| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 22-tur, 30 yanvar, soat 20:00. Bosh hakam: Undiano Malyenko | ||
BARSELONALionel Messi (30)
Luis Suares (38) |
2 : 1 |
ATLETIKOKoke (10)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 06.Dani Alves 05.Serxio Buskets 08.Andres Inyesta 14.Xavyer Maskerano 04.Ivan Rakitich 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
13.Yan Oblak (D) 03.Filipe Luis 20.Xuanfran 24.Xose Ximenes 02.Diyego Godin 14.Gabi 21.Yannik Karrasko 17.Saul Niguyes 07.Antuan Grizmann 12.Augusto Fernandes 06.Koke |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 24.Jeremi Matyo 23.Tomas Vermalen 22.Aleyks Vidal 20.Serji Roberto 07.Arda Turan 17.Munir el-Haddodiy |
01.Migel Moyya (D) 18.Xesus Games 15.Stefan Savich 10.Oliver Torres 22.Tomas Parti 23.Lusiano Viyetto 11.Jekson Martines |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Diyego Godin (24)
Gabi (25) Xuanfran (42) |
||
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Filipe Luis (45)
Diyego Godin (65) |
||
Matn
| 90+3' | ![]() |
Hakam ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shdi va u yakuniga yetdi. "Barselona" muhim o‘yinda chempionlik yo‘lidagi asosiy raqiblaridan birini mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu g‘alabadan keyin "Barsa" "Atletiko"dan 3 ochkoga ilgarilab ketdi. Kataloniyaliklar hisobida yana bitta zaxira o‘yini bor. |
| 90' | ![]() |
"Atletiko" o‘ng qanotda jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmaga mehmon futbolchilaridan biri bosh bilan zarba berdi. Bravo to‘pni egallab olayotganida Savich unga qarab sakradi va fol ishlatdi. |
| 88' | ![]() |
"Barselona" ketma-ket hujumlar tashkil qilmoqda, jarima maydonchasiga kirmoqda, ammo negadir zarba bermayapti. To‘pni darvoza oldigacha olib kelishga urinmoqda. |
| 82' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Dani Alves o‘rniga Serji Roberto tushirildi |
| 81' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi ostonasida to‘pni qabul qildi va ikki himoyachini aldab darvozabon maydonchasining o‘ng tomonidan uzatma berdi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. |
| 79' | ![]() |
"Barselona" raqib futbolchilarini jarima maydonchasiga qamab, uning atrofida to‘pni nazorat qilgan holda, kombinasiyalar tashkil qilmoqda. Alvesning 25 metrlardan zarbasi noaniq chiqdi. |
| 78' | ![]() |
Vuuuuuh! Turon! Buskketsning uzatmasini Arda jarima maydonchasi ichida qabul qildi va olis burchak tomon zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 76' | ![]() |
Augusto Fernandes elektrokarda maydondan olib chiqib ketildi. Uning o‘rniga Tomas Parti tushdi |
| 74' | ![]() |
Jarohat olgan Augusto Fernandesga maydon markazida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. |
| 73' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasi ichida ochilayotgan Suares tomon uzatma berdi. Lius to‘pga yeta olmadi. |
| 72' | ![]() |
"Atletiko" 9 kishi bo‘lib o‘ynayotganiga qaramay, hujum qilmoqda. Qoyil qolish kerak |
| 68' | ![]() |
Qanotdan belgilangan jarima zarbasini Messi kuchli tarzda yaqin yuqori burchak tomon tepdi. Oblak to‘pni yuqoriga urib yubordi. |
| 67' | ![]() |
"Atletiko"da ham o‘zgarish: Grizmann o‘rniga Stefan Savich tushdi. |
| 66' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Arda Turon tushdi |
| 65' | ![]() |
Diyego Godin ikkinchi sariq kartochka olib, maydon chetlatildi. Messining uzatmasini Suares jarima maydonchasi ichida qabul qildi va o‘ng tomonga o‘tayotganida himoyachi uning oyog‘iga xavfli tashlandi! Sariq va ketidan qizil! Jarima zarbasi tepiladi |
| 60' | ![]() |
Mehmonlar kam bo‘lib o‘ynayotganlariga qaramay, hujumga o‘tishmoqda. Mezbon himoyachilarini qiyin ahvolga solishmmoqda |
| 58' | ![]() |
"Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi |
| 56' | ![]() |
VUUUUUUH! Karrasko o‘ng qanotdan uzatma berdi va Grizmann shundoqqina darvozabon maydonchasiga ichida to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p tasodifan Bravoning oyog‘iga tegib, yon tomonga ketdi. "Barsa"ga omad kulib boqdi! |
| 55' | ![]() |
Vuuuuh! Karrasko chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga kirib keldi, Pike so‘nggi pallada to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 54' | ![]() |
Messining uzatmasini Suares darvozabon maydonchasi ichida qabul qilishga tayyor edi, ammo Godin podkat orqali to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi |
| 52' | ![]() |
"Barsa" yana burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Rakitich jarima maydonchasi ichida raqib himoyachilari orasidan o‘tib keta olmadi |
| 48' | ![]() |
"Barselona" to‘p nazoratini to‘liq o‘z tomoniga og‘dirdi. Burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Mehmonlar qaytarishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim juda yuqori saviyada o‘tdi. Har ikkala jamoa ajoyib harakat qilishdi. Tan olish kerak, "Atletiko" futbolchilari bo‘limning ikkinchi yarmiga kelib qo‘polliklarni oshirib yuborishdi. Ketma-ket sariq kartochkalar ham ularni uyg‘otmadi. Natijada madridliklar ikkinchi bo‘limni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishga majburlar |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Atletiko" - 2:1. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
Filipe Luisga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka! Himoyachi maydon markazida tik oyoq va butsasining tishlari bilan Messining tizzasiga tepdi... "Atletiko" maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. |
| 43' | ![]() |
Neymar bir himoyachini aldadi va jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. |
| 42' | ![]() |
Xuanfran sariq kartochka oldi. Neymarning ortidan tepib yiqitgani uchun |
| 38' | ![]() |
GOOOOOL! Luis Suares, 2:1! Alvesning maydon markazidan yetkazgan uzatmasidan keyin urugvaylik futbolchi birga bir vaziyatga chiqdi, gavdasi bilan himoyachi yo‘lini to‘sdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p Oblakning oyoqlari orasida o‘tib, to‘rga borib tushdi! |
| 36' | ![]() |
Vuuh! "Atletiko"da yaxshi imkoniyat. Mehmonlar chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga kirgan Grizmanni to‘p bilan ta’minlashdi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 33' | ![]() |
Neymarning foli evaziga "Atletiko" o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Pike bosh bilan qaytardi. |
| 30' | ![]() |
GOOOOOOL! Lionel Messi, 1:1! Neymar jarima maydonchasining chap tomonidan biroz pauza qildi va yordamga kelgan Albani to‘p bilan ta’minladi. Xordi bir harakat bilan himoyachini chalg‘itdi va himoyachilar orasida turgan Messiga pas berdi. Leo chap oyog‘i bilan darvozani ishg‘ol qildi! Ajoyib o‘yin! |
| 29' | ![]() |
Vuuuuh! Inyesta jarima maydonchasi chap burchagidan Suaresni qulay vaziyatga chiqardi. Luis tomonidan o‘tkir burchak ostidan yo‘llangan zarbani Oblak qaytardi. Qaytgan to‘pni himoyachilar vaziyatdan uzoqlashtirishdi |
| 25' | ![]() |
Messi yo‘llagan jarima to‘pi yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 24' | ![]() |
Gabi ogohlantirildi. Rakitichni yiqitgani uchun. "Barsa" jarima zarbasi tepadi |
| 24' | ![]() |
Diyego Godin sariq kartochka oldi. |
| 23' | ![]() |
"Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytirgan to‘pni Messi egallab olib, maydon markazida himoyachidan o‘tib ketmoqchi bo‘lganida, Filipe Luis uni yiqitdi |
| 20' | ![]() |
Vuuuuh! Kutilmaganda "Atletiko" to‘pni uzoq vaqt nazorat qildi va Augusto Fernandes 22 metrlardan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 17' | ![]() |
Vuh! Qaytarilgan burchak to‘pini Maskerano o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan Alvesga uzatdi. Dani to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Himoyachining jon holatda tashlanishi xavfni bartaraf etdi |
| 16' | ![]() |
Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Albaga uzatma berdi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 14' | ![]() |
Vuh! Neymar Messiga to‘pni berib, o‘zi jarima maydonchasiga intildi. Leo yuqoridan uzatma berdi. Markaziy himoyachi so‘nggi pallada to‘pni qaytarib qoldi. Aks holda braziliyalik futbochli yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketardi |
| 11' | ![]() |
Neymar chap qanot bo‘ylab bir necha futbolchidan o‘tdi, ammo jarima maydonchasi ostonasida yiqildi. Hakam fol qayd etmadi |
| 10' | ![]() |
GOOOOL! Koke, 0:1! Xordi Alba o‘z qanotida yiqilib tushdi va "Atletiko" yarim himoyachisi undan o‘tib ketib, to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Koke esa 12 metrlardan to‘pni darvozaga joyladi. Bravo zarbani qaytarishga ulgurmadi! |
| 6' | ![]() |
"Barsa" to‘pni o‘z nazoratiga oldi. Ular hujum variantlarini izlashmoqda. |
| 3' | ![]() |
"Atletiko" ketma-ket ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi |
| 2' | ![]() |
Vuuuuuh! Saul jarima maydonchasi tashqarisidan olis yuqori burchakka aylanma zarba berdi. Bravo ajoyib seyv bilan to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi! |
| 2' | ![]() |
Madridliklar darhol pressingga kirishib ketishdi. Ular mezbonlar jarima maydonchasi atrofida to‘p uchun kurash olib borishmoqda |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Barselona" o‘yinchilari kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! La liganing 22-turiga start berilmoqda. "Barselona" o‘z maydonida "Atletiko"ni qabul qilmoqda. Markaziy o‘yin |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|