Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

21-tur, 25 yanvar, soat 00:30. Bosh hakam: Xuan Munuera

BETIS

Sexudo (7)

1 : 1

REAL MADRID

Karim Benzema (71)
JAMOALAR TARKIBI
13.Adan (D)
20.Jerman Pessella
02.Fransisko Molinero
04.Bruno Gonsales
18.Alfred NDiaYE
11.Xuan Vargas
25.Petros
52.Fabian Ruiz
05.Fuyed Kadir
16.Sexudo
24.Ruben Kastro
  01.Keylor Navas (D)
03.Pepe
12.Marselo
02.Rafayel Varan
10.Xames Rodriges
19.Luka Modrich
23.Danilo
22.Isko
08.Toni Kroos
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
ZAHIRA
01.Daniel Ximenes (D)
33.Fransisko Varela
22.Fransisko Portilyo
07.Xoakin
10.Daniel Sebalyos
15.Didye Digar
19.Xorxe Molina
  13.Kiko Kasilya (D)
06.Nacho Fernandes
15.Daniel Karvaxal
18.Lukas Vaskes
14.Kazemiro
16.Mateo Kovachich
20.Xese

Matn

90+4'
O‘yin tugadi. "Betis" "Real"dan 2 ochko tortib olishga muvaffaq bo‘ldi
90+2'
Karvaxalga sariq kartochka. Hakamga e’tiroz bildirgani uchun
90+1'
Vuuuuh! Ruben Kastro "Real"ni kechirdi! Qarshi hujum natijasida u oldinga o‘tdi, Pepe va Varanni aldab, jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
"Real"ning hujumi ham xavfli bo‘ldi. Ronalduning uzatmasiga Karvaxal biroz yeta olmadi. Himoyachi to‘pni egallab oldi
88'
Mezbonlarning hujumi tahlikali bo‘ldi. Xavf bartaraf etildi
87'
Vuuuuh! Modrichning uzatmasidan keyin Xese o‘ng tomondan oldinga o‘tdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Darvoza oldida posbon va Ronaldu kurashida Adan ustun keldi. Himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordilar
85'
Vuuuuh! "Real" qarshi hujumga o‘tdi va Iskoning uzatmasidan keyin Ronaldu to‘pni jarima maydonchasining chap tomonida qabul qildi hamda zarba berdi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi!
82'
Merseloning uzatmasidan keyin Benzema chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomon to‘pni yetkazdi. To‘p maydonni tark etdi
81'
Benzema jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
81'
Karvaxal tomonidan havodan yetkazilgan uzatmani posbon egalladi
80'
"Real"da o‘zgarish: Xames o‘rniga Xese tushdi
79'
VUUUUUH! Benzemaaaaa! Modrichning uzatmasidan keyin Xames bu safar chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasidagi Benzemaga pas berdi. Karimning zarabsi unchalik kuchli chiqmadi va Adan uni qaytardi.
78'
Vuuuuh! Xamesning olis burchak tomon yo‘llagan kuchli zarbasini Adan qaytardi! Seyv!
76'
"Betis"da o‘zgarish: Sexudo o‘rniga Portilyo tushdi
74'
Marselo chap qanotdan uzatma berdi, himoyachi qaytardi
71'
GOOOOOL! Karim Benzema, 1:1! Kroosning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan uzatmasi natijasida Xames birga bir vaziyatda qoldi va u to‘pni Karimga yetkazdi. Fransiyalik futbolchi bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
70'
Vuuuh! Marseloning maydon markazidan diagonal yo‘nalishda bergan uzatmasi natijasida Karvaxal jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va deyarli birga bir vaziyatda zarba berdi. Noaniq
69'
Fransisko Molinero ham ogohlantirish oldi
68'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
68'
Ronalduga nisbatan fol ishlatildi. Chap qanotda
65'
Ronaldu chap tomondan bergan uzatmasi noaniq bo‘ldi va to‘p maydonni tark etdi
64'
"Real"da dastlabki o‘zgarish: Danilo o‘rniga Karvaxal tushdi
64'
Modrichning havolatib bergan uzatmasiga Ronaldu bir amallab bosh bilan yetdi va uni yuqoriga urdi. Adan to‘pni egallab oldi
61'
Vuuuh! Modrichning chiroyoli uzatmasidan keyin Danilo o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va darvozabon maydonchasi yaqiniga pas berdi. Himoyachi Ronalduga nisbatan chaqqonroq harakat qilib, to‘pni qaytardi!
61'
Petros ogohlantirildi
60'
"Betis"ning qarshi hujumi paytida Keylor Navas jarima maydonchasini tark etdi va to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
58'
"Betis" futbolchisi Xuan Vargasga sariq kartochka berildi
58'
"Betis"da yana bir majburiy o‘zgarish: Fuyed Kadir jarohat oldi. Xoakin maydonga tushdi
55'
VUUUH! Burchakdan yetkazilgan to‘pni Xames oyoq bilan darvoza tomon tepdi. Unga hech kim xalal bermadi. To‘pni Adan egallab oldi!
54'
Benzema jarima maydonchasi ichida ikki himoyachi orasidan o‘tib ketishga harakat qildi. Uchinchi himoyachi to‘pni tepib yubordi. Burchak to‘pi
52'
"Betis"da majburiy o‘zgarish: Fabian Ruiz jarohat oldi. Uning o‘rniga Daniel Sebalyos tushdi
52'
Iskoning uzatmasiga Ronaldu yeta olmadi
50'
VUUUUUH! Isko tomonidan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Ronaldu ortida turgan Xamesga qoldirdi. Kolumbiyalik futbolchining oyog‘iga to‘p tegmay qoldi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Takroriy zarba natijasida darvozaga yaqin joyda turgan Benzema to‘pni darvoza tomon burdi. Adan to‘pni qaytardi. Karimning yana bir zarbasi noaniq chiqdi
49'
Kroos jarima maydonchasi burchagidan yo‘llagan zarba natijasida to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
47'
Xames jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
47'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar uni qaytarishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Betis" - "Real" - 1:0. Tanaffus
45'
"Betis" qarshi hujumga o‘tib ketdi, Petros narigi qanotda ochilgan jamoadoshiga aniq uzatma bera olmadi
43'
"Betis" futbolchilari o‘ng qanotdan "devor" orqali yaxshi hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Pepe qaytardi
41'
Marseloning chiroyli pasidan keyin Ronaldu yakkama-yakka vaziyatda qoldi, ammo biroz ofsayd bor ekan
39'
Maydon markazida Petros va Kroos to‘qnashib ketishi oqibatida Toni jarohat oldi
38'
Marseloning uzatmalarini Adan yaxshi "o‘qimoqda"
36'
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
35'
Nazarimizda, hakam "Betis" darvozasi tomon penalti belgilashi shart edi. Himoyachi ortdan kelib Benzemaning oyog‘ini bosib oldi! Hakam esa negadir o‘yinni to‘xtatmadi
34'
Vuuuh! Pepe burchakdan yetkazilgan uzatmaga darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
32'
Ehhhhh, Ronalduuuu! Krishtianu Benzema bilan "devor" o‘ynadi va birga bir vaziyatga chiqdi. Jarima maydonchasi ichida bergan zarbasi noaniq chiqdi!
32'
Qarshi hujumda "Betis" futbolchisi Pepedan o‘tib keta olmadi
30'
Marseloning qanotdan uzatmasi Adan uchun "sovg‘a" bo‘ldi
28'
Vuh! Fabian Ruiz "Madrid" markaziy himoyachilarini aldab, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqishga urindi. Varan so‘nggi pallada to‘pni olib qoldi
25'
"Betis" maydon markazidan jarima to‘pni "Real" darvozasi oldiga yetkazdi. Navas to‘pni egallab oldi
25'
Ronaldu butsasini almashtirmoqda.
24'
Ronaldu ikki himoyachi orasidan o‘tib jarima maydonchasi kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Adan to‘pni egalladi
22'
O‘ng qanotdan Karvaxal yetkazgan uzatmani Isko bosh bilan darvoza tomon burdi. Adan to‘pni ushlab oldi
19'
Ronaldu butsasining tishlarini ko‘rsatib, murabbiylar shtabiga butsani almashtirish kerakligiga ishora qildi
17'
Benzema o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Posbon to‘pni egalladi
16'
"Real"ning xavfli hujumi. Modrich chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi darvoza yaqiniga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiiga tepib yubordi
15'
Ronaldu ofsaydda qoldi
12'
Mehmonlar tashabbusni o‘z tomonlariga olishga harakat qilishmoqda. "Betis" to‘pni yaxshi nazorat qila olishi mumkinligini ko‘rsatmoqda
7'
GOOOOOL! Sexudo, 1:0! Kutilmaganda, "Betis" hisobni ochmoqda. Dastlab Ruben Kastro maydon markazidan oldinga yurdi, jarima maydonchasiga kirdi, Pepe va Varanni aldab, birga bir vaziyatdan zarba berdi. Navas zarbani qaytardi. To‘p uchun Ruiz kurash olib bordi va uni sherigiga uzatdi. Sexudo ajoyib zarba bilan darvoza to‘pni joyladi!
5'
Mezbonlarning burchak to‘pini va undan keyingi hujumini madridliklar qaytarishdi
4'
"Betis" burchak to‘pi ishladi
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Beylning o‘rnida bugun Xames harakat qiladi. Umuman olganda, Zidan hozircha bitta tarkibdan foydalanib kelmoqda, u hozircha rotasiyaga qo‘l urayotgani yo‘q.
'
Bugungi o‘yinda Zidan Beylning xizmatidan foydalana olmaydi. Futbolchi avvalgi o‘yinda jarohat olgandi
'
"Beits" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishiga 12 daqiqa qoldi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.