| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 20-tur, 18 yanvar, soat 00:30. Bosh hakam: Mateo Laos | ||
BARSELONALionel Messi (7-penalti)
Neymar (31) Luis Suares (47, 69, 82) Ivan Rakitich (62) |
6 : 0 |
ATLETIK BILBAO |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 04.Ivan Rakitich 22.Aleyks Vidal 05.Serxio Buskets 08.Andres Inyesta 14.Xavyer Maskerano 11.Neymar 10.Lionel Messi 09.Luis Suares |
01.Xorka Iraisos (D) 16.Xabyer Etkseyta 02.Eneko Boveda 24.Mikel Balensiaga 06.Mikel San-Xose 04.Emerik Laport 10.Oskar de Markos 07.Benyat Echebarriya 05.Xavyer Eraso 19.Iker Muniain 15.Inaki Uilyams |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 15.Mark Bartra 23.Tomas Vermalen 06.Dani Alves 20.Serxi Roberto 07.Arda Turon 17.Munir el-Haddodiy |
13.Yago Errerin (D) 27.Sabin 23.Ager Aketxe 18.Karlos Gurpegi 08.Ander Iturraspe 17.Mikel Riko 30.Inigo Lekuye |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat! |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Atletik" - 6:0. Albatta, bilbaoliklar 4-daqiqadayoq maydonda 10 kishi bo‘lib qolgani o‘yinga ta’sir qildi. Ular "Barsa"ga deyarli qarshilik ko‘rsata olishmadi |
| 90' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
"Atletik" futbolchisi jarima zarbasini to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. Bravo to‘pni egalladi |
| 87' | ![]() |
Pike sariq kartochka oldi. U "Malaga"na qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi |
| 87' | ![]() |
Vidal o‘ng qanotdan uzatma berdi. Neymarning boshi to‘pga yetmay qoldi |
| 85' | ![]() |
Eraso ogohlantirish oldi |
| 84' | ![]() |
Iker Munian deyarli birga bir vaziyatdan foydalana olmadi! Bravo to‘pni urib yubordi! |
| 82' | ![]() |
GOOOL! Luis Suares, 6:0! Buskest o‘ng qanotdan uzatma berdi va urugvaylik futbolchi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 81' | ![]() |
Neymar birga bir vaziyatdan foydalana olmadi! |
| 79' | ![]() |
Neymar jarima zarbasini tepdi. Darvozagacha 22 metrlardan. To‘p ustidan o‘tib ketdi |
| 77' | ![]() |
Inyestaning zarbasini Errerin qaytardi |
| 76' | ![]() |
Videl Suares bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqqa uzatma berdi. To‘pni himoyachilar egallashdi |
| 73' | ![]() |
Jarimadan yo‘llangan zarba jonli devorga tegib qaytdi. De Markos yo‘llagan zarba esa ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 72' | ![]() |
Mehmonlar jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritishdi |
| 70' | ![]() |
"Atletik" hujumchisi Oskar de Markos ogohlantirish oldi |
| 70' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Jarohat olgan Jordi Alba o‘rniga Mark Bartra tushirildi |
| 69' | ![]() |
GOOOL! Luis Suares, 5:0! Arda Turonning uzatmasidan keyin Suares to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 68' | ![]() |
To‘p nazorati to‘lig‘icha kataloniyaliklar tomonida |
| 63' | ![]() |
"Barselona"da ikkinich o‘zgarish: Ivan Rakitich o‘rniga Serji Roberto tushdi |
| 62' | ![]() |
GOOOOL! Ivan Rakitich, 4:0! Neymar maydon markazida bir futbolchidan o‘tdi, jarima maydonchasi ichida ikkinchisidan o‘tdi va darvozabon maydonchasidagi Rakitichga uzatma berdi. Ivanning zarbasidan so‘ng to‘p darvozabonning oyoqlari orasidan o‘tib ketdi... |
| 61' | ![]() |
Ehhhhhh, Erasoooo! Qarshi hujumda "Atletik" futbolchisi o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va uzatma berdi. Eraso to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi, bir himoyachini aldab o‘tdi va birga bir vaziyatda zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi! |
| 55' | ![]() |
Suares bir himoyachini aldab darvozabon maydonchasiga uzatma berdi, ammo himoyachilar to‘pni tepib yuborishdi |
| 53' | ![]() |
Neymar bir o‘zi barchani aldab raqib jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi, ammo mehmonlar to‘pni olib qo‘yishdi va qarshi hujumga o‘tishdi. Uilyams jamoadoshini birga bir vaziyatga chiqarishga urindi, ammo Alba to‘pni qaytarib qoldi |
| 51' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi |
| 51' | ![]() |
Xavyer Maskerano sariq kartochka oldi. Basklar jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasini tepishadi |
| 47' | ![]() |
GOOOL! Luis Suares, 3:0! Neymar va Suares ikkisi kombinasiya tashkil qilishdi va urugvaylik futbolchi birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 46' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish bo‘ldi: Lionel Messi o‘rniga Arda Turon tushdi |
| 45+2' | ![]() |
Mateo Laos hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi. Hozircha "Barselona" - "Atletik" 2:0. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
"Atletik" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
O‘ng qanotdan Vidal Rakitichni jarima maydonchasiga boshladi. Uning uzatmasidan keyin himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 43' | ![]() |
Inyestaning uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachini oson aldab o‘tdi, ammo ikkinchisi to‘pni tepib yubordi |
| 41' | ![]() |
Vuuuuuh! Messi jarima zarbasini jonli devorni aylantirib olis burchak tomon tepdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 38' | ![]() |
Kombinasiyalardan keyin Suares jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Noaniq |
| 35' | ![]() |
Vuuuuuh! "Barselona" dastlab Messi ishtirokida chiroyli kombinasiya tashkil qildi. Himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi. Keyingi hujumda Neymarning uzatmasini Suares o‘tkazib yubordi va Messi 7-8 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 31' | ![]() |
GOOOOL! Neymar, 2:0! "Atletik" qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordi. Suares maydon markazida to‘pni egallab oldinga yurdi va Neymarni to‘p bilan ta’minladi. Braziliyalik hujumchi yumshoq tarzda to‘pni darvozabon ustidan oshirib qo‘ydi |
| 29' | ![]() |
Vuuuuh! Tezkor pressing natijasida mezbonlar raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni olib qo‘yishdi. Aleish Vidal jarima maydonchasiga kira solib kuchli zarba berdi. To‘p shundoqqina darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi! |
| 27' | ![]() |
Rakitichning uzatmasidan keyin darvozabon maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p sakrayotgani uchun zarba aniq chiqmadi |
| 25' | ![]() |
Eraso birga bir vaziyatga chiqarildi, ammo kichik offsayd bor ekan |
| 23' | ![]() |
Ehhh, Rakitich! Qarshi hujumda Neymar chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va yordamga yetib kelgan Rakitich tomon uzatma berdi. Ivan to‘pni yerga tushirmasdan tepdi. Noaniq |
| 21' | ![]() |
Ehhh, Neymar! Vidal o‘ng qanotdan uzatma berganidan himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi. Neymar jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egalladi, chikariga kirdi, bir himoyachini aldadi va birga bir vaziyatda zarba berdi. Errerin to‘pni egallab oldi! |
| 18' | ![]() |
Vuuh! Yana bir kombinasiya natijasida to‘p 11 metrli nuqta ustidagi Neymarga yetkazildi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi |
| 16' | ![]() |
Vuuuh! Oskar de Markos birga bir vaziyatga chiqib bordi. Bravo oldinga chiqdi va zarbani qaytardi. Burchak to‘pi |
| 15' | ![]() |
Mezbonlar yaxshi kombinasiya tashkil qilishdi. Inyestaning uzatmasini Rakitich 11 metrli nuqta ustida qaytarib, orqaroqdagi Suaresga uzatdi. Luisning zarbasi noaniq chiqdi |
| 13' | ![]() |
Neymar chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berayotganida to‘p rekoshet holatida Errerinning qo‘liga bordi |
| 11' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Suares Pikeni birga bir vaziyatga chiqardi, ammo Jerar ofsaydda qolgandi |
| 9' | ![]() |
Vidalning uzatmasidan keyin Messi o‘ng qanotdan oldingi o‘tdi, ammo ikki himoyachi undan to‘pni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishdi |
| 7' | ![]() |
GOOOOL! Lionel Messi, 1:0! Errerin zarba yo‘nalishini topdi, ammo to‘pni qaytara olmadi |
| 6' | ![]() |
Tabiiyki, zaxiradan boshqa darvozabon tushadi. Yago Errerin hujumchi Inaki Uilyams tushirildi |
| 4' | ![]() |
Penalti o‘z yo‘liga, ammo darvozabon Xorka Iraisos maydondan chetlatildi. Shu narsa kerakmasmidi... O‘yinda intriga yo‘qolib qoladi shekilli |
| 4' | ![]() |
Ehhh, Suares birga bir vaziyatga chiqib, darvozabonni aldab o‘tayotganida, posbon fol ishlatishga majbur bo‘ldi. Penalti |
| 2' | ![]() |
Vuuuuh! Pike qovun tushirdi! Jerar to‘pni darvozabonga yetkazish chog‘ida hujumchiga topshirib qo‘ydi. Xavyer Eraso qulay vaziyatdan darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi! |
| 1' | ![]() |
"Barselona" tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo sheriklariga aniq uzatma bera olmadi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! Ketdik! |
| ' | ![]() |
"Barsa" vakillari maxsus tayyorlangan banner fonida MMessining oltin to‘pi bilan birga suratga tushshidi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Messining o‘zining beshinchi "Oltin to‘pi"ini "Kamp Nou"ga yig‘ilganlarga namoyish qiladi. |
| ' | ![]() |
Qadrli ishqibozlar, Ispaniya La ligasining 20-turi doirasidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv boshlanish arafasida. "Barselona" o‘z maydonida Bilbaoning "Atletik" klubini qabul qilmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|