniyatdan foydalana olishmadi. Uchrashuv tugadi. "MYu" muhim o‘yinda "Liverpul" maydonidan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi! |
| 89' | ![]() |
"Liverpul" yaxshi hujum tashkil qildi. Berilgan zarbaga ozgina kuch yetishmadi. Darvozabon maydonchasida turgan Firmino esa to‘pga va u ofsaydda edi |
| 87' | ![]() |
Mezbonlar gol o‘tkazib yuborishganidan keyin tartibli himoyalanayotgan "MYu" mudofaasini yorib o‘ta olishmayapti |
| 78' | ![]() |
GOOOOOL! Ueyn Runi, 0:1! Jarimadan yetkazilgan to‘p uchun kurashda Fellayni ustun keldi va to‘pni egallagan Runi darvozani ishg‘ol qildi! |
| 73' | ![]() |
Milnerning uzatmasini Mamadu Sako bosh bilan darvoza tomon burishga urindi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 72' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Errera o‘rniga Memfis Depay tushdi |
| 69' | ![]() |
Vuuuuuh! Emre Jan to‘pni yerga tushirmasdan jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. "To‘qqizlik"ka kirayotgan to‘pni De Xea mahorat bilan qaytardi!!! |
| 65' | ![]() |
Smolling sariq kartochka oldi. |
| 63' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Firmino qanotdan ikki futbolchini aldab o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Xenderson to‘pga oyoq qo‘ydi. To‘pni De Xea egallab oldi! |
| 58' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Runi tomonidan yo‘llangan muvaffaqiyatsiz zarba natijasi Marsial to‘pni jarima maydonchasi ichida egalladi va biroz oldinga yurib zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 55' | ![]() |
Mezbonlar ikkinchi bo‘limda katta ustunlikka ega bo‘lishmoqda. Mankunianliklar faqat himoyalanishmoqda |
| 51' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Emre Jan Smollingni aldab o‘tib, yaqin burchakka zarba yo‘lladi. De Xea jamoasini qutqardi!!! |
| 47' | ![]() |
Milner burchak to‘yini o‘yinga kiritdi. Fellayni bosh bilan qaytardi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus. |
| 45+1' | ![]() |
Marsial chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
Eshli Yang jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Kemeron Botvig-Jekson tushdi |
| 39' | ![]() |
"Liverpul" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Firmino o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo yiqilib tushdi. Penalti yo‘q |
| 37' | ![]() |
Mezbonlar "MYu" jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni himoyachilardan olib qo‘yishdi. Lallana jarima maydonchasiga uzatma berayotganida, to‘p himoyachilardan o‘tmadi |
| 34' | ![]() |
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 30' | ![]() |
VUUUUH! "Liverpul" "Barsa" uslubida hujum tashkil qilib, jarima maydonchasiga kirdi. Xenderson o‘tkir burchak ostida na aniq zarba berdi, na Janga aniq uzatma berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 28' | ![]() |
Moreno jarima maydonchasi ichida turgan Xendersonni to‘p bilan ta’minladi. Jordan yo‘llagan zarba himoyachining oyog‘iga tegib tezligini yo‘qotdi va uni De Xea egallab oldi. |
| 25' | ![]() |
Darmian chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himioyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 21' | ![]() |
Emre Jan o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘p maydonni tark etdi |
| 17' | ![]() |
Xenderson olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi |
| 12' | ![]() |
Yana bir imkoniyat! Firmino maydon markazidan uzatma berib, o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Milnerni to‘p bilan ta’minladi. Jeymsning o‘tkir burchak ostidan bergan zarbasi aniq chiqmadi |
| 10' | ![]() |
Vuuuuuh! "Liverpul" hisobni ochishi mumkin edi, biroz omad yetishmadi. Maydon markazidan yetkazilgan uzatma natijasida Lallana shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldida birga bir vaziyatda bosh bilan zarba berdi. De Xea to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Adam sherigiga yetkazdi. Firminoning zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 6' | ![]() |
Hozircha tomonlar ancha jhtiyotkor o‘yin namoyish qilishmoqda |
| 3' | ![]() |
"Liverpul" qizil, "MYu" oq rangli formada o‘ynamoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! APLning 22-turi doirasida "Liverpul" o‘z maydonida "MYu"ni qabul qilmoqdayu Matnli translyasiyamizni boshlaymiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|