| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 20-tur, 17 yanvar, soat 20:00. Bosh hakam: Alberto Undiano Malyenko | ||
REAL MADRIDGaret Beyl (7)
Krishtianu Ronaldu (9, 18) Karim Benzema (12, 41) |
5 : 1 |
SPORTING XIXONIsmoil Lopes (62)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 03.Pepe 12.Marselo 15.Daniel Karvaxal 02.Rafayel Varan 19.Luka Modrich 08.Toni Kroos 11.Garet Beyl 22.Isko 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
01.Ivan Kuelyar (D) 03.Aleks Menendes 09.Migel Guerrero 02.Luis Ernandez 28.Xorxe Mere 18.Ismael Lopez 06.Serxio Alvares 11.Alberto Lora 10.Nacho Kases 23.Joni 25.Alen Xalilovich |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi va u yakuniga yetdi. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozondi. |
| 90' | ![]() |
"Sporting" yaxshi hujum tashkil qildi, ammo imkoniyatdan foydalana olmadi |
| 86' | ![]() |
Xese jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasi oldidan zarba berdi. Kuelyar to‘pni egalladik |
| 84' | ![]() |
Xese o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldida turgan Ronaldu tomon pas berdi. To‘p Krishtianugacha yetib kelmadi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 81' | ![]() |
Ronaldu o‘ng tomondane jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqqa uzatma berdi. To‘pni himoyachi egallab oldi |
| 76' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Kuelyar to‘pni egallladi |
| 69' | ![]() |
Xixonliklarda yana bir imkoniyat! Chap qanotdan havodan yetkazilgan to‘p jarima maydonchasi ichida turgan Lopesga keldi, ammo to‘p uning oyog‘iga tegib, darvozabonga bordi. Texnik xato. |
| 67' | ![]() |
Vuuuuh! "Sporting" raqib darvozasiga yana bir marta gol urishi mumkin edi! Dani Ndi Karvaxalni aldab jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 65' | ![]() |
Benzema jarohat oldi shekiilli, u maydonni tark etdi. Mateo Kovachich o‘yinni davom ettiradi. |
| 62' | ![]() |
GOOOOL! Ismoil Lopes, 5:1! Nacho Kases chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va qarama-qarshi tomonga uzatma berdi. Lopes darvoza burchagiga to‘pni joyladi! |
| 60' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Xames Rodriges tushdi |
| 59' | ![]() |
Joni jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 58' | ![]() |
Modrich sariq kartochka oldi |
| 57' | ![]() |
Xese jarima maydonchasida ochilayotgan Benzemaga uzatma berdi. Ammo uzatma biroz tezroq bo‘lib ketdi va uni darvozabon egallab oldi |
| 54' | ![]() |
Vuuuh! Benzema jarima maydonchasiga kirar-kirmas Ronalduni pas orqali birga bir vaziyatga chiqardi. Krishtianu darvoza tomon aniq zarba bera olmadi! |
| 52' | ![]() |
Ronaldu xunuk ish qildi. O‘zining yo‘liga korpus qo‘ygan futbolchining ortidan ochiqchasiga tepdi. Hakam bu vaziyatni ko‘rmay qoldi |
| 49' | ![]() |
"Xixon" futbolchisi Migel Gerrero ogohlantirish oldi |
| 46' | ![]() |
Jamoalarda o‘zgarish bo‘ldi: "Real"da Beyl o‘rniga Xese, "Sporting"da Xalilovich o‘rniga Indi tushdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Sporting" - 5:0! Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Beyl jarohat olib maydonni tark etdi. Hozircha uning o‘rniga yangi futbolchi tushmadi |
| 41' | ![]() |
GOOOOOL! Karim Benzema, 5:0! Iskoning ajoyib uzatmasidan keyin Karim birga bir vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 38' | ![]() |
Xalilovich Marselo va Varanni aldab o‘tib jarima maydonchasiga kirdi va yiqildi. PEnalti yo‘q. "Real" esa ikkita xavfli hujum tashkil qildi. Xavf bartaraf etildi |
| 36' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasiga kirib, darvozabonni aldab o‘tdi va zarba berdi. Zarbani himoyachini qaytardi. Biroq portugaliyalik yulduz ofsaydda qolgan ekan |
| 33' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Keylor Navas egallab oldi |
| 29' | ![]() |
Beyl jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi |
| 24' | ![]() |
Har ikkala jamoa bir martadan ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi! Ronaldu to‘pni Benzemaga qoldirdi va Karimning 6-7 metrdan zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. "Real"ni esa Navas qutqardi |
| 18' | ![]() |
GOOOL! Krishtianu Ronaldu, 4:0! Isko Beylga, Garet esa o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatmasi berdi. Ronaldu 6 metrdan to‘pni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi! |
| 12' | ![]() |
GOOOOOOOL! Karim Benzema, 3:0! Chiroyli gol! Beylning o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmasini Karim akrobaktik uslubida darvozaga joyladi! |
| 9' | ![]() |
GOOOL! Krishtianu Ronaldu, 2:0! Benzemaning uzatmasidan keyin Ronaldu 15 metrlardan chap oyoqda kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. |
| 7' | ![]() |
GOOOL! Garet Beyl, 1:0! Toni Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va uelslik futbolchi bosh bilan hisobni ochdi! Darvozabon to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. |
| 6' | ![]() |
Modrichning uzatmasidan keyin Karvaxal oldinga o‘tdi va darvozabon maydonchasidagi Benzema tomon uzatma berdi. Himoyachi so‘nggi pallada to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 5' | ![]() |
Xixon futbolchisi o‘ng qanotdan oldingi o‘tdi, ammo jarima maydonchasiga yorib kira olmadi |
| 5' | ![]() |
Karvaxal tomonidan yaqin ustunga yetkazilgan uzatmani posbon egallab oldi |
| 4' | ![]() |
"Qirollik klubi" o‘yin boshidan to‘p nazoratini o‘z qo‘liga oldi |
| 2' | ![]() |
Modrich jarima maydonchasigna uzatma berdi. Benzema to‘pni ofsayd holatda qabul qildi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | ![]() |
Bu Zidanning "Real" boshqaruvidagi ikkinchi o‘yini. Avvalgi turda madridliklar "Deportivo"ni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etishdi. Benitesning ilk o‘yini esa aynan "Sporting Xixon"ga qarshi to‘g‘ri kelgandi. O‘sha o‘yinda hisob ochilmagandi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Qadrli La liga muxlislari. "Real" va "Sporting" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli translyasiyamizni boshlaymiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|