| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 25-tur, 6 fevral, soat 17:45. Bosh hakam: Entoni Teylor | ||
MANCHESTER SITISerxio Aguero (87)
|
1 : 3 |
LESTERRobert Xut (3, 60)
Riyod Mahrez (48) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Jo Xart (D) 11.Aleksandr Kolarov 26.Martin Demichelis 30.Nikolas Otamendi 05.Pablo Sabaleta 18.Fabian Delf 21.David Silva 25.Fernandinyo 42.Yahyo Ture 07.Rahim Sterling 10.Serxio Aguero |
01.Kasper Shmeyxel (D) 17.Denni Simpson 28.Kristian Fuks 05.Ves Morgan 06.Robert Xut 14.Ngolo Kante 04.Denni Drinkuoter 11.Mark Elbrayton 26.Riyod Mahrez 09.Jeymi Vardi 20.Sindzi Okazaki |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Vilfredo Kabalyero (D) 03.Bakari Sanya 22.Gael Klishi 59.Bersant Selina 75.Aleks Serrano 06.Fernando 72.Kelechi Ixeanacho |
32.Mark Shvarser (D) 27.Marsin Vasilevski 30.Ben Chilvell 10.Endi King 24.Natan Dayer 23.Leonardo Ulloa 22.Demaray Grey |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin darvoza tomon noaniq zarba berildi. Teylorning hushtagi yangradi va o‘yin yakunlandi. "Lester" "Ettihad"da ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va chempionlik sari juda muhim qadam tashladi. Jamoa "Manchester Siti"dan endi 6 ochkoga ilgarilab ketdi! |
| 90+4' | ![]() |
Vuuuuh! "Siti" chiroyli kombinasiya orqali jarima maydonchasiga kirib bordi. Sabaletaning zarbasidan so‘ng to‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi |
| 92' | ![]() |
Vuuh! Fernando o‘ng qanotdan bergan uzatma olis yuqori burchakka kirib ketishiga sal qoldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Vuuuuuuuuh! Agueroooo! Himoyachi darvozabon tomon uzatma berdi. Serxio to‘pni egalladi, ammo o‘tkir burchak ostida darvozaga aniq zarba bera olmadi. Gol urganida bormi.... o‘yinning so‘nggi daqiqalarida juda qiziqarli bo‘lardi. |
| 87' | ![]() |
GOOOOOL! Serxio Aguero, 1:3! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 80' | ![]() |
Vuuuuh! Olbrayton o‘ng qanotdan yeraltib uzatma berib, jarima maydonchasi ichida turgan Vardini to‘p bilan ta’minladi. Jeymi 7-8 metrdan zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi |
| 76' | ![]() |
Vuh! "Siti"da yaxshi vaziyat! Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Aguero jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni to‘xtatib zarba berdi. HImoyachidan qaytdi to‘p. Keyingi hujum paytida Serxio yo‘llagan zarbani Shmeyxel egalladi |
| 73' | ![]() |
Vuuuh! Qanotdan yetkazilgan uzatmani Jeymi Vardi darvozabon maydonchasi burchagidan darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p uning boshiga yaxshi tegmay qoldi |
| 71' | ![]() |
"Lester" 3ta to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, vaqtini hujumda o‘tkazmoqda |
| 69' | ![]() |
Sabaleta sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasi burchagida Okadzakiga nisbatan fol ishlatdi |
| 67' | ![]() |
Vuuuuh! Vardiiii! Birga bir vaziyatdan foydalana olmadi! Uning zarbasi Jo Xartning qo‘kragiga tegib qaytdi! |
| 64' | "Etihad" shokda! | |
| 64' | "Etihad" shokda! | |
| 61' | ![]() |
Xut zarba berish chog‘ida himoyachining yelkasiga qo‘lini qo‘yib, sakragan holda zarba bergani takroriy vaziyatda ko‘rindi. Hakam esa bunga ahamiyat bermadi |
| 60' | ![]() |
GOOOOOL! Robert Xut, 0:3! Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan olis burchakka joyladi! Super - "Lester"! Qoyil! |
| 57' | ![]() |
Sterling chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasi tomon uzatma berdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Rahimning o‘zi egallab oldi va zarba berdi. Noaniq |
| 54' | ![]() |
Vuuuuuh! Shmeyxel qutqardi! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Fernando yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi. Kasper oyog‘i bilan to‘pni qaytardi |
| 54' | ![]() |
E’tiborli tomoni, Ranyeri shogirdlari har ikkala bo‘limning 3-daqiqasida darvozani ishg‘ol qilishdi |
| 52' | ![]() |
"Manchester Siti"da birdaniga ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Yahyo Ture va Fabian Delf o‘rniga Fernando va Ixeanacho tushdi |
| 514' | ![]() |
Vuuuh, Okadzaki! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani 6-7 metrdan yotgan holda darvozaga burishga harakat qildi. To‘p uning yog‘iga yaxshi tegmay qoldi |
| 50' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Fernandinyo bosh bilan darvozaga burishga urindi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 48' | ![]() |
GOOOOOL! Riyod Mahrez, 0:2! Qarshi hujumda "tulkilar" raqibni jazoladi! Mahrez ikki himoyachini aldadi va 15 metrlardan kuchli zarba bilan Jo Xartni dog‘da qoldirdi! |
| 47' | ![]() |
"Lester" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Olbrayton tomonidan yetkazilgan uzatmani darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida himoyachi qaytarib qoldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakuniga yetdi. Tanaffus. Hozircha "Manchester Siti" - "Lester" - 0:1. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
"Siti" chap qanotdan yaxshi hujum tashkil qildi. Sterling so‘nggi chiziq yonidan to‘pni to‘xtatdi va orqaroqda to‘p suragan Kolarovga uzatma berdi. Aleksandrning zarbasi himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 41' | ![]() |
"Shaharliklar" ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 36' | ![]() |
Ves Morgan sariq kartochka oldi |
| 35' | ![]() |
Olbrayton chap qanotdan "Siti" darvozasi yaqiniga uzatma berdi. Jo Xart to‘pni egalladi |
| 32' | ![]() |
Aguero dastlab jarima maydonchasining o‘ng tomonidan uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Takroriy hujum paytida Aguero yana o‘ng qanotdan darvoza tomon zarba berdi. Kasper to‘pni egallab oldi |
| 29' | ![]() |
Sterling tomonidan berilgan uzatmadan keyin Ture darvozabon maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p oyoqqa o‘tirmadi. Noaniq |
| 28' | ![]() |
Navbatdagi burchak to‘pidan keyin to‘p o‘ng tomondagi Silvaga kelib tushdi. Uning uzatmasini Shmeyxel egallab oldi |
| 27' | ![]() |
"Siti" hujumni raqib jarima maydonchasi ichiga olib kelmoqda. So‘nggi zarba berish uchun uzatma yetishmayapti |
| 24' | ![]() |
Kolarov tomonidan yo‘llangan zarbani Xut bosh bilan yuqoriga ko‘tarib yubordi. BUrchak to‘pi |
| 24' | ![]() |
Sabaleta o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirayotganida chiziq oldida himoyachi uni chalib yiqitdi. Jarima zarbasi |
| 22' | ![]() |
Vuuuuuh! Qarshi hujumda Mahrez Vardiga uzatma berdi. Jeymi chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga pas berdi. Okadzakining oyog‘iga to‘p tegdi, ammo to‘p darvozaga emas, yon tomonga ketdi. Yaxshi tegmay qoldi |
| 19' | ![]() |
Qarshi hujumning ikkinchi to‘lqinida Mahrez jarima maydonchasi ichida ochilayotgan Vardi tomon uzatma berdi. To‘p mudofaa vakillaridan o‘tmadi |
| 15' | ![]() |
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Silva qabul qildi va jarima maydonchasiga kirib, o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p rekoshet holatida olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 13' | ![]() |
"Siti" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar ishonchli tarzda himoyalanishmoqda |
| 10' | ![]() |
Kutilganidek Pellegrini shogirdlari oldinga tashlanishmoqda. "Lester" qarshi hujumlari xavfli bo‘lmoqda |
| 6' | ![]() |
"Lester" bundan yaxshiroq start bo‘lishi mumkin emas. "Tulkilar" endi himoyadan o‘ynab, qarshi hujumdan foydalanishga harakat qilishadi. Ko‘ramiz, "Siti" qanday chora topa olarkin |
| 3' | ![]() |
GOOOOOL! Robert Xut, 0:1! "Lester" hisobni ochmoqda! Mehmonlar jarima maydonchasining o‘ng tomonidan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mahrez yetkazgan uzatmani Xut oyoq bilan darvozaga joyladi! |
| 1' | ![]() |
"ManSiti" - "Lester" uchrashuvi boshlandi! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Angliya Premyer-ligasining 25-turidan 2ta markaziy uchrashuv o‘rin olgan. 17:45da "Manchester Siti" - "Lester" o‘yini boshlanadi. Ertaga esa "Chelsi" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|