Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

21-tur, 23 yanvar, soat 20:00

MALAGA

Xuanpi Anor (32)

1 : 2

BARSELONA

Munir el-Haddodiy (2)
Lionel Messi (51)
JAMOALAR TARKIBI
01.Karlos Kameni (D)
23.Migel Torres
15.Markos Angeleri
03.Veligton
18.Roberto Rosales
28.Yunpi Anor
14.Recio
06.Ignasio Kamacho
20.Duye Chop
09.Sharles
05.Gonsalo Kastro
  13.Klaudio Bravo (D)
23.Tomas Vermalen
21.Adriano
22.Aleyks Vidal
08.Andres Inyesta
05.Serxio Buskets
14.Xavyer Maskerano
07.Arda Turon
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
17.Munir el-Haddodiy
ZAHIRA
13.Gilyermo Ochoa (D)
02.Raul Albentosa
12.Fernando Tissone
17.Duda
10.Rikardo Orta
24.Roke Santa Kruc
31.Pablo Fornals
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
06.Dani Alves
15.Mark Bartra
24.Jeremi MatYE
20.Serxi Roberto
04.Ivan Rakitich
19.Sandro Ramirez

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi va musobaqa jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarildi.
90+4'
Duda sariq kartochka oldi. Messini yiqitgani uchun
90+2'
Vuh, xavfli zarba! "Malaga" futbolchisi jarima maydonchasining chap tomonidan o‘tkri burchak ostida zarba berdi. Bravo ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Vuuuuh! Rakitich yetkazgan burchak to‘pi Messiga keldi. U to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va chap oyoqda zarba berdi. Kameni jamoani qutqardi!
87'
Messi yo‘llagan zarbadan so‘ng to‘p jonli devorga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi. Burchak to‘pi
86'
Pablo Fornals sariq kartochka oldi. Inyestani tortib yiqitdi. Jarima zarbasi
84'
Rakitich o‘ng qanotdan uzatma berdi va Turon to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi. Arda hujumni rivojlantira olmadi. To‘p maydonni tark etdi.
81'
Messi! Olis masofadan berilgan uzatma natijasi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi. Darvozabon oldinga yugurib chiqqani bois Leo aniq zarba bera olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
80'
"Malaga"da o‘zgarish: Duye Chop o‘rniga Roke Santa Krus tushdi.
78'
"Malaga"da yaxshi vaziyat! Serji Roberto uzatmani o‘tkazib yubordi va Rosales jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Bravo to‘pni egallab oldi.
77'
"Barsa" juda xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Messi hujumni chap qanotga ko‘chirdi. Serji Robertoning uzatmasini qabul qilish chog‘ida Arda ofsaydda qoldi
73'
Vuuuh! "Malaga" darvozani ishg‘ol qilishiga bir bahya qoldi! Jarima to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin mezbon futbolchilari ikki marta zarba berishga muvaffaq bo‘lishdi. Har safar Klaudio Bravo to‘pni qaytarib, so‘ngra egallab oldi. Himoyachilar bo‘sh harakat qilishdi.
72'
"Barselona"da o‘zgarish: Jarohat olgan Adriano o‘rniga Serji Roberto tushirildi
71'
Arda Turon sariq kartochka oldi. Turkiyalik futbolchi tik oyoq bilan tashlanmaganini, oyog‘ini tortib qolishga uringanini tushuntirishga urindi
69'
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Arda Turon bosh bilan zarba berganidan so‘ng to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
65'
Lionel Messi sariq kartochka oldi.
62'
Vuuuuh! Messi chiroyli uzatma bilan Suaresni birga bir vaziyatga chiqardi. Luisning oyog‘iga to‘pga biroz yetmay qoldi
56'
"Barselona"da o‘zgarish: Munir Haddodiy o‘rniga Ivan Rakitich tushirildi
54'
Vuuuuuh! "Malaga" hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi. Gonsalo Kastro chap qanotdan darvozabon maydonchasi tomon uzatma/zarba berdi. Bravo to‘pni ushlab ololmadi va "Malaga" futbolchisi darvozaga zarba bera olmadi. Matyo to‘pni tepib yubordi
51'
GOOOOOOL! Lionel Messi, 1:2! Jarima maydonchasi burchagidan yetkazilgan uzatmani Messi 6-7 metrdan akrobatik uslubdagi zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
50'
"Malaga" jarima maydonchasi tashqarisida Suaresga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Messi yo‘llagan zarba himoyachiga tegib qaytdi. Adrainoning zarbasi noaniq bo‘ldi
49'
Kataloniyaliklar ikkinchi bo‘limni katta ustunlik bilan boshlashdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
46'
"Barselona"da o‘zgarish: Vermalen o‘rniga Jeremi Matyo tushdi
45+2'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi va u yakuniga yetdi. Hozircha "Malaga" - "Barselona" - 1:1. Tanaffus
44'
Tomas Vermalen sariq kartochka oldi
44'
Vuuuuh, ehhhh, Messsi! "Malaga" himoyachisi Veligtonning xatosidan keyin Lionel to‘pni egallab oldi va oldinga yurib, Munirga uzatma berdi. Haddodiyning zarbasini Kameni qaytardi. Messi bo‘sh darvozaga to‘pni yo‘lladi, ammo Migel Torres podkat orqali zarbani qaytardi!!!
40'
Yon chiziqdan to‘p "Malaga" jarima maydonchasiga uloqtirib berildi. Suares to‘pni ko‘kragi bilan qabul qilayotganida himoyachi hujumchining ortidan turtdi va Luis yiqildi. Ammo hech narsa yo‘q
39'
E’tibor bergan bo‘lsangiz, matnli translyasiya paytida hali Messini tilga olmadik. U bugun yaxshi o‘ynay olmayapti. Jamoasini ortidan yetaklamayapti
35'
Adriano qanotdagi chiziq oldida "Malaga" futbolchisi Xuanpini itarib yuborishi natijasida futbolchisi chim yo‘q bo‘lgan maydon chetiga uchib tushdi
32'
GOOOOL! Xuanpi, 1:1! Ushbu golni "Barselona" futbolchilari o‘zlariga o‘zlari olib kelishdi. Yana haddan ortiq darvoza oldida uzatmalar natijasida xatoga yo‘l qo‘yildi va Xuanpi Anor birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
29'
"Barselona" himoyachilar o‘z darvozalari atrofida to‘pni posbonga haddan tashqari ko‘p oshirib yuborishdi. Natijada Bravo uzatma berayotganida to‘pni "Malaga" futbolchisiga berib qo‘yishdi. Mezbonlar imkoniyatdan foydalana olishmadi
25'
Sharlez sariq kartochka oldi! Vaholanki, ushbu vaziyatda "Malaga" gol urishi kerak edi! "Barselona" futbolchilari kutilmaganda ketma-ket xatoga yo‘l qo‘yishdi. Dastlab maydon markazida Buskets noaniq uzatma berdi, so‘ngra Vermalen to‘pni tepib yuborish o‘rniga yiqilib tushdi. Mezbonlarning ikki futbolchisi darvozabonga qarshi chiqib borishdi. Maskerano esa yondan yetib kelib, to‘pni tepdi. Sharlez esa yiqildi. Hakam ushbu harakatni simulyasiya sifatida baholab, hujumchini jazoladi
24'
"Barsa" to‘pni nazorat qilmoqda. Bu esa "Malaga" muxlislariga yoqmayapti. Ular hushtakbozlik qilishmoqda. Mehmonlar xavfli vaziyat yarata olishayotgani yo‘q
21'
Kataloniyaliklar to‘pni o‘z nazoratlariga olishdi
16'
Arda Turon burchak to‘pini juda ham muvaffaqiyatsiz o‘yinga kiritdi.
14'
Vuuuuuh! "Malaga" katta ustunlikka ega bo‘lib, ketma-ket hujumlar tashkil qilmoqda. Navbatdagi burchak to‘pidan keyin himoyachilar qaytargan to‘pni mezbon futbolchisi bergan zarbani Bravo qaytardi, to‘p esa ustunga tegib, yon tomonga ketdi!
12'
Yana bir xavfli vaziyat! Yana chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Charlz bosh bilan darvoza tomon burdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
10'
Xavfli vaziyat! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Duye Chop bosh bilan darvoza tomon yo‘lladi. Bravo to‘pni egallab oldi
9'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Darvoza oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Veligton akrobatik zarba berish chog‘ida xavfli harakat qilgani bois o‘yin to‘xtatildi
7'
Mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun oldinga o‘tishmoqda. "Barsa" esa to‘pni o‘z nazoratiga olishga urinmoqda. Hozircha buning uddasidan chiqa olganicha yo‘q
4'
"Malaga" himoyachilari o‘yin startida konsentrasiyani yo‘qotib qo‘yishdi va tezkor gol o‘tkazib yuborishdi
3'
"Barsa" himoyachilari va darvozabon qaltis harakat qilishdi. Bravo to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
2'
GOOOOOL! Munir el-Haddodiy, 0:1! O‘ng qanotdan uzatilgan pasdan so‘ng Suares jarima maydonchasi ichida bir himoyachidan o‘tib ketdi va qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashib, olis ustun tomon uzatma berdi. Haddodiy bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
2'
Bugun kataloniyaliklarga Pike (diskvalifikasiya tufayli), Alba va Neymar (ikkisi - jarohat tufayli) yordam bera olishmaydi. Ular yo‘qligida Vermalen, Adriano va Munir o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishadi
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Barselona" futbolchilari kiritib berishdi.
'
1 daqiqalik sukut saqlash...
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Malaga" oq-havorang yo‘l-yo‘l formada, "Barsa" esa sariq-qizil yo‘l-yo‘l formada harakat qilishadi
'
Assalomu alaykum, qadrli ispan futboli muxlislari! "Malaga" - "Barselona" bahsiga xush kelibsiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.