Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

22-tur, 1 fevral, soat 00:30. Bosh hakam: Ernandes Ernandes

REAL MADRID

Karim Benzema (7)
Krishtianu Ronaldu (11-penalti, 45, 80)
Pape Diop (16-avtogol)
Ruben Duarte (86-avtogol)

6 : 0

ESPANYOL

JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
04.Serxio Ramos
12.Marselo
15.Daniel Karvaxal
02.Rafayel Varan
22.Isko
10.Xames Rodriges
08.Toni Kroos
19.Luka Modrich
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
  34.Gedryus Arlauskis (D)
28.Mamadu Silla
22.Alvaro Gonsales
06.Enzo Roko
03.Ruben Dyuarte
08.Salva Sevilya
04.Viktor Sanches
16.Xavi Lopec
12.Pape Diop
17.Ernan Peres
19.Joan Jordan
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
06.Nacho Fernandes
16.Mateo Kovachich
23.Danilo
14.Kazemiro
18.Lukas Vaskes
20.Xese
  13.Pau Lopez (D)
15.Mikael Siani
18.Xuan Fuyentes
10.Abraxam Gonsales
11.Pako Montanyes
14.Kanyas

Matn

90+2'
O‘yin yakunlandi. "Real" - "Espanyol" - 6:0!
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
86'
GOOOOL! Ruben Duarte, avtogol, 6:0! Xese chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni o‘z darvozasiga burib yubordi. Duarte to‘pni o‘tkazib yuborganida Ronaldu darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lardi
85'
Jordan tomonidan darvoza burchagi tomon yo‘llangan zarbani Navas qaytardi!
82'
Kazemiro sariq kartochka oldi
80'
GOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 5:0! Xesening uzatmasidan keyin portugaliyalik futbolchi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Bu Ronalduning o‘yindagi uchinchi goli bo‘ldi!
77'
Alvaro Gonsales ogohlantirish oldi
77'
"Espanyol" ijrosida yana bir xavfli vaziyat! O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Mamadu Sillaga uzatma berildi. Himoyachining kuchli zarbasi yo‘liga Ramos o‘zini tashladi va to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi!
75'
"Real"da yana bir o‘zgarish: Benzema o‘rniga Vaskes tushdi
74'
Vuuuuh! Navas! Ernan Peres chap qanotdan Karvaxaldan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p esa Abraxamga kelib tushdi. Uning zarbasini "Real" posboni katta mahorat evaziga qaytardi!
72'
"Real"da yana o‘zgarish: Toni Kroos o‘rniga Kazemiro tushdi
69'
Ronaldu jarimadan xavfli zarba yo‘lladi! To‘p ustun yuqorisidan o‘tib, to‘rga yuqoridan tegib, maydonni tark etdi...
68'
Jarima maydonchasi burchagida Abraxam Gonsales Ronalduni yiqitdi
66'
Vuuuh! Chap qanotdan rivojlangan Benzema-Marselo-Ronaldu-Benzema kombinasiyasidan keyin Karim 12 metrlardan aniq zarba bera olmadi. To‘p yon tomonga qarab ketib qoldi
65'
Qarshi hujumda "Espanyol" hujumchisi Jordan birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ofsayd
63'
"Real"da o‘zgarish: Modrich o‘rniga Xese Rodriges tushirildi
62'
Xames jarima maydonchasiga kirayotgan Benzema tomon himoyachining ustidan oshirib uzatma berdi. Markaziy himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi. Takroriy hujum paytida qanotdan yetkazilgan to‘pni Benzema bosh bilan darvoza tomon burdi. Arlauskiy to‘pni egalladi
57'
"Espanyol"da o‘zgarish: Viktor Sanches o‘rniga Abraxam tushdi
55'
Xavfli zarba! Fuentes jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Navas to‘pni yon tomonga urib yuborishga muvaffaq bo‘ldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlaib ketdi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Real" - "Espanyol" - 4:0. Tanaffus
45'
GOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 4:0! Qarshi hujumda Xames maydon markazidan chap qanotda ochilayotgan Benzema tomon uzatma berayotgan edi, to‘p himoyachiga tegib, o‘ng qanotdan oldinga o‘tmoqchi bo‘lgan Ronalduga kelib tushdi. Portugaliyalik futbolchi oldinga o‘tdi, raqib jarima maydonchasi ostonasida ikki futbolchini aldadi va chap oyoqda kuchli zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
45'
Vuuuuh! "Espanyol" hujumchisi birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirishga harakat qildi, Navas jamoasini qutqardi!
42'
Salva Sevilya ogohlantirildi
41'
Iskoning zarbasi himoyachiga tegib qaytadi. Xamesning zarbasidan so‘ng maydonni tark etdi
38'
"Espanyol" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Alvaro Gonsales bosh bilan yo‘llagan zarba noaniq chiqdi
36'
Pape Diop sariq kartochka oldi
34'
O‘ngroqda belgilangan jarima zarbasini Ronaldu emas, Xames tepdi. Noaniq
33'
Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
30'
"Espanyol" futbolchisi ofsaydda qoldi
28'
Mezbonlar hamon hujum qilishmoqda. Biroq hujumlarning shashti biroz pasaygan
23'
Xames tovoni bilan Bezemaga uzatma berdi. Karim ofsaydda
19'
Ernan Peres olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
18'
"Real" chiroyli hujum tashkil qildi. Benzema jarima maydonchasiga kirgan Iskoga uzatma berdi. Yarim himoyachi tovoni bilan to‘pni unga qoldirdi va Karim zarba berdi. To‘p yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi!
17'
Uchinchi gol Pape Diop nomiga avtogol sifatida yozildi
16'
GOOOOL! Xames Rodriges, 3:0! Kolumbiyalik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, rekoshet holatida to‘rga borib tushdi
15'
"Madrid" hujum qilishda davom etmoqda. Kataloniyaliklar himoyalashdan boshqa iloj topa olishmayapti
12'
GOOOL! Krishtianu Ronaldu, 2:0! Arlauskis zarba yo‘nalishini topdi, ammo zarbani qaytara olmadi.
11'
Penalti! "Espanyol" darvozasiga! Krishtianu Ronalduga nisbatan fol ishlatildi!
7'
GOOOOL! Karim Benzema, 1:0! Xames tomonidan o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani fransiyalik futbolchi bosh bilan darvozaga joyladi!
6'
Yana bir xavfli vaziyat! Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmon himoyachini bosh bilan qaytardi. Qaytgan to‘pni Isko jarima maydonchasi ichida qabul qildi va darvoza tomon tepdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
3'
Vuuuuh! Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. "Espanyol" posboni to‘pni qaytardi. To‘p uchun kurashga qo‘shilgan Benzema ofsaydda edi
1'
Vuuuuuh! "Real" dastlabki hujumdayoq hisobni ochishi mumkin edi! Raqib jarima maydonchasi atrofida madridliklar qisqa paslar orqali kombinasiya tashkil qilishdi. Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi!
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Madridliklar 4-o‘yinda Zidan qo‘lostida harakat qilishadi
'
Qadrli futbol muxlislari. Ispaniya La ligasining 22-turi doirasida "Real" va "Espanyol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishiga oz vaqt qoldi. Matnli trnaslyasiyamizni boshladik
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.